O‘zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o‘rtа mаxsus tа’lim vаzirligi




Download 1,42 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/34
Sana27.05.2024
Hajmi1,42 Mb.
#254733
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   34
Bog'liq
GF4nZhkCOAqWyKdoTbQ1Jk6hOl9PY18iIKcSATyj

Umummetodologik fanlar bloki: 

milliy istiqlol g‘oyasi va gumanitar, texnik va tabiiy fanlarning falsafiy 
masalalari bo‘yicha bilimlar berilishi; 



insoniyatning global muammolari, ma’naviy hayot, shaxs va jamiyat 
ehtiyojlari, ta’limning insonparvarlik ruhi, zamonaviy sivilizatsiya va uning 
taraqqiyot yo‘nalishlari, axborot tizimlari va bilimlarni taqdim qilish usullari 
to‘g‘risidagi tasavvurlar shakllantirishi; 

ilmiy va ilmiy-texnik axborot bilan ishlash ko‘nikmalari va uquvlarini 
shakllantirishi, tadqiq etiladigan mavzular bo‘yicha muntazam ravishda mustaqil 
tahlil va xulosani tayyorlashi;

ilmiy ijod metodologiyasi, ilmiy tadqiqotlar asoslari, bilishning umumiy 
usullari, empirik va nazariy tadqiqot usullari, qonunlar va qoidalar mantig‘i, 
asoslash va inkor qilish usullariga, shuningdek nutq madaniyati asoslari 
bilimlariga, pedagogik texnologiyalar, mutaxassisliklar bo‘yicha menejment va 
iqtisodiyotga doir bilimlarni ta’minlashi;

amaliy xorijiy tilni, mutaxassislikka yo‘naltirilgan axborot texnologiyalari 
va tizimlarini o‘zlashtirishni ta’minlashi;
Mutaxassislik fanlari bloki: 

muayyan mutaxassislik bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlarni, uquv va 
ko‘nikmalarni shakllantirishi; 

mutaxassislik bo‘yicha bilimlar bazasini yaratish, jamlash va ulardan 
foydalanish ko‘nikmalarini rivojlantirishi; 

magistratura mutaxassisligi bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish
kasb faoliyatining ko‘zlangan natijalariga erishishda jarayonlarni modellashtirish 
va tizimli yondashish borasidagi ilmiy bilimlar, amaliy uquv va ko‘nikmalarni 
ta’minlashi kerak. 
Ilmiy faoliyat bloki ilmiy tadqiqotlar metodologiyasi o‘zlashtirilishini, 
talabalar tomonidan ixtisoslashgan ilmiy va ta’lim muassasalarida muayyan ilmiy-
tadqiqot va ilmiy-pedagogik ishlar bajarilishini nazarda tutishi lozim. 
Ilmiy-tadqiqot ishlari: 

mustaqil tadqiqotchilik faoliyatining amaliy ko‘nikmalarini hosil qilishi; 



axborot texnologiyalarining zamonaviy vositalaridan foydalanib ilmiy-
tadqiqotlar o‘tkazish, tadqiqotlar natijalarini tahlil qilish va aks ettirish, ilmiy 
maqolalar tayyorlashga doir bilimlar va ko‘nikmalarni shakllantirishi; 

talabalarga fan, texnika va texnologiyaning eng yangi yutuqlariga 
asoslangan axborot bazalarini qo‘llay bilish, ulardan magistrlik dissertatsiyasini 
bajarishda foydalanish ko‘nikmasini singdirishi lozim.
Ilmiy-pedagogik ishlar: 

zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalaridan, o‘quv-tarbiya 
ishlarining interaktiv usullaridan foydalangan holda pedagogik faoliyat mahorati 
va ko‘nikmalarini shakllantirishi; 

o‘quv jarayonini ilmiy-uslubiy jihatdan ta’minlashni tashkil etish uquvi va 
ko‘nikmalarini hosil qilishi lozim.
Stajirovka ilmiy tadqiqot ishlari taqozo etganda individual ilmiy izlanish va 
tajriba-sinovlarni o‘tkazish maqsadida tashkil etiladi.
Stajirovka:

ilmiy tadqiqot olib borish, nazariy va amaliy bilimlarni chuqurlashtirishi;

iqtisod, fan, madaniyat va sog‘liqni saqlash va boshqa tarmoqlardagi 
zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan tanishtirishi;

amaliy kasbiy va ilmiy-tadqiqot kompetensiyalarni shakllantirishi;

kasbga samarali moslashuvni ta’minlashi lozim.
Bunda stajirovkaga yo‘llangan magistratura talabasi o‘quv jarayoni jadvalini 
individual grafik asosida bajarishi ko‘zda tutiladi. 
Bakalavriatda barcha turdagi auditoriya va auditoriyadan tashqari o‘quv 
ishlarini o‘z ichiga olgan o‘quv yuklamasining eng yuqori hajmi haftasiga 54 soat 
qilib belgilanadi. Ishlab chiqarishdan ajralgan holda (kunduzgi) o‘qish shakli 
uchun auditoriya mashg‘ulotlarining eng yuqori hajmi haftasiga 36 soat qilib 
belgilanishi lozim.
O‘qishning me’yoriy muddati to‘rt yil bo‘lgani holda o‘quv jarayoni 204 
hafta davom etishi zarur.
O‘quv davrining umumiy hajmi quyidagicha taqsimlanadi:



nazariy ta’lim — 63 — 70%; 

attestatsiya — 8 — 10 %; 

ta’til —12 — 16 %; 

malaka amaliyoti — 6 — 12 %; 

bitiruv malakaviy ishi — 2-3%.
Nazariy ta’lim hajmi bilim sohalariga qarab fanlar bloklari bo‘yicha 
quyidagi jadvalga muvofiq taqsimlanadi:
O‘quv yilida ta’til davrining umumiy hajmi 6-10 hafta qilib belgilanadi.
Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari talabalarining malaka amaliyotini o‘tash 
tartibi va bitiruv malakaviy ishini bajarish tartibi oliy ta’limni boshqarish bo‘yicha 
vakolatli davlat organi tomonidan tasdiqlanadi. 
Magistratura ham haftalik barcha turdagi auditoriya va auditoriyadan 
tashqari o‘quv ishlarini o‘z ichiga olgan o‘quv yuklamasining eng yuqori hajmi 
bakalavriatdagi kabi belgilangan.
Magistraturada o‘qishning me’yoriy muddati 2 yil bo‘lganda o‘quv 
jarayoni 100 haftani tashkil etishi zarur.
O‘qish davrining umumiy hajmi quyidagicha taqsimlanishi zarur:

nazariy ta’lim – 25-30%; 

attestatsiya – 4-7%; 

ta’tillar – 13-16%;

ilmiy faoliyat – 50-55%. 
Ilmiy faoliyat magistratura talabasining yakka tartibdagi kalendar ish rejasi 
asosida amalga oshiriladi va quyidagilarga bo‘linadi:

ilmiy tadqiqot ishi va magistrlik dissertatsiyasini tayyorlash – 70-75%; 

ilmiy-pedagogik ish va malaka amaliyoti – 25-30%.
Nazariy ta’lim hajmi magistratura mutaxassisligiga qarab quyidagi tarzda 
fanlar bloklari bo‘yicha taqsimlanadi:

umummetodologik fanlar – 30-35%; 

mutaxassislik fanlari – 40-50%;

tanlov fanlari – 13-30%.


Magistratura mutaxassisliklari talabalarining ilmiy tadqiqot ishi va 
magistrlik dissertatsiyasini tayyorlash tartibi va malaka amaliyoti(stajirovka)ni 
o‘tash tartibi oliy ta’limni boshqarish bo‘yicha vakolatli davlat organi tomonidan 
tasdiqlanadi. 
O’quv rejalarini tuzishda fanlarni o’rganishning quyidagi uch usuli hisobga 
olinadi: 

Download 1,42 Mb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   34




Download 1,42 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o‘rtа mаxsus tа’lim vаzirligi

Download 1,42 Mb.
Pdf ko'rish