O‘zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o‘rtа mаxsus tа’lim vаzirligi




Download 1,42 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/34
Sana27.05.2024
Hajmi1,42 Mb.
#254733
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   34
Bog'liq
GF4nZhkCOAqWyKdoTbQ1Jk6hOl9PY18iIKcSATyj

Frontаl tаjribа-аmаliy mаshg’ulotlаrdа guruhdаgi bаrchа tаlаbаlаr bir tipdаgi 
jihozlаrdа yakkа-yakkа bo’lib yoki kichik guruhlаrgа bo’linib ishlаb, bir xil 
topshiriqni bаjаrаdilаr. 
Nofrontаl tаjribа-аmаliy mаshg’ulotlаrdа tаlаbаlаr kichik guruhlаrgа 
bo’linnib hаr xil mаshqlаrni bаjаrаdilаr yoki hаr xil jihoz vа moslаmаlаrdа 
ishlаydilаr. 


qaramay umumkasbiy va maxsus fanlarni o’rganishda nofrontal tajriba-amaliy 
mashg’ulotlar ko’p hollarda o’tkaziladi,chunki bunda hamma talabalar uchun bir 
turdagi jihoz va moslamalarni bo’lishi shart emas. 
Tajriba-amaliy mashg’ulotlar davomida talabalar ma’lum bir jarayonni 
kuzatadilar, tavsiflaydilar, kattaliklarni o’lchaydilar, hisoblaydilar, biror hodisa 
bo’yicha eksperimentlar o’tkazadilar, natijalarni umumlashtiradilar, tahlil qiladilar, 
mexanizm va yig’ma birikmalarni qismlarga ajratadilar-yig’adilar, rostlaydilar, 
sozlaydilar, nazorat qiladilar.
Umumkasbiy va maxsus fanlarni o’rganishda o’tkaziladigan tajriba-amaliy 
mashg’ulotlarini quyidagi 8.1-jadvaldagi ko’rinishda guruhlash mumkin. 
8.1-jadval 
Maxsus fanlardan tajriba-amaliy mashg’ulotlarining mazmuniga ko’ra 
guruhlari 
T/

Tajriba-amaliy mashg’ulot 
turi 
Tajriba-amaliy 
mashg’ulotlarda 
bajariladigan ishlar 
mazmuni 
O’quv fani 
nomi 

Har xil texnikaviy hodisa va 
jarayonlarni, xom-ashyo, 
material hamda 
mahsulotlarning xossalarini 
kuzatish va tahlil qilish 
Po’latning xossalariga 
termik ishlov berishning 
turlari va rejimlari ta’sirini 
aniqlash 
Konstruktsion 
materiallar 
texnologiyasi 
Urug’larning ekilish 
xossalari (urug’ 
unuvchanligini, tozaligini, 
ekishga yaroqliligini 
aniqlash) 
Dehqonchilik 
asoslari 

Mashina, mexanizm, apparat, 
asbob, moslama va shu 
kabilarning tuzilishi hamda 
ishlashini kuzatish va tahlil 
qilish
Don yig’ish kombaynining 
sozlanishlarini amalga 
oshirish 
Qishloq 
xo’jalik 
mashinalari 
Erga ishlov berish 
texnologiyasini tuzish 
Qishloq 
xo’jaligini 
mexanizatsiya
lashg 


8.3.Tajriba-amaliy mashg’ulotlarini o’tkazish metodikasi. 
Maxsus fan o’qituvchilari maxsus fanlardan tajriba-amaliy mashg’ulotlarini 
o’tkazar ekanlar, talabalarni nazariy mashg’ulotlar davomida olgan bilim va 
ko’nikmalaridan foydalanadilar, ularni chuqurlashtiradilar.
Tajriba-amaliy mashg’ulotlardan ko’zda tutilgan maqsad ko’p jihatdan uni 
o’tkazish metodikasini talabalar ishiga maxsus fan o’qituvchisining rahbarlik qilish 
usullarini, ayrim tajriba yoki amaliy ishlarni bajarish tartibi va shu kabilarni 
belgilab beradi. Talabalar nazariy materialni o’zlashtirib olganlaridan, 
o’rganilayotgan hodisalar, jarayonlar bilan tanishganlaridan so’ng ular bilan 
tajriba-amaliy mashg’ulotni o’tkazish ancha oson ko’chadi. Bu holda 
o’qituvchining yangi mavzu bo’yicha mashg’ulot o’tkazishga oid o’quv axboroti 
nihoyatda qisqa va aniq bo’ladi. Natijasiga asoslanib talabalar ma’lum xulosalar 
chiqarishi kerak bo’lgan tajriba-amaliy mashg’ulotlarni bajarish ancha murakkab 
hisoblanib, ta’lim oluvchilarni bunga oldindan tayyorlash va o’qituvchining o’quv 
axboroti ancha batafsil bo’lishi zarur. Bunday ish davomida o’qituvchi talabalar 
ishini kuzatibgina qolmay, balki ularning faoliyatini yo’lga soladi, ularni zarur 
xulosalarga olib keladi. 

Texnikaviy kattaliklar, 
parametrlar, xarakteristikalar 
orasidagi miqdoriy va sifatiy 
bog’lanishlarni tekshirish. Bu 
bog’lanishlarning optimal 
qiymatlarini aniqlash 
Traktorning tortish kuchini 
aniqlash 
Traktor va 
avtomobillar 

Har xil texnikaviy va 
texnolgik kattaliklarni 
aniqlash va nazorat qilish 
uchun nazorat qiliash 
asboblaridan foydalanish 
usullarini o’rganish 
Tuproq namligini quritish 
pechi va tarozilar 
yordamida aniqlash 
Dehqonchilik 
asoslari 
Moyning qovushqoqligini 
viskozimetr bilan aniqlash 
Yonilg’i-
moylash 
materiallari 

Buzuqliklarni diagnostik 
qilish, sozlash, rostlash, 
moslash va h.k. 
Mashinalar 
agregatlari,mexanizm va 
tarkibiy qismlarini sozlash 
va rostlash 
Mashina va 
jihozlarga 
TXK va 
ta’mirlash 


O’qituvchi 
talabalarga 
tajriba-amaliy 
mashg’ulotlarining 
bajarilish 
jarayoniga yo’riqnoma berish yo’li bilan rahbarlik qiladi. Yo’riqnoma berishdan 
ko’zlangap asosiy maqsad talabalar ongida topshiriqni eng samarali bajarish uchun 
faoliyatning yo’nalish asoslarini yaratishdan iborat. 
Psixologlarning tadqiqotlari shuni ko’rsatadiki, insonning mehnat faoliyati 
ikki tomonga: yo’nalish va ijro tomonlariga ega. Yo’nalish tomoni faoliyatning 
ob’ektiv sharoitlarining (masalalar, usullar, mezonlar, bajarilish shartlari, texnika 
vositalari va shu kabilar)ning inson ruhiyatidagi in’ikosi, ijro tomoni esa 
harakatning bevosita bajarilishi. I. P. Pavlov ta’limotiga ko’ra, yo’nalish refleksi 
markaziy asab tizimida shartli bog’lanishlar hosil bo’lishiga asos hisoblanadi. Bu 
bog’lanishlar bilim, ko’nikma va malakalar hosil qilishniig fiziologik asosidir.
Tajriba-amaliy mashg’ulotlarini o’quv jarayonida amalga oshirishda 
yo’riqnomalar tizimidan foydalaniladi. Yo’riqnomalar mashg’ulotda o’tkazilish 
vaqtiga ko’ra kirish, joriy va yakunlovchi yo’riqnomalarga; ma’lumot berish 
usuliga ko’ra og’zaki va yozma yo’riqnomaga bo’linadi.

Download 1,42 Mb.
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   34




Download 1,42 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o‘rtа mаxsus tа’lim vаzirligi

Download 1,42 Mb.
Pdf ko'rish