O‘zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o‘rtа mаxsus tа’lim vаzirligi




Download 1,42 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/34
Sana27.05.2024
Hajmi1,42 Mb.
#254733
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   34
Bog'liq
GF4nZhkCOAqWyKdoTbQ1Jk6hOl9PY18iIKcSATyj

 
savollariga javob izlash bilan bir qatorda qanday qilib samarali va natijali 
o’qitish mumkin degan savolga ham javob qidirdilar. Bu esa, pedagogika sohasi 
olim va amaliyotchilarini o’kuv jarayonini texnologiyalashtirishga, ya’ni o’qitishni 
ishlab-chikarishga oid aniq kafolatlangan natija beradigan texnologik jarayonga 


aylantirishga urinib ko’rish mumkin, degan fikrga olib keldi. Bunday 
fikrning 
tug’ilishi pedagogika fanida pedagogik texnologiya yo’nalishini yuzaga keltirdi. 
Bugungi kunda ta’lim muassasalarining o’quv-tarbiyaviy jarayonida 
pedagogik texnologiyalardan foydalanishga e’tibor berilayotganining asosiy sababi 
qo’yidagilardir: 
Birinchidan, 
pedagogik 
texnologiyalarda 
shaxsni 
rivojintiruvchi 
ta’limni amalga oshirish imkoniyatining kengligida “Ta’lim to’g’risida”gi Qonun 
va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da rivojlatiruvchi ta’limni amalga oshirish 
masalasiga alohida e’tibor qaratilgan. 
Ikkinchidan, pedagogik texnologiyalar o’quv-tarbiya jarayoniga tizimli 
faoliyat yondashuvini keng joriy etish imkoniyatini beradi. 
Uchinchidan, 
pedagogik 
texnologiya 
o’qituvchini 
ta’lim-tarbiya 
jarayonining maqsadlaridan boshlab, tashxis tizimini tuzish va bu jarayon 
kechishini nazorat qilishgacha bo’lgan texnologik zanjirni oldindan loyihalashtirib 
olishga undaydi. 
To’rtinchidan, pedagogik texnologiya yangi vositalar va axborot usullarini 
qo’llashga asoslanganligi sababli, ularning qo’llanilishi “Kadrlar tayyorlash milliy 
dasturi” talablarini amalga oshirishni ta’minlaydi. 
O’quv-tarbiya jarayonida pedagogik texnologiyalarning to’g’ri joriy etilishi 
o’qituvchining bu jarayonda asosiy tashkilotchi yoki maslahatchi sifatida faoliyat 
yuritishiga olib keladi. Bu esa talaba (yoki ta’lim oluvchi)dan ko’proq 
mustaqillikni, ijodni va irodaviy sifatlatini talab etadi. 
Har 
qanday 
pedagogik 
texnologiyaning 
o’kuv-tarbiya 
jarayonida 
qo’llanilishi shaxsiy xarakterdan kelib chiqqan holda, talabani kim o’qitayotganligi 
va o’kituvchi kimni o’kitayotganiga bog’liq. 
Pedagogik texnologiya asosida o’tkazilgan mashg’ulotlar yoshlarning 
muhim xayotiy yutuq va muammolariga o’z munosabatlarini bildirishlariga 
intilishlarini qondirib, ularni fikrlashga, o’z nuqtai nazarlarini asoslashga 
imkoniyat yaratadi. 


Hozirgi davrda sodir bo’layotgan innovatsion jarayonlarda ta’lim tizimi 
oldidagi muammolarni hal etish uchun yangi axborotni o’zlashtirish va 
o’zlashtirgan bilimlarini o’zlari tomonidan baholashga kodir, zarur qarorlar qabul 
qiluvchi, mustakil va erkin fikrlaydigan shaxslar kerak. 
Shuning uchun ham, ta’lim muassasalarining o’quv-tarbiyaviy jarayonida 
zamonaviy o’qitish uslublari - interfaol uslublar, innovatsion texnologiyalarning 
o’rni va ahamiyati beqiyosdir. Pedagogik texnologiya va ularning ta’limda 
ko’llanishiga oid bilimlar, tajriba talabalarni bilimli va etuk malakaga ega 
bo’lishlarini ta’minlaydi. 
Innovatsiya (inglizcha innovation) yangilik kiritish, yangilik demakdir. 
Innovatsion texnologiyalar pedagogik jarayon hamda o’qituvchi va talaba 
faoliyatiga yangilik, o’zgarishlar kiritish bo’lib, uni amalga oshirishda asosan 
interfaol uslublardan foydalaniladi. 
Interfaol (“inter” - bu o’zaro, “act”- harakat qilmoq) - o’zaro harakat qilmoq 
yoki kim bilandir suhbat, muloqot tartibida bo’lishni anglatadi. Boshqacha so’z 
bilan aytganda, o’qitishning interfaol metodlari -bilish va kommunikativ faoliyatni 
tashkil etishning maxsus shakli bo’lib, unda ta’lim oluvchilar bilish jarayoniga jalb 
qilingan bo’ladilar, ular biladigan va o’ylayotgan narsalarni tushunish va fikrlash 
imkoniyatiga ega bo’ladilar. Interfaol darslarda o’qituvchining o’rni qisman 
talabalarning faoliyatini dars maqsadlariga erishishga yo’naltirishga olib keladi. 
Bu uslublarning o’ziga xosligi shundaki, ular fakat pedagog va talabalarning 
birgalikda faoliyat ko’rsatishi orkali amalga oshiriladi. 
Bunday pedagogik hamkorlik jarayoni o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lib, 
ularga: 

talabaning dars davomida befarq bo’lmaslikka, mustaqil fikrlash, ijod 
qilish va izlanishga majbur etilishi

talabalarning o’quv jarayonida fanga bo’lgan qiziqishlarini doimiyligini 
ta’minlanishi; 

talabalarning fanga bo’lgan qiziqishlarini mustakil ravishda har bir 
masalaga ijodiy yondashgan holda kuchaytirilishi; 



pedagog va talabalarning hamkorlikdagi faoliyatini doimiy ravishda 
tashkil etilishlari kiradi. 
Har bir dars, mavzu, o’quv predmetining o’ziga xos texnologiyasi bor. O’quv 

Download 1,42 Mb.
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   34




Download 1,42 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o‘rtа mаxsus tа’lim vаzirligi

Download 1,42 Mb.
Pdf ko'rish