O‘zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o‘rtа mаxsus tа’lim vаzirligi




Download 1,42 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/34
Sana27.05.2024
Hajmi1,42 Mb.
#254733
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   34
Bog'liq
GF4nZhkCOAqWyKdoTbQ1Jk6hOl9PY18iIKcSATyj

Tayanch so’z va iboralar: Ko’rgazmalilik tamoyili, ta’lim vositalari turlari, 
yassi tasviriy ko’rsatma, hajmiy tasviriy ko’rsatma, maket, model, grafik 
organayzerlar, haqiqiy namunalar, o’quv xona doskasiga chiziladigan rasm, 
o’qitishning axborot texnik vositalari, o’quv videofilmi, o’quv videofilmini
namoyish qilish metodikasi.  
6.1. Ko’rgazmalilik-didaktik tamoyillari asosida. 
Ta’lim sifati va samaradorligini ta’minlashda ko‘rgazmali metodlar ham 
alohida ahamiyatga ega.
Ko‘rgazmali metodlardan foydalanish zaruriyati ko‘rsatmalilik tamoyiliga 
amal qilish maqsadga muvofiq ekanligida ko‘rinadi. Inson miyasining 30 foiz 
hajmini ko‘rishni, faqat 3 foizigina eshitishni ta’minlovchi neyronlar tashkil etadi. 
Pedagogik-psixologik yo‘nalishda olib borilgan tadqiqotlar natijalaridan ma’lum 
bo‘ladiki, shaxs tomonidan o‘zlashtirilayotgan bilimlarning 85 foizi ko‘rish 
retseptorlari yordamida o‘zlashtiriladi. Demak, o‘zbek xalqi tomonidan ko‘p bora 
qo‘llaniladigan “YUz marta eshitgandan bir marta ko‘rgan yaxshi” maqoli ilmiy 
asosga ega ekan. 
Namoyish metodi o‘rganilayotgan ob’ekt harakat dinamikasini ochib 
berishda qo‘l keladi va ayni chog‘da predmetning tashqi ko‘rinishi va ichki 
tuzilishi haqida to‘laqonli ma’lumot berishda keng qo‘llaniladi. Tabiiy ob’ektlarni 
namoyish qilishda odatda uning tashqi ko‘rinishi (shakli, hajmi, miqdori, rangi, 
qismlari, ularning o‘zaro munosabatlari)ga e’tibor qaratiladi, so‘ngra ichki tuzilishi 
yoki alohida xususiyatlarini o‘rganishga o‘tiladi. Ko‘rsatish ko‘p holatlarda 
o‘rganilayotgan ob’ektlarning sub’ekti yoki chizmasi yordamida kuzatiladi. 
Tajribalar namoyishi esa o‘quv xonasi doskasiga chizish yoki o‘qituvchining 
maxsus jihozlar yordamida ko‘rsatib berishi hisobiga amalga oshadi, bunda ushbu 
tajriba asosida yotuvchi tamoyillarni tushunish osonlashadi. 
Predmetlar, hodisa yoki jarayonlarni tabiiy holatda namoyish qilish yanada 
ko‘proq didaktik samara beradi, biroq, bunday namoyishni amalga oshirish har 


doim ham mumkin bo‘lavermaydi. SHu bois o‘qituvchilar tabiiy predmetlarni 
namoyish qilishda sun’iy muhitga murojaat qilishadi (masalan, dastgohlar bilan 
ishlab chiqarish korxonalarida tanishish) yoki sun’iy ravishda yaratilgan ob’ektlar 
(maket, model, mulyaj, skelet va boshqalar)dan foydalaniladi. 
Bu metod yordamida o‘qituvchi ta’lim oluvchilarni mustaqil ravishda 
ob’ektlarni o‘rganish, zaruriy o‘lchov ishlarini olib borish, aloqadorlikni o‘rnatish, 
shuningdek, hodisalarning mohiyatini anglab etishga bir so‘z bilan aytganda faol 
bilish jarayoniga yo‘naltirishi lozim. Namoyish samarasi ko‘p jihatdan o‘qituvchini 
ko‘rgazmali materialni ta’lim oluvchining tayyorgarlik darajasiga mos holda 
to‘g‘ri tanlanishi hamda mumkin qadar ularning diqqatini namoyish etilayotgan 
predmetning muhim jihatlariga yo‘naltirishiga bog‘liqdir. 
Tasvir (illyustratsiya) metodi namoyish metodiga chambarchas bog‘liq 
bo‘lsada, didaktikada alohida o‘rganiladi. Illyustratsiya narsa, hodisalar va 
jarayonlarni ularning ramziy ko‘rinishlari – chizma, port, rasm, fotosurat, yassi 
modellar va boshqalar yordamida ko‘rsatishni taqozo etadi.
Namoyish va tasvir metodlari o‘zaro bog‘liqlikda bir-birini to‘ldirgan holda 
qo‘llaniladi. Agar hodisa va jarayonni ta’lim oluvchi yaxlit holda qabul qilishi 
zarur bo‘lsa namoyishdan foydalanish, agar hodisa mohiyati hamda uning unsurlari 
o‘rtasidagi bog‘lanishlarni anglash talab etilsa illyustratsiyaga murojaat qilinadi. 
Tasvirning 
samarasi 
ko‘pincha 
o‘qituvchi 
tomonidan 
ko‘rsatuv 
texnologiyasi qay darajada o‘zlashtirilganligiga bog‘liq bo‘ladi. Ko‘rsatmalardan 
foydalanishning bilish jarayonidagi didaktik ahamiyati o‘rganilayotgan ob’ekt 
mohiyatini to‘laqonli yorita olishi bilan belgilanadi. Aslida illyustratsiyalar 
oldindan tayyorlanib, dars jarayonida zarur o‘rinlarda kerakli hajmda ko‘rsatiladi, 
aks holda ular sonining oshib ketishi ta’lim oluvchilarni hodisa mohiyatini 
anglashda chalg‘itadi. Ayrim hollarda tarqatma materiallar (fotosurat, jadval, tabiiy 
ob’ektlar va boshqalar) yoki texnik vositalar xizmatidan foydalanishga to‘g‘ri 
keladi. 
Ko‘rgazmali metodlardan foydalanishda samaradorlikka erishish uchun 
quyidagi shartlarga amal qilish maqsadga muvofiqdir: 


-
ko‘rgazmalilikning ta’lim oluvchilar yoshi va rivojlanish darajasiga 
mos kelishi; 
-
namoyish etilayotgan ob’ektlar barcha ta’lim oluvchilarga yaxshi 
ko‘rinib turishi; 
-
namoyishda uning boshlang‘ich bosqichi va asosiy jarayon 
(holat)larning ajralib turishi; 
-
tajribalar namoyishi maket, jihoz, qurollar yoki tajriba sxemasini 
chizib ko‘rsatish asosida tashkil etilishi;
-
namoyish va illyustratsiya o‘quv materialining mazmuni bilan uyg‘un 
bo‘la olishi lozim. 
Didaktikada ko’rsatmalilik tamoyili konkret bilan abstraktning birligi 
to’g’risidagi qoidasi asosida ko’rib chiqiladi. Narsa yoki hodisaning aslini yoki 
tasvirini idrok etish inson uchun atrofdagi borliqni, biror haqiqatni bilishning 
dastlabki va eng oddiy akti hisoblanadi hamda o’rganilayotgan narsalar, jarayonlar, 
hodisalar to’g’risida aniq tasavvurlar va abstrakt tushunchalar hosil qilish uchun 
asos vazifasini o’taydi. 
O’qitishning ko’rsatmaliligiga sabab bu insonning fikrlash xususiyatidir. Bu 
xususiyat asosan konkretdan abstraktga tomon rivojlanadi. Tushunchalar va 
abstrakt qonun-qoidalar konkret kuzatishlar natijalariga asoslansa hamda ular bilan 
mustahkamlansa, ancha oson va tez shaklanadi. Kishilarda tafakkurning 
rivojlanishi ularning yoshiga, hayot va ish tajribasiga va boshqalarga bog’liq. 
Ammo bizning tafakkurimiz rivojlanishning qaysi bosqichida bo’lmasin hamda biz 
qanchalik murakkab masalalarni o’rganmaylik, konkret faktlar va obrazlardan 
ajralib qolmasligimiz kerak. 
Ko’rsatmalilik tamoyili o’qituvchining xilma-xil o’quv qo’llanmalari va 
o’qitishning 
audiovizual 
(eshitish-ko’rish) 
axborot-texnika 
vositalaridan 
foydalanishida, ularning pedagogika jihatidan ma’qul tarzda yasalishida aks etadi. 
Ko’rsatmali qo’llanmalar-talabalarni o’rganiladigan ob’ektlar, hodisalar, 
jarayonlar to’g’risida yaqqol (asosan ko’rish) tasavvurlar hosil qilish metodida 
o’qitish maqsadida ishlatiladigan vositalar, o’zlashtiriladigan bilimlar xarakteriga, 


talabalarda mavjud bo’lgan tasavvur, tushuncha, hayot va ish tajribasiga, darsning 
konkret vazifalariga qarab ko’rsatma qo’llanmalar o’qitishda har xil rolni bajaradi. 
Ular bilimlar manbai sifatida, shuningdek, o’qituvchi so’zlab berish, tushuntirish, 
suhbat vaqtida foydalanadigan rasm sifatida xizmat qilishi mumkin. Ko’pincha, bu 
ikkala vazifa kompleks tarzda kelishi mumkin. 
Ko’rsatma qo’llanmalar va ulardan foydalanish haqidagi umumiy masalalar 
pedagogik adabiyotda ancha batafsil yoritilgan, shuning uchun bu vositalarning 
maxsus va umumkasbiy fanlarni o’rganishda foydalanilishini batafsilroq ko’rib 
chiqamiz. 
Maxsus va umumkasbiy fanlarini o’qitishda ko’rsatmalilikdan
foydalanish, 
gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar, matematik va tabiiy-ilmiy fanlar blokidagi 
fanlarini o’qitishdagiga nisbatan muayyan xususiyatlarga ega. Bu xususiyatlar 
yuqoridagi ikki o’quv bloki fanlari mazmunining o’ziga xos xususiyatlari va ularni 
o’rganish metodikasi bilan bog’liq. Agar gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar, 
matematik va tabiiy-ilmiy fanlar blokidagi fanlarini o’rganishda ko’rsatma 
qo’llanma tamoyilini, asosiy g’oyani yaxshiroq o’zlashtirishga yordam bersa
maxsus fanlarini o’rganishda esa ob’ektning tuzilishi, texnologik ish jarayoni, 
mexanizm yoki tarkibiy qismlarning o’zaro ta’siri birinchi o’rinda turadi. Maxsus 
fanlarni o’rganishda mashina, dastgoh, mexanizm va tarkibiy qismlarning aslini 
o’rganish, shuningdek, ularni qismlarga ajratish hamda yig’ish uchun talabalarga 
imkoniyat tug’dirish muhim o’rin tutadi.
Ko’rsatmali qo’llanmalardan quyidagi hollarda foydalaniladi:

o’rganiladigan ob’ektniig asli juda katta yoki juda kichik bo’lganda 
(domna va marten pechlari, soat mexanizmi va shu kabilar);

ob’ekt yoki hodisalarning aslini ko’rish mumkin bo’lmaganda (elektr 
toki, molekulalarning tuzilishi, kristall panjaralar va shu kabilar);

o’rganaladigan ob’ekt yoki hodisalarning aslini bevosiga kuzatish - 
mumkin bo’lganda (dvigatelning ichki tuzilishi, kimyoviy apparatlarda, pechlarda 
va shu kabilarda sodir bo’ladigan jarayonlar);



tushunchani grafik tarzda tasvirlash talab etilganda (dvigatel,
tsiklogramma va shu kabilarning xarakteristikasi);

murakkab ob’ektlarni oddiylashtirish yoki ishlash prinsipini ko’rsatish 
zarur bo’lganda (qurilma sxemalari, dastgohlarning kinematik sxemalari, prinsipial 
elektr sxemalar va shu kabilar);
Harakatlanishning eng xarakterli momentida mexanizm yoki mashina 
detallarining joylashuvini qayd qilish va ko’rsatish talab etilganda (ichki yonuv 
dvigateli krivoship-shatunli va taqsimlash mexanizmlarining chekka nuqtalari, 
egovlashda harakatning o’ziga xos har xil nuqtalarida qo’llar, oyoqlar hamda 
gavdaning vaziyati va shu kabilar).
6.2. Zamonaviy ta`lim vositalarining turlari va tavsifi. 
Garchi so’nggi vaqtda pedagogik tajribada yassi va hajmiy elementladan 
tuzilgan ko’pgina ko’rsatma qo’llanmalar (dinamik plakatlar, hajmiy sxemalar, 
elektrlashtirilgan sxemalar va shu kabilar) paydo bo’lgan bo’lsada, tasviriy 
ko’rsatma qo’llanmalrni yassi hamda hajmiy qo’llanmlarga bo’lish mumkin (6.1-
rasm).
6.1-rasm. O’quv jarayonida foydalaniladigan ta’lim vositalarining turlari 

Download 1,42 Mb.
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   34




Download 1,42 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o‘rtа mаxsus tа’lim vаzirligi

Download 1,42 Mb.
Pdf ko'rish