Yo’l belgilari quyidagi 7 turga bo’linadi




Download 1,79 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/26
Sana21.09.2024
Hajmi1,79 Mb.
#271850
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26
Bog'liq
5b18c1ffe49b8

Yo’l belgilari quyidagi 7 turga bo’linadi: 
1.Ogohlantiruvchi (44 ta) 
2.Imtiyoz (9 ta) 
3.Taqiqlovchi (33 ta) 
4.Buyuruvchi (15 ta) 
5.Axborot-ko’rsatuvchi (78 ta) 
6.Servis (12 ta) 
7.Qo’shimcha axborot (48 ta). 
Yo’l belgilarini joylashtirish yo’l sharoitini hisobga olgan holda va DAN bilan kelishilib 
amalga oshiriladi. 
Ogohlantiruvchi yo’l belgilari haydovchiga yo’lning oldingi uchastkalarida qanday xavfli 
joylar borligi haqida ko’rsatma beradi. Aholi yashaydigan joylarda ogohlantiruvchi belgilar
xavfli uchastkaga yetmasdan 150-300 m masofada o’rnatilishi kerak. Aholi yashaydigan 
uchastkalarda esa - 50-100 m masofada. 
Imtiyoz belgilari - chorraxadan, qatnov qismlari ke-sishmalaridan yoki yo’lning tor 
uchastkalaridan o’tish navbatini belgilashda ishlatiladi. 
Taqiqlovchi belgilar - harakatga muayyan cheklovchilar kiritishda yoki ularni bekor 
qilishda foydalaniladi. 
Buyuruvchi belgilar - transport vositalarini biron-bir, yo’nalishi mavxum tadbirga va 
rejimga o’tishini belgilaydi.
Axborot ko’rsatuvchi belgilar harakatga muayyan rejimlar kiritishda yoki bekor qilishda, 
shuningdek aholi yashaydigan joylar va boshqa ob'ektlarning joylashishi haqida axborot berishda 
ishlatiladi. 
Servis belgilari - tegishli ob'ektlar qayerda joylashganligi haqida axborot berishda 
ishlatiladi. Aholi yashamaydigan punktlarda servis belgilari oldindan 60-80 km, aholi 
yashaydigan joylarda 400 - 800 m masofada ob'ektgacha o’rnatiladi. 
Qo’shimcha axborot belgilari (tablichka) ular bilan qo’llanilgan belgilarning ta'sirini 
aniqlashda yoki cheklashga ishlatiladi. 
Qo’shimcha axborot belgilari ko’pincha u yoki bu yo’l belgisini tagiga quyiladi. 
Avtomobil haydovchilariga yo’lning holati haqida axborot beruvchi yo’l belgilari bilan 
bir qatorda yo’l belgi chiziqlari ham katta ahamiyatga ega. 
Harakat tartibini belgilovchi yo’l belgi chiziqlariga yo’lni qatnov qismiga to’siqlarga va 
boshqa yo’l inshootlariga tushiriladigan chiziqlar, yozuvlar va har xil belgilar kiradi. 
Avtomobil yo’llarida harakatni tashkil qilishni samarador usullaridan yo’l belgi 
chiziqlarini ishlatishdir. Ularni ishlatish yo’l transport hodissalari sonini 30-50% kamayishiga 
olib keladi. Ishlatish funktsiyasi bo’yicha yo’l belgi chiziqlari ko’pincha mos keladi. Yo’l belgi 
chiziqlari bir qancha afzalliklarga egadir. Yo’l belgi chiziqlari haydovchilarni yon atrofga qaratib 
chalg’itmasdan, nigohini yo’lning qatnov qismiga qarayotgan holatda ko’rsatmalar beradi, 
shuning bilan birgalikda, ular haydovchiga yo’l belgilariga nisbatan uzoq muddat mobaynida 
ta'sir qiladi. Yo’l belgi chiziqlari kamchiligiga tez yedirilish, ifloslanishi va qor tagidan 
ko’rinmasligidir. 
Yo’l belgi chiziqlari 2 guruhga bo’linadi: gorizontal va vertikal. 
Gorizontal yo’l belgi chiziqlari takomillashtirilgan qoplamali yo’llarda tushirilib
quyidagi turlarga bo’linadi: 
Chiziladi va turlarga bo’linadi. 
- bo’ylama belgi chiziqlari; 
- ko’ndalang belgi chiziqlari; 
- xavfsizlik orolchalari;
- aholi yashash punkti, marshrut yo’nalishini bildiruvchi yozuvlar va boshqa belgi chiziqlari. 
Gorizontal yo’l belgi chiziqlari aholi yashaydigan punktlarda, tezyurar magistral yo’llarda, 
shuningdek jamoat passajir transportlari qatnaydigan yo’llarga tushiriladi. 


45 
Vertikal yo’l belgi chiziqlari (tayanchlari) ko’prik yo’l o’tkazgichlar to’siqlarida, 
tonnellarda, yo’l yon tomonlarida, xavfli joylarda o’rnatilgan xavfsizlik orolchalarini 
belgilashda ishlatiladi. 
Sun'iy yoritiladigan tumbalar aholi yashaydigan joylarda, ajratuvchi yo’lakchalarni 
boshlanishida va transport tonnellarini yon devorlari oldidan o’rnatiladi. 

Download 1,79 Mb.
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26




Download 1,79 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Yo’l belgilari quyidagi 7 turga bo’linadi

Download 1,79 Mb.
Pdf ko'rish