• 13- Maruza AVTOMOBIL YO’LLARINI QURISH
  • O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta Maxsus Ta'lim Vazirligi




    Download 1,79 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet21/26
    Sana21.09.2024
    Hajmi1,79 Mb.
    #271850
    1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26
    Bog'liq
    5b18c1ffe49b8

     


    37 
     
    19-rasm.Avtomagistral yo’lining ko’ndalang kesimi. 
    Bir yo’nalishda harakatlanuvchi avtomobillar tezliklariga qarab bir necha harakat 
    tasmalari loyihalanadi Qoplamaning chetki qismlari 0.5-0.75 m da mustahkamlik tasmasi orqali 
    mustahkamlanadi. 
    Yo’l yoqalari-avtomogistrallarda albatta mustahkamlanadi. Avtomobillarni yo’l yoqasida 
    to’xtab turishlari faqat avtomobil nosozligi vaqtida ruhsat beriladi. Mustahkamlangan yo’l 
    yoqasining kengligi kamida 3 m deb qabul qilingan.
    Tuproqli yo’l yoqalari – 0.7÷1 m kenglikda loyihalanadi, bu yerga asosan to’sinlar 
    o’rnatiladi. 
    Ajratuvchi tasma 5 m ÷ 6 m deb qabul qilingan. Bu eng minimal ko’rsatkich. 
    Aslida 13.5 m gacha bo’lishi mumkin. 
    Avtomagistral yo’llarida egrining radiusi R< 3000 bo’lgan joylarda viraj qurilishi shart. 
    Viraj qurilish quyidagicha bo’lishi mumkin: 
    1. Yo’l poyi bo’yicha yo’ning bir tomonini ko’tarish. 
    2. Alohida harakat tasmalarini ko’tarish. 
    Savollar 
    1. Avtomagistral deganda nimani tushunasiz? 
    2. Avtomagistral yo’llarida hisobiy harakat tezligi nimaga teng? 
    3. Avtomagistral yo’llariga qo’yilgan asosiy talablar nimalardan iborat? 
    4. Avtomagistral yo’lining ko’ndalang kesimini chizib ko’rsating. 
    5. Avtomagistral yo’llarida ajratuvchi tasma necha metr olinadi? 
    13- Ma'ruza 
    AVTOMOBIL YO’LLARINI QURISH 
     
     
    REJA: 
    1.Yo’l qurish ishlarining bosqichlari. 
    2.Yo’l qurilishini tashkil etish va mexanizatsiyalash. 
    Tayanch so’z va iboralari:
    qurish, yo’l poyini qurish, yo’l to’shamasini qurish, 
    ish yurituvchi mexanizm, tayyorgarlik ishlari, qurilish ishlari, pardozlash ishlari. 
     
    Avtomobil yo’llarini qurishdagi ishlarni sifatli va unumli bajarishni ta'minlash faqatgina 
    uni ilmiy asoslash uslubi bilangina amalga oshirish mumkin. Ish bajarishni tashkil qilishning 
    asosiy masalasi mehnat unumini va mahsulot sifatini oshirish, hajmini ko’paytirish va tannarxini 
    kamaytirish, mehnat sharoitini yaxshilash hisoblanadi. Yo’l qurish ishlarini bajarishda o’ta ilg’or 
    yo’nalish uni industrlashtirish hisoblanadi. Bunda tayanch zavodlarda kerakli ayrim tayyor 
    mahsulotlar va konstruksiyalarni markazlashtirib tayyorlanadi va faqatgina yo’lning o’zida 
    tuproq ishlari bajariladi va konstruksiyalar yig’ishtiriladi. Avtomobil yo’llari qurilishini 
    industrlashtirish yil davomida uzluksiz ish bajarishga imkon yaratadi. Bu esa o’z o’rnida ishlarni 
    avtomatlashtirish va kompleks mexanizatsiyalash bilan uzviy bog’liqdir. 


    38 
    Kompleks mexanizatsiya - bu ishlarni yuqori darajadagi mexanizatsiyalashganligi bo’lib, 
    ish bajarish jarayonidagi jamiki asosiy va yordamchi operatsiyalarda qo’l kuchi mashinalarga 
    yuklanganligi demakdir. 
    Kompleks mexanizatsiyada qurilishdagi ja'mi mashinalar bir xil unumda ish bajaradigan 
    to’da va zvenolarga bo’linadi. 
    Buning natijasida mashinalardan yaxshi foydalanishga va tannarxi bilan quvvat sarfining 
    tejalishiga erishiladi.
    Kompleks mexanizatsiya ishlab chiqarishda inson bajaradigan jismoniy mehnatni 
    mashinada amalga oshiribgina qolmay, hattoki mashinalarni boshqarishni ham o’z zimmasiga 
    oladi.
    Avtomobil yo’llari qurishda ishni tashkil qilishni uzluksiz va navbatma-navbat turida 
    bajarilishi ancha mukammallashgan va ilmiy asoslangan uslub hisoblanadi. 
    Bunday 
    uslubda 
    ma'lum 
    sharoitlarga 
    va 
    ish 
    turiga 
    moslanib, 
    me'yoriy 
    mexanizatsiyalashgan ko’chma guruhlar uzluksiz va bir xilda ish bajarib vaqti-vaqti bilan 
    yo’lning tugallangan yoki tayyor qismini topshirib boradi. Bu uslubda ishni to’g’ri tashkil qilish 
    uchun hamma bajariladigan ishlarga qarab turib, ularni tayyorgarlik, yo’l poyini tiklash va yo’l 
    poyini pardozlash va mustahkamlash turlariga bo’linadi. 
    Tayyorgarlik ishlari qurish yoki boshqa tashkilotlarning ishlab chiqarish mahkamalarida 
    materiallarni, ayrim tayyor mahsulotlarni va bo’lak qismlarni tayyorlab olish va uni saqlab 
    turishni o’z ichiga oladi. 
    Tashkil qilish ishlari - qurilayotgan yo’llarga va uning yon bag’riga ja'mi materiallar 
    tayyor mahsulotlar va bo’lak qismlarni tashib keltirishni o’z ichiga oladi.
    Qurilish - tiklash ishlari. Yo’l poyini tiklash, jamiki sun'iy inshootlar, yo’l qoplamalari, 
    yo’lning jihozlash inshootlari, kerakli belgi va to’siqlarni o’z ichiga oladi. 
    Avtomobil yo’llarini qurish, yo’l quriladigan maydonni tozalashdan boshlanadi.
    Daraxtlar ildizi bilan qo’porib olib tashlanadi, hosildor tuproq 10-15 sm qalinlikda surib, 
    yo’lning 2 chetiga to’planadi. So’ngra yo’l poyi barpo qilinadi. Yo’l poyi ko’tarmada yoki 
    o’ymada o’tishi mumkin. Buni bo’ylama kesimdagi ishchi belgiga asosan bilib olish mumkin.
    Yo’l poyini qurishda ishlatiladigan asosiy mexanizmlar bu - ekskavator,buldozer, skreper 
    va avtogreyderlardir. 
    Transport ishlari - avtomobillar orqali amalga oshiriladi. 
    Avtomobillar vaqtinchalik barpo qilingan tuproqli yo’llarda har xil ob-havo sharoitida 
    ishlaydi. 
    Kar'erlardan chiqaverishda avtomobillarga bir qancha qiyinchiliklar (ya'ni bo’ylama 
    qiyaliklar 200-300‰ gacha bo’lish hollari kuzatiladi) tug’iladi. Buning natijasida avtomobil 
    g’ildiraklarining yedirishi ko’payadi va yoqilg’i sarfi oshadi. Shuning uchun vaqtinchalik barpo 
    qilingan yo’llarni mustahkamlash kerak bo’ladi. 
    Kunning issiq oylarida tuproq kar'erlaridan avtosamosvallar yordamida tuproq 
    tashilganda juda katta miqdorda chang ko’tariladi. Bunda chang hosil qilayotgan gruntlar 
    avtogreyder yordamida chetga surib chiqiladi, bu bilan yo’lni changlanishdan to’liq 
    tozalanmasada, qisman avtomobillar uchun qulaylik tug’dirgan bo’lamiz. 
    Avtomobil yo’llarini qurish ishlari ikki bosqichda amalga oshiriladi: 
    -yo’l poyini qurish va pardozlash ishlari
    -yo’l toshamasini qurish va jihozlash ishlari. 
    Yo’l poyini qurish ishlari ketma ket bajariladigan 3 ta bosqichdan iborat: 
    -tayyorgarlik ishlari; 
    -yo’l poyini tiklash; 
    -yo’l poyini pardozlash ishlari. 
    Yo’l to’shamasini qurish ishlari tuzilmaga bog’liq ravishda quyidagi ishlardan iborat bo’ladi: 
    -
    yo’ to’shamasi asosini qurish ishlari; 
    -
    yo’l to’shamasi qoplamasini qurish ishlari. 


    39 
    Yo’l qurilishida bugungi kunda zamonaviy texnologiyalardan keng foydalanilmoqda. 
    Masalan mamlakatimiz yo’lsozlari “Virtgen”, “Fogen”, “Dunapak” kampaniyalarining 
    zamonaviy asfalt yotqizgichlaridan, katoklaridan, avtogreyderlaridan keng ko’lamda 
    foydalanmoqda. 

    Download 1,79 Mb.
    1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26




    Download 1,79 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta Maxsus Ta'lim Vazirligi

    Download 1,79 Mb.
    Pdf ko'rish