O‘zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o‘rtа mаxsus tа’lim vаzirligi




Download 1,42 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/34
Sana27.05.2024
Hajmi1,42 Mb.
#254733
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   34
Bog'liq
GF4nZhkCOAqWyKdoTbQ1Jk6hOl9PY18iIKcSATyj

parallel o’rganish - barcha fanlar bir vaqtda o’rganiladi; bu usul pedagogika 
jihatidan hamma vaqt ham to’g’ri bo’lavermaydi, chunki fanlararo mazmunli 
bog’lanishlar o’rgatish imkoniyatini cheklab qo’yadi; asosan, bir yillik o’quv 
rejalari tuzishda qo’llaniladi; 
ketma-ket o’rganish - o’zaro bog’langan fanlar ketma-ket o’rganiladi; bu 
usul fanlararo bog’lanish uchun eng yaxshi sharoit yaratadi; o’qitish muddati uzoq 
(3-4 yil) bo’lganda o’quv fanlari soni cheklangan o’quv rejalarida qo’llaniladi; 
aralash o’rganish - fanlar o’quv rejasiga ham parallel, ham ketma-ket 
kiritiladi; bu usul o’qish muddati 2-3 yil bo’lgan o’quv rejalari tuzishda eng ko’p 
tarqalgan. 
Fanlararo bog’lanishlarni ta’minlash uchun umumkasbiy va asosiy 
umumta’lim fanlari, odatda, o’qitishning birinchi bosqichida o’rganiladi, bu davrda 
ishlab chiqarish ta’limiga va maxsus fanlarni o’rganishga ajratiladigan vaqt bir oz 
qisqartiriladi. 
2.4. O’quv dasturi va ishchi o’quv dasturi. 
O‘quv dasturi - ta’lim tizimidagi har bir o‘quv fanining mazmuni va o‘tilish 
tartibini, ta’lim oluvchilar tomonidan o‘zlashtirilishi lozim bo‘lgan bilim hamda 
ko‘nikmalar hajmini belgilab beradigan rasmiy pedagogik hujjat. O‘zbekistonda 
o‘quv dasturi tegishli vazirliklar qoshidagi ilmiy metodik kengashlar tomonidan 
tasdiqlanadi. Har bir o‘quv dasturi so‘z boshi, o‘quv fani mazmunining qisqa 
bayoni, talabalarning bilim va ko‘nikmalariga qo‘yiladigan talablar singari


3 qismdan iborat.O‘quv fanining maqsad va vazifalarini belgilab berish o‘quv 
dasturining muhim belgisidir.
Ta’limning o‘quv dasturi tomonidan belgilangan mazmuni darslik, o‘quv 
qo‘llanmalari, ko‘rgazmali qurol va metodik tavsiyalarda to‘la namoyon bo‘ladi. 
Namunaviy o’quv dastur - o‘quv rejadagi aniq fanlar bo‘yicha davlat 
ta’lim standartlariga asosan tayanch oliy ta’lim muassasalarining tegishli 
kafedralari tomonidan ishlab chiqiladigan, o‘quv materiallarni o‘zlashtirishga va 
o‘qitish mazmuniga qo‘yiladigan majburiy talablarni o‘z ichiga oladigan 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan 
tasdiqlanadigan, oliy ta’lim muassasalari bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va 
magistratura mutaxassisliklari talabalari uchun tavsiya etiladigan me’yoriy hujjat 
hisoblanadi. 
Namunaviy o‘quv dasturi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining buyrug‘i 
bilan tayanch etib belgilangan oliy ta’lim muassasalari kafedralarida tegishli fan 
sohasidagi etuk olimlar, mutaxassislar va tajribali professor-o‘qituvchilardan 
tashkil topgan ijodiy guruh tomonidan tuziladi. 
Namunaviy o‘quv dasturi quyidagilarni o‘z ichiga oladi: 

Kirish; 

asosiy qism; 

amaliy mashg‘ulot mavzulari; 

seminar mavzulari; 

mustaqil ta’lim mavzulari; 

tavsiya etiladigan darsliklar va o‘quv qo‘llanmalar ro‘yxati. 
Davlat ta’lim standartlari talablaridan kelib chiqib, ma’lum fanlardan 
chizma-hisob, kurs ishlari, loyihalari va ularning mavzu va yo‘nalishlari ham 
keltirilishi mumkin. 
O’quv fani dasturi – ta’lim mazmuni, ularning talabalar tomonidan 
o’zlashtirilishining eng maqbul usullari, axborot manbalari ko’rsatilgan 
me’yoriy hujjat.


Dastur fan, texnika, texnologiyaning so‘nggi yutuqlari, oliy ta’lim 
rivojlanishining jahon tendensiyasini hisobga olish, Respublikada joriy etilgan 
uzluksiz ta’lim tizimining ta’lim turlari o‘rtasidagi uzviylik va uzluksizlikni 
ta’minlashi, ayniqsa umumiy o‘rta ta’lim, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi va oliy 
ta’limda uzluksiz o‘qitiladigan fanlarda mavzularning mantiqiy ketma-ketligi, 
oddiydan murakkablikka, xususiydan umumiylikka o‘tib borish tamoyillariga amal 
qilishi shart. Dasturda ta’lim oluvchilarning mustaqil bilim izlash va uni 
o‘zlashtirish, o‘qitish jarayonini interaktiv pedagogika asosida tashkil etishga 
mavzularning bir xil talqinida takrorlanmasligiga e’tibor berilishi zarur. 
Namunaviy o‘quv dasturi tayanch oliy ta’lim muassasasining tegishli kafedrasi, 
fakultet yoki OTM uslubiy kengashida muhokama qilinadi. 
Ijtimoiy, gumanitar va iqtisodiy fanlar bo‘yicha tuzilgan namunaviy o‘quv 
dasturlari maxsus metodologik komissiyasiga muhokama qilish uchun topshiriladi. 
Barcha fanlar bo‘yicha tuzilgan o‘quv dasturlari oliy ta’lim muassasalariaro 
ilmiy-uslubiy 
birlashmalar 
faoliyatini 
muvofiqlashtiruvchi 
Kengash 
ekspertizasidan o‘tishi shart va uning tavsiyasi bilan vazirlik tomonidan ro‘yxatga 
olinadi va amalga kiritiladi. 
Namunaviy o‘quv dasturlari vazirlikning tegishli boshqarmasi tomonidan 
tasdiqqa tavsiya etiladi va ro‘yxatga olinadi. Bu haqda o‘quv dasturning bosh 
varog‘iga belgi qo‘yiladi. Namunaviy o‘quv dasturning etalon nusxasi vazirlikda 
saqlanadi. O‘quv dasturi tasdiqlangan va ro‘yxatga olingan kundan boshlab amalga 
kiritiladi. 
Namunaviy o‘quv dastur davlat ta’lim standartlariga o‘zgartirishlar kiritilgan 
taqdirda yoki o‘zga xollarda 5 yilda bir marta qayta ishlab chiqilishi va ushbu 
tartibga asosan qayta ekspertiza va tasdiqdan o‘tishi zarur. 
Ishchi o‘quv dasturi - OTMning aniq bir bakalavriat ta’lim yo‘nalishi yoki 
magistratura mutaxassisligi talabalari uchun o‘quv rejadagi aniq bir fan bo‘yicha 
o‘quv dasturiga asosan professor-o‘qituvchilar tomonidan ishlab chiqiladigan, 
fanning mazmuniga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritilgan, mavzularning o‘qitish 


ketma-ketligiga rioya qilingan holda fanga ajratilgan soatlar aniq ko‘rsatilgan 
me’yoriy hujjat hisoblanadi. 
Ishchi o‘quv dasturi tegishli ta’lim standartlarini konkretlashtiradi, o‘quv 
jarayonini uslubiy, informatsion va texnik jihatidan ta’minlanishini nazarda tutadi. 
OTMlarda talabalarni tayyorlash va o‘qitish xususiyatlarini aks ettiradi. 
O‘quv dasturi asosida tuzilgan ishchi o‘quv dasturida aniq mavzular, ularga 
ajratilgan soatlar, mavzular bo‘yicha qo‘llaniluvchi didaktik va texnik vositalar, 
mavzular va bo‘limlar bo‘yicha bilimni nazorat qilish turlari hamda tegishli 
uslubiy tavsiyalar aniq ko‘rsatiladi shuning uchun uning hajmi cheklanmaydi. 
Ishchi o‘quv dasturida quyidagilar o‘z aksini topishi lozim: 

DTS talablari; 

o‘quv dasturlarini mazmuniga qo‘yiladigan majburiy talablar; 

talabalar uchun beriladigan o‘quv materiallarining maksimal hajmi; 

bitiruvchilarni tayyorgarligiga qo‘yiladigan talablar; 

OTM tomonidan o‘quv rejaga asosan belgilangan o‘quv yuklamasining 
hajmi; 

ta’lim dasturlarining maqsadi va vazifalari. 
YUqorida keltirilganlar asosida ishchi o‘quv dasturining tuzilishi ishlab 
chiqiladi va uning tarkibi quyidagilarni o‘z ichiga oladi: 

titul varag‘i; 

kirish so‘zi; 

fanning maqsadi va vazifalari; 

fanni o‘qitish jarayonini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha tavsiyalar; 

talabalarning bilimi, ko‘nikma va malakalariga qo‘yiladigan talablar; 

fanning o‘quv rejadagi boshqa fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi, uslubiy 
jihatidan uzviyligi va ketma-ketligi; 

fanning ilm-fan va ishlab chiqarishdagi o‘rni; 

fanni o‘qitishda foydalaniladigan zamonaviy axborot va pedagogik 
texnologiyalar; 

fan bo‘yicha soatlar taqsimoti; 



nazariy mashg‘ulotlar mavzulari mazmuni; 

amaliy, seminar va labaratoriya mashg‘ulotlari mavzulari va rejalari; 

mustaqil ta’lim mavzulari; 

foydalaniladigan adabiyotlar ro‘yxati. 
Ishchi o‘quv dasturlarini tuzish va tasdiqqa kiritish tartibi: 
1.Ishchi o‘quv dasturlari OTMlarining tegishli kafedralarining professor-
o‘qituvchilari tomonidan ishlab chiqiladi. 
2. Ishchi o‘quv dasturlarini DTS talablari va o‘quv dasturlarga mos holda 
ishlab chiqilishiga tegishli kafedra mudiri va professor-o‘qituvchilar mas’ul 
hisoblanadi. 
3. Ishchi o‘quv dasturining kirish qismida o‘qitiladigan fanning dolzarbligi, 
sohaning tarixi, jamiyatni demokratlashtirish va iqtisodiyotni bozor tamoyillari 
asosida isloh qilishdagi ahamiyati va o‘rni ochib beriladi. SHuningdek, fanni 
o‘qitishning asosiy maqsadi va vazifalari, boshqa fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi 
ko‘rsatiladi. 
4. Ishchi o‘quv dasturida uslubiy jihatdan uzviy ketma-ketlikligi hamda 
o‘qitish turlari o‘qitishning interaktiv uslublari va vositalari hamda fanni o‘qitishda 
zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo‘llash, ta’lim jarayonini optimallashtirish 
uchun omil bo‘ladigan mexanizmlar ko‘rsatiladi. 
5. Ishchi o‘quv dasturlarida o‘quv jarayoni uchun zarur texnik vositalar, 
axborot-resurs markazidagi tegishli o‘quv adabiyotlari, didaktik vositalar, ashyolar 
va boshqa moddiy-texnik baza to‘g‘risida ma’lumotlar kiritilishi maqsadga 
muvofiq. 
6. Ishchi o‘quv dasturining titulida amaldagi Klassifikator bo‘yicha 
tegishli bilim, ta’lim sohalari va ta’lim yo‘nalish (mutaxassislik) larning shifri va 
nomlari hamda ishchi o‘quv rejaga muvofiq fanning to‘la nomi ko‘rsatiladi. 
7. Ishchi o‘quv dasturining yaratilishiga mas’ul kafedraning nomi, mualliflar 
va taqrizchilar to‘g‘risida ma’lumotlar (familiyasi, ismi, otasining ismi, lavozimi, 
ilmiy darajasi va unvoni), tasdiqqa tavsiya etuvchi uslubiy Kengashlarning 
bayonnomasi raqami va sanasi ko‘rsatiladi. 


8. Ishchi o‘quv dasturining foydalaniladigan manbalar ro‘yxatiga asosiy 
adabiyotlar va qo‘shimcha adabiyotlar kiritiladi. 
9. Ishchi o‘quv dasturining matni A-4 format, Times New Roman shriftida, 
14-chi o‘lchamda, chap tomonidan - 3 sm, pastidan - 2 sm, yuqoridan – 2 sm, o‘ng 
tomonidan - 1,5 sm o‘lchamida xoshiyalanadi. Betlarni raqamlash – pastki 
qismining markazida joylashtiriladi. 
10. Ishchi o‘quv dasturi har o‘quv yili kafedra yig‘ilishida ko‘rib chiqib 
muhokama qilinadi va tegishli o‘quv – uslubiy kengashida ko‘rib chiqib 
ma’qullanadi hamda OTMning ruxsat etilgan kengashi qarori bilan tasdiqlanadi. 
11.OTM o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori tomonidan tasdiqlanadi. 
Mutaxassislar 
tayyorlashga 
qo’yilgan 
talablarning 
hujjatli 
asosini 
tasvirlaydigan o’quv dasturlarida pedagogik maqsadlarning to’liq va aniq 
belgilanishini talab qilinadi. To’liqlik deganda mazmunning barcha zaruriy va 
qo’yilgan maqsadga erishish uchun etarli elementlari kiritish tushuniladi. Aniqlik 
deganda esa real o’quv jarayonida berilgan mazmunda joriy qilish yo’lini 
ko’rsatadigan elementlar va belgilar tasavvur etiladi. 
O’quv dasturlarida talabalar o’quv rejasiga kiritilgan har qaysi fandan 
nimani va qanday izchillikda o’rganish kerakligi, shuningdek, talabalar bilib olishi 
lozim bo’lgan bilim, ko’nikma va malakalar hajmi belgilab beriladi. 
O’quv dasturlarining mazmuni kasb tavsifnomalarning talablari asosida 
aniqlanadi. Dasturlarni ishlab chiqishda didaktik tamoyillarga va malakali 
mutaxassislar tayyorlash mazmuniga qo’yiladigan talablarga amal qilinadi. 
O’quv materialini tanlashda mavzuni o’rganishga ajratilgan vaqt va 
talabalarning materialni o’zlashtira olish-olmasligi hisobga olinadi. 
Umumkasbiy va ixtisoslik fanlari dasturlarida shunday o’quv materiali 
bo’ladiki, talabalar bu materialni o’rganib, ishlab chiqarishning hozirgi zamon 
texnikasi va texnologiyasi asoslarini o’rganilayotgan kasbni ongli ravishda, puxta 
va chuqur egallash hamda ishlab chiqarish malakasini yanada oshirish uchun zarur 
bo’lgan hajmda o’zlashtiradilar. 


Umumkasbiy va ixtisoslik fanlari dasturlarida o’quv materiali mazmunini 
aniqlashda avvalo ilmiylik tamoyiliga asoslaniladi. Bu tamoyilga muvofiq, 
o’rganish uchun ilmiy tadqiqotlar bilan asoslab berilgan va tajribada tekshirib 
ko’rilgan jarayon, hodisa va faktlar, fan hamda texnikada qabul qilingan 
tushuncha, atama, qoida va belgilar tanlab olinadi. Ilmiylik tamoyili o’quv 
materialni mantiqiy izchillik bilan bayon etishni, har bir yangi hodisa yoki narsani 
har tomonlama o’rganishni, mazkur ob’ektning o’ziga o’xshash boshqa ob’ektlar 
bilan ham, o’zidan farq qiladigan ob’ektlar bilan ham bog’lanishidagi xilma-
xillikni aniqlashni talab etadi. 
Umumkasbiy fanlari dasturlarida o’quv materialining mazmunini va uni 
o’rganish ketma-ketligini aniqlashda, asosi ochib berilayotgan fanning mazmuni, 
mantiqiga asoslaniladi. Masalan, elektrotexnika, gidravlika va pnevmoyuritmalar, 
amaliy mexanika, issiqlik texnikasi, ekologiya kabi fanlarning dasturlari mazmuni 
jihatidan eng barqaror dasturlardir. 
Dasturlardagi o’quv materialiniig mazmunini aniqlash tamoyillaridan biri 
uniig talabalarga tushunarli bo’lishidir. O’quv materialining tushunarli bo’lishi 
deganda, uni soddalashtirish yoki engillashtirish tushunilmasligi kerak. O’quv 
materialining tushunarliligi deganda, uning talabalar uncha qiynalmay o’zlashtira 
oladigan darajada ochib berilishi tushuniladi. Shunday qilinganda talabalarning 
tafakkuri, xotirasi, irodasi rivojlanadi. O’quv materialini tushunadigan qilib 
tanlashda bilimlar hajmini va o’quv materialinint ochib berilish chuqurligini 
aniqlash ko’zda tutiladi. 
Dasturning har bir mavzusi bo’yicha bilimlar hajmini belgilashda zarur 
bo’ladigan asosiy materialga, shuningdek, ko’rgazmali va ma’lumotnoma 
materialga asoslaniladi hamda uning hajmi bilan talabalarning fikrlash va xotirada 
saqlab qolish imkoniyatlariga taqqoslab ko’riladi. Bunda o’qitish davri, mavzuga 
ajratilgan vaqt, o’quv materialining muhimligi, talabalarning tayyorgarlik darajasi, 
fanlararo bog’lanishlar hisobga olinadi. 
Ochib berilish chuqurligi jihatidan olganda o’quv materialini shartli ravishda 
uch guruhga: oson, o’rtacha va qiyin o’zlashtiriladigan materiallarga bo’lish 


mumkin. Ma’lumki, faktlar eng oson material; faktlar tizimi - o’zlashtirilishi qiyin 
material; o’rganiladigan mashina, jihoz, mexanizm, materiallar sifati, texnologik 
jarayonning muhim alomatlarini aniqlash yanada qiyin. Tushunish va o’zlashtirish 
eng qiyin material - sabab-natijali bog’lanishlarni topish, chunki ular tarkibida 
ancha murakkab o’quv materiali bo’ladi. Sabab-natijali bog’lanishlarni aniqlash 
zarurati, ko’pincha, mashinalarni sozlovchilarda, dastgohda ishlovchilarda, 
yig’uvchi-chilangarlarda, haydovchilarda, montajchilarda va ko’pgina boshqa kasb 
ishchilarida paydo bo’ladi. Bunda sabab ma’lum bo’lsa, natijani topish, aksincha - 
natijani bilaturib, sababni topishga qaraganda oson bo’ladi. 
Talabalarni sababni qidirib topishga o’rgatish ularda texnologik tafakkurning 
rivojlantirilishini talab qiladigan juda qiyin jarayondir. Bu muhim talab dasturlar 
tuzishda hisobga olinadi. 
Yuqorida ta’kidlab o’tilganidek, o’quv materialining qiyinlik darajasi 
o’rganiladigan tushunchaning ichki bog’lanishlariga bog’liq. Bog’lanishlar 
qanchalik kam bo’lsa, tushunchani o’zlashtirish shunchalik oson, bog’lanishlar 
qanchalik ko’p bo’lsa, tushunchani o’zlashtirish shunchalik murakkab bo’ladi. Bu 
ham dasturlardagi o’quv materialining ochib berilish chuqurligini aniqlashda 
e’tiborga olinadi. 
Dasturlardagi o’quv materialining ochib berilishi chuqurligi ko’p jihatdan 
talabalarning umumiy o’rta ta’limdan olgan tayyorgarlik darajasiga ham bog’liq. 
Dasturlarda mashina va jihozlarning tuzilishi, texnologik ish jarayoni hamda 
hisoblashga oid nazariy materiallarni chuqur asoslab berish, tipaviy texnologiya, 
jarayonlar qonuniyatlarining ilmiy asoslarini anglab olish ko’zda tutiladi. Yig’ish 
va ta’mirlash-rostlash ishlarining puxtalign, aniqligi va sifatini oshirish 
masalalariga, ularni ob’ektiv tashxislash alomatlariga ko’ra asboblar vositasida 
tekshirish sinashga alohida e’tibor beriladi. Fanni o’rganish uchun talabalardan 
turli tip, rusum va modifikatsiyadagi juda ko’p mashinaning tuzilishini bilish talab 
qilingan hollarda dasturlarda shunga o’xshash mashinalarning tuzilishiga, 
ishlashiga oid printsipial sxemalarni, tipaviy texnologik jarayonlarni o’rganish 


hamda shu asosda eng zamonaviy va xarakterli konkret konstruktsiyalarning 
xususiyatlarini o’rgainish ko’zda tutiladi. 
Dasturlar tuzishda o’quv materialiga nisbatan qo’yiladigan talablar bo’lgan 
amaliyligi va zamonaviyligi hisobga olinadi. Bunda talabalarning oliy ta’lim 
muassasalarida oladigan bilimlari ishlab chiqarishda va ijtimoiy tajribada tatbiq 
etilgan taqdirdagina katta ahamiyatga ega bo’lishiga asoslaniladi. Shuning uchun 
o’quv materialini tanlashda dasturlarga ishlab chiqarish texnikasi va 
texnologiyalarining hozirgi darajasiga javob beradigan faoliyati bilan bevosita 
bog’langan materiallar kiritiladi. SHu nuqtai nazardan ixtisoslik fanlarining o’quv 
dasturlari mazmuni vaqt-vaqti bilan (3 yilda) qayta ko’rib chiqiladi va yangilanadi. 
Snu narsa an’anaga aylanib qoldiki, o’quv dasturlari faqat o’qitish 
mazmunini, ya’ni talabalarga nimani o’qitish kerakligani ochib beradi. O’qitish 
metodakasini, ya’ni qanday o’qitish kerakligini esa, odatda, o’qituvchining o’zi hal 
qiladi. OTMlar uchun umumkasbiy va ixtisoslik fanlar bloki dasturlarini tuzishda 
dasturlarda o’qitish metodikasining ba’zi masalalarini ochib berishga harakat 
qilinadi. Chunonchi, amaliy mexanika, ekologiya, elektrotexnika, hayotiy faoliyat 
xavfsizligi, muhandislik va kompyuter grafikasi kabi fan dasturlarining har bir 
mavzusida o’qituvchi uchun qisqacha metodik tavsiyalar berilishi mumkin. 
Oliy ta’lim muassasalari ixtisoslik fanlar bloki fanlarining dasturlari uchun 
shu narsa xoski, talabalar bilimlarni ancha ongli va puxta o’zlashtirishi, ularning 
bilish faoliyatini faollashtirish hamda texnik tafakkurini rivojlantarish maqsadida 
bu dasturlarda anchagina hisoblash ishlari, texnologik jarayonlarni mustaqil ishlab 
chiqarish mashqlari, tajriba-amaliy ishlar, mustaqil ishlar, ma’lumotnoma 
adabiyotidan foydalanib mustaqil bajariladigan ishlar, shuningdek, o’quv ishining 
olingan bilimlarning hammasini amalda tadbiq qila bilishni talab etadigan boshqa 
shakllari ko’zda tutilgan. Tajriba-amaliy mashg’ulotlar, hisoblash ishlari va 
mashqlar ruknini aniqlashda quyidagi masalalarni hal qilish nazarda tutiladi: 
mashina, jihoz, agregat va qurilmalarining konstruktsiyasani o’rganish; texnologik 
jarayonlardagi fizikaviy va kimyoviy hodisalar mohiyatini hamda ularning 
qonuniyatlarni o’rganish; nuqsonlarni tashxislash va aniqlash, mashina, jihoz va 


agregatlarni asboblar vositasida tekshirish hamda rostlash usullarini o’rganish; ish 
rejimlarini hisoblash, texnik xizmat ko’rsatish, yig’ish, ta’mirlash, sozlashga doir 
texnologik jarayonlarni mustaqil ishlab chiqish ko’nikmalarini hal qilishni nazarda 
tutadi. 
Mavzuni mustahkamlash uchun nazorat savollari: 
1.
Bakalavr va magistr tushunchalarini izohlab bering?
2.
Oliy ta’lim bo’yicha Davlat ta’lim standartiga tushuncha bering? 
3.
Ta’lim yo’nalishining malaka talablari nimalarni aks ettiradi? 
4.
O’quv reja qanday tarkibiy qismlardan tashkil topgan? 
5.
O’quv reja va ishchi o’quv rejani farqini tushuntiring?
6.
O’quv dasturi qanday tarkibiy qismlardan tashkil topgan? 
7.
O’quv dasturi va ishchi o’quv dasturining farqini tushuntiring?
8.
Ishchi o‘quv dasturini ishlab chiqish va rasmiylashtirish tartibini 
tushuntiring? 
3. TA’LIM TAMOYILLARI 

Download 1,42 Mb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   34




Download 1,42 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o‘rtа mаxsus tа’lim vаzirligi

Download 1,42 Mb.
Pdf ko'rish