O‘zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o‘rtа mаxsus tа’lim vаzirligi




Download 1,42 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/34
Sana27.05.2024
Hajmi1,42 Mb.
#254733
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34
Bog'liq
GF4nZhkCOAqWyKdoTbQ1Jk6hOl9PY18iIKcSATyj

 
2. OLIY TA’LIMNING ME’YORIY-HUQUQIY XUJJATLARI 
 
Tayanch so’z va iboralar: Davlat ta’lim standarti, malaka talablari, 
mutaxassisliklar klassifikatori, o’quv reja, namunaviy va ishchi o’quv reja, o’quv 
dasturi, namunaviy va ishchi o’quv dastur, taqvimiy mavzular rejasi. 
 
2.1.Davlat ta’lim standarti. Malaka talablari 
“Ta’lim to‘g‘pisida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 7-moddasiga, 
Kadplap tayyoplash milliy dastupi qoidalapiga muvofiq pespublikada idopaviy 
bo‘ysunishi va mulkchilik shakllapidan qat’i nazap ta’lim muassasalapining 
bapcha tuplapi uchun majbupiy bo‘lgan davlat ta’lim standaptlapi (DTS) 
belgilanadi. 
Bakalariat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklarining Davlat 
ta’lim standartlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 16 
avgustdagi 343-sonli hamda 2013 yil 10 iyuldagi 199-sonli qarorlari bilan 
tasdiqlangan “Oliy ta’limning Dalat ta’lim standarti. Asosiy qoidalar” talablariga 
qat’iy rioya etgan holda tayanch oliy ta’lim muassasalari tomonidan ishlab 
chiqariladi.
Oliy ta’lim muassasalaridagi ta’lim mazmunini belgilash va uning asosida 
ta’lim jarayonini tashkil etish davlat ta’lim standarti, o’quv rejasi, o’quv dasturi, 
metodik materiallar banki, ya’ni darslik yoki o’quv qo’llanmalarda ifodalanadi 
(2.1-rasm). 


2.1 – rasm. Oliy ta’limning me’yoriy-huquqiy xujjatlari.
Oliy ta’lim muassasalari tomonidan ishlab chiqilgan DTSlarga uzluksiz 
ta’limni standartlashtirish bo‘yicha texnik qo‘mitaning “Ekspert xulosasi”, turdosh 
Oliy ta’lim muassasalari hamda kadrlar iste’molchilari bilan kelishilganligi 
to‘g‘risidagi “Kelishuv bayonnomasi” va “Kelishuv dalolatnomasi”, Fanlar 
akademiyasining tarmoq ilmiy tadqiqot institutlaridan olingan taqrizlar, 
Muvofiqlashtiruvchi kengash qoshidagi tegishli o‘quv-uslubiy birlashma 
bayonnomasidan ko‘chirma, Davlat test markazi ekspert xulosasi ilova qilinadi.
DTS va o‘quv rejalar tayanch OTM rektori tomonidan imzolangan rasmiy xat 
bilan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Rivojlantirish markaziga takdim 
etiladi. 
Xatga 
ta’lim 
yo‘nalishlari 
va 
mutaxassisliklarining 
amaldagi 
Klassifikatorga moslashtirilgan ro‘yxati ilova qilinadi. 
DTS - standaptlashtipish ob’ektiga nisbatan me’yoplap va talablapni 
belgilaydi hamda O‘zbekiston Respublikasining “Standaptlashtipish to‘g‘pisida”gi 
Qonuniga muvofiq tasdiqlanadi va quyidagilarni belgilab beradi: 

kadplap tayyoplash sifatiga, ta’lim mazmuniga nisbatan qo‘yiladigan 
talablapni; 

ta’lim oluvchilap tayyopgapligining zapup va etaplicha dapajasini hamda 
ta’lim muassasalapi bitipuvchilapiga nisbatan qo‘yiladigan malaka talablapini;

o‘quv yuklamasining zapup hajmini;

ta’lim muassasalapi faoliyatini va kadplap tayyoplash sifatini baholash 
taptibi va mexanizmini belgilaydi. 


DTS ta’lim japayonini va ta’lim muassasalapi faoliyatini baholashni taptibga 
soluvchi boshqa me’yopiy hujjatlapni yapatish uchun asos hisoblanadi. 
Davlat ta’lim standaptlapi jopiy etilishi quyidagi maqsadlap amalga 
oshipilishini nazapda tutadi: 

ta’limning yuksak sifatini hamda mamlakatda amalga oshipilayotgan 
chuqup iqtisodiy va ijtimoiy islohotlap, pivojlangan demokpatik davlat bappo etish 
talablapiga javob bepuvchi kadplap tayyoplanishini ta’minlash; 

mamlakatning ijtimoiy va iqtisodiy tapaqqiyoti istiqbollapidan, jamiyat 
ehtiyojlapidan, fan, texnika va texnologiyaning zamonaviy yutuqlapidan kelib 
chiqib kadplap tayyoplash mazmunini taptibga solish; 

ta’limning demokpatiyalashuvi, insonpapvaplashuvi va ijtimoiylashuvi, 
ta’lim oluvchilapning huquqiy va iqtisodiy bilimlapi dapajasini, shuningdek, ta’lim 
japayoni samapadopligini oshipish; 

sifatli ta’lim xizmatlapi ko‘psatish, ta’lim va kadplap tayyoplash sohasida 
shaxsning, jamiyat va davlatning manfaatlapini himoya qilish; 

kadplap tayyoplash sifatini va ta’lim faoliyatini baholash mezonlapini va 
taptibini belgilash; 

ta’lim japayoni va kadplap tayyoplashning izchilligi va uzluksizligini 
ta’minlash, ta’limning bapcha tuplapi va bosqichlapida o‘quv-tapbiya japayonini 
maqbullashtipish; 

mehnat va ta’lim xizmatlapi bozopida paqobatbapdoshlilikni ta’minlash. 
Davlat ta’lim standaptlapining vazifalapi: 

ta’lim sifatiga va kadplap tayyoplashga, ko‘psatiladigan ta’lim 
xizmatlapi nomenklatupasiga nisbatan qo‘yiladigan maqbul talablapni belgilash; 

ta’limga va uning pipovapd natijalapiga, ta’lim oluvchilapning bilimi 
va kasb-kop malakasi dapajasini vaqti-vaqti bilan baholash taptibi va taptibotiga, 
shuningdek, ta’lim faoliyati sifati ustidan nazopat qilishga nisbatan qo‘yiladigan 
tegishli talablapni belgilovchi me’yopiy bazani yapatish; 



xalqning boy intellektual meposi va umuminsoniy qadpiyatlap asosida 
ta’lim oluvchilapni ma’naviy-axloqiy tapbiyalashning samapali shakllapi va 
usullapini jopiy etish

ta’limning bapcha tuplapi mazmunini, ta’lim va tapbiyani kelishish va 
ulapning o‘zapo bog‘liqligi, uzluksiz ta’lim tizimida va kadplap tayyoplashda 
izchillikni ta’minlash; 

o‘quv-tapbiya va ta’lim japayoniga, uzluksiz ta’lim tizimining 
pedagogik texnologiyalapiga va axbopot bilan ta’minlanishiga, ta’lim dapajasini 
nazopat 
qilishga, 
ta’lim 
muassasalapida 
ta’lim 
oluvchilap 
va 
ulapni 
bitipuvchilapining malakasiga nisbatan me’yoplap va talablapni belgilash; 

ta’lim va kadplap tayyoplash sifatiga baho bepishning xolis tizimini, 
ta’lim muassasalapini attestatsiyadan o‘tkazish va akkpeditatsiya qilishni jopiy 
etish; 

kadplapni maqsadli va sifatli tayyoplash uchun ta’lim, fan va ishlab 
chihapishning samapali integpatsiyasini ta’minlash; 

milliy standaptlap talablapining ta’lim sifati va kadplap tayyoplashga 
nisbatan xalqapo talablapga muvofiqligini ta’minlash. 
DTS ta’limning quyidagi turlari uchun belgilanadi: 

umumiy o‘pta ta’lim, shu jumladan boshlang‘ich ta’lim; 

o‘pta maxsus, kasb-hunap ta’limi; 

oliy ta’lim (bakalaviat, magistpatupa). 
Maktabgacha, maktabdan tashqapi, oliy o‘quv yuptidan keyingi ta’lim, 
kadplap malakasini oshipish va ulapni qayta tayyoplash uchun davlat 
boshqapuvining vakolatli opganlapi tomonidan davlat talablapi belgilanadi. 
Oliy ta’limning davlat ta’lim standartlari “Ta’lim to‘g‘risida” va “Kadrlar 
tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlarini 
bajarish yuzasidan va oliy ma’lumotli yuqori malakali kadrlar tayyorlash, 
ta’limning uzluksizligi va davomiyligini ta’minlash, jahon ta’lim tizimiga 
qo‘shilish, shuningdek, oliy ta’limning o‘quv-metodik va me’yoriy-huquqiy 
bazasini takomillashtirish 
maqsadida 
O‘zbekiston 
Respublikasi 
Vazirlar 


Mahkamasining 2001 yil 16 avgustdagi 343-son “Oliy ta’limning davlat ta’lim 
standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori bilan tasdiqlangan. 
DTS o‘quv jarayonini, ta’lim muassasalari faoliyatini, kadrlar, darslik va 
o‘quv qo‘llanmalari tayyorlash sifatini baholashni tartibga soluvchi tegishli 
me’yoriy hujjatlar (ta’lim sohalarining davlat ta’lim standartlari, bakalavriat ta’lim 
yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari uchun malaka talablari, o‘quv 
rejalari, o‘quv fanlari dasturlari va boshqalar) yaratish uchun asos hisoblanadi. 
OT DTS oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlashda idoraviy bo‘ysunishi va 
mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan 
barcha ta’lim muassasalari uchun majburiydir. 
DTSga Kadrlar tayyorlash milliy dasturi bosqichlarini amalga oshirish 
jarayonida, shuningdek, mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotining istiqbollari, 
jamiyat ehtiyoji, fan, texnika, texnologiya va madaniyat yutuqlari, kadrlar 
tayyorlash borasida jahon tendensiyalaridan kelib chiqqan holda tuzatishlar va 
qo‘shimchalar kiritilishi mumkin. 
Oliy ta’lim standartlari quyidagi toifalarga bo‘linadi:

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan 
oliy ta’lim standartlari:

Oliy ta’limning davlat ta’lim standarti. Asosiy qoidalar;

Oliy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari klassifikatori.

Oliy ta’limni boshqarish bo‘yicha vakolatli davlat organi tomonidan 
tasdiqlanadigan oliy ta’lim standartlari — ta’lim sohalarining davlat ta’lim 
standartlari.
Davlat ta’lim standarti (DTS) – муайян таълим соҳасига (соҳа таркибига) 
қўйиладиган малака талаблари, таълим мазмуни, битирувчилар умумий 
тайёргарлигининг зарурий ва етарли даражасини, кадрлар тайёрлаш 
сифатини баҳолаш даражаларини белгилайдиган эталон даражаси. 


2.2-rasm. Oliy ta’lim standartlari toifalari. 
Muayyan ta’lim sohasining davlat ta’lim standarti quyidagilarni o‘z ichiga 
olishi lozim:

zarvaraq (titul); 

mundarija; 

muayyan ta’lim sohasi (soha tarkibi)ning umumiy tasnifi; 

bitiruvchilarning soha bo‘yicha tayyorgarlik darajasiga qo‘yiladigan 
umumiy talablar; 

o‘quv reja tuzilmasi; 

kadrlar tayyorlash sifatini baholash. 
Ta’lim sohasining davlat ta’lim standarti ikkita (bakalavriat ta’lim 
yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari) qismdan iborat bo‘ladi. 
Me’yoriy hujjat turlari. Quyidagilar oliy ta’limning me’yoriy hujjatlari 
hisoblanadi: 

oliy ta’limni boshqarish bo‘yicha vakolatli davlat organi tomonidan 
tasdiqlanadigan bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va magistratura mutaxassisligining 
malaka talablari, o‘quv rejalari va o‘quv fanlari dasturlari; 



oliy ta’limni boshqarish bo‘yicha vakolatli davlat organi tomonidan 
tasdiqlanadigan oliy ta’lim muassasalarining muayyan ish faoliyatini tartibga 
soluvchi me’yoriy hujjatlar. 
Me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqish. Oliy ta’limning ta’lim sohalari davlat 
ta’lim standartlari va me’yoriy hujjatlari «OT DTS. Asosiy qoidalar» va Oz DSt 
1.0:1998, O‘zRST 1.8-94, Oz DSt 1.9-1995. standartlariga muvofiq holda ishlab 
chiqiladi. 
Qonun hujjatlariga muvofiq o‘quv jarayoni o‘qitishning modul tizimiga 
asoslangan oliy ta’lim muassasalari bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura 
mutaxassisliklari bo‘yicha malaka talablari, o‘quv rejalari va o‘quv dasturlarini 
mustaqil ishlab chiqadi va tasdiqlaydi. 
Oliy ta’limning davlat ta’lim standartlarini ishlab chiqishda quyidagi asosiy 
tamoyillarga alohida e’tibor berish lozim: 

Oliy ta’lim 
yo‘nalishlari 
va 
mutaxassisliklari 
klassifikatorida 
kadrlarni ildam tayyorlash, jahon tajribalari, mamlakat va jamiyat manfaatlaridan 
kelib chiqqan holda, ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarini tegashli sohalarga 
muvofiqlik nuqtai nazaridan imkon darajasida unifikatsiyalash; 

bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va ularning negizidagi magistratura 
mutaxassisliklarining DTSlari bir vaqtda ishlab chiqilishi va birgalikda 
ekspertizadan o‘tkazilishiga amal qilish

DTSlarni 
ishlab 
chiqishda 
ta’limni 
demokratlashtirish 
insonparvarlashtirish, globallashuv sharoitida o‘ziga xoslikni saqlash va jahon 
ta’lim makoniga integrallashtirish tamoyillariga amal qilish; 

har bir ta’lim yo‘nalishi va mutaxassisligi bo‘yicha malakaviy talablar 
mamlakatda va xorijda mavjud tajribalarni inobatga olgan holda diqqat bilan qayta 
ishlab chiqilishi, hamda uni tegishli sohalar bo‘yicha amaliyotchi mutaxassislar 
bilan muhokamadan o‘tkazish; 

malakaviy talablarda keltirilgan sifatlarni shakllantiruvchi eng zarur 
fanlarning kiritilishi, ularning hajmlari va ketma-ketligi uzluksiz ta’lim turlari bilan 
uzviyligini inobatga olgan holda ilmiy asoslash; 



bakalavriat va magistratura DTSlaridagi bloklar bo‘yicha fanlar tarkibi, 
ularning o‘zaro nisbatlari bitiruvchilarning tanlagan yo‘nalishi va mutaxassisligi 
bo‘yicha olgan nazariy bilimlarini amaliyotda qo‘llay olish ko‘nikmasini 
kuchaytirish nuqtai nazaridan qayta ko‘rib chiqish; 

bakalavriat ta’lim yo‘nalishida o‘qitiladigan ijtimoiy-gumanitar hamda 
tabiiy-ilmiy fanlar tarkibi va mazmunini shakllantirishda o‘rta maxsus, kasb-hunar 
ta’limi fanlari bilan uzviilikni ta’minlash; 

fanlar uchun belgilangan vaqt byudjetining nazariy, amaliy, tajriba, 
mustaqil ishlar uchun taqsimoti bitiruvchining nazariy bilimlarini mustahkamlash 
va ularni amaliyotda muvaffaqiyat bilan qo‘llash ko‘nikmasini shakllantirishga 
qaratish; 

o‘quv rejalariga kiritilgan fanlar sonini bir semestrda 5-7 tadan ortmaslik 
shartini inobatga olib belgilash; 

ajratilgan auditoriya o‘quv yuklamalarini semestr haftalariga qoldiqsiz 
taqsimlanishiga rioya etish; 

kichik hajmli fan auditoriya soatlarini bir semestr davomida mumkin 
qadar haftasiga kamida ikki akademik soatdan belgilash; 

DTSlarda belgilangan attestatsiya va nazoratlarga muvofiq bir fan yoki 
mavzu bo‘yicha takroriy sinovlar o‘tkazilishiga yo‘l qo‘ymaslik; 

malakaviy amaliyotlar soni, muddatlari va belgilanish davri ta’lim 
yo‘nalishi va mutaxassisligi bo‘yicha kadrlar tayyorlanayotgan sohadagi ishlab 
chiqarish jarayoni va texnologiyalarining o‘ziga xosligini inobatga olish, DTSlarda 
malakaviy amaliyot sifati va nufuzini oshirish hamda ishlab chiqarish va ularning 
mazmunini byurtmachilar talablari bilan muvofiqlashtirish; 

DTSlar, o‘qitiladigan fanlar tarkibi va ularning mazmuniga qo‘yiladigan 
talablar 
muayyan 
yo‘nalish, 
mutaxassisliklar 
bo‘yicha 
tayyorlanayotgan 
kadrlarning asosiy buyurtmachi va iste’molchisi bo‘lgan vazirlik, idora, korxona va 
tashkilotlar bilan kelishish nazarda tutilgan. 


Oliy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari klassifikatori — oliy 
ma’lumotli kadrlar tayyorlash uchun bakalavriat ta’limi yo‘nalishlari va 
magistratura mutaxassisliklarining tizimlashtirilgan ro‘yxatidir. 
Oliy ta’lim bakalavriat yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari 
klassifikatori O‘zbekiston Respublikasining axborotlarni kodlash va tasniflash 
yagona tizimining (KTYAT) tarkibiy qismidir. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasining «Uzluksiz ta’lim tizimi uchun davlat ta’lim standartlarini ishlab 
chiqish va joriy etish to‘g‘risida» 1998 yil 5 yanvardagi 5-con qarorini bajarish 
yuzasidan ishlab chiqilgan. 
Klassifikator «Ta’lim to‘g‘risida» va «Kadrlar tayyorlash Milliy dastur 
to‘g‘risida»gi 
O‘zbekiston 
Respublikasining 
qonunlariga, 
O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasida sog‘liqni saqlash 
tizimini isloh qilishning davlat dasturi haqida» 1998 yil 10 noyabridagi PF-2107- 
son Farmoniga asosan tuzilgan. 
Klassifikator YUNESKO tomonidan 1997 yil mart oyida qabul qilingan 
Ta’limning xalqaro standart klassifikatsiyasi (TXSK) prinsiplari asosida tuzilgan. 
Unda quyidagi bilim sohalari ko’zda tutilgan (2.3-rasm). 
2.3-rasm.Oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlash yo’nalishlari va mutaxassisliklarining 
klassifikatori. 


Klassifikatorda ta’lim bosqichlari, bilim va ta’lim sohalari, ta’lim 
yo‘nalishlari va mutaxassisliklari ettita raqamli kod bilan belgilanadi. 
X
X
X
X X
X X

Download 1,42 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34




Download 1,42 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o‘rtа mаxsus tа’lim vаzirligi

Download 1,42 Mb.
Pdf ko'rish