O‘zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o‘rtа mаxsus tа’lim vаzirligi




Download 1,42 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/34
Sana27.05.2024
Hajmi1,42 Mb.
#254733
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34
Bog'liq
GF4nZhkCOAqWyKdoTbQ1Jk6hOl9PY18iIKcSATyj




O‘ZBЕKISTОN RЕSPUBLIKАSI
ОLIY VА O‘RTА MАXSUS TА’LIM VАZIRLIGI 
Ismаilova Zuxra Koraboyevna, Maxsudov Po’latjon 
Maxsudovich, Ergashev Oyber Karimovich, Matkarimov 
Kamoliddin Jo’raboyevich
MAXSUS FANLARNI O’QITISH
METODIKASI 
(O’quv qo’llanma) 
Mutahassisliklar: 5A311001- Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish 
(suv xo`jaligida) 
5A630101- Atrof muhit muhofazasi (geoaxborot tizimlari) 
5A630101- Atrof muhit muhofazasi (xalqaro yer va suv resurslarini 
boshqarish) 
5A450301- Gidromeliorasiya ishlarini mexanizasiyalashtirish 
5A320310-To’qimachilik va yengil sanoat mashinalari va apparatlari 
5A320902-To’qimachilik xom ashyolarini qayta ishlash texnologiyasi 
(yigiruv texnologiyasi) 
5A321202-Tabiiy tolalarni dastlabki ishlash texnologiyasi (paxta) 
5A320407-Kimyoviy texnologiya va apparatlari (noorganik va organik ishlab 
chiqarish bo’yicha) 
5A410501-Qishloq xo’jalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash 
texnologiyasi (meva-sabzavot mahsulotlari) 
5A320902-Tikuv buyumlari texnologiyasi va konstruktsiyasini ishlash 
Toshkent - 2018 


Annotatsiya. O’quv qo’llanma magistratura ta’limining 5A311001- Texnologik 
jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish (suv xo`jaligida), 5A630101- Atrof muhit 
muhofazasi (geoaxborot tizimlari), 5A630101- Atrof muhit muhofazasi (xalqaro yer va suv 
resurslarini boshqarish), 5A450301- Gidromeliorasiya ishlarini mexanizasiyalashtirish
5A320310-To’qimachilik va yengil sanoat mashinalari va apparatlari, 5A320902-To’qimachilik 
xom ashyolarini qayta ishlash texnologiyasi (yigiruv texnologiyasi), 5A321202-Tabiiy tolalarni 
dastlabki ishlash texnologiyasi (paxta), 5A320407-Kimyoviy texnologiya va apparatlari 
(noorganik va organik ishlab chiqarish bo’yicha), 5A410501-Qishloq xo’jalik mahsulotlarini 
saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi (meva-sabzavot mahsulotlari), 5A320902-Tikuv 
buyumlari texnologiyasi va konstruktsiyasini ishlash mutaxassisliklari o’quv dasturiga asosan 
tayyorlangan bo’lib, yuqoridagi mutaxassisliklar magistrantlari uchun mo’ljallangan.
O’quv qo’llanmada maxsus fanlarni o’qitish metodikasi fanining maqsad va vazifalari, 
oily ta’limning me’yoriy-huquqiy xujjatlari, ta’lim tamoyillari, maxsus fanlardan ma’ruza, 
tajriba va amaliy mashg’ulotlarini tashkil etish hamda o’tkazish metodikasi bo’yicha o’quv 
materiallar o’z aksini topgan. Shuningdek, qo’llanmada talabalar bilim, ko’nikma va malakalarini 
nazorat qilish va baholash hamda dars tahlili va uni o’tkazish metodikasiga oid materiallar ham 
berilgan. 
Aннотация. Учебное пособие предназначено для магистрантов специальностей 
5A311001- Автоматизация производства и технологических процессов (водное хозяйство), 
5A630101- Охрана окружающей среды (геoинформационные системы), 5A630101-Охрана 
окружающей среды (управление международной земельных и водных ресурсов), 
5A450301- Механизация гидромелиоративных работ, 5A320310-Машины и аппараты 
текстильной и легкой промышленности, 5A320902-Технология переработки текстильного 
сыря (технология пряжи), 5A321202-Первичная обработка натуральных волокон (хлопок), 
5A320407-Машины 
и 
аппараты 
химической 
технологии 
(по 
органической 
и 
неорганической производстве), 5A410501-Технология первичной обработке и хранения 
сельскохозяйственных продуктов (плодо-овощные продукты), 5A320902-Технология 
швейных изделий и разработка их конструкции и подготовлено по учебной программы 
вышеизложенных специальностей.
В учебной пособии представлены материалы цели и задачи дисциплины методике 
преподования 
специальных 
дисциплин, 
учебно-правовые 
документы 
высшего 
образования, принципы обучения, организация и проведения лекционных, лабораторных а 
также практических занятий по специальных дисциплин. А также приведены материалы по 
оценке и контроля знаний, умений и навыков студентов, анализ занятий и методика их 
проведения. 
Annotation. The manual is intended for undergraduates of specialties 5A311001- Automation 
of production and technological processes (water management), 5A630101- Environmental protection 
(geoinformation systems), 5A630101-Environmental protection (management of international land and 
water resources), 5A450301- Mechanization of irrigation and drainage works, 5A320310- Machines 
and devices of textile and light industry, 5A320902-Technology for the processing of textile raw 
materials (yarn technology), 5A321202-Primary processing of natural fibers (cotton), 5A320407-
Machines and devices for chemical technology (for organic and inorganic production), 5A410501-
Technology for primary processing and storage of agricultural products (fruit and vegetable products ), 
5A320902-Technology of garments and development of their design and prepared according to the 
curriculum of the above specialties. 
In the training manual materials of the purpose and objectives of the discipline are presented to 
the method of teaching special disciplines, the teaching and legal documents of higher education, the 
principles of teaching, the organization and conduct of lecture, laboratory and practical classes in 
special disciplines. And also the materials on the evaluation and control of students' knowledge, 
abilities and skills, the analysis of classes and the methods of their conduct are given. 
Taqrizchilar: 
D.O.Ximmataliyev-Toshkent irrigatsiya va qishliq xo’jaligini 
mexanizatsiyalash 
muhandislari 
instituti 
“Pedagogika, 
psixologiya va o’qitish metodikasi” kafedrasi dotsenti, ped.f.d. 
R.M.Muradov-Namangan muhandislik-texnologiya instituti 
“Tabiiy tolalarni dastlabki ishlash texnologiyasi” kafedrasi
professori, tex.f.d. 


M U N D A R I J A 
Kirish.......................................................................................................................4 
Maxsus fanlarni o’qitish metodikasi fanining mazmuni, predmeti va
maqsadi....................................................................................................................7 
Oliy ta’limning me’yoriy-huquqiy xujjatlari................................................. .........17 
Ta’lim tamoyillari....................................................................................................48 
Maxsus fanlarni o’qitishning tashkiliy shakllari.....................................................65 
Maxsus fanlarni o’qitishni metodlari......................................................................85 
Ta’lim jarayonida ko’rgazmali vositalaridan foydalanish metodikasi.................100 
Maxsus fanlardan tajriba - amaliy mashg’ulotlarini o’tkazish metodikasi...........113
Talabalar bilim, ko’nikma va malakalarini nazorat qilish va baholash...............121 
Dars tahlili va uni o’tkazish metodikasi............................................................... 142 
Glоssariy................................................................................................................152 
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati........................................................................162 


KIRISH 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “O‘zbekiston 
Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi 
Farmonining ijtimoiy yo‘nalishida amalga oshiriladigan muhim tadbirlar qatorida 
oliy ta’lim muassasalari uchun pedagoglarning yangi avlodini shakllantirish, 
ma’naviy-ahloqiy jihatdan etuk, mustaqil dunyoqarashga ega, ijodiy fikrlovchi, 
boy milliy meros, shuningdek, umuminsoniy va milliy qadriyatlarga sadoqatli 
barkamol shaxsni tarbiyalab voyaga etkazish vazifalari ham belgilab o‘tilgan. 
O‘zbekiston 
Respublikasi 
Prezidentining 
2017 
yil 
20 apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari 
to‘g‘risida”gi Qarorida " ... ta’lim jarayonini, oliy ta’limning o‘quv reja va 
dasturlarini yangi pedagogik texnologiyalar va o‘qitish usullarini keng joriy etish, 
magistratura ilmiy-ta’lim jarayoninisifat jihatidan yangilash va zamonaviy 
tashkiliy shakllarini joriy etish asosida yanada takomillashtirish"lozimligi ko‘rsatib 
o‘tilgan. 
Bunday sharoitda ijtimoiy ahamiyatli bilim va qadriyatlar jamiyatda amalga 
oshirilayotgan islohotlar talablariga to‘la javob bera olish layoqatiga ega, ishlab 
chiqarish sohasida yuzaga kelgan raqobatga bardoshli, keskin o‘zgarishlarga 
moslasha oluvchi, shuningdek, mehnatbozorida mutaxassislar malakasiga 
qo‘yilayotgan talablar darajasida samarali faoliyat yurita oluvchi mutaxassisni 
shakllantirishga yo‘naltirilmog‘i lozim. 
Xalq xo‘jaligigining turli sohalari hamda oliy ta’lim muassasalari uchun etuk 
pedagog kadrlar zaxirasini tayërlash magistratura ta’limining asosiy vazifalari 
hisoblanadi. Ushbu vazifani hal etishda o‘quv rejadagi "Maxsus fanlarni o‘qitish 
metodikasi" fani ham muhim o‘rin egallaydi. 
Oliy ta’lim muassasalari magistrantlarining kasbiy-pedagogik rivojlanishi 
ularning mustaqil fikrlashlari, ijodkorliklari, faolliklari, munosabatlarining 
chuqurlashib hamda boyib borishi, xarakter hamda dunyoqarashlarining 


turg‘unlashuvi hamda o‘z o‘zini tarbiyalashga bo‘g‘liq bo‘lgan ehtiyojlarining 
shakllanishi, ijtimoiy shaxsiy qiziqishlarining kasbiy-pedagogik yo‘nalishga ega 
bo‘lishi kabi holatlar bilan tavsiflanadi. Bo‘lajak mutaxassis uchun magistraturada 
ta’lim olish jarayoni bu magistrantlarda ilmiy-pedagogik faoliyatni muvaffaqiyatli 
amalga oshirishda kasbiy jihatdan ahamiyatli sanalgan sifat, bilim, ko‘nikma va 
malakalarni rivojlantirish hamda o‘z-o‘zini takomillashtirish davri hamdir. 
Pedagog shaxsi shakllanishining ushbu davrida bilimlarni jamlash, saqlash, uzatish 
ularning mantiqiy tuzilmasini yaratish va istiqbolda kasbiy-pedagogik faoliyatni 
tashkil etishda ularni samarali qo‘llash kabi jihatlarni o‘zida mujassam ettirgan 
jarayon uzluksizravishda amalga oshirildi. Pedagogik-psixologik faoliyat bilan 
bog‘liq qarash, qadriyat hamda motivatsiyalar mohiyatan o‘zgarib, takomillashib 
boradi. SHu bilan barobar ravishda magistrantlar oliy ta’lim muassasalarida ta’lim-
tarbiya jaraënini amalga oshirish malaka larini ham egallab boradilar. 
Magistrantlarni ilmiy-pedagogik faoliyatga tayyorlashda faol va samarali 
usul hamda shakllardan foydalaniladi. Ular oliy ta’lim muassasalarida olgan bilim, 
ko‘nikma va malakalarini ta’lim muassasasi sharoitiga qiyinchiliksiz ko‘chira 
olishi, ta’lim jaraëninitez o‘zlashtirib olishi, tarbiyaviy ishlarni zamon talablari 
asosida olib borishlari kerak. 
Hozirgi kunda magistratura mutaxassisliklari o‘quv rejalarida tanlov fani 
hisoblangan “Maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi” o‘quv fani barcha 
mutaxassisliklar uchun 20 soat ma’ruza va 40 soat amaliy mashg‘ulot tarzida 
rejalashtirilgan. 
Mualliflar mazkur o‘quv qo‘llanmada maxsus fanlarni o’qitish metodikasi 
fanining maqsad va vazifalari, ta’lim tamoyillari, maxsus fanlardan ma’ruza, 
tajriba va amaliy mashg’ulotlarini tashkil etish hamda o’tkazish metodikasi 
bo’yicha o’quv materiallar o’z aksini topgan. Shuningdek, qo’llanmada talabalar 
bilim, ko’nikma va malakalarini nazorat qilish va baholash hamda dars tahlili va uni 
o’tkazish metodikasiga oid materiallarini berishga harakat qilganlar.


Mazkur o‘quv qo‘llanma shu sohadagi qadamlardan biri bo‘lib, uning 
tuzilishi va mazmuni to‘g‘risida bildirilgan fikr va mulohazalar kelajakda uni 
yanada takomillashtirishga yordam beradi deb o‘ylaymiz.


1.
MAXSUS FANLARNI O’QITISH METODIKASI FANINING 
MAZMUNI, PREDMETI VA MAQSADI 

Download 1,42 Mb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34




Download 1,42 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o‘rtа mаxsus tа’lim vаzirligi

Download 1,42 Mb.
Pdf ko'rish