O‘zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o‘rtа mаxsus tа’lim vаzirligi




Download 1,42 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/34
Sana27.05.2024
Hajmi1,42 Mb.
#254733
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   34
Bog'liq
GF4nZhkCOAqWyKdoTbQ1Jk6hOl9PY18iIKcSATyj

3.
 
Faollik tamoyilini tushuntirib bering? 
4.
 
O’qitishda ta’lim oluvchilarning yoshi va individual xususiyatlarini hisobga 
olish tamoyilini tushuntirib bering? 
5.
 
Ko’rgazmalilik tamoyilini tushuntirib bering? 
6.
 
O’qitishda tizimlilik va izchillilik tamoyili tushuntirib bering? 
7.
O’qitishda talabalarning onglilik va faolligi tamoyilini tushuntirib bering? 
8.
O’qitishning tarbiyalovchi xarakterliligi tamoyilini tushuntirib bering?
9.
O’qitishning tarbiyalovchi xarakterliligi tamoyiliga oid buyuk mutaffakkirlar 
qarashlarini aytib bering?


4. MAXSUS FANLARNI O’QITISHNING TASHKILIY SHAKLLARI 
Tayanch so’z va iboralar: Nazariy ta’lim, ma’ruza, amaliy va tajriba 
mashg’ulotlari, ishlab chiqarish korxonalariga ekskursiya darsi, o’quv 
ustaxonasida o’qitish. 
 
4.1. Ta’limni tashkil etish shakllari. 
Fan-texnika taraqqiyoti ta’lim jarayoniga asosan yangicha yondashishni, 
ta’limning faol metodlari va texnologiyalarini qo‘llashni talab qilmoqda, chunki 
xotira kuchiga asoslangan an’anaviy ta’lim berish usuli ta’lim oluvchilarning fikr 
yuritish va bilish faolligining o‘sishiga ham yordam beradi. 
Hozirgi vaqtda respublikamizning barcha ta’lim muassasalarida faoliyat olib 
borayotgan pedagoglar oldida ta’lim oluvchilarga tayyor bilimlarni beribgina 
qolmasdan, balki ularga mustaqil fikr yuritish, ijodiy izlanish, faollik va ziyraklik 
ko‘nikmalarini singdirishi kerakligi masalasi turibdi. 
O‘qitishning tashkiliy shakllari deganda, ta’lim beruvchi va ta’lim 
oluvchilarning maxsus tashkil etilgan, belgilangan tartibda va muayyan rejimda 
o‘tadigan faoliyati tushuniladi. O‘qitishning u yoki bu tashkiliy shakli jamoaviy va 
yakka tartibda o‘qitishning har xil ko‘rinishda qo‘shib olib borilishi, o‘qitishda 
ta’lim oluvchilar mustaqilligining turli darajasi, ta’lim oluvchilarning o‘qishga 
o‘qituvchi rahbarligining har xil usullari bilan tavsiflanadi. O‘qitishni tashkil etish 
shakllarini tanlash ta’lim-tarbiyaviy vazifalar bilan belgilanadi va o‘quv ishining 
mazmuni hamda metodlariga bog‘liq bo‘ladi. 
Ta’limni tashkil etish shakllari pedagogik jarayonni tashkil etishning tarixan 
mavjud bo’lgan, barqaror va mantiqiy tugallangan ko’rinishi bo’lib, unga 
muntazamlik va yaxlitlik, o’z-o’zini rivojlantirish, shaxsiylik va faoliyatli xarakter, 
ishtirokchilar tarkibining doimiyligi, o’tkazishning muayyan tartibi mavjudligi 
xosdir. 
Ta’lim jarayoni ishtirokchilari (ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchilar)ning 
ma’lum belgilangan tartibda amalga oshiriladigan hamkorlikdagi faoliyatining 
tashqi ko’rinishi kasbiy ta’limning tashkiliy shaklini anglatadi. 


Maxsus fanlarni o’qitishning tashkiliy shakllari deganda o’quv-ishlab 
chiqarish faoliyati uchun talabalarlar jamoasini tashkil etish yo’llari, bu faoliyatga 
rahbarlik qilish shakllari, shuningdek, o’quv mashg’ulotlarini tuzilish tarkibi 
tushuniladi. 
Ta`limni u yoki bu shaklini tanlashda, talabalarni kasbiy bilim, ko’nikma va 
malakalar bilan qurollantirish jarayonida ularning mutloq maqsadi va yaqin 
vazifalari, mazmun hamda metodlari, shuningdek, moddiy sharoitini belgilaydigan 
asosiy faktor (ko’rsatkich)larini u yoki bu shakllariga bog’liq. 
Kishilik jamiyatining taraqqiyot etish jarayonida ta’limning tashkiliy 
shakllari turlicha bo’lgan. 
Qadimgi paytlarda yakka tartibda o’qitish usuli keng tarqalgan bo’lib, 
ma’lum ijodiy jihatlarga ega bo’lganligi bois bu usul hozirgacha saqlanib qolgan. 
O’rta asrlarga kelib, ta’lim-tarbiya kichik guruhlar shaklida o’tkazila boshlagan. 
Chunki bu davrda sanoat ishlab chiqarishi yo’lga qo’yilayotgan davr hisoblangan. 
XIX asrning oxiri va XX asrning boshlarida chex pedagogi 
Ya.A.Komenskiy sinf-dars tizimini nazariy jihatdan isbotlab berdi. 
Hozirgi paytda maxsus fanlarni o’qitishning tashkiliy shakllari tahsil 
oluvchilarning soni, o’qitish joyi va o’quv vaqtining davomiyligiga ko’ra 
quyidagicha guruhlanadi (4.1-rasm): 
4.1-rasm. Maxsus fanlarni o’qitishning tashkiliy shakllari 


4.2. Nazariy va tajriba-amaliy mashg’ulotlarning asosiy shakllari. 
Ijtimoiy talablar, maxsus fanlarning maqsad va vazifalari, ta’lim 
oluvchilarning talab hamda ehtiyojlari, ta’lim-tarbiya qonuniyatlari, tamoyillari 
kabilarga ko’ra maxsus fanlar mashg’ulotlariga quyidagi talablar qo’yilishi lozim: 

fan-texnika va ishlab chiqarish texnologiyalarining so’nggi yutuqlari, 
ilg’or pedagogik tajribalardan imkon qadar foydalanish, ta’lim-tarbiya 
qonuniyatlariga asoslanib, dars tuzilmasini maqbullashtirish; 

darsda barcha didaktik tamoyillarning maqbul nisbatini ta’minlash; 

ta’lim oluvchilarning qiziqishi, ehtiyojlari, moyilligini hisobga olgan 
holda yuqori samarali o’quv-bilish faoliyati uchun shart-sharoit yaratish; 

o’quv 
materialini 
mukammal 
o’zlashtirilishi 
uchun 
fanlararo 
aloqadorlikka amal qilish; 

ta’lim oluvchilar tomonidan ilgari o’zlashtirilgan bilimlar va ularning 
hayotiy tajribalariga tayangan holda ish ko’rish; 

ta’lim 
oluvchilarning 
barcha 
ijobiy 
jihatlarini 
rag’batlantirish, 
o’quv-bilish faoliyatini faollashtirish yo’li bilan rivojlantirishga erishish; 

darsning barcha bosqichlarida mantiqiy va his-tuyg’ularga asoslanish; 

didaktik materiallar va vositalardan samarali foydalanish; 

nazariy materialni amaliyot bilan uzviy bog’lab o’rganish; 

zarur bilim, ish-harakat, oqilona fikrlash va amaliy faoliyat ko’rsatish 
usullarini tarkib toptirish; 

ta’lim oluvchilarda uzluksiz ravishda o’qib-o’rganish, o’z bilimi 
va kasbiy mahoratini oshira borish malakasini shakllantirish; 

darslarni mukammal rejalashtirish natijalarini oldindan bashorat 
etish va tashxislash. 
Maxsus fanlar bo’yicha zamonaviy darslarda bir-biri bilan uzviy bog’liq 
ta’lim, tarbiya va rivojlantiruvchi maqsadlarni uyg’unlashtirish bu sohadagi aniq 
maqsadlarni ham aniqlashtirib olishni talab etadi. 


Maxsus fanlarni o’qitishda zamonaviy darslarga quyidagi didaktik talablar 
qo’yiladi: 

har bir darsning ta’lim-tarbiyaviy va rivojlantiruvchi vazifasini aniq 
belgilab olish; 

ijtimoiy talab va tahsil oluvchilarning ehtiyojlarini hisobga olgan 
holda ta’lim mazmunini maqbullashtirish; 

o’quv-bilish faoliyatini samarali pedagogik texnologiyalar asosida tashkil 
etish; 

ta’limning turli shakl, metod va vositalarining uyg’unligini oqilona 
ta’minlash; 

dars tuzilmasini ijodiy yondashgan holda shakllantirish; 

tahsil oluvchilarning turli o’quv-bilish faoliyatlarini uyg’unlashtirish; 

ta’lim jarayoni ishtirokchilari orasida tezkor-teskari aloqani ta’minlash, 
ta’sirchan boshqaruv mexanizmini ishlatish; 

darsni ilmiy-uslubiy asosda tashkil etish. 
Amaliyotda sinf-dars tizimi keng ko’lamda qo’llanilganligi sababli maxsus 
fanlarni o’qitishda ham sinf-dars ta’lim-tarbiya ishining asosiy shakli deb 
hisoblanadi. 
Oliy ta’limda ham ta’limni tashkil etishning asosiy shakli sinf-dars shakli
Sinf – dars shaklining quyidagi o’ziga hos xususiyatlari mavjud: 

deyarli bir hil tarkib, yoshi va tayyorgarlik darajadagi ta’lim oluvchini 
ishtirok etishi; 

ta’lim tarbiya jarayoni o’zaro bog’liq alohida–alohida qismlar ko’rinishiga 
ega bo’lishi; 

har bir darsning o’quv rejasiga kirgan ma’lum bir o’quv predmetiga oid 
bo’lishi; 

darslarni jadval asosida muntazam ravishda almashinib turishi; 

darslarda ta’lim beruvchining rahbarlik qilishi;
Dars deganda o’qituvchining o’quv guruhiga uyushgan, tayyorgarlik darajasi bir 
xil, tarkibi o’zgarmas o’quvchilar bilan mashg’ulot o’tkazishi tushuniladi. 



ta’lim oluvchilarni turli ko’rinishdagi o’quv-bilish jarayonida ishtirok 
etishidir.
Sinf – dars shaklining quyidagi ijobiy va salbiy tomonlari mavjud. 

Download 1,42 Mb.
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   34




Download 1,42 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o‘rtа mаxsus tа’lim vаzirligi

Download 1,42 Mb.
Pdf ko'rish