ta’lim va tarbiya jarayonining mustaqil fikrlaydigan, qarorlar qabul
qilishga qodir, har tomonlama rivojlangan, barkamol
shaxsni shakllantirishga
yo‘naltirilganligini ta’minlashi;
umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi bilan uzviylik hamda
uzluksizlikni inobatga olgan holda bilishning matematik usullari, informatika
hamda axborot to‘plash, ularni qayta ishlash va uzatish
usullarining jamiyatdagi
o‘rni va ahamiyati haqida oliy darajadagi tasavvurlarni shakllantirishi;
koinotning tabiiy ob’ekt ekanligi va uning evolyusiyasi; tabiiy fanlarning
o‘zaro fundamental birligi; zamonaviy tabiiy hodisalarni tadqiq etish konsepsiyasi;
tabiatdan oqilona foydalanish va inson faoliyatining ekologik tamoyillari; tabiatga
putur etkazmaydigan texnologiyalar yaratish istiqbollari haqidagi ilmiy
tasavvurlarni shakllantirishi;
muayyan bilim sohasi uchun zarur bo‘lgan fundamental fanlarni chuqur
o‘rganishning ilmiy va nazariy asoslarini ta’minlashi lozim.
Umumkasbiy fanlar bloki:
matematik va tabiiy-ilmiy fanlar bilan maxsus fanlar o‘rtasida ilmiy va
nazariy bog‘liqlikni ta’minlashi;
maxsus fanlarni o‘rganish va chuqur egallash uchun zarur bo‘lgan
fundamental
umumkasbiy
bilimlarni,
amaliy
ko‘nikma
va
o‘quvlarni
shakllantirishi;
modelli tasavvurlarni tajriba usullari va olingan
natijalarni qayta ishlash
yo‘riqlariga oid bilimlarni amalda qo‘llash ko‘nikmalarini ta’minlashi lozim.
Ixtisoslik fanlari bloki:
bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha muvofiq kasb faoliyati sohalarida
erishilgan asosiy yutuqlar, muammolar va ularning rivojlanish istiqbollari haqida
tasavvur hosil qilishi;
tegishli bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha
maxsus bilimlarni, kasb
faoliyati ko‘nikmalari va uquvlarini shakllantirishi;
talabaning muayyan magistratura mutaxassisligi bo‘yicha kelgusida
ta’limni davom ettirishga ongli munosabatda bo‘lishiga ko‘maklashishi lozim.
Qo‘shimcha fanlar bloki:
talabalarning bakalavriat ta’lim fanlari bo‘yicha qo‘shimcha ravishda
chuqur bilim olishga bo‘lgan ehtiyojini qondirishi;
ta’lim sifatiga qo‘yilayotgan talablar va mehnat bozori kon’yunkturasi tez
o‘zgarayotgan sharoitda bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quv rejalar va
fanlar dasturlarining safarbarligi va moslashuvchan bo‘lishini ta’minlashi lozim.
Magistratura mutaxassisliklarining o‘quv rejalari va fanlar dasturi mazmuni
oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar
tayyorlashning birlamchi va
boshlang‘ich bosqichi sifatida mutaxassislik bo‘yicha chuqur fundamental va
amaliy bilimlar berishni ko‘zda tutgan holda shakllantiriladi.
Magistratura mutaxassisliklari o‘quv rejalari va fanlar dasturlari bakalavriat
ta’lim yo‘nalishlarining o‘quv rejalari va fanlar dasturlari bilan uzluksizlik va
uzviylik ta’minlanishini inobatga olgan holda ishlab chiqilishi va talabalar
tomonidan quyidagi majburiy bloklar o‘zlashtirilishini nazarda tutishi zarur:
umummetodologik fanlar;
mutaxassislik fanlari;
ilmiy faoliyat.
O‘quv rejalar va fanlar dasturlari majburiy o‘quv
fanlari bilan bir qatorda
talabalar tanlagan fanlarni ham o‘z ichiga olishi lozim.
Talabalarning o‘quv rejalar va fanlar dasturlarini o‘zlashtirishida o‘quv
fanlarining bir qancha masalalari va muammolari bo‘yicha mustaqil bilim olishi
nazarda tutilishi zarur.
Magistratura mutaxassisliklari uning o‘quv rejalariga muvofiq ravishda
yakuniy davlat attestatsiyasi bilan tugallanishi shart.
O‘quv rejaning o‘quv fanlari bloklari mazmuniga qo‘yiladigan umumiy
talablar.