• Tayanch so’z va iboralar
  • O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta Maxsus Ta'lim Vazirligi




    Download 1,79 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet18/26
    Sana21.09.2024
    Hajmi1,79 Mb.
    #271850
    1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   26
    Bog'liq
    5b18c1ffe49b8

    Savollar 
    1. Avtomobil yo’lida harakat qulayligi va xavfsizligiga qanday talablar qo’yiladi? 
    2. Atrof-muhitni muhofazalashga qo’yiladigan talablar. 
    3

    Trassaning fazoviy ravonligini ta’minlash usullari. 
     
    10-Ma'ruza 
    YO’L TO’SHAMASI TUZILMASI VA UNING QATLAMLARI
    REJA: 
    1.Yo’l to’shamasiga ta'sir etuvchi kuchlar.
    2.Yo’l to’shamasi turlari.
    3.Yo’l to’shamasi va qoplamasining transport-foydalanish sifatlari.
    4.Yo’l to’shamasi mustahkamligi va ruhsat etarli kuchlanishni aniqlash.
     Tayanch so’z va iboralar:
    to’shama, asos, qoplama, a/b, s/b, qoplamalar turi. 
    Avtomobillar harakatini yil davomida ta'minlash uchun yo’lning qatnov qismiga yo’l 
    to’shamasi quriladi. Yo’l to’shamasi qattiq manolit tuzilmali materiallardan iborat bo’lib, iqlim
    omili va transport vositalari ta'siriga yaxshi qarshilik ko’rsatadi. 
    Ko’p qatlamli yo’l to’shamalarida avtomobil g’ildiraklaridan tushayotgan kuchlanish 
    qiymati chuqurlik oshgan sari kamayib boradi. Bu yo’l to’shamasini ko’p qatlamli qilib 
    loyihalashni imkonini beradi.
    Yo’l to’shamasida quyidagi qatlamlar bo’ladi: 
    1.ustki yuza ishlov berish; 
    2.mayda donali asfaltbeton
    3.yirik donali asfaltbeton; 
    4.yopishqoq materiallar bilan ishlangan chaqiq tosh; 
    5.chaqiq tosh; 
    6.qum. 


    31 
    Qoplama - yo’l to’shamasining suv o’tqazmaydigan eng yuqori qatlami bo’lib 
    qimmatbaho va mustahkam tosh materiallar qorishmasidan tashkil topgan bo’ladi. qoplama 
    tabiiy ta'sirlarga (quyosh, yomg’ir, qor) va avtomobil g’ildiragidan tushayotgan kuchga bardosh 
    bera oladigan bo’lishi kerak.
    Qoplama yo’lning eng zarur foydalanuv sifatlarini, ravonligini, g’ildirakni qoplama bilan 
    tishlashish sifatlarini ta'minlaydi. 
    Asos – bu, yo’l qoplamasini ko’tarib turuvchi qismi bo’lib, tosh materiallardan yoki 
    bog’lovchi materiallar bilan mustahkamlangan tuproqdan iborat bo’ladi. 
    Asos avtomobil g’ildiraklaridan tushayotgan yuklamani qoplama orqali qabul qiladi va 
    o’zidan pastki qatlamlarga taqsimlaydi. Asos avtomobil g’ildiragidan tushayotgan yuklamani 
    to’g’ridan-to’g’ri qabul qilmaganligi uchun asos materiallarining mustahkamligini qoplamasiga 
    nisbatan kichik qilib olinsa maqsadga muvofiq bo’ladi. 
    Asos bir qancha qatlamlardan tashkil topishi mumkin. 
    Asosning qo’shimcha qatlami - namlanishga chidamli bo’lgan materiallardan tashkil 
    topgan bo’lib, yo’l to’shamasiga yer osti suvlarining ta'sirini kamaytirib turadi, shu bilan birga
    to’shamaning muzlash chuqurliligini kamaytiradi, qisqacha qilib aytganda, tekislovchi qatlam 
    vazifasini o’taydi. 
    Hisobiy yuklamalar deb, quyidagilar qabul qilingan: 
    Transport 
    O’qqa 
    tushadigan 
    eng kam 
    statik 
    yuklamak 
    kN 
    G’ildirakdan tushadigan 
    me’yoriy yuklama 
    O’
    rta
    ch

    bosi
    m,MP

    G’ildirakning hisobiy 
    diametri 
    Qo’zg’almas 
    holatda kN 
    Harakatdagi 
    holatda 
    Qo’zg’almas 
    holatda, sm 
    Harakatdagi 
    holatda, sm 
    Avtomobillar 
    A guruh 
    B guruh 
    100 
    60 
    50 
    30 
    65 
    39 
    0.6 
    0.5 
    33 
    28 
    37 
    32 
    Avtibuslar 
    A guruh 
    B guruh 
    110 
    70 
    55 
    35 
    72 
    46 
    0.6 
    0.5 
    34 
    30 
    39 
    34 
    Yo’l to’shamasini foydalanuv sifatlari - harakatning qulayligini va hisobiy tezlikni 
    ta'minlab bera oladigan qoplama bilan aniqlanadi. Yo’l qoplamasining quyidagi turlari mavjud: 
    14-rasm. Yo’l to’shamasi tuzilmasi. 


    32 
    Asfaltbeton qoplama - qoplamaning eng takomillashgan turi, mustahkam asosga 1 va 2 
    qatlamli qilib quriladi. Asfaltbeton qorishmasi quyidagi materiallardan tashkil topadi. 
    Chaqiq tosh, qum, bitum, mineral kukuni. 
    Asfaltbeton, tarkibidagi chaqiq tosh fraksiyasiga qarab yirik donali (40-20 mm gacha), 
    mayda donali (20-15 mm gacha), qumli turlarga bo’linadi (5 mm gacha). 
    Sementbeton - katta monolit plitali va kuchlanishga yuqori qarshilikni o’zida hosil qiladi. 
    Ular alohida 3 x 4 va 6 x7 m o’lchamda 18 sm dan 24 sm gacha qalinlikdagi plitalardan quriladi. 
    Plitalar bir - birdan choklar bilan ajratiladi. Sementbeton qoplamalar yig’ma va monolit 
    holda quriladi. Ko’ndalang va bo’ylama choklardan iborat bo’ladi.
    15-rasm. Beton qoplamalarda choklarni joylashish sxemasi. 
    Organik yopishqoq bog’lovchilar bilan ishlangan shag’al va chaqilgan toshli 
    qoplama - bitum va tosh bo’laklarini mustahkam bo’lish evaziga hosil qilinadi. Bu qoplamalar 
    avtomobil harakatidan kelayotgan ta'sirlarga yaxshi qarshilik ko’rsata oladi.
    Ustki yuza ishlov berish - yupqa ximoyalovchi qatlam, yo’l to’shamalari yuzasiga 2-2,5 
    l/m
    2
    bitum thkish yo’li bilan, so’ngra ustidan chaqilgan tosh zarrachalarini sepib, zichlash orqali 
    hosil qilinadi.
    Chaqilgan toshli qoplama - yaxshi zichlangan va pardozlangan chaqilgan tosh 
    qatlamlaridan iborat. 
    Bundan tashqqari qoplamalar shag’alli, mustahkamlangan gruntlardan va gruntlardan 
    tashkil topgan bo’lishi mumkin. 
    Yo’l to’shamalari quyidagi turlargabo’linadi: 
    - takomillashgan kapital (asfaltbeton, sementbeton) 
    - yengillashtirilgan (asfaltbeton, organik materiallar bilan qorilgan); 
    - o’tuvchi (shag’alli, chaqiq toshli, yirik toshli); 
    - past turdagi (QSHQ, tosh materiallar, mustahkamlangan grunt); 
    Yo’l to’shamalari avtomobil yo’llarining eng qimmat turuvchi qismi hisoblanadi. Unga 
    ketadigan sarf harajatlar butun yo’lga ketadigan mablag’ning 60% ni tashkil qiladi. 
    Yo’l to’shamasiga bevosita transport yuklari ta'sir qiladi. Yo’l to’shamalari eng 
    murakkab sharoitda ishlaydi. Shuning uchun yo’l to’shamasini tanlashda juda ahamiyatli bo’lish 
    kerak. 
    Yo’l to’shamasini loyihalash 2 ta ketma-ket bajariluvchi bosqichlardan tashkil topgan. 
    1.tuzilmani tanlash; 
    2.hisob ishlari. 
    Yuklamalar ta'sirida ishlashidan kelib chiqib, yo’l to’shamasini 2 ta guruhga ajratish 
    mumkin. 
    - qattiq yo’l to’shamalari - bikir; 
    - qattiq bo’lmagan yo’l to’shamalari- nobikit. 
    Qattiq yo’l to’shamalari - bu sementbeton qoplamalaridan iborat. 
    Qattiq bo’lmagan yo’l tushama - bu egilishga kam qarshilik qiluvchi tO’shamalar. 
    Bularga sementbeton qoplamalaridan boshqa hamma to’shama kiradi. 


    33 
    Yo’l to’shamasi qalinligini hisoblash natijalari nafaqat yo’l to’shamasiga ishlatiladigan 
    materiallar mustahkamlik ko’rsatkichlariga, balki yo’l poyi tuprog’i hisobiy ko’rsatkichlariga 
    ham bog’liq.

    Download 1,79 Mb.
    1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   26




    Download 1,79 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta Maxsus Ta'lim Vazirligi

    Download 1,79 Mb.
    Pdf ko'rish