O‘zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o‘rtа mаxsus tа’lim vаzirligi




Download 1,42 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/34
Sana27.05.2024
Hajmi1,42 Mb.
#254733
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   34
Bog'liq
GF4nZhkCOAqWyKdoTbQ1Jk6hOl9PY18iIKcSATyj

Pedagogik texnologiya — axborotlarni o’zlashtirish, ulardan amalda foydalanish, 
ulardagi yangi ma’no-mazmunlarni ochish hamda axborotlar orasidagi yangi 
bog’liqliklarni ochish orqali yangi axborotlar yaratishga o’rgatish jarayoni. 
Pedagogik texnologiya — ta’lim metodlari, usullari, yo’llari hamda tarbiyaviy 
vositalar yiindisi; u pedagogik jarayonning tashkiliy-usubiy vositalari majmuidir. 
Pedagogik texnologiya — bu o’z oldiga ta’lim shakllarini optimallashtirish 
vazifasini qo’yuvchi, butun o’qitish va bilimlarni o’zlashtirish jarayonini 
texnikaviy va inson resurslarini va ularning o’zaro munosabatlarini hisobga olgan 
holda yaratish, qo’llash va aniqlashning tizimli metodidir. 


Pedagogik texnologiya — ma’lumotlarni o’zlashtirishni ta’minlash uchun qulay 
shakl va usulda uzatish va o’zlashtirish jarayonidan iborat. 
Strategiya — tashkilot, sohalar, hududlar, mamlakat, millat taqdiri uchun jiddiy 
ahamiyatga ega bo’lgan, aniq belgilangan maqsadlarga erishishga yo’naltirilgan 
asosiy harakatlarning uzoq, muddatli dasturi.
Taktika — bosh maqsad yo’lida xususiy, orqali masalalarni hal qilishga 
yo’naltirilgan harakatlarni tashkil qilish usuli.
Tarbiya – 1. Ta’lim berib katta qilish, voyaga etkazish uchun qilinadigan 
mehnat va g’amxo’rlik. 2. Ish-hunar, odob-axloq o’rgatishga va umuman kishining 
g’oyaviy va ma’naviy qiyofasini shakllantirishga qaratilgan ta’lim tizimi. 3. 
Parvarish, qarov: 1) tarbiyalab katta qilmoq, voyaga etkazmoq, o’stirmoq, 
ulg’aytirmoq; 2) ilm-hunar bermoq, odob-axloq o’rgatmoq, tarbiyalab biror xislat-
fazilatni singdirmoq; 3) parvarish qilmoq. 
Ta’lim dasturi - o’quv fanlarining bakalavriat yo’nalishlari yoki magistratura 
mutaxassisliklariga qo’yiladigan malaka talablariga muvofiq kadrlarning zaruriy va
etarli darajadagi tayyorgarligini ta’minlovchi, bloklarga jamlangan ro’yxati.
Ta’lim menejeri — ta’lim muassasasini zamonaviy menejment qonunlariga 
muvofiq boshqaruvchi mutaxassis. 
Ta’lim metodi — o’qituvchining ta’lim oluvchilar bilan muntazam qo’llaydigan, 
ta’lim oluvchilarga o’z aqliy qobiliyatlarini va qiziqishlarini rivojlantirish, bilim va 
ko’nikmalarni egallash hamda ulardan amalda foydalanish imkonini beruvchi ish 
usuli. 
Ta’lim sifatini nazorat qilish-o’qitish mazmuni va natijalarining davlat ta’lim 
standartlari talablariga muvofiligini tekshirish. 
Texnologiya — biror ishda, mahoratda, san’atda qo’llanadigan yo’llar, usullar 
majmuasi. 
Texnologik xarita – o’quv mashg’ulotining yaxlit holatda ko’ra bilish va uni 
tasvvur etish uchun bo’lajak dars jarayonining loyihalashtirilgan xaritali ko’rinishi;


Trener — ma’lum yo’nalishda ta’lim olish, mashqlar bajarish bo’yicha trening 
mashg’ulotlarini olib borish (rahbarlik qilish) uchun maxsus tayyorgarlikka ega 
mutaxassis. 
Trening — ma’lum yo’nalishda ta’lim olish, mashqlar bajarish bo’yicha trenerlar 
tomonidan (rahbarligida) o’tkaziladigan mashg’ulot. 
Ta’lim - bilim berish malaka va ko’nikma hosil qilish jarayoni kishini xayotga, 
mehnatga tayyorlashning asosiy vositasidir.
Ta’lim tor ma’noda o’qitish tushunchasini anglatadi. Lekin, u faqat turli ta’lim 
muassasalarida o’qitish jarayoni emas, balki oila, ishlab chiqarish va shu kabi 
sohalarda ham ma’lumot o’zlashtirish jarayonidir. 
O’rganish – axborotdan foydalanish va turli harakatlarni ko’rsatilgan tartibda 
mustaqil bajarish ko’nikmalarini egallash. 
O’rgatish - axborotdan foydalanish va turli harakatlarni bajarish 
ko’nikmalarining ta’lim oluvchilar tomonidan o’zlashtirilishini turli vosita va 
usullarni qo’llab tushuntirish, ko’rsatish va mashqlar orqali amalga oshirish 
jarayoni. 
O’zlashtirish — tushunish, o’rganish orqali axborotning ma’no-mazmuni, undan 
foydalanish yoki harakatlarni bajarish tartibi to’g’risida bilim va ko’nikmalar hosil 
bo’lishi. 
O’qitish sifatini nazorat qilish - talabaning bilim saviyasini tekshirish va uning 
o’quv dasturini o’zlashtirish darajasini aniqlash. 
O’qitishning me’yoriy muddati - ta’lim oluvchilar tomonidan ta’lim dasturi 
o’zlashtirilishi uchun belgilangan muddat.
O’quv yili - oliy ta’lim muassasasida bir ta’lim kursini yakunlashga 
mo’ljallangan o’quv faoliyat davri. O’quv yili ikki kalendar yil bilan belgilanadi, 
masalan, 2017-2018 o’quv yili. 
O’quv fanlari bloki - ta’lim dasturining kadrlar tayyorlash jarayonida aniq 
maqsad va vazifalarga erishish uchun muayyan bilim sohasi yoki faoliyatning 
o’zlashtirilishini ta’minlaydigan o’quv fanlarini birlashtiruvchi tarkibiy qismi. 


O’quv rejasi - oliy ta’limning muayyan yo’nalishi yoki mautaxassisligi bo’yicha 
o’quv faoliyati turlari, o’quv fanlari va kurslarining tarkibi, ularni o’rganishning
izchilligi va soatlardagi hajmini belgilaydigan me’yoriy hujjat. 
O’quv semestri - oliy ta’lim muassasasida o’quv yilining yarmini tashkil 
etuvchi o’zaro bog’langan fanlarning ma’lum majmuini o’zlashtirishga 
mo’ljallangan va ular bo’yicha yakuniy nazorat bilan tugallanadigan qismi. 
O’quv fani – ta’lim muassasasida o’rganish uchun fan, texnika, san’at, ishlab 
chiqarish faoliyatining muayyan sohasidan saralab olingan bilimlar, ko’nikma va 
malakalar tizimi. 
O’quv fanining dasturi - ta’lim mazmuni, uning talabalar tomonidan 
o’zlashtirqilishining eng mabul usullari, axborot manbalari ko’rsatilgan normativ 
hujjat. 
O’qitish metodikasi- bu turli usullar tizimi bo’lib, o’quv-didaktik 
materiallaridan foydalanish orqali belgilangan maqsadga erishish uchun nazariy va 
amaliy mashg’ulotlar paytida qo’llaniladigan usullar majmuasidir. 
Uzluksiz ta’lim – malakali raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning asosi bo’lib, 
ta’limning barcha turlarini, davlat ta’lim standartlarini, kadrlar tayyorlash tizimi 
tuzilmasi va uning faoliyat ko’rsatish muhitini o’z ichiga oladi. 
Uslub — biror narsa, hodisa, jarayonni o’rganish yoki amalga oshirish uchun 
qo’llash lozim bo’lgan usullar majmuasi. 
Yo’l (ruscha — priyom) — biror maqsadni amalga oshirish uchun tanlangan 
harakat turi. 
Yakka tartibdagi ta’lim -- ikki xil shaklda bo’ladi: 1) bir ta’lim oluvchini bir 
o’qituvchi o’qitishi — ta’limning juft shakli; 2) mustaqil ta’lim olish —ta’limning 
yakka shakli. 
Yakuniy davlat attestattsiyasi - bakalavr yoki magistr darajasiga qo’yiladigan 
malaka talablariga muvofiq holda, ma’lum talab va tartibotlar vositasida (fanlar 
bo’yicha davlat attestatsiyasi, bitiruv ishi yoki magistrlik dissertatsiyasi himoyasi) 
bitiruvchi tomonidan oliy ta’lim dasturining bajarilish sifatini baholash. 


Shaxs – kadrlar tayyorlash tizimining bosh sub’ekti va ob’ekti ta’lim 
sohasidagi xizmatlarning iste’molchisi va ularni amalga oshiruvchi. 

Download 1,42 Mb.
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   34




Download 1,42 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o‘rtа mаxsus tа’lim vаzirligi

Download 1,42 Mb.
Pdf ko'rish