O‘zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o‘rtа mаxsus tа’lim vаzirligi




Download 1,42 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/34
Sana27.05.2024
Hajmi1,42 Mb.
#254733
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   34
Bog'liq
GF4nZhkCOAqWyKdoTbQ1Jk6hOl9PY18iIKcSATyj

Umumiy yoki aralash dars. Bunday darslarda har xil didaktik masalalar hal 
etiladi - uy vazifalarini va talabalarniig bilimlarini tekshirish, yangi materialni 
bayon qilish va boshqalar amalga oshiriladi. Ular maxsus fanlarni o’rganishda eng 
ko’p tarqalgan. Aralash dars o’quv jarayonining bir-biriga eng yaqin zvenolarini 
o’z ichiga oladi, bu esa talabalar bilimlarni puxta va ongli o’zlashtirishini 
ta’minlash uchun muhimdir. 
4.4. O’quv laboratoriyalarida o’qitish 
Laboratoriya (lotinchadan “laboro”- ishlayman) - ilmiy muassasa, 
vazirlik, korxona, o‘quv yurti tarkibidagi ilmiy, ishlab chiqarish-nazorat tajribalari 
yoki o‘quv mashg‘ulotlari olib boruvchi mustaqil muassasa yoki bo‘lim, bo‘linma. 
Oliy ta’lim muassasalarida laboratoriya 3 turga ajratiladi: o‘quv laboratoriya 
(ayrim o‘quv fanlaridan) - talabalar bilan laboratoriya mashg‘ulotlari olib boriladi; 
muammoli laboratoriya - asosiy fanlar bo‘yicha yirik ilmiy-texnikaviy izlanish 


masalalari hal qilinadi; soha laboratoriya - ishlab chiqarishning muayyan 
tarmog‘idagi dolzarb masalalar hal etiladi. 
O‘quv laboratoriyalarining vazifalari. O‘qitishning moddiy - texnika bazasi 
yaxshi tashkil etilgan taqdirdagina yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash 
imkoniyati tug‘iladi. 
O‘qitishning boshlang‘ich davri uchun juda muhim hisoblangan ta’lim 
oluvchilar guruhining ishlab chiqarish sharoiti yaratilgan o‘quv laboratoriyasida 
mas’ul o‘qituvchi nazoratida ishlashini ta’minlovchi me’yorli o‘quv jarayonini 
tashkil etish juda qiyin, ba’zan esa ikoniyat ham bo‘lmaydi. SHu sababli ta’lim 
muassasasining o‘zida ham, korxonalarda ham yaxshi jihozlangan o‘quv 
laboratoriyasi, o‘quv maydonlarini albatta tashkil qilinishi nazarda tutiladi. Ta’lim 
oluvchilar bu erda ish o‘rnini oqilona tashkil qila bilish malakalarni egallaydilar, 
ishni bajarish uchun zarur bo‘ladigan mexanizmlar, jihozlar, asbob-uskunalar bilan 
tanishadilar, operatsiyalar va ishlar kompleksini texnologik tartibda bajarishning 
mehnat usullarini, ishlab chiqarish madaniyatini egallaydilar, o‘quv vaqtidan 
oqilona foydalanishni, xavfsizlik texnikasi, ishlab chiqarish va texnologik intizom 
talablariga roiya qilishni o‘rganadilar. 
O‘quv laboratoriyalarining mavjudligi ta’lim oluvchilarni frontal o‘qitish 
uchun zarur sharoitlar yaratadi, nazariy mashg‘ulotlarni ishlab chiqarish ta’limi 
bilan oqilona ravishda almashlab turish imkonini beradi, materiallarni dasturga 
muvofiq izchil o‘rganishni ta’minlaydi. 
O‘quv laboratoriyalari, o‘quv maydonchalarini tashkil qilish, ularni 
jihozlash va rejasini tuzish ta’lim muassasasi turi, tayyorlanadigan ixtisosliklarning 
tavsifi va ishlab chiqarishning xususiyatlariga muvofiq holda amalga oshiriladi. 
O‘quv laboratoriyalarining tarkibi hamda maydoni sanoat, qurilish, qishloq 
xo‘jaligi, transport, aloqa, savdo va maishiy-maishiy xizmat ko‘rsatishning tegishli 
sohalarini loyihalashtirishning texnologik me’yorlariga shuningdek, qurilish 
me’yor va qoidalariga javob berishi kerak. 
O‘quv laboratoriyalari odatda birinchi qavatda joylashtiriladi. O‘quv 
laboratoriyalarida shovqin chiqaradigan dastgohlar bo‘lishini e’tiborga olib, 


nazariy bilim berishga mo‘ljallangan binolardan ularni iloji boricha alohida 
qanotga yoki uzoqroqqa joylashtirish kerak. 
O‘quv laboratoriyalaridagi havoning harorati qishda 15-16°C dan past 
bo‘lmasligi yozda 20°C dan oshmasligi kerak. Bunday harorat ishlash uchun eng 
qulay sharoitni ta’minlaydi. O‘quv laboratoriyalariga yangi havoning doimo oqimi 
tabiiy yoki havo almashuvini etarlicha ta’minlovchi sun’iy ventilyasiya orqali kelib 
turishi zarur. 
Ta’lim muassasasi binosiga tutash holda qurilgan o‘quv laboratoriya 
xonalari boshqa xonalardan tovush yutuvchi vositalar bilan himoyalangan bo‘lishi 
lozim. 
O‘quv laboratoriya xonalaridagi chiqindilar har doim yig‘ishtirib olinishi 
lozim. 
O‘quv laboratoriya xonalarining poli issiq, tekis va tozalash uchun qulay 
bo‘lishi lozim. 
O‘quv laboratoriya xonalarining devorlari silliq bo‘lishi, bo‘yoq bilan 
qoplanishi va namlab tozalab turish uchun qulay bo‘lishi lozim. 
O‘quv laboratoriya xonalari ichimlik suvi bilan ta’minlanishi lozim. 
O‘quv laboratoriya xonasida birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish uchun 
tibbiyot qutichasi (aptechka) bilan ta’minlangan bo‘lishi lozim. 
O‘quv laboratoriya xonalarida ta’lim oluvchilarning ustki kiyimlarini 
saqlash uchun alohida shkaf ajratilgan bo‘lishi lozim. 
O‘quv laboratoriya xonalari va bo‘limlarining maydoni hamda sanitariya-
texnika me’yorlari ta’lim muassasasida tayyorlanadigan ixtissosliklarga qarab 
me’yorlar bilan belgilanadi. O‘quv laboratoriyalarining rejasini tuzishda 
qo‘yiladigan umumiy talablar quyidagilardan iborat: 

o‘quv laboratoriyalari mashg‘ulotlarni dasturiga muvofiq o‘tkazishga 
moslashtirilgan va operatsion kompleks tizimga muvofiq bo‘lishi kerak; 

har bir bo‘lim maydoni va asbob-uskunalari miqdoriga ko‘ra hamda 
beriladigan kasbga muvofiq 25 - 30 yoki 12 - 15 kishilik ta’lim oluvchilar guruhini 
bir vaqtda o‘qitishga mo‘ljallanadi; 



laboratoriya xonalari butun guruhni (frontal) o‘qitishga moslangan 
bo‘lishi kerak; 

agar laboratoriya xonasi bir necha guruhni bir vaqtda o‘qitishga 
mo‘lallangan bo‘lsa, o‘quv guruhining ish mintaqasidan o‘tish yo‘lini berkitish 
uchun laboratoriya xonasi bo‘limlari bir-biridan ajratiladi. Bu bilan ishlab 
chiqarish ta’limi ustasining barcha guruh bilan mashg‘ulot o‘tkazish uchun zarur 
sharoit yaratiladi; 

o‘quv laboratoriyalarida har bir kasbning o‘ziga xos xususiyatini 
nazarda tutib, alohida bo‘limlar, shuningdek, asbob-uskunalar va materiallar 
saqlanadigan omborxona, chilangar-mexanika bo‘limi va hokazolar tashkil 
qilinadi; 

texnologik jarayon jihatidan bog‘liq bo‘lgan bo‘limlarni bir-biriga 
yaqinroq joylashtirish kerak. Masalan, chilangar-mexanika ustaxonalarni dastgoh 
o‘rnatilgan bo‘limlarga-tokarlik ustaxonasini-frezrlash va silliqlik bo‘limlariga 
yaqin joylashtiriladi;
O‘quv laboratoriya xonalarilarining o‘quv-ishlab chiqarish 
muhitiga qo‘yiladigan talablar 
Maydoni bo‘yicha qurilish 
me’yorlari va qoidalari talablariga 
mosligi 
(bir ta’lim oluvchiga) 
Dastgohlarda – 6-12 m
2
CHilangarlik, elektr montaj va h.k. 
– 4,0-4,5 m
2
Elektr, gaz payvandlash ishlari – 
7,5-9,0 m
2
Duradgorlik, mexanik ishlar – 10-
12m
2
Ish 
sharoitining 
maqbulligi: 
Hajmi – bir ta’lim oluvchiga 13 
m
3
dan kam emas; 
Harorati – 16-20 
0
S; 
SHamollatish 
– 
bir 
ta’lim 
oluvchiga 20m
3
/soat; 
SHovqin darajasi – 70 DB gacha 
Jihozlarni me’yorida o‘rnatish va 
ishlatish 
shart-sharoitlariga 
muvofiqligi: 
Dastgohlar, temirchilik, mashina 
yig‘ish, qurilish-pardozlash va h.k. – 
1 qavatda; 
Sanitariya, gigiena va mehnat 
xavfsizligi talablariga muvofiqligi: 
yong‘in va portlashga xavfli 
bo‘limlar izolyasiyasi; chang va gaz 
ajraluvchi xonalarni izolyasiyalash; 
zaruriy 
ko‘tarma-mexanik 


CHilangarlik, 
elektrmontaj, 
tikuvchilik va h.k.- 2 va 3 qavatlarda. 
qurilmalarning 
mavjudligi; 
eshiklarning 
etarli 
o‘lchamga 
egaligi; 
yong‘inni 
o‘chirish 
vositalari 
va 
yong‘in 
holatida 
chiqish joylarining mavjudligi. 
Me’yorda yoritilganligi: 
Tabiiy-derazalar 
maydoni 
pol 
maydoning 1/6 dan kam bo‘lmasligi; 
yorug‘ ton beruvchi bo‘yoqlarni 
qo‘llash; to‘siqli joylarda derazadan 
yoritilishi bilan chiroqli yoritishni 
uyg‘unlashtirish. 
Sun’iy-umumiy 
100-150 
lk; 
maxsus 400 lk gacha. 
Ishlab 
chiqarish 
estetikasi 
talablariga muvofiqligi: 
Devor, shift va jihozlarning rangi 
va toni (qurilish me’yorlari va 
qoidalariga mos ravishda); yagona 
uslubda jihozlash va mebellarni 
joylash; 
deraza 
va 
pollarni 
yaxshilab tozalash imkoniyatining 
mavjudligi. 
4.1-rasm. O‘quv laboratoriyalarining o‘quv-ishlab chiqarish muhitiga 
qo‘yiladigan talablar. 

devorning bir tomoniga guruh ko‘rsatkichlari oynasi (guruh tarkibi, 
uning majburiyatlari, o‘quv-ommaviy ishlar rejasi) o‘rnak ko‘rsatgan ta’lim 
oluvchilarning ismi shariflari (suratlari) o‘rnatiladi; 

laboratoriya xonalarining ko‘rinadigan joyiga birinchi yordam 
ko‘rsatish uchun dori-darmon solingan aptechka va qaynatib sovitilgan suvli bak 
qo‘yiladi;

ta’lim oluvchilarning ish o‘rnidagi individual asbob uskunalari 
komplekti va cho‘tka, supurgi, qirindini olib tashlash uchun maxsus xokandoz va 
ilgaklar bo‘lishi kerak;

laboratoriya xonalarida tozalash uchun ishlatiladigan materiallar, 
qirindi, qipiqni yig‘ishga mo‘ljallangan qopqoqli yashik; qirindi va qipiqlarni 
yig‘ishtirib olish uchun xokandoz-belkurak, ustaxonani tartibga keltirish uchun 
cho‘tkalar bo‘lishi kerak; 

yong‘inga qarshi zaruriy asbob-uskunalar albatta bo‘lishi shart. 
O‘quv laboratoriyalarini jihozlash. O‘quv laboratoriyalari ta’lim 
oluvchilar fan dasturi talablariga muvofiq topshiriqlarni bajarishlari uchun zarur 


bo‘ladigan, mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik texnikasi talablariga javob 
beradigan yakka va ommaviy foydalanishga mo‘ljallangan asosiy hamda 
yordamchi asbob-uskunalari bilan jihozlanadi. 
Jihozlarni o‘quv laboratoriya xonalariga joylashtirish. Jihozlarni o‘quv 
ustaxonalariga joylashtirish quyidagi imkoniyatlarni yaratadi: 

o‘qituvchiga o‘z ish o‘rnida turib ta’lim oluvchilar guruhiga jamoaviy 
yo‘riqnoma berish imkoniyatini; 

ta’lim oluvchilarning ishlashlari uchun eng qulay va xavfsiz sharoitni; 

ishlash va ta’mirlash vaqtida, shuningdek materiallar, detallar, 
chiqindilarni tashishda har tomondan kelishning qulayligini. Bunda dastgoh 
orasidan o‘tish joylarining kengligi 0,5-0,8 m, dastgohlar qatori orsidagi o‘tish 
yo‘lining kengligi eng kamida 1,2 m, aravacha, elektrokar va boshqa taransport 
o‘tadigan joyning kengligi kamida 2 m dan qilib belgilanadi. 
Barcha turdagi jihozlarning xavfli joylari to‘r, kojux yoki to‘siqlar bilan 
to‘sib qo‘yiladi. 
Ko‘pincha turli maqsadlarga mo‘ljallangan, maydonining shakli turlicha 
bo‘lgan binolarga o‘quv laboratoriya xonalari joylashtiriladi. O‘quv jihozlarini 
joylashtirish ko‘p jihatdan bino shakliga, shuningdek, binoning yoritilishi holatiga 
(bir tomonlama, ikki tomonlama va aralash) bog‘liqdir. Bu omillarni e’tiborga olib, 
o‘quv laboratoriya xonalarida asbob-uskunalarni frontal (4.2-a rasm) yoki 
qatorasiga (4.2-b rasm) o‘rnatish mumkin.
Qatorasiga joylashtirish qulay bo‘lib bunday jihozlar ishlab chiqarish 
ta’limi ustasining ish o‘rniga qaratib uch-to‘rt qator qilib joylashtiriladi, bu esa 
o‘qituvchiga butun guruh ishini kuzatib turish imkonini beradi. Bundan tashqari, 
jihozlarni qatorasiga joylashtirish binoning bir tomonlama yoritilishida ham ikki 
tomonlama yoritilishida ham tabiiy yoritilishidan yaxshiroq foydalanish imkonini 
beradi. Bundan tashqari, jihozlarni qatorasiga joylashtirish binoning bir tomonlama 
yoritilishida ham tabiiy yoritilishdan yaxshiroq foydalanish imkonini yaratadi.


4.2-rasm. Jihozlarni o‘quv laboratoriya xonasida joylashtirish. 
Dastgohlarni laboratoriya xonalariga joylashtirishda dastgohlar orasida, 
dastgohlar bilan devor orasida hamda qatorlar orasida tegishli masofa bo‘lishini 
ta’minlash zarur. O‘rta guruhdagi dastgohlar qatorasiga joylashtirilganda old 
tomondan ularning oralig‘i 0,5 m dan kam bo‘lmasligi kerak. O‘rtacha kattalikdagi 
dastgohlar ko‘ndalangiga joylashtirilganda ularning oralig‘i 0,9 m dan kam 
bo‘lmasligi kerak. Agar ta’lim oluvchining ish o‘rni orqa tomondan dastgohlar 
qatori bilan emas, balki kolonna yoki devor bilan cheklansa, bu oraliq 0,8 m gacha 
qisqartirilishi mumkin. 
Dastgohlar devor bo‘ylab o‘rnatilganda dastgohlarning orqa gabarit nuqtasi 
bilan devor oralig‘i (o‘rta guruhdagi dastgohlar uchun) 0,5 m dan kam bo‘lmasligi 
kerak. Bu oraliqlar ba’zan etarli bo‘lmaydi, shuning uchun dastgohni tuzatish va 
tekshirish vaqtida elektryuritgichni olish hamda o‘rnatish, boshqarish shkafi 
eshigini ochish va shu kabi ishlarni bajarish imkoniyatini yaratish uchun oraliqni 
kengaytirish zarur bo‘ladi.
Har bir dastgohni o‘quv ustaxonasiga o‘rnatish jarayonida uning barcha 
konstruktiv va texnologik xususiyatlarini hisobga olish kerak. Dastgohlar tabiiy 
yorug‘lik ish zonasiga o‘ng tomondan yoki old tomondan va o‘ngdan tushadigan 
qilib o‘rnatilishi kerak. Mahalliy yoritishda dastgohning derazaga nisbatan 
joylashuvi ixtiyoriy bo‘lishi mumkin. 
O‘quv laboratoriya xonalarida ish tartibi. Ish o‘rnida mehnatni ilmiy 
asosda tashkil etish insondagi yuksak mehnat qobiliyati va sog‘liqni saqlashni 


ta’minlovchi to‘g‘ri mehnat va dam olish rejimiga asoslanadi. Tadqiqotlarni 
ko‘rsatishicha, ta’lim oluvchilarning ish qobilyati kun va hafta davomida sezilarli 
o‘zgarishlarga duch keladi. U yuqori darajada saqlanishi yoki aksincha, tez 
pasayishi (kundalik rejim buzilganda, yoritish yomon bo‘lganda, yuqori harorat, 
shovqinlar ta’sir qilganda, kam yoki betartib ovqatlanish va shu kabilarda) 
mumkin.
Ish kuni davomida ta’lim oluvchilarni ishlash qobilyatlari uch bosqich bilan 
tar’riflanadi: birinchisi-ta’lim oluvchi ishga «sho‘ng‘iydi» (ishlash qobilyati qat’iy 
bo‘lgan holat) uning mehnat unumdoligi asta-sekin oshib boradi; ikkinchisi-yuqori 
unumdorlik davri; uchinchisi-charchash natijasida unumdorlikning pasayishi.
Ish joyida mehnatni ilmiy asosda tashkil etishning asosiy shartlaridan biri 
ish o‘rnining etarli darajada yoritilishidir.
YOritish Davlat standarti talablariga muvofiq bo‘lishi, yuzalarni etarli 
darajada yoritilishini ta’minlashi, ish vaqti davomida doimiy bo‘lishi, yorug‘ligi 
bo‘yicha teng taqsimlanishi, ko‘z nuriga ta’sir ko‘rsatmasligi lozim. 
YOritishning me’yorda bo‘lishi eng avvalo yorug‘lik manbaining 
joylashishiga bog‘liqdir. 4.3-rasmda yorug‘lik manbaining to‘g‘ri (a) va noto‘g‘ri 
(b, v, g) joylashtirilishi ko‘rsatilgan. Birinchi holat eng to‘g‘risidir, chunki 
yorug‘lik manbai ishlovchining boshi tepasiga, chap tomonga joylashtirilganligi 
tufayli u ko‘z nurini olmaydi va ish zonasiga soya tushurmay to‘g‘rida-to‘g‘ri ish 
stolini yoritadi. Qolgan uch holatda yorug‘lik manbai noto‘g‘ri joylashtirilgan.
4.3-rasm. Yorug‘lik manbalarini joylashtirish variantlari: 

Download 1,42 Mb.
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   34




Download 1,42 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o‘rtа mаxsus tа’lim vаzirligi

Download 1,42 Mb.
Pdf ko'rish