O‘zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o‘rtа mаxsus tа’lim vаzirligi




Download 1,42 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/34
Sana27.05.2024
Hajmi1,42 Mb.
#254733
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34
Bog'liq
GF4nZhkCOAqWyKdoTbQ1Jk6hOl9PY18iIKcSATyj

1.
 
O’qituvchining adabiyotlarni o’rganish va amaliy ishlar asosida 
muammolarni aniqlashi. 
O’qituvchi adabiyotlarni o’rganish davomida quyidagilarni aniqlashi 
kerak: 

o’rganilayotgan muammo to’g’risida adabiyot muallifining fikr-
mulohazasi; 

o’rganilayotgan muammo to’g’risida usullardan farqli ravish kiritgan 
takliflari; 

adabiyotlarda qaysi asosiy masalalar yoritilmagani; 

muammoni yechish uchun olib boriladigan izlanishlar. 
Quyidagilar o’qitish jarayonida yuzaga keladigan muammolar hisoblanadi: 

o’qituvchi dars jarayonida duch keladigan qiyinchiliklar; 

kamchilik va qiyinchiliklarning yuzaga kelish sabablari. 
2.
 
O’qitishni bosqichma-bosqich tashkil etish.



Dalillarni taqqoslash orqali asoslangan takliflar beriladi. 
3. Izlanish natijalarini rasmiylashtirish va o’quv jarayonida qo’llash. 
Maxsus fanlarni o’qitish metodikasida ilmiy izlanishlarning umumiy va 
maxsus usullari qo’llaniladi.
Umumilmiy usullarga nazariy izlanish, kuzatish, suhbat, pedagogik so’rov, 
test, so’rovnomalar,statistik ma’lumotlarni tahlil qilish va boshqalar kiradi. 
Nazariy izlanish usuli

adabiyotlardan o’rganish va tahlil qilish hamda 
pedagogic tajribalar asosida olib borilgan izlanishlar. Adabiyotlar ustida ishlashda 
kitob va jurnallar, maqolalar va patentlar, ilmiy ishlar, to’plamlar va kataloglar, 
internet tizimidan olingan ma’lumotlardan foydalaniladi 
Kuzatish usuli
-
odatda, tabiiy kuzatish orqali talabalarning fanlarni 
o’zlashtirishlari, ularning xulq-atvori muomalasidan o’zgarishlarni hisobga olish 
va tegishli ta’lim-tarbiya
t’siri ko’rsatish yo’llarini belgilash uchun qo’llaniladi/ Bu 
usul tadqiqotchining pedagogic tajribani muayyan bir tomoni va hodisalarni biror 
maqsadni ko’zda tutib idrok etishi tashkil etadi. Bunda kuzatishlar tezligi va soni, 
kuzatish obyekti, Vaqti, pedagogic vaziyatlarni kuzatish uchun ajratilgan tavsif va 
hokazolar hisobga olinadi. 
Qayd qilish usuliga qarab kuzatishlar turlarga bo’linadi. Bevosita va bevosita 
qayd qilish usuli tadqiqotchiga real pedagogic jarayonda kuzatuvchining xatti-
xarakatlari kabilarni yozib qo’yish imkoini beradi. Bevosita qayd qilish usuli biror-
bir hodisalarning oqibati haqidagi daliliy materialnin boshqa shaxslar orqali yoki 
qandaydir asbobni qo’llash vositasida olishga imkon beradi. Ilmiy-texnika 
taraqqiyoti asrida kuzatishning visual usullari xilma-hil texnika vositalari 
(kinofilm, videotasvir, teleko’rsatuv)dan foydalanish oprqali tobora ko’p 
qo’llanilmoqda. 
Suhbat usuli-so’rashning bir turi bo’lgani holda tadqiqotchining jiddiy 
tayyorgarlik ko’rastishni talab etadi. Chunki u tekshirayotgan shaxs bilan bevosita 
aloqada bo’lish vaqtida og’zaki suhbat tarzida, suhbatdoshning javoblarini 
yozmasdan, erkin muomala shaklida qo’llaniladi. 


Suhbat usulida-o’qituvchilar va talabalar jamoasi bilan ota-onalar va keng 
jamoatchilik bilan yakka va guruh tarzidaish olib borilganda qo’llaniladi. Suhbat 
usulida farqli ravishda intervvu olish usuli oldindan belgilangan savollarni izchillik 
bilan bayon qilishni nazarda tutadi.Bunda javoblar magnit tasmasiga yoki 
kassetalarga yozib olinadi. Hozirgi kunda ommaviy so’rash nazariyasi va 
amaliyotda intervyu olishning ko’p usullari mavjud Bular: 

guruhlar tarzida; 

jadal; 

sinov va h.k 
Talabalar ijodini o’rganishda-ularning o’ziga hos individual tartibdagi 
faoliyatlariga doir omillar tahlil qilinadi, xulosalar yasaladi. 
Pedagogik so’rov usuli
-
tadqiqotchining boshqa kishilardan pedagogic 
tajribaning biror tomoni yoki hodisalar haqida axborot olish jarayoni bu usulning 
asosini tashkil qiladi. So’rash usulida savollarning mantiqiy o’ylangan tizimini, 
uning aniq foydalanishini, nisbatan kamchiligi (3-5 ta) nazarda tutiladi. 
Shuningdek, qat’iy shakildagi javobni(“ha”,”yo’q”) ham taqazo etish mumkin. 
Test, so’rovnomalar
-
so’rovnoma, ya’ni anketa usuli ilmiy farazning 
yangiligini aniqlash, yakka yoki guruh holdagi talabalarning fikrlarini, qarashlarini, 
qanday kasblarga qiziqishlarini, kelajak orzu-istaklarini bilish va tegishli xulosalar 
chiqarish, tavsiyalar berish maqsadida o’tkaziladi. 
Test savollaridan ko’zlangan maqsad oz vaqt ichida takabalarning bilimlarini 
yoppasiga baholashdir. 
Mutaxasislarning bilimini va dunyoqarashini aniqlash uslublaridan biri-bu test 
yordamidagi sinovdir.Test yordamida sinov talaba yoki mutahasisning bilimi, ilmi, 
ma’naviyati hamda yoshlarning qaysi yo’nalish va mutahasislikka layoqati 
borligini ,iqtidorini zudlik bilan aniqlash va baholashga imkonj beradi. Test 
yordamida bilimlarni baholashning pedagogic nuqtaviy nazaridan yutuqlari va 
kamchiliklari keltirilgan va baholash jarayononi EHM yordamida avtomatlashtirish 
mumkinligi takidlangan. Test savollari va masalalarning aniqligiga sabab, uning 
qisqa va lo’ndaligi, umumiy javoblar ivhida to’g’ri javobning borligi va ularning 


talabalarga ko’rsatma bo’lib xizmat qilishi, uning topishmoqli o’yingga 
o’xshashligi va javobni topishda xotira, ichki tuyg’u va topqirliklar qo’l kelishidir. 
Test savollarini chop etish talabalarning mustaqil ishlashini yanada faollashtiradi. 
Tajriba-sinov eksperiment usuli
-
ushbu tajriba ta’lim-tarbiya jarayoniga 
aloqador ilmiy faraz yoki amaliy ishlarning tatbiqiy jarayonlarini tekshirish, 
aniqlash maqsadida o’tkaziladi. 
Statistik ma’lumotlarni tahlil qilish usuli – ta’lim sohasidagi, jumladan, 
ajratilgan mablag’larning doimiy o’sib borishi, darslik va o’quv qo’llanmalari, 
ko’rgazmali qurollar, o’qituvchi kadrlar tayyorlash, ta’lim muassasalarining 
qurilishi, xo’jalik shartnomalari va ulardan tushayotgan mablag’lab statistika usuli 
orqali aniqlanadi. 
Matematik va kibernetik usullar – o’qitish nazariyasi, amaliyotida 
hisoblash matematikasi va kibernetikasi mashnalari yordamida bir tildan ikkinchi 
tilga tarjima, dasturli ta’lim va uni mashina orqali boshqarish, o’qitishni 
mustahkamlash, 
baholash 
orqali 
ta’lim-tarbiya 
samaradorligini 
oshirish, 
tabaqalashgan va individual ta’lim berish kabi jarayonlardir. 
Ijtimoiy tadqiqot usuli – anketaga savollar kiritiladi. Bundan maqsad talaba-
yoshlarning kasb-hunarga bo’lgan qiziqishlarini, talabalar orasidagi do’stlik 
munosabatlarini, o’quv yurtidagi shart-sharoitlarini bilish, yutuq va kamchiliklarni, 
dinga, xususan tasavvuf ilmiga qiziqishlarini aniqlash, talabalarning ma’naviy 
sifatlarini, bilim olishga ishtiyoqi, adabiyotlar bilan ta’minlanganlik darajasi, o’quv 
taqsimoti, o’qituvchilarning bilim berish darajasi, o’quv qo’llanmalarining sifati, 
kompyuterda mashg’ulot o’tkazish turlarini o’rganish, ilmiy va kasbiy mahoratni 
oshirishdagi mashg’ulotlar turi, stipendiyalar miqdori, stipendiyalar talabalarning 
qanchalik qoplashi, talabalarning haq to’lanadigan ishlarda qatnashishi, ota-
onalarining yordami, ularning ma’lumoti, ish joyi, talabalar qo’p boradigan jamoat 
joylari, yashash joyi, ilmiy dunyoqarashining shakllanishiga ta’sir etuvchi, 
mutaxasssi bo’lib yetishishida hal qiluvchi omillar, talabalarninng onglilik darajasi, 
komil inson bo’lish uchun kerak bo’lgan ma’naviy sifatlar, o’zlashtirganlik 


darajasi haqida savollar anketaga kiritiladi. Savol-javolarning barchasi 
kompyuterda qayta ishlanadi va xuldosalar chiqariladi. 
Yuqorida ko’rsatib o’tilgan usullardan tashqari kasb ta’limida maxsus 
usullardan ham foydalaniladi. 
Kasb ta’limida tadqiqotning maxsus usullari keng tarqalib, unda hodisa va 
jarayonlarni o’rganishga yo’naltirilgan asbob-uskunalar va apparatlar ob’ektiv 
miqdoriy kattaliklarni olish maqsadida qo’llaniladi. 
Tadqiqotning maxsus usullari shartli ravishda uch guruhga bo’linadi: 

Ish-harakatlarining natijaviy tafsilotini o’rganish (harakatlarni aniq 
bajarish, sarflanadigan vaqt, ish unumi) ga bog’liq bo’lgan usullar; 

Biomexanik usullar; 

Psixofiziologik usullar. 
Ish-harakatlarining natijaviy ko’rsatkichlari bilan bog’liq tadqiqotlarda, shu 
jumladan, ularni o’zlashtirish jarayonida xronometraj kata rol o’ynaydi. Ish 
me’yori, maqbul vaqt, shu jumladan, ishlab chiqarish ta’limining turli davrlarida 
talabalar vaqt me’yori, tartibotini aniqlash maqsadida, shuningdek, harakatlarning 
vaqtinchalik tuzilmasini o’rganish talablari yoki ishchilarning tayyorgarlik 
darajasini baholash uchun xrometrajdan foydalaniladi. 
Biomexanik usullar - bu ish-harakatining fazoviy vaqt va kuch parametrlarini 
o’rganishdir. Bunda ularning mukammalik darajasi, ishchining asbob, dastgoh va 
hokazolar bilan o’zaro kuch ta’sirida, asbob va qo’l harakatining kinematikasi va 
boshqalar aniqlanadi. 
Psixologik usullar o’quv va mehnat faoliyati jarayonida inson organizmining 
turli a’zolarining funksional holatini o’rganishda foydalaniladi. Bulardan 
elektromiografiya, elektrokardiografiya, elektrodermografiya usullari keng 
qo’llaniladi. 
Mavzuni mustahkamlash uchun nazorat savollari: 
1.
O’zbekiston Respublikasining “Ta`lim to’g’risida”gi Qonuni va “Kadrlar 
tayyorlash milliy dasturi” da oliy ta`limga qanday talablar qo’yilgan? 


2.
Maxsus fanlarni o’qitish metodikasi fanini maqsad va vazifalari nimlardan 
iborat?. 
3.
Maxsus fanlarni o’qitish metodikasi fanining asosiy tushunchalari haqida 
fikr bildiring? 
4.
Maxsus fanlarni o’qitish metoddikasining umumiy metodlarini 
tushuntiring? 
5.
Maxsus fanlarni o’qitish metoddikasining maxsus metodlarini tushuntiring? 

Download 1,42 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34




Download 1,42 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o‘rtа mаxsus tа’lim vаzirligi

Download 1,42 Mb.
Pdf ko'rish