tasdiqlangan namunadagi, kasb-hunar faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini
beradigan diplom topshiriladi.
Magistratura aniq mutaxassislik bo‘yicha fundamental va amaliy bilim
beradigan, bakalavriat negizida ta’lim muddati kamida ikki
yil davom etadigan oliy
ta’lim hisoblanadi.
«Magistr» darajasini beradigan davlat malaka attestatsiyasi magistrlik
dasturining yakunlovchi bosqichidir. Magistrlarga davlat tomonidan tasdiqlangan
namunadagi, kasb faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini beradigan diplom
topshiriladi.
Ikki bosqichli oliy ta’lim tizimini tashkil etish va rivojlantirish uchun
quyidagilarni amalga oshirish zarur:
bakalavriat va magistratura uchun davlat ta’lim standartlarini ishlab chiqish va
joriy etish;
oliy ta’lim muassasalari uchun professor-o‘qituvchi kadrlar tayyorlash, shu
jumladan xorijiy davlatlardagi etakchi o‘quv va ilmiy markazlarda
tayyorlash;
oliy ta’lim muassasalarida tarkibiy o‘zgartishlar o‘tkazish;
oliy ta’lim muassasalari boshqaruvini takomillashtirish, bu muassasalarning
mustaqilligini kuchaytirish, muassislar, vasiylar kengashlari,
jamoat nazorat
kengashlari shaklidagi jamoat boshqaruvini joriy etish;
ta’limning fan va ishlab chiqarish bilan integratsiyasi ta’sirchan
mexanizmlarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish;
o‘qishni, mustaqil bilim olishni individuallashtirish hamda masofaviy ta’lim
tizimi texnologiyasi va vositalarini ishlab chiqish hamda o‘zlashtirish;
pedagogik va axborot texnologiyalari, tayyorgarlikning modul tizimidan
foydalangan holda talabalarni o‘qitishni jadallashtirish;
xalqning boy ma’naviy va intellektual merosi va umumbashariy qadriyatlar
asosida ta’limning insonparvarlik yo‘nalishini ta’minlash.
1.3. Maxsus fanlarni o’qitish metodikasi pedogogik fan sifatida. Maxsus
fanlarni o’qitish
metodikasi fanini predmeti, maqsad va vazifalari.
Bugungi kunda magistratura mutaxassisliklaridagi “Maxsus fanlarni o‘qitish
metodikasi” fani tanlov fani hisoblanib, fanning o‘quv dasturi har bir oliy ta’lim
muassasasidagi shu fanni o‘qitishga ma’sul bo‘lgan professor – o‘qituvchilar
tomonidan ishlab chiqilmoqda.
“Maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi” fani bo‘yicha o‘quv dasturini tuzishda
uning quyidagi maqsad va vazifalarini hisobga olish dastur mukammalligini
oshiradi (1.1-rasm).
1.1-rasm. Maxsus fanlarni o’qitish metodikasi fanining maqsadi va vazifalari.
Fanning ma’ruza mashg‘ulotlarida oliy ta’limning me’yoriy-huquqiy
xujjatlari, ta’lim tamoillari, maxsus fanlarni o‘qitishning tashkiliy shakllari va
amalga
oshirish metodlari, maxsus fanlardan ma’ruza, amaliy va tajriba
mashg‘ulotlarini o‘tkazish metodikasi, talabalar bilan kunikma va malakalarini
nazorat qilish va baholash kabi mavzular o‘rin olgan.
Amaliy mashg‘ulotlarda esa, fanga oid quyidagi mavzularga o‘rin ajratilgan:
oliy ta’lim muassasalarining tuzilmasi va mazmuni, oliy ta’limning me’yoriy –
huquqiy xujjatlarini tuzilishi va ularni rasmiylashtirish, ta’lim
metodlari va ularni
amalga oshirish metodikasi, maxsus fanlarni o‘qitishda innovatsion ta’lim
texnologiyalaridan foydalanish, maxsus fanlardan ma’ruza, amaliy va tajriba
mashg‘ulotlarini o‘tkazish metodikasi, darsni tahlil qilish metodikasi bo‘yicha
bilim va ko‘nikmalar hosil qilish.
1.4. Maxsus fanlarni o’qitish metodikasi fanining tadqiqot metodlari.
Maxsus fanlarni o’qitish muammolariga qaratilgan ilmiy izlanishlar
o’tkazishdan maqsad o’qitish va o’rgatishning, samarali metodlarni ishlab chiqish
va amalda qo’llash, axborot-texnik vositalarni qo’llashga
doir masalalarni
yechishni o’rganishdan iboratdir. Ilmiy izlanishlar olib borish uchun o’qituvchida
fanning mazmunini chuqur bilishni talab etiladi. Ko’pchilik bo’lajak pedagoglar
talabalik vaqtlaridayoq pedagogik izlanishlar bilan shug’ullanadilar. Fan bo’yicha
metodik ko’rsatmalar, maketlar, mustaqil ishlar uchun materiallar tayyorlaydilar.
Ilmiy anjuman va seminarlarda ma’ruzalari bilan qatnashib, o’zlarining pedagogik
mahoratlarini oshirib boradilar.
Ilmiy pedagogik izlanishlar jarayonini shartli ravishda quyidagi bosqichlarga
bo’lish mumkin: