Maxsus fanlar bo’yicha tajriba va amaliy mashg’ulotlar
bevosita ishlab
chiqarish xarakteriga ega emas. Ulardan ko’zlangan yagona maqsad - talabalarga
mazmuni jihatidan umumkasbiy va maxsus fanlar bilan bog’liq bo’lgan texnologik
jarayonlar, texnikaviy hodisalar, umumiy qonuniyatlar, amaliy qoidalar, texnikaviy
talablar va shu kabilarni amalda o’rgatishdir. Tajriba-amaliy mashg’ulotlar
davomida
talabalar
o’zlaridagi
mavjud
bilimlarni
chuqurlashtiradilar,
mustahkamlaydilar, kengaytiradilar va bu bilimlarni amalda tadbiq etishga
o’rganadilar, bu esa ularda kasbiy malakalarni oshirish uchun zarurdir.
O’quv jarayoniida tajriba va amaliy mashg’ulotlar “sof holda” qo’llanilmaydi.
Ular o’quv dasturlariga tajriba-amaliy mashg’ulotlar tarzida kiritilgan.
O‘z vazifasi, o‘quv jarayonida tutgan o‘rni jihatidan umumkasbiy va ixtisoslik
fanlar bo‘yicha bajariladigan tajriba-amaliy ishlar nazariy ta’lim bilan ishlab
chiqarish orasida
oraliq vaziyatni egallaydi, hamda malakali mutaxassislar
tayyorlashning bu ikki tomonini o‘zaro bog‘lashning eng muhim vositalaridan biri
hisoblanadi. Bu bog‘lanish tajriba-amaliy ishlar rukni va mazmunini aniqlashda,
tajriba-amaliy ishlar jarayonida talabalar olgan uquvlarni ishlab chiqish jarayonida
tatbiq etish va kengaytirishda, ularni o‘tkazish metodlari hamda metodik usullarini
uyg‘unlashtirishda namoyon bo‘ladi.
8.2. Tajriba-amaliy mashg’ulot turlari.
Tajriba-amaliy mashg’ulotlarni mazmuni va tashkil etish xarakteriga ko’ra
qo’yidagi turlarga ajratiladi.
Tajriba-amaliy mashg’ulotlarni ularning xarakteri jihatidan
miqdoriy
(miqdorga bog’liq bo’lgan) va
sifatiy (sifatga bog’liq bo’lgan) ishlarga bo’lish
mumkin.
8.2.1.Miqdoriy va sifatiy tajriba-amaliy mashg’ulotlar.
Miqdoriy tajriba-amaliy mashg’ulotlar aniq o’lchashlar,
hisoblab chiqarishlar,
hisoblar bilan bog’liq. Ularning natijalari tekshirilayotgan ob’ekt yoki
hodisalardagi miqdoriy bog’lanishlarni ochib beruvchi muayyan kattalik bilan
ifodalanadi. Miqdoriy tajriba-amaliy mashg’ulotlarga quyidagilar misol bo’la
oladi: maydalangan tuproqning sifat ko’rsatkichlarin aniqlash; ekish mashinalarida
urug’ sarfini aniqlash; kultivator ishchi organlarini sozlash va hokazo.
Sifatiy tajriba-amaliy mashg’ulotlar davomida talabalar xulosalar qiladilar,
qonuniyatlarni
aniqlaydilar,
bilimlarini
chuqurlashtiradilar;
ularda
zarur
ko’nikmalar hosil bo’ladi. Sifatiy tajriba-amaliy mashg’ulotlarga quyidagilar misol
bo’la oladi: metallarni cho’zilashga sinash; bajariladigan
ishniig turiga qarab
keskichlar tanlash; har xil dastgohlar va mashinalarning tuzilishini o’rganish va
xokazo.
8.2.2.Frontal va nofrontal
tajriba-amaliy mashg’ulotlar.
Tajriba-amaliy mashg’ulotlar
frontal va nofrontal o’tkazilishi mumkin.
Tajriba-amaliy mashg’ulotlarni frontal tashkil etish quyidagi afzalliklarga ega:
o’qituvchini guruhdagi talabalarga rahbarlik qilishi va mashg’ulotning bajarilishini
kuzatib turishi osonlashadi; butun guruhga bitta mavzu bo’yicha yo’riqnoma berish
mumkin bo’ladi. Bu usulning kamchiliklari jumlasiga o’quv xonasida juda ko’p bir
xil asbob-uskunalar yoki tarqatma materiallar bo’lishini talab etilishi kiradi.
O’quv materialini darslarda o’rganishdan oldin yoki o’rganish bilan bir vaqtda
bajariladigan tajriba-amaliy ishlar frontal o’tkazilishi maqsadga muvofiqdir.
Tegishli o’quv materialini o’rganishni tugallovchi tajriba-amaliy mashg’ulotlar
ham frontal o’tkazilishi mumkin.
Bunda tajriba-amaliy mashg’ulotlarning mazmuni ayrim guruhlar uchun har xil
bo’ladi. Nofrontal shaklda tashkil etilgan tajriba-amaliy mashg’ulotlar qo’yidagi
kamchilikga ega: ishlarni tashkil qilish va unga rahbarlik qilish ma’lum darajada
qiyin bo’ladi, chunki o’qituvchi barcha talabalarga umumiy ko’rsatma berish va
natijalarni jamoa bo’lib muhokama qilish imkoniyatiga ega bo’lmaydi.
Shunga