O‘zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o‘rtа mаxsus tа’lim vаzirligi




Download 1,42 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/34
Sana27.05.2024
Hajmi1,42 Mb.
#254733
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34
Bog'liq
GF4nZhkCOAqWyKdoTbQ1Jk6hOl9PY18iIKcSATyj

Tayanch so’z va iboralar: “Ta’lim to’g’risida”gi Qonun, Kadrlar 
tayyorlash milliy dasturi, shaxs, davlat va jamiyat, uzluksiz ta’lim, fan, 
ishlab chiqarish,oliy ta’lim tizimi, fanning maqsadi va vazifalari, ta’lim, 
bilim, ko’nikma, malaka, didaktika, metodika, metod, kasbiy pedagogika, 
o’qitish metodikasi, kasb, mahorat, tadqiqot metodlari, kuzatish usuli, 
suhbat usuli, pedagogik so’rov usuli, test, so’rovnomalar, statistik 
ma’lumotlarni tahlil qilish usuli, ijtimoiy tadqiqot usuli, biomexanik usullar, 
psixofiziologik usullar. 
 
1.1.O’zbekiston Respublikasining “Ta`lim to’g’risida”gi Qonuni va 
“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” da oliy ta`limga qo’yilgan talablar. 
O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi Qonun
i
ning maqsadi 
fuqarolarga ta’lim, tarbiya berish, kasb-hunar o’rgatishning huquqiy asoslarini 
belgilaydi hamda har kimning bilim olishdan iborat konstitutsiyaviy huquqini 
ta’minlashga qaratilgan. 
“Ta’lim to’g’risida”gi Qonun, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, davlat 
ta’limi standarti va o’quv rejasi kabi me’yoriy hujjatlarda bugungi kunda yosh 
avlodga ta’lim-tarbiya berishga qo’yilgan talablar o’z aksini topgan. Ushbu 
hujjatlarda chuqur bilimli, erkin fikrlovchi, o’zida yuksak insoniy fazilatlarni 
mujassam etgan barkamol shaxsni tarbiyalash birinchi galdagi vazifa etib 
belgilangan. Kadrlar tayyorlash milliy modelining asosiy tarkibiy qismlari 
quyidagilardan iborat: 
shaxs – kadrlar tayyorlash tizimining bosh sub’ekti va ob’ekti, ta’lim 
sohasidagi xizmatlarning iste’molchisi va ularni amalga oshiruvchi; 
davlat va jamiyat – ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimining faoliyatini tartibga 
solish va nazorat qilishni amalga oshiruvchi kadrlar tayyorlash va ularni qabul qilib 
olishning kafillari; 
uzluksiz ta’lim – malakali raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning asosi bo’lib, 
ta’limning barcha turlarini, davlat ta’lim standartlarini, kadrlar tayyorlash tizimi 
tuzilmasi va uning faoliyat ko’rsatish muhitini o’z ichiga oladi; 


fan – yuqori malakali mutaxassislar tayyorlovchi va ulardan foydalanuvchi, 
ilg’or pedagogik va axborot texnologiyalarini ishlab chiquvchi; 
ishlab chiqarish – kadrlarga bo’lgan ehtiyojni, shuningdek ularning 
tayyorgarlik sifati va saviyasiga nisbatan qo’yiladigan talablarni belgilovchi asosiy 
buyurtmachi, kadrlar tayyorlash tizimini moliya va moddiy-texnika jihatdan 
ta’minlash jarayonining qatnashchisi. 
Uzluksiz ta’lim tizimining faoliyat olib borishi davlat ta’lim standartlari 
asosida, turli darajalardagi ta’lim dasturlarining izchilligi asosida ta’minlanadi va 
quyidagi ta’lim turlarini o’z ichiga oladi: maktabgacha ta’lim; umumiy o’rta 
ta’lim; o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi; oliy ta’lim; oliy o’quv yurtidan keyingi
ta’lim; kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash; maktabdan tashqari 
ta’lim. 
1.2.
Oliy ta’lim tizimi. 
O’zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligiga erishib, iqtisodiy va ijtimoiy 
rivojlanishning o’ziga xos yo’lini tanlashi kadrlar tayyorlash tuzilmasi va 
mazmunini qayta tashkil etishni zarur qilib qo’ydi. “Ta’lim to’g’risida”gi 
Qonunning joriy etilishi yangi o’quv rejalari, dasturlari, darsliklarni hamda 
zamonaviy didaktik ta’minotni ishlab chiqishni va tadbik etishni takozo qildi.
Shu nuqtai nazardan “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da ta’lim jarayoni, 
mazmunini islox qilish asosan, me’yoriy xujjatlar majmuasi (davlat ta’lim 
standarti, o’quv rejalari va dasturlari) asosida, kadrlarga ta’lim va tarbiya berish 
milliy istiqlol g’oyalariga muvofiq amalga oshirilishi alohida ta’kidlab o’tilgan 
Uzluksiz ta’lim kadrlar tayyorlash tizimining asosi hamda O’zbekiston 
Respublikasining ijtimoiy taraqqiyotini ta’minlovchi, shaxs, jamiyat va davlatning 
iqtisodiy, ijtimoiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy ehtiyojlarini qondiruvchi ustivor 
sohadir. 
Uzluksiz ta’lim tizimi uchun pedagog kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash 
ustuvorligi ta’minlanadi.
Ta’limning uzluksizligi shunday ma’no beradiki, inson tug’ilgandan boshlab 
to umrining oxirigacha ta’lim olish imkoniyatiga ega bo’lsin. 


Bunday tizim O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi Qonunida 
o’z aksini topgan. 

Download 1,42 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34




Download 1,42 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o‘rtа mаxsus tа’lim vаzirligi

Download 1,42 Mb.
Pdf ko'rish