Boshlang’ich baholash – ta’lim jarayoni boshida ta’lim oluvchilarning dastlabki
bilim, ko’nikma va malakalarini aniqlash uchun o’tkaziladi.
Joriy (shakllantiruvchi) baholash - ta’lim jarayonida muntazam ravishda o’tkazib
boriladi.
Yakukiy (umumlashtiruvchi) baholash – ta’lim oluvchining ta’lim jarayoniniig
ma’lum davridagi o’zlashtirish natijalarini belgilangan mezon va standartlarga
javob berishini aniqlaydi.
noxushlik his qilmasligiga imkoniyat yaratish kerak;
baholovchi va ta’lim oluvchi baholash nima berishi, u qachon, kim
tomonidan va qanday o’tkazilishini bilishlari muhim ahamiyatga ega;
qo’yilgan baho o’quv natijasi tushunish va uni mujassamlashtirish uchun
ahamiyatlidir;
ta’lim oluvchi oldindan belgilangan natijalar mezoni yordamida baholanishi
lozim;
rejalashtirilmagan baholashni o’gkazish maqsadga muvofiq emas.
9.3. Baholashning asosiy tamoyillari.
Bilimlarni tekshirish va baholash muayyan didaktik talablarga javob berishi
kerak. Tekshirish va nazorat qilish tizimli, doimiy tarzda bo’lishi shart. Bu talabga
rioya etilmasa, ta’lim oluvchilarning o’qishga nisbatan munosabati yomonlashadi,
bilimlarning sifatiga salbiy ta’sir qiladi.
Bilimlarni baholash individual xarakterga egadir. Har bir ta’lim oluvchi uiing
qaysi bilimlari, ko’nikma va malakalari baholanayotganini bilishi kerak. Ta’lim
beruvchining savollariga va vazifalariga javob berishga tayyorlik holati bilimlarni
tekshirish va baholash o’quv jarayonining muhim bir bo’lagiga, uning tarkibiy qis-
miga aylangan taqdirdagina ro’y beradi.
Ta’lim oluvchining bilimlari, ko’nikma va malakalari davlat o’quv
rejalarining bajarilishi nuqtai nazaridan tekshiriladi va baholanadi.
Ta’lim oluvchilarning bilimlari, ko’nikma va malakalarini tekshirish shakllari
turlichadir. Ba’zan ta’lim beruvchi bilimlarni tekshirishning uzoq vaqt mobaynida
bir xildagi usullarini qo’llaydi. Unda so’rash, savol berish,
bahoni izohlash
sohasida muayyan odat paydo bo’ladi. Ta’lim oluvchilar bunday tekshirishga
moslashib ketadilar, o’qituvchining qay tarzda so’rashi ularga oldindan ma’lum
bo’ladi. Ular faqat ta’lim beruvchi uchun, uni qanoatlantirish uchun javob bera
boshlaydilar.
Quyidagi beshta asosiy tamoyil baholash tizimi samaradordigining poydevori
hisoblanadi:
o’quv maqsadlariga asoslanganlik;
haqiqiylik;
haqqoniylik;
ishonchlilik;
qulaylik.
O’quv maqsadlariga asoslanganlik. Samarali baholashning asosiy tamoyili
o’quv maqsadlariga asoslanganlik hisoblanadi. Baholashning sifati o’quv
maqsadlariga to’g’ridan-to’g’ri bog’liqdir. O’quv maqsadlari baholash mazmunini
aniqlab beradi. O’quv maqsadlarining qo’yilish darajasiga qarab, baholashning
shakl va usullari tanlanadi. Shuningdek, o’quv maqsadlariga erishish uchun
bajarilgan faoliyat natijasi baholash mezonlarini aniqlashda muhim ahamiyatga ega.
Har qanday baholash tizimini loyihalashtirishda, baholash topshiriqlarining
berilgan ta’lim
mazmuni doirasida bo’lishi talab etiladi. Baholashni
loyihalashtirishda, har doim quyidagi ikkita savolni e’tibordan qochirmaslik lozim:
1)
Baholash topshiriqlari ta’lim jarayonidan ko’zlangan o’quv maqsadlarini
to’la aks ettiradimi?
2)
O’quv maqsadining darajasi uchun baholash shakli, usuli va mezoni to’g’ri
tanlandimi?
Masalan, yo’l harakati qoidalari bo’yicha olgan bilimlarni baholashda yozma
test olish usuli mos kelishi mumkin. Lekin undan mashinani boshqarish
malakalarini baholashda foydalanib bo’lmaydi. Bu malakalar og’zaki yoki yozma
emas, balki amaliy faoliyatga asoslangan baholash usuli yordamida baholanishi
maqsadga muvofiqdir.
Haqiqiylik. O’quv maqsadida ko’zda tutilgan natijanigina baholashga
qaratilgan topshiriq yoki test haqiqiy hisoblanadi. U baholanishi lozim bo’lgan
bilim va ko’nikmalar sohasidagi natijalarga qaratilgan bo’lishi lozim.
Ta’lim oluvchi erishgan natijalar to’g’risida asoslangan va ishonchli axborot
berish kerak. O’lchanishi talab etiladigan narsalargina o’lchanishi kerak. Ta’lim
oluvchi tomonidan egallagan bilim, malaka va ko’nikmalar hamda shaxsiy
fazilatlarni o’lchash imkonini beradigan metodlardan foydalanish zarur.
Haqqoniylik (ob’ektivlilik). Bir xildagi ta’lim oluvchilarga berilgan bir xil
topshiriq va testlar bo’yicha har xil ta’lim beruvchilar tomonidan bir xil baho
berilgan hollardagina bunday topshiriq va test haqqoniy hisoblanadi. Bu
haqqoniylik har xil vaqtlarda berilgan baholar uchun ham taalluqlidir. Ushbu
mezonlar ko’pincha markazlashgan holatda, o’tkaziladigan yalpi «rasmiy testlar»
paytida amalga oshiriladi, xolos. Ta’lim beruvchi tomonidan tuzilgan testlar esa
odatda mazkur talablarni bajarmaydi.
Baholash tizimi o’quv maqsadlariga mos bo’lishi, shuningdek, baholash shart-
sharoitlari va maqsadlari bilan talabalar oldindan tanishgan bo’lishlari lozim.
Ta’lim oluvchilarga bir xil murakkablikdagi va hajmdagi topshiriqlar berilishi
kerak.
Ishonchlilik. Natijalarni baholash mobayiida har xil usullardan foydalanish
mumkin. Lekin, bu usullarni tanlashga qo’yiladigan asosiy shart ishonchlilik
hisoblanadi. Uslub ishonchli bo’lishi uchun baholash asosli va aniq ma’lumotlarga
asoslangan bo’lishi zarur. Bunda topshiriq yoki testning o’rganish maqsadlarini
nazorat qilishga yo’naltirilganligi qanchalik ishonchli ekanliligi nazarda tutiladi.
Baholash ishonchli bo’lishi uchui ta’lim oluvchilarda bir-biriga o’xshash,
ammo har xil sharoitlarda baholash o’tkazilganda, natijalari bir xil bo’lishi kerak.
Baholash metodining ishonchliligi turli metodlarning iatijalari bilan taqqoslash
orqali aniqlanadi. Baholash tizimi ishonchli bo’lishi uchun – turli ekspertlar
yordamida turli vaqtlarda, baholash o’tkazilganda, uning natijalari bir-biriga
o’xshash bo’lishi kerak.
Qulaylik. Baholash tizimi o’quv maqsadlaridan kelib chiqqan holda o’quv va
ishlab chiqarish standartlariga mos bo’lishi, murakkab bo’lmasligi, nazorat
o’tkazuvchi va ta’lim oluvchi uchun qulay bo’lishi lozim. Baholashni o’tkazishda
imkon qadar kompyuter te[nologiyalaridan keng foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Topshiriq yoki test paytida ball beriladigan bo’lsa, ball berish o’rganish
maqsadlarini nazorat qilishga moslashtirilgan bo’lishi lozim. Bunda mavzuning
muhimroq bo’lgan qismlariga unchalik muhim bo’lmagan qismlariga nisbatan
ko’proq ball berish kerak bo’ladi.
Baholash jarayonida uchraydigan ba’zi xatoliklar. Ta’lim beruvchining
shaxsiy qarashlari bilan bog’liq ravishda baholashda bir qator xatolar uchrab
turadiki, ularni quyidagilar tashkil qiladi..
|