baholash topshiriqlarini va ularga javoblarni imkoni boricha yozma
ravishda o’tkazish va rasmiylashtirish.
Baholashda uchraydigan xatolarning oldini olish uchun rioya qilinishi
maqsadga muvofiq bo’lgan qoidalar:
baholashdan oldin ta’lim beruvchi ta’lim oluvchilar bilan birgalikda
baholash mezonlarini muhokama qilib olishlari lozim;
baholash mezonlarga muvofiq qo’yilgach, u ta’lim oluvchilarga ma’lum
qilinishi lozim.
Ta’lim beruvchi ta’lim oluvchi bilan birgalikda olingan baholarning
natijalarini va yo’l qo’yilgan xatolarni muhokama
qilishlari hamda ularning
sabablarini aniqlashlari lozim. Ular xatolarning takrorlanmasligi chora-tadbirlarini
belgilab olishlari lozim.
Ama’
Baholash tizimlari. Hozirda Respublikamizning oliy ta`lim muassasalarida
quyidagi ikkita baholash tizimi qo’llanilib kelinmoqda:
1.
Baholashning “besh ballik” tizimi.
2.
Baholashning reyting tizimi.
Baholashning besh ballik tizimida baholashga
quyidagi didaktik talablar
qo’yiladi:
tekshirish va nazorat qilish tizimli, doimiy tarzda bo’lishi shart. Bu talabga
rioya etilmasa, ta’lim oluvchilarning o’qishga nisbatan munosabati yomonlashadi,
bilimlarning sifatiga salbiy ta`sir qiladi. Ta`lim
oluvchilar darsga har kuni
tayyorlanib borishlari kerak (ta`lim beruvchining doimiy ravishda nazorat qilib
turishi shunga majbur etadi);
bilimlarni baholash individual xarakterga egadir. Har bir ta`lim oluvchi
uning bilimlari, ko’nikma va malakalari baholanayotganini tushunishi kerak.
Davlat ta`lim standartlariga asoslanganlik. Ta`lim ouvchilarning bilimlari,
malaka va ko’nikmalari davlat o’quv dasturlarining bajarilishi
nuqtai nazaridan
tekshiriladi.
Baholashning besh ballik tizimi
Afzalligi