6
Yo’lning haqiqiy harakat jadalligi yilning va kunning har xil vaqtida vizual o’lchash
natijasida topiladi. Bu yo’llarga schyotchiklar qo’yish bilan ham avtomatik usulda aniqlash
mumkin.
Avtomobil harakat oqimining yana bir harakteristikasi deb, harakat tezligini ko’rsatish
mumkin. Harakat jadalligi kam bo’lgan uchastkalarda avtomobillar o’zlarining dinamik
xususiyatlarini yaxshi amalga oshira oladilar. Harakat jadalligi oshishi bilan, avtomobillarning
bir-biriga ta'siri sezila boshlaydi. Bu ta'sir natijasida avtomobillar oqimining o’rtacha tezligi
paydo bo’ladi. Avtomobil yo’llarini geometrik o’lchamlarini belgilashda asosiy ko’rsatkich bu
hisobiy tezlikdir. Hisobiy tezlik deb yakka avtomobilning (xavfsiz va ustivorlik sharti bo’yicha)
ob-havoning ma'lum sharoitida, avtomobil shinasining yo’l qatnov qismi yuzasi bilan me'yoriy
tishlashish holatida, yo’lning eng noqulay bo’laklarida mumkin bo’lgan eng katta tezlikdagi
harakatiga aytiladi. Yo’l elementlarini loyihalash uchun hisobiy harakat tezligini yo’lning
toifasidan kelib chiqib quyidagi jadvaldan olamiz:
Yo’lning
toifasi
Hisobiy tezlik, km/soat
Asosiylari
Joyning murakkab qismi uchun:
Past-baland
Tog’li
I а
150
120
80
I b
120
100
60
II
120
100
60
III
100
80
50
IV
80
60
40
V
60
40
30
Avtomobil yo’llarini transport-foydalanish sifatlarini 4 turkumga ajratishimiz mumkin:
avtomobil harakatiga; yo’l sharoitiga; harakat xavfsizligiga; harakat iqtisodiyligiga bog’liq
bo’lgan.
Avtomobil harakatiga bog’liq bo’lgan transport-foydalanish sifatlariga quyidagi
ko’rsatkichlar misol bo’ladi: harakat jadalligi, tarkibi, hajmi, tezligi, vaqti, yo’lning
o’tkazuvchanlik va tashuvchanlik qobiliyati, va h.k.
Yo’l sharoitiga bog’liq bo’lgan transport-foydalanish ko’rsatkichlariga quyidagilar misol
bo’ladi: yo’l to’shamasi va yo’l poyi mustahkamligi, qoplamaning ravonligi va g’adir budurligi,
qoplamani g`ildirak bilan tishlashishi, qoplama yemirilishga bardoshliligi, yo’l to’shamasi
ishlash qobiliyati va h.k.
Harakat
xavfsizligiga
bog’liq transport-foydalanish ko’rsatkichlariga yo’lning
ishonchliligi, xizmat muddati,nisbiy avariyalik va xavfsizlik koeffitsientlari, ko’rinish masofasi
misol bo’ladi.
Harakatning iqtisodiyligiga bog’liq bo’lgan ko’rsatkichlar: yuk tashish tannarxi,
yo’l-transport hodisasidan keladigan zarar va h.k.