yakunlovchi yo’riqnoma o’tkaziladi.
Bu yo’riqnoma davomida mashg’ulotlarga yakun yasaladi. Yakunlovchi
yo’riqnoma tadqiqot xarakteridagi tajriba-amaliy mashg’ulotlar o’tazilgandan
Yakunlovchi yo’riqnomа o’tkаzish dаvomidа mаshg’ulotgа yakun yasаlаdi,
ish nаtijаlаrni tаhlil qilinаdi, solishtirilаdi, tаqqoslаnаdi vа xulosаlаr keltirilаdi.
keyin ayniqsa muhim ahamiyatga ega bo’ladi. Bunda suhbat davomida o’qituvchi
talabalar bilan birga tajriba natijalarini tahlil qiladi, solishtiradi, taqqoslaydi,
talabalarni
muayyan xulosalarga
olib keladi.
Ta’riflangan
xulosalarni,
qonuniyatlarni talabalar ish to’g’risidagi hisobotga yozib oladilar. Talabalar
tajriba-amaliy
mashg’ulot natijalari yuzasidan,
odatda,
yozma
hisobot
topshiradilar. Hisobotda, foydalanilgan materiallar xarakteri ko’rsatiladi;
ishlatilgan asbob va jihozlarning tavsifnomasi beriladi; qurilma, zanjir, jarayonning
sxemasi keltiriladi; qismlarga ajratib, yig’ish, rostlash, sozlash tartibi, mashina va
mexanizmlarning buzuqliklariga diagnoz qo’yish natijalari bayon etiladi; o’lchash,
kuzatish, hisoblashlarning natijalari; xulosalar keltiriladi.
Mavzuni mustahkamlash uchun nazorat savollari:
1. Tajriba-amaliy mashg’ulotlardan qanday maqsadlar ko’zda tutiladi?
2. Maxsus fanlardan tajriba-amaliy mashg’ulotlarni qanday turlari majud?
3. Frontal va nofrontal tajriba-amaliy mashg’ulotlarini farqini tushuntiring.
4. Tajriba-amaliy mashg’ulotlarini o’tkazish metodikasini o’ziga xos
xususiyatlari nimalardan iborat?
5. Kirish yo’riqnomasini o’tkazishda qaysi jihatlarga e’tibor beriladi?
6. Tajriba-amaliy mashg’ulotlarda joriy yo’riqnoma qachon o’tkaziladi?
9. TALABALAR BILIM, KO’NIKMA VA MALAKALARINI
NAZORAT QILISH VA BAHOLASH
Tayanch so’z va iboralar: Baholash. baholashning vazifasi, funktsiyalari,
turlari, funktsiyalari, baholashga qo’yiladigan pedagogik talablar, baholashning
besh ballik tizimi , baholashning reyting tizimi.
9.1. Baholash va uning ahamiyati.
Ta’lim oluvchilar tomonidan o’quv materiallari o’zlashtirilganligini,
ko’nikma va malakalar hosil bo’lganligini tekshirish va baholash ta’lim
jarayonining zarur tarkibiy qismi hisoblanadi. Bu faqat o’qitish natijalarini nazorat
qilish emas, balki o’quv jarayonining turli bosqichlarida ta’lim oluvchilarning
bilish faoliyatiga rahbarlik qilish hamdir.
Bilimlarni tekshirish va baholashning ta’limiy ahamiyati shundan iboratki,
bunda o’quv materialining o’zlashtirilganligi ta’lim beruvchi ham, ta’lim oluvchi
ham muayyan ma’lumotga ega bo’ladi. Baholash natijasida, ta’lim beruvchi uchun
ta’lim oluvchilarning nimani bilishi va nimani tushunmasligi, qaysi material yaxshi
o’zlashtirilganu, qaysi biri
yetarli darajada o’zlashtirilmaganligi yoki umuman
o’zlashtirilmaganligi ma’lum bo’ladi. Bu ta’lim oluvchining bilish faoliyatini
tashkil etish va boshqarish uchun asos bo’lib hisoblandi. Ta’lim beruvchi o’z
ishining afzalliklariga va kamchiliklariga tanqidiy baho beradi. O’z ish metodlariga
tuzatishlar kiritadi. Shuningdek, baholash natijalari ta’lim beruvchining o’quv
dasturidagi materiallarni ta’lim oluvchilarning bilish imkoniyatlari nuqtai
nazaridan qayta ko’rib chiqishi va baholashi uchun ham juda muhimdir.
9.1-rasm. Baholash qirralari.
Baholash natijasida tushuncha va qonun-qoidalarning qaysi birlari qiyin,
Баҳолаш – таълим жараёнининг маълум босқичида ўқув мақсадларига
эришилганлик даражасини олдиндан белгиланган меъзонлар асосида ўлчаш,
натижаларни аниқлаш ва таҳлил қилишдан иборат жараёндир.
qaysi birlari esa oson o’zlashtirilishi aniq-ravshan bo’ladi. Bu ta’lim oluvchining
darsga ijodiy tarzda tayyorgarlik ko’rishi va o’quv mashg’ulotini o’tkazish uchun
asos bo’lib xizmat qiladi. Xuddi shuningdek, ta’lim oluvchiga ham ta’lim
jarayonida qaysi o’quv materialini yaxshi, qaysinisini qoniqarli va nimani yomon
o’zlashtirgani ma’lum bo’ladi. Bilimlarni tekshirmasdan ta’lim oluvchi o’z
bilimlarini chuqur, har tomonlama va to’g’ri baholashga qodir emas. Ba’zan unga
go’yo u o’quv materialini yaxshi
egallab olganday tuyuladi, tekshirish chog’ida
esa materialni yaxshi bilmasligi, yaxshi tushunmasligi ma’lum bo’lib qoladi.
Baholash natijasida ta’lim oluvchilarning o’rganilayotgan materiallarni bilish,
tushunish, esda saqlab qolish, anglab olish, amalda qo’llay olish, tahlil qilish va o’z
bilimlariga tanqidiy baho berish darajalari aniqlanadi. Ta’lim oluvchi o’z
bilimlarining ijobiy tavsifi asosida ta’lim muassasasidagi va uydagi ishining
uslubini takomillashtirish, bilimidagi, malaka va ko’nikmalaridagi ijobiy
tomonlarni rivojlantirish, kamchiliklarni tuzatish imkoniyatiga ega bo’ladi.
Bilimlarni, ko’nikma va malakalarni nazorat qilish va baholashning tarbiyaviy
ahamiyati shundaki, bunda ta’lim oluvchilarning o’qishga, o’z yutuqlari va
muvaffaqiyatsizliklariga nisbatan munosabati shakllanadi, qiyinchiliklarni yengish
istagi tug’iladi. Baholash hamisha ta’lim oluvchining shaxs sifatida o’ziga nisbatan
muayyan bir munosabatini hosil qiladi. Ta’lim beruvchi ta’lim oluvchining o’ziga
nisbatan munosabatini, tuyg’ularini, uning xarakteridagi irodalilik, hamkorlik,
o’zaro bir-biriga yordam berish kabi sifatlarini shakllantirishga qaratishi lozim
bo’ladi.
Ba’zan baholash jarayonida ta’lim oluvchi qo’shimcha bilim, ko’nikma va
malakalarga ham erishadi. Ta’lim jarayonida o’zlashtirmagan tushunchalarning
mohiyatiga tushunib yetadi. Shu bois, baholashni ta’lim olish jarayonining davomi
deb ham aytish mumkin.
Ta’lim
oluvchi
o’rtoqlarining,
ota-onasuning
unga,
uning
ta’lim
muassasasidagi yutuqlariga va muvaffaqiyatsizliklariga munosabatiga hech qachon
befarq bo’lib qolmaydi. Uning bilimlariga berilgan baholar ushbu munosabatni
belgilaydi. Mana shuning uchun ham maqtov, ma’qullash, tanbeh berish, yaxshi
yoki yomon baho qo’yish ta’lim oluvchi shaxsining fazilatlarini, uning
tengdoshlari jamoasidagi va katta yoshdagilar orasidagi mavqeini shakllantiradi.
Bu ayniqsa, o’smirlar orasida katta ahamiyatga egadir.
Bilimlarni nazorat qilish va baholash davlat ahamiyatiga egadir. Baholash
natijalarini umumlashtirib, ta’lim muassasasi jamoasining ta’lim-tarbiya sohasidagi
faoliyatiga, talabalarning umumiy o’zlashtirish darajasiga baho beriladi va tegishli
xulosalar chiqariladi. Davlat ta’lim standartlarida davlat tomonidan qo’yilgan
talablar nechog’lik bajarilayottanligi aniqlanadi.
Natijalarni baholash orqali bir paytning o’zida butun ta’lim tizimi va uning
komponentlari tekshirilib ko’rilishi kerak. Bu bilan ta’lim tizimid
A
kutilayotgan
natijaga erishilayotganlik darajasi tekshirilib o’lchanadi. Bilimlarni muntazam
baholab borish ta’lim rejasi, uning katta-kichik
B
o’limlari asosida amalga
oshiriladi. Ta’lim tizimi natijalari muayyan standart me’yori orqali ifodalanadi.
Baholash natijasida nafaqat ta’lim oluvchining, balki ta’lim beruvchining
kuchli va kuchsiz tomonlari, shuningdek, o’quv jarayonidagi kamchiliklar ham
aniqlanadi. Ta’lim vositalari, rejalar, ta’lim jarayonini tashkil etish sifatiga ham
baho beriladi.
Ta’lim dasturining qism va bo’laklari bo’yicha muntazam baholab borish
oxir-oqibat aniq va adolatli baholanishning shakllanishiga olib keladi. Kichik
bo’limlar bo’yicha baholash, jamlash va umumlashtirish yakuniy baholashning
aniq bo’lishiga yordam beradi. Ta’lim oluvchini muntazam ravishda o’z natijalari
to’g’risida xabardor qilib turish, uning maqsad sari intilishi va istaklarini ro’yobga
chiqarishga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.
Ta’lim berish davomidagi nazorat natijalarini o’lchab borish bilim, ko’nikma
va malakalarni baholash ta’lim oluvchichining o’zligini anglashi uchun bir
imkoniyatdir.
Yuqorida keltirilgan fikrlardan kelib chiqib, baholashning mohiyati haqida
quyidagi xulosalarni aytish mumkin:
9.2-rasm. Baholash mohiyati
Baholashga qo’yiladigan pedagogik talablar:
ta’lim maqsadiga yo’nalganlik;
muntazam o’tkazib borish;
pedagogik, psixologik va huquqiy tamoyillarga asoslanganlik;
umumiy qabul qilingan natija standartlariga asoslanganlik.
9.2. Baholash me’zonlari, shakllari va turlari.
Y
uqorida ta’kidlanganidek, nazariy bilimlar baholanilayotganda faoliyatning
kognitiv sohasiga tegishli o’quv maqsadlariga erishilganlik darajalari aniqlanadi.
Amaliy ko’nikma va malakalar baholanilayotganda faoliyatning psixomotorik
sohasiga, xulq-atvor va shaxsiy fazilatlar baholanilayotganda esa – faoliyatning
affektiv sohasiga tegishli o’quv maqsadlariga erishilganlik darajalari aniqlanadi.
Baholash mezonlari. Har qanday baholash natijalari o’zaro taqqoslanishi,
ya’ni o’lchanishi lozim bo’ladi. Ularni taqqoslash baholashdan oldin yoki keyin
ishlab chiqilgan mezonlar asosida amalga oshirilishi mumkin. Baholash mezonlari
o’quv maqsadlariga qay darajada erishilganlikni anglatuvchi ko’rsatkichdir. Bu
ko’rsatkichlar (“besh”, “to’rt”, “uch” va “ikki”) kabi sonlar yoki (“a’lo”, “yaxshi”,
“qoniqarli” va “qoniarsiz”) kabi so’zlar yordamida tavsiflanishi mumkin.
Boshqacha qilib aytganda, baholash mezonlari ta’lim oluvchining qaysi
o’zlashtirish darajasini namoyish qilishiga qarab mos qo’yiladigan baho
ko’rsatkichining tavsifidan iborat.
Baholash shakllari.
Baholash uning mohiyatidan kelib chiqib, ikki xil
shaklda o’tkazilishi mumkin:
1.
Mezonga asoslangan baholash
2.
Me’yorga asoslangan baholash.
Mezonga asoslangan baholash
– baholanuvchining ta’lim jarayonida qo’lga
kiritgan natijalarini, bilim, malaka va ko’nikmalarini oldindan
belgilangan o’quv
maqsadlari asosida ishlab chiqilgan hamma uchun umumiy va bir xil mezonlarga
ko’ra taqqoslash va o’lchashdan iborat bo’lgan baholash shaklidir. Bunday
baholash mezonlarni aniq belgilab beruvchi o’quv maqsadlari bo’yicha natijalarga
baho berish imkoniyatini yaratadi. Bu orqali natijalar to’g’ridan-to’g’ri va xolis
baholanadi, shuningdek, kuchli guruhlarni kuchsiz guruhlardan yaxshiroq farqlash
imkonini beradi. Bu baholash shakli ikki bosqichdan iborat bo’lib, birinchi
bosqichda baholanuvchining erishgan natijalari aniqlanadi, ikkinchi bosqichda esa,
natijalar mezonlarga taqqoslanadi va o’lchanadi.
Mezonga asoslangan (yoki maqsadli) baholashning afzalliklari:
o’quv maqsadiga muvofiq baholanadi;
ta’lim oluvchining o’zlashtirish darajasini ob’ektiv baholaydi;
ta’lim oluvchi olgan bahosida yo’l qo’ygan xatolarini yaqqol ko’rsatib
beradi;
baholanuvchini ta’lim olishga yo’naltiradi;
baholanuvchilarning baholanayotgan sohadagi kuchli va kuchsiz
tomonlarini xolisona aniqlab beradi, ularning o’z bilimi va malakalariga bo’lgan
ishochini oshiradi;
hamma uchun bir xil bilim va malaka talablarni o’rnatadi;
ta’lim mazmunini aniqlab beradi;
baholanuvchilarning o’z faoliyati natijalariga bo’lgan mas’uliyatini
oshiradi.
Mezonga asoslangan baholashning kamchiliklarlari:
mezonlarni ishlab chiqish ko’p vaqt talab qiladi;
mezonlarning ob’ektivligi, haqqoniyligi va aniqligini aniqlashtirishga
nisbatan talablar sonining ko’pligi;
ijtimoiy
fan
yo’nalishlari
bo’yicha
mezoilar
ishlab
chiqishda
qiyinchiliklarga duch kslinadi.
Me’yorga asoslangan baholash – nisbiy baholash shakli bo’lib, u
baholashda so’ng baholanuvchilarning ta’lim jarayonida qo’lga kiritgan
natijadarini o’zaro taqqoslash orqali o’lchashdan iborat.
Me’yorga asoslangan baholash ham ikki bosqichdan iborat bo’lib, birinchi
bosqichda baholanuvchining erishgan natijalari aniqlanadi, ikkinchi bosqichda esa,
bu natijalar o’zaro taqqoslash orqali o’lchanadi. Me’-yorlangan (normaga
asoslangan) baholashda baho bir necha ko’rsatkich-larga va ta’lim olish
shart-
sharoitiga
ko’ra
o’zgarishi
mumkin
bo’la-di.
Masalan,
o’qituvchida
xayrihohlikning paydo bo’lishi, o’qituv-chining o’ta qat’iyligi
sababli ham baho
o’zgarishi mumkin (1-rasm).
Me’yoriy (normaga asoslangan ) baholashning afzalliklari:
o’qituvchi ortiqcha vaqt sarflamaydi;
turli shart-sharoitga oson moslashtirish mumkin;
baho bo’yicha ko’rsatkichlar umumiy tarzda olinadi;
muayyan baholanuvchilar guruhi ichida ularni o’zlashtirish darajasiga qarab
tabaqalashtirish imkonini beradi.
baholash natijasida guruh ichidan ma’lum sondagilarini ajratib olish
imkonini beradi (masalan, imtihonlari natijasida, boshqalarga nisbatan eng yuqori
ko’rsatkich ko’rsatgan 25 kishini ajratib olish mumkin.
Me’yoriy (normaga asoslangan) baholashning kamchiliklari:
baholashda bilim bilan xulqni baholash aralashtirib yuboriladi;
ba’zan xulqni baholash bilimni baholashni belgilab qo’yadi;
baholar o’qituvchi tomonidan sub’ektiv tarzda belgilanishi mumkin;
ta’lim oluvchiga nisbatan simpatiya ham bahoni yuqori qo’yib yuborishga
olib keladi. Bilimlarni ob’ektiv va haqqoniy tarzda baholashning pasayishiga yo’l
ochib beradi.
Baholash turlari.
Baholash o’tkazilish vaqtiga ko’ra uch turga ajratiladi:
boshlang’ich baholash;
joriy (shakllantiruvchi) baholash;
yakuniy (umumlashtiruvchi) baholash.
Bunday baholash natijalari ta’lim jarayonining mazmuni, usullari va
shakllarini tanlash imkonini beradi.
Bunda ta’lim jarayonidagi yutuq va kamchiliklarni, ta’lim jarayoni samarasini
tezkor(operativ) aniqlab borish, o’quv jarayonini muvofiqlashtirish va ta’lim
beruvchi va ta’lim oluvchi o’rtasidagi qaytar aloqani ta’minlash imkoiini beradi.
Yakuniy baholash ta’lim jarayonining ma’lum bosqichi yakunida o’tkazilib, u
joriy baholash natijalarini jamlaydi.
Umumlashtiruvchi baholashni o’tkazishda quyidagilarga e’tibor berish
lozim:
ta’lim oluvchi umumlashtiruvchi baholash nima uchun o’tkazilishi haqida
ma’lumotga ega bo’lishi lozim. Bu uni baholashga tayyorgarlik ko’rishga olib
keladi;
baholashni o’tkazish shartlari unga jiddiy yondashishiga, diqqatni
chalg’itadigan yoki tasodifiy uzilishlardan o’zini chetga olishga hamda ta’lim
oluvchiga o’z qobiliyatini namoyish qilishiga imkon beradi;
baholash o’tkazish sharoitida ta’lim oluvchi o’zini erkin tutishi va
|