O‘zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o‘rtа mаxsus tа’lim vаzirligi




Download 1,42 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/34
Sana27.05.2024
Hajmi1,42 Mb.
#254733
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   34
Bog'liq
GF4nZhkCOAqWyKdoTbQ1Jk6hOl9PY18iIKcSATyj

Ilmiy bilim — tizimli, asosli va narsa, hodisalar mohiyatiga chuqur kirib 
boradigan bilishni nazarda tutadi.


Empirik bilim — bilishning kuzatish, o’lchash, tajriba usullarini qo’llash 
natijasi.
Nazariy bilim — empirik holatlarni tasvirlash, tushuntiruv, ya’ni narsa-hodisalar 
mohiyatini bilish imkonini beradigan qonunlarni ochishni nazarda tutadi. 
Bilish — ob’ektiv borlikning ongda aks etishining oliy shakli, haqiqiy bilimlar 
hosil qilish jarayoni.
Hissiy bilish — sezgilar, idrok, tasavvur orqali. 
Ratsional bilish — tushunchalar, mulohazalar, aqliy xulosalardan o’tib 
nazariyalarda o’rin oladi. 
Verbal – ifodali, og’zaki. 
Didaktika-grekcha «didakshiuen» so’zidan olingan bo’lib, o’qitaman, o’qishni 
o’rgataman ma’nolarini anglatadi. Didaktika o’qitish jarayonini shakllari, 
metodlari, tamoyillari, mazmuni, vazifasi va maqsadlarini ishlab chiqadi. 
Davlat va jamiyat – ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimining faoliyatini tartibga 
solish va nazorat qilishni amalga oshiruvchi kadrlar tayyorlash va ularni qabul qilib 
olishning kafolatlari. 
Diagnostika — pedagogikaning bo’limi, ta’lim-tarbiya jarayonlarining 
maqsadi, mazmuni, usullari, vositalari, natijalarining sifati va samaradorligini, 
pedagogik xodimlarning kasbiy tayyorliklari, bilim, ko’nikma, malaka va 
mahoratlarini, ta’lim oluvchilarning bilimlarni o’zlashtirishlari va tarbiyalanganlik 
darajalarini har tomonlama o’rganish, tahlil qilish asosida xulosalar chiqarish, 
baholash va yanada takomillashtirish yuzasidan tavsiyalar berish bilan 
shug’ullanadi. 
Evristik — yo’naltiruvchi savollar berish yo’li bilan o’qitish tizimi; topqirlik, 
faollikni rivojlantirishga yordam beruvchi ta’lim metodi; o’quv-izlanishli; 
optimallashtirilgan tafakkurni rivojlantiradi. 
Eksklyuziv - g’ayri oddiy, faqat ma’lum bir ob’ektga ta’luqli, o’ziga xos 
bo’lgan xususiyatlar va boshqa belgilar. 
Empirik — hissiy tajriba asosidagi bilimlar va ularning yagona manbaini hissiy 
tajriba deb tushunish. 


Faollik — biror maqsad yo’lida aqliy, jismoniy va boshqa harakatlarni tez va 
unumli amalga oshirishga intilish. 
Fan – yuqori malakali mutaxassislar tayyorlovchi va ulardan foydalanuvchi, 
ilg’or pedagogik va axborot texnologiyalarini ishlab chiquvchi soha. 
Guruhiy ta’lim — bir o’qituvchi bir necha ta’lim oluvchini o’qitadigan ta’lim shakli. 
Guruhlar ta’lim oluvchilar soniga qarab: kichik (3—6 ta’lim oluvchi), o’rta (7—15 
ta’lim oluvchi), katta (15 dan ortik ta’lim oluvchi) guruhlarga ajratiladi.
Hamkorlik pedagogikasi – ta’lim beruvchilar va ta’lim oluvchilarning o’zaro 
muloqotiga asoslangan shaklda ta’lim berishga yo’naltirilgan tizim. 
Inversiv ta’lim — ag’darish, joyini almashtirish; tafakkur tizimini shakllantirish 
yo’nalishidagi ta’lim. 
Innovatsiya — yangilanishni, o’zgarishni amalga joriy etish, kiritish jarayoni 
va faoliyati. 
Intellekt — insonning umuman bilish faoliyati, fikrlash qobiliyati; tushunish, 
mulohaza, tafakkur. 
Ishlab chiqarish – kadrlarga bo’lgan ehtiyojni, shuningdek, tayyorgarlik sifati 
va nisbatan qo’yiladigan talablarni belgilovchi asosiy buyurtmachi, kadrlar 
tayyorlash tizimini moliya va moddiy-texnik jihatidan ta’minlash jarayonining 
qatnashchisi.
Interfaol mashg’ulot – o’qituvchi va ta’lim oluvchilar o’zaro faol ishtirok 
etadigan mashg’ulot; jarayon hamkorlikda kechadi. 
Kasb-muayyan bilim va mahorat talab etadigan mehnat faoliyati turidir. Kasb 
–hunar sirlarini egallashga umumiy hamda maxsus ma’lumot, amaliy ish-harakat 
usullarini o’zlashtirish orqali erishiladi. 
Malaka - ongli ravishda amalga oshirilgan faoliyatning tarkibiy qismiga 
kiruvchi avtomatik tarzda yuz beradigan harakatlardir.
Kichik modul — pedagogik texnologiya tarkibidagi eng kichik birlikni 
ifodalaydi.
Kognitiv — atrof, inson haqidagi bilim doirasini kengaytirish, differeniiyalovchi 
tafakkurni shakllantirish, bilish extiyojlarini rivojlantirish ta’limi. 


Kreativ — tadkikotchilik xarakteriga ega; ta’lim oluvchilarda ijodiy tafakkurni 
jadal (maqsadga yo’naltirilgan) ravishda rivojlantirish ta’limi. 
Ko’nikma (uquv) - ta’lim oluvchining mehnat harakatini (yoki mehnat 
harakatlari majmuini) ayni sharoitda ma’qul harakat usullarini tanlab va qo’llab 
bajarishga va buning oqibatida mehnatda ijobiy natijalarga erishishga tayyor 
ekanligi.
Kasbiy pedagogika- umumiy pedagogikaniqng bir soasi bo’lib, u tarbiya, 
ta’lim, o’qitish aida kator nazariy va amaliy ma’lumotlar beradi. Kasbiy 
pedagogika sanoat, ishlab chiqarish va mehnat pedagogikasining masalalari bilan 
shuullanadi.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi – kadrlar tayyorlash tizimini tubdan isloh 
qilishdir, ya’ni, Respublikaning demokratik huquqiy davlat va adolatli fuqarolik 
jamiyat qurish yo’lidan izchil ilgarilab borish; mamlakat iqtisodiyotida tub 
o’zgarishlarning amalga oshirilishi, respublika iqtisodiyoti, asosan xom ashyo 
yo’nalishidan 
raqobatbardosh 
mahsulot 
ishlab 
chiqarish 
yo’liga 
izchil 
o’tayotganligi, davlat ijtimoiy siyosatida shaxs manfaati va ta’lim ustivorligini 
qaror toptirish, milliy o’zlikni anglashning o’sib borishi, boy milliy madaniy-
tarixiy an’analarga va xalqimizning intellektual merosiga hurmat uyg’otish, 
respublikaning jahondigi mavqei va obro’-e’tiborini mustahkamlanib borishigi 
erishish. 
Kasbiy pedagogik muloqot – pedagog va ta’lim oluvchilarning o’zaro zich 
ijtimoiy – psixologik aloqasi tizimi bo’lib, uning mazmuni axborotlar ayriboshlash, 
tarbiyaviy 
ta’sir ko’rsatish, 
kommunikativ 
vositalar yordamida 
o’zaro 
munosabatlarini tashkil etish hisoblanadi. 
Kasbiy tayyorgarlik – bo’lajak mutaxassisning psixologik, psixofiziologik
jismoniy hamda ilmiy-nazariy va amaliy tayyorgarligi. 
Kasbiy bilimdonlik – pedagogik faoliyat yuritish uchun zarur bo’lgan nazariy 
va amaliy tayyorgarlik birligi. 


Kasbiy mahorat – bitiruvchining yuqori darajada kasbiy ko’nikma va 
malakalarni egallaganligi tushuniladi, u shaxsning mehnat bozorida egallayotgan 
kasbi bo’yicha raqobatbardoshlik darajasi aks ettirishida namoyon bo’ladi.
Mahorat- o’zlashtirilgan bilimlar va hayotiy tajribalar asosida barcha amaliy 
harakatlarni (shu jumladan dars berishni) kam kuch va vaqt sarflab bajarish. 
Malaka — ta’lim oluvchining harakat komponentlarini maksimal aniqlik, 
tezlik va maqsadga muvofilikda avtomatlashtirilgan usulda bajarishga qobilligi.
Metod – iborasi (yunoncha-metodos-tadqiqot yoki bilish yo’li, nazariya 
ta’limot ma’nosini anglatib) voqelikni bilish, o’zlashtirish, o’zgartirish usullari 
majmuasidir.
Metodika-pedagogikaning o’qitish qonuniyatlari, qoidalari, tashkil etish 
shakllari, amalga oshirishi va natijalarini nazorat ilib, baholash metod hamda 
vositalari o’zida mujassamlashtiruvchi fan tarmoidir. 
Metod – grekcha so’z bo’lib, yo’l, axloq usuli ma’nolarini bildiradi. Tabiat va 
ijtimoiy hayot hodisalarini bilish, tadqiq qilish usuli. Faoliyat, harakatning yo’li, 
usuli yoki qiyofasi, shakli, ko’rinishi. 
Magistratura — bakalavriat negizida o’qish muddati kamida ikki yil bo’lgan 
aniq mutaxassislik bo’yicha oliy ta’lim; 
Malakaviy amaliyot — o’quv jarayonining nazariy bilimlarni mustahkamlash, 
amaliy ko’nikma va malaka hosil qilish, ta’lim dasturining ma’lum (yakuniy) 
qismidagi mavzu bo’yicha materiallar to’plash uchun o’tkaziladigan bir qismi.
Malaka oshirish — mutaxassislar va rahbar xodimlarning kasbiy bilim va 
ko’nikmalarini yangilash hamda rivojlantirish jarayoni.
Malaka talablari — uzluksiz ta’lim tegishli bosqichi bitiruvchisining umumiy 
bilim va kasb tayyorgarligi darajasiga qo’yiladigan talablar. 
Marketing — bozor xolatini chuqur o’rganish, oldindan baholarni bilgan holda 
tovarlar ishlab chiqarish, xizmatlar tashkil qilish, g’oyalar yaratish va ularning 
sotuvini tashkil qilish orqali yuqori foyda olishni ta’minlash. 
Mahorat — shaxsning tajriba orqali orttirgan xususiyati.


Menejer — korxona, muassasa, tashkilotni zamonaviy usullar asosida 
boshharuvchi mutaxassis. 
Menejment — korxona, muassasa, tashkilotlar faoliyatining samaradorligini 
oshirish maqsadida qo’llaniladigan boshqarish, ya’ni xodimlar va ishchilar 
mehnatini tashkil qilish tamoyillari, usullari, vositalari, shakllari. 
Modul — pedagogik texnologiyani tashkil qiluvchi tarkibiy bo’laklarni 
ifodalovchi tushuncha. Bu tarkibiy bo’laklar, ya’ni modullar eng kichik 
bo’laklardan hamda ularning turli miqdordagi to’plamlaridan iborat bo’ladi.
Modul darajasi — pedagogik texnologiyani tasvirlash ko’lamiga muvofiq 
ravishda tanlangan birlamchi modullarning o’z tarkibida aslida ancha modullarga ega 
ekanligi ko’rsatkichi. 
Modul to’plami — pedagogik texnologiyani uning biror darajasidan boshlab 
tasvirlash maqsadi asosida bitta modul sifatida hisoblangan bir nechta modullar 
yiindisi. 
Modullashtirish — pedagogik texnologiya materiallarini modullarga ajratish 
jarayoni. 
Monitoring — korxona, tashkilot, muassasa holatini har tomonlama baholash va 
uning faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida maxsus tashkil qilingan tizimli 
kuzatuv.
Metodika — biror ishni maqsadga muvofiq o’tkazish metodlari, yo’llari majmuasi.
Metodist (uslubchi) — biror o’quv fanini o’qitish yoki tarbiyaviy ishlar 
metodikasi sohasidagi mutaxassis. 
Metodologik — metodologiyaga tegishli, nazariy asoslanish. 
Metodologiya — bilishning ilmiy metodi haqidagi ta’limot.
Motiv – odamni o’qishga yoki biror harakatlarni bajarishga undovchi turli 
sabablar yig’indisi. 
Nazariy tahlil – pedagogik hodisalarning alohida jihatlari, belgilari 
xususiyatlari o’ziga xosligini aniqlash va tahlil qilish. 


Oliy ma’lumot darajasi - shaxs tomonidan oliy ta’limning muayyan ta’lim 
dasturini mazkur ma’lumot haqida tegishli davlat hujjati berilgan holda, 
o’zlashtirishi natijasi.
Oliy ma’lumot haqida davlat hujjati (diplom) - akkreditatsiyadan o’tgan oliy 
ta’lim muassasalari bitiruvchilariga beriladigan va ularning oliy ta’limning ta’lim 
dasturlarini bajarganliklarini tasdiqlovchi davlat namunasidagi hujjat.
Oliy ta’lim - uzluksiz ta’limning yuqori malakali mutaxassislar tayyorlovchi 
mustaqil turi bo’lib, u oliy ta’lim muassasalarida amalga oshiriladi. 
Oliy ta’lim yo’nalishlari va mutaxassisliklari klassifikatori - oliy ma’lumotli 
kadrlar tayyorlash uchun bakalavriat ta’limi yo’nalishlari va magistratura 
mutaxassisliklarining tizimlashtirilgan ro’yxati.
Oliy ta’limning davlat ta’lim standarti - ta’limning bakalavriat muayyan 
yo’nalishi yoki magistratura mutaxassisligiga qo’yiladigan malaka talablari, ta’lim 
mazmuni, bakalavr yoki magistr tayyorgarligining zaruriy va etarli darajasini
kadrlar tayyorlash sifatini baholash darajalarini belgilaydigan me’yoriy hujjat. 
Pedagogika – ta’lim-tarbiyaning nazariy va amaliy masalalarini o’rganuvchi 
fan bo’lib, u barkamol insonni voyaga etkazish maqsadlariga xizmat qiladi. 
Pertseptiv qobiliyat – ta’lim oluvchining ruhiy holatini his qilish, tushuna 
olish orqali yuzaga chiqariluvchi qobiliyat. 
Pedagogik texnologiya — eng qisqa va umumlashtirilgan ta’rifi: barkamol 
insonni shakllantirish faoliyati. 

Download 1,42 Mb.
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   34




Download 1,42 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o‘rtа mаxsus tа’lim vаzirligi

Download 1,42 Mb.
Pdf ko'rish