42
Qishki saqlash chora-tadbir kompleksiga quyidagilar kiradi: profilaktik chora-tadbirlar;
undan maqsad - yo’llarda muz va qor yotqiziqlari paydo bo’lishini kamaytirish, yo’lda qor
miqdorini kamaytirish, qoplamaga profilaktik ishlov berish, ya'ni muzlamaslikka qarshi
kimyoviy moddalar sepish va boshqalar.
Muhofaza chora-tadbirlari: yo’lga kelayotgan qor va muz oqimini maxsus to’siqlar
yordamida kamaytirish.
Tozalash bo’yicha chora-tadbirlar: hamma yo’llarda qordan tozalanish qor yog’ayotgan
vaqtdayoq boshlanadi. Tozalash ishlarini olib borayotganda, bir vaqtni o’zida ham qatnov
qismidan, ham yo’l chetidan, qorni tozalash kerak, bunda yo’l chetida qor uyumlari to’dalanib
qolmasligini hisobiga olish zarur.
Tozalash usulini hosil bo’lgan qor qatlami balandligiga qarab, qordan tozalash tezligi
tanlab olinadi. Bunda muvofiq ravishda qor tozalash mashinalari tanlanadi.
Hamma qor tozalash mashinalari uzoq muddat ishlashi uchun mo’ljallangan bo’lishi
kerak.
Buning uchun ularning kabinalari isitilishi va ko’rinish yaxshi bo’lishi uchun sharoit
yaratib berish anjomlari o’rnatilishi lozim.
Qish vaqtida yo’l qoplamalari sirpanchiq bo’lib qoladi, chunki ular muz qatlami yoki
zichlanganroq qatlam bilan yopilgan bo’ladi. Shinaning muzlagan qoplama bilan tishlashish
koeffitsienti 0,05-0,08 gacha kamayadi.
Qishda qoplama sirpanchiqligi juda ko’p yo’l transport hodisalari sababchisi bo’ladi.
Ko’p hollarda yo’l sharoiti tufayli katta moddiy zarar kelib chiqadi.
Harakat tezligi pasayadi, bu esa avtotransportdan foydalanish samaradorligini va ishlab
chiqarishni kamaytiradi.
Qoplama muzlashi t 0
0
C ga yaqin va havo namligi 90-95 % bo’lganda kuzatiladi.
Qishki sirpanchilikka qarshi chora-tadbirlarni murakkab va qimmatligi uchun, ularni
qo’llash cheklangan bo’lib, faqat yo’lning xavfli uchastkalarida, ya'ni, ko’tarilish, tushishi,
kichik radiusli egrilarda, chorraxa va temir yo’ldan o’tish joylarida olib boriladi.
Sirpanchiqlikga qarshi kurashning bir qancha usullari mavjud:
- fraksion, ximik, mexanik.
Ko’pincha ishlatiladigan usullardan biri bu aralash, ya'ni, ximiyaviyfraksion usuldir.
Unda fraksion materialni NCl, CaCl
2
ga aralashtirib sochiladi. Sirpanishga qarshi ishlatiladigan
qattiq va suyuq xloridlar agressiv ximik ta'sirga egadir. Ular avtomobil metallini temir-beton
ko’prik elementlarini yemiradi va o’simlik qatlamiga salbiy ta'sir ko’rsatadi.
Shunday qilib, avtomobil yo’llarini saqlash va tuzatish xizmatining asosiy masalalari
quyidagilar:
- o’z vaqtida yo’ldagi deformatsiyalarni tuzatish;
- yo’lning o’tkazuvchanligiga iqlim omilini ta'sirini oldini olish (qor, yomg’ir, shamol);
- yo’ldagi yaxmalakka qarshi kurashish;
- harakat miqdorini va og’ir yuk avtomobillar harakatini chegaralash;
- harakat xavfsizligini ta'minlash;
- yo’lning ishlashini yil davomida hisobga olib borish;
- yo’l transport hodisalarini hisobga olish va taxlil qilish;
- harakat xavfsizligini ta'minlash bo’yicha tadbirlar loyihasini ishlash.