• HARAKAT XAVFSIZLIGINI TAMINLASH
  • Tayanch so’z va iboralar
  • O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta Maxsus Ta'lim Vazirligi




    Download 1,79 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet24/26
    Sana21.09.2024
    Hajmi1,79 Mb.
    #271850
    1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26
    Bog'liq
    5b18c1ffe49b8

    Savollar 
    1.Avtomobil yo’llarini saqlash ishlari qanday ishlarni o’z ichiga oladi? 
    2.Avtomobil yo’llari qishki saqlash darajasiga qarab necha xil guruhga bo’linadi 
    3.Qish paytida qoplama muzlamasligiga qarshi qanday choralar ko’riladi.? 
     
     
     


    43 
    17-18 - Ma'ruza 
    HARAKAT XAVFSIZLIGINI TA'MINLASH
    REJA: 
    1.YTH sodir bo’lishida yo’l sharoitining o’rni.
    2.Yo’l harakatida haydovchi holatining o’zgarishi.
    3. Avtomobil yo’llarini jihozlash.
    4. Avtomobillar harakatini to’g’ri tashkil qilish va harakatga xizmat ko’rsatish kompleksi barpo 
    qilish.
    5. Harakatni tashkil qilishning texnik vositalari.
    6. Haydovchilarga harakat to’g’risida ma'lumot berish. 
    Tayanch so’z va iboralar:
    transport hodisasi, yo’l, harakat, jihozlash, kompleks 
    inshootlar, harakatni tashkil qilish. 
    Yo’llarda xavfsizlikni ta'minlash va harakatni tashkil qilish uchun bir qancha tadbirlar 
    amalga oshiriladi. Haydovchi va yo’lovchilar uzoq masofalarga qatnaganda ovqatlanish va dam 
    olish ehtiyoji seziladi. Undan tashqari avtomobillarni yonilg’i bilan ta'minlash va ta'mirlash, 
    texnik ko’rikdan o’tish shahobchalari bo’lishi kerak. 
    Avtomobil yo’llarida transport oqimini me’yoriy harakatni ta'minlash uchun yo’ldagi 
    harakatga xizmat tizimini barpo etish kerak. Xizmat tizimini uchta katta guruhga ajratish 
    mumkin. 
    1.Umumiy xizmat (harakat sharoiti o’zgarishi haqida axborot berish, yo’lda qisqa dam 
    oladigan joylar).
    2.Transport vositalariga va haydovchi hamda yo’lovchilarga xizmat qilishlar, yonilg’i va 
    moy quyadigan punktlar, texnik ko’rik va xizmat ko’rsatish punktlar, uzoq va surunkali dam 
    oladigan joylar. 
    3.Avariya xizmati (YTO` jarohat olganlarga tibbiy yordam, YTH dan zararlangan transport 
    vositalaridan yo’lni bo’shatish va ularni tuzatish punktiga eltish). 
    Haraktga xizmat qilish inshootlarini, xizmat ob'ektlari harakteriga qarab quyidagi asosiy 
    turlarga bo’lsh mumkin: 
    1.Qisqa dam oladigan va turish joylari. Bularga dam olish joylari, avtomobillarni qo’yish 
    joylari, umum ovqatlanish joylari, savdo markazlari, muzeylar, aholini umum dam olish 
    мaydonlari kiradi. 
    2.Jamoat transportlari bilan tashishga xizmat qiluvchi inshootlar. Bular jumlasiga 
    avtostansiyalar, avtovokzallar, avtobus to’xtash bekatlari kiradi. 
    3.Avtomobillarga texnik xizmat ko’rsatuvchi inshootlar. Bularga yoqilg’i quyish 
    shahobchalari, yuvish punktlari, estakadalar kiradi. 
    4.Umumovqatlanishga xizmat qiladigan inshootlar. Bularga yo’l bo’yidagi kafelar, 
    choyxonalar, bufetlar, oshxonalar, somsaxonalar, restoranlar kiradi. 
    5.Uzoq va surunkali dam olishga xizmat qiladigan joylar. Bunday inshootlarga yo’l bo’yidagi 
    mehmonxonalar, motel, kemping, avtoponsionatlar misol bo’la oladi. 
    6.Harakat xavfsizligiga va yo’l nazoratiga xizmat qiluvchi inshootlar. Bular jumlasiga 
    vaqtincha va muntazam davlat avtomobil nazorati (DAN) postlari, nazorat-o’tkazuvchi punktlar,
    nazorat - dispetcherlik punktlari va avariya telefon aloqalari kiradi. 
    Harakatga xizmat qiluvchi inshootlarni yo’l bo’ylab joylashtirilganda haydovchiga va
    yo’lovchiga qulay bo’lishini, harakat xavfsizligi ta'minlanishini, hamda iqtisodiy jihatdan qulay 
    bo’lishini hisobga olish kerak.
    Haydovchilarni yo’l sharoiti, bilan yanada yaqinroq tanishtirish maqsadida yo’l belgilari 
    o’rnatiladi. 
    Yo’l belgilari haydovchiga uzoqdan yaxshi ko’rinadigan va oddiy bo’lishi kerak. 


    44 

    Download 1,79 Mb.
    1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26




    Download 1,79 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta Maxsus Ta'lim Vazirligi

    Download 1,79 Mb.
    Pdf ko'rish