O‘zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o‘rtа mаxsus tа’lim vаzirligi




Download 1,42 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/34
Sana27.05.2024
Hajmi1,42 Mb.
#254733
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   34
Bog'liq
GF4nZhkCOAqWyKdoTbQ1Jk6hOl9PY18iIKcSATyj

Tayanch so’z va iboralar: Ta’lim tamoyillari, faollik tamoyili, namunalardan 
foydalanish tamoyili, ta’lim oluvchilarning yoshi va individual xususiyatlarini 
hisobga olish tamoyili, o’qitishda nazariya bilan va amaliyotni bog’liqligi 
tamoyili, ko’rgazmalilik tamoyili, ilmiylik tamoyili, o’qitishda tizimlilik va 
izchillilik tamoyili, o’qitishda talabalarning onglilik va faolligi tamoyili, 
o’qitishning tarbiyalovchi xarakterliligi tamoyili. 
3.1.Ta’lim tamoyillari to’g’risida tushuncha. 
Ta’lim tamoyillari tarbiyaning maqsad va vazifalarini amalga oshirishga 
qaratilgan o‘qish va o‘qitish jarayonining xarakteri, yo‘nalishi, ta’lim oluvchilar 
tomonidan ilmiy bilimlarning o‘zlashtirilishi, tegishli ko‘nikma va malakalar hosil 


qilishning asosiy qonun va qoidalarini o‘z ichiga oladi. Shu bilan birga ta’lim 
tamoyili ikkita faoliyatni, ya’ni ta’lim oluvchi va ta’lim oluvchining faoliyatini 
ham o‘z ichiga oladi. SHunga ko‘ra, o‘qitish tamoyili ta’limning eng muhim 
masalalarini nazariy va amaliy jihatdan to‘g‘ri hal qilishning asosiy negizi 
hisoblanadi. 
Buyuk 
pedagoglar 
YA.A.Komenskiy, 
J.J.Russo, 
CH.R.Pestalotssi, 
V.Disterverg, K.D.Ushinskiy va boshqalar o‘z asarlarida ta’lim (didaktika) 
tamoyillarini asoslab bergan edilar. Ta’lim tamoyilari tizimi o‘qitish jarayoni 
qonuniyatlarini ifodalaydi va tarbiya maqsadlari bilan belgilanadi. SHunga ko‘ra, 
o‘qitish tamoyili ta’limning eng muhim masalalarini nazariy va amaliy jihatdan 
to‘g‘ri hal qilishning asosiy negizi hisoblanadi. 
M.N.Skatkin ta'lim tamoyillarini quyidagicha belgilaydi: ilmiylik, har 
tomonlamalik, hayot bilan aloqadorlik, tabaqalashtirish, tizimlilik, o'quv fanlari 
orasidagi o'zaro aloqadorlik, joriylilik . 
M.G.Ogorodnikov esa o'z tadqiqotlarida ilmiylilik, g'oyaviylik, tarixiylik, 
tizimlilik, nazariya va amaliyotning birligi, ta'limning hayot bilan aloqasi kabilarni 
tamoyillar sifatida ajratib ko'rsatgan. 
S.Ya.Batishev - kasb ta'limi mazmunini ishlab chiqarish va mehnat jarayoni 
rivojlanishi bilan uzviy bog'langan holda tasavvur etish kerak deb hisoblaydi va 
ta'limning quyidagi tamoyillarini qayd etgan: ilmiylik, tizimlilik va joriylilik, 
nazariy ta'lim bilan ishlab chiqarish mehnatining birligi. 
V.A.Skakun - kasb ta'limi tamoyillarini ilmiylik va g'oyaviylik; ta'lim, 
tarbiya va rivojlantirishning birligi; ilmiy-texnika taraqqiyotiga ta'limning 
bog'liqligi, politexnizm: malakali ishchilarni tayyorlash barcha tomonlarining bir-
biriga aloqasi; ta'limning tabaqalashtirish deb biladi. 
Ta’lim tamoyillari deb - o’qituvchi tomonidan ta’lim jarayonida ta’lim 
oluvchilarga o’quv rejasi va o’quv dasturlari talablari asosida u yoki bu fandan 
bilim berish, malaka hosil qildirish hamda iqtidorli qilishga qo’yiladigan asosiy 
qoidalar majmuiga aytiladi. 


A.P.Belyayeva ta'limda xalqchillilik, ilmiylik, politexnikaviylik, tizimlilik, 
muqobillik, politexnik va kasbiy ta'limning birligi hamda o'zaro aloqasi; fanlararo 
va majmuaviy o'zaro aloqadorlik, kasbiy safarbarlik, ta'limning moslashuvchanligi 
va turg'unligi, mujassamlangan hamda tabaqalashganligini asosiy tamoyil sifatida 
talqin etadi. 
Maxsus fanlar bo’yicha o’quv mashg’ulotlariga tayyorgarlik ko’rishda 
didaktik tamoyil (printsip)
talablarini hisobga olish zarur. Bunda maxsus fan 
o’qituvchisining o’qitish qonuniyatlarini bilishliligini emas balki, ulrni amalga 
oshirish (tushuntira olish) uchun qulay sharoitlar yaratishi ham muhim ahamiyat 
kasb etadi. Bunga esa o’quv jarayonini tashkil etishda o’qitishning asosiy 
tamoyillariga tayanish kerakligini anglagan taqdirdagina erishish mumkin. Bu 
tamoyillar didaktikada ta’lim tamoyillari yoki didaktik tamoyillar deb ataladi. 
Didaktika (yunoncha didaktikos — o‘rgatuvchi, ta’lim beruvchi) — 
pedagogikaning tarmog‘i hisoblanib, u ta’lim nazariyasi bilan shug‘ullanadi. 
“Didaktika” atamasi ilk bor Evropada 17-asrda o‘qitish va ta’lim jarayoni haqida 
asarlar yaratgan olimlar tomonidan qo‘llanila boshlagan. CHex pedagogi 
YA.A.Komenskiy o‘zining «Buyuk didaktika» asari (1657 yil)da bolalar va 
o‘smirlarni ma’lumotli qilish va ularga ta’lim berishning didaktik jihatlarini ishlab 
chiqdi. Nemis pedagogi A.Disterveg o‘zining “Nemis ta’lim beruvchilarini 
ma’lumotli 
qilishga 
rahbarlik” 
(1834-1835 
yy.) 
asarida 
didaktikaning 
pedagogikada ta’lim nazariyasini bayon etuvchi alohida qism ekanligini 
ta’kidlagan. Shundan keyin didaktikaga ta’lim nazariyasi haqidagi fan sifatida 
qarash keng yoyildi. Hozirgi zamon pedagogikasida didaktikaga ta’lim va ma’rifat 
berish nazariyasi bilan shug‘ullanadigan alohida soha sifatida qaraladi. Ta’lim 
mazmunini aniqlash, ta’lim jarayoni qonuniyatlarini ochish hamda o‘qitishning eng 
samarador usul va yo‘llarini topish didaktikaning asosiy muammolaridir. 
Didaktikaning mohiyatini belgilash, yo‘nalishini aniqlashda falsafiy-nazariy 
asosning o‘rni katta. Didaktika umumiy psixologiya, o‘qitish psixologiyasi hamda 
bilish nazariyasi bilan uzviy bog‘liq. Bu fanlarning har biri ta’lim oluvchining 
bilish faoliyati va uni amalga oshirilish jarayoni to‘g‘risida alohida bilim beradi. 


Ta’lim mazmuni va usullarini belgilash borasida ham mazkur aloqadorlik katta 
ahamiyatga ega. Didaktika har qanday alohida predmetni o‘qitish va uning 
mazmunini tayin etish qonuniyatlarini aniqlaydigan fan sifatida ta’lim va ma’rifat 
ishlarini samarali tashkil etishning umumiy usullarini belgilab berishi lozim. Ayni 
vaqtda, alohida predmetlarni o‘qitish metodikasi ta’lim amaliyotining aniq 
tajribalaridan kelib chiqqanligi uchun didaktikaning tamoyillari ta’lim jarayonida 
uchraydigan har xil favqulodda hodisalarning o‘ziga xosligini hisobga olgan holda 
tuziladi. 
O‘zbek 
milliy 
pedagogikasi 
tarixida 
ham 
didaktikaning 
asosiy 
xususiyatlarini aks ettirishga bag‘ishlangan ko‘pgina tadqiqotlar mavjud. Garchi 
turkiy mutafakkirlarning asarlarida didaktika hozirgi nom bilan atalmagan 
bo‘lsada, lekin ular ta’lim jarayonining qonuniyatlarini belgilashi, uni tashkil 
etishning yo‘l-yo‘riqlarini ko‘rsatishi jihatidan beqiyos ahamiyatga ega. Forobiy, 
Beruniy, Ibn Sino, Ahmad al Farg‘oniy, Marg‘inoniy, Davoniy, Alisher Navoiy, 
Munis, Abdulla Avloniy singari mutafakkirlarning ta’limni uyushtirish, uning 
samaradorligini oshirish, o‘qitish jarayonida ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchi 
munosabatlari borasidagi qarashlari jahon pededagogikasi taraqqiyotining o‘ziga 
xos bosqichini tashkil etadi. Muayyan yoshdagi ta’lim oluvchilarni jamoa tarzida 
bir joyda o‘qitishning samaradorligi ilk bor Ibn Sino tomonidan ko‘rsatib berilgan 
bo‘lsa, muallimning o‘zida ezgu insoniy sifatlar bo‘lmasa, ta’lim oluvchilarda 
bunday xislatlarni shakllantirish mumkin emasligi Navoiy asarlarida aks etgan. 
Marg‘inoniy esa, bilimlarni o‘zlashtirish yuzasidan umumiy tavsiyalar beribgina 
qolmay, o‘rganilgan tushunchalarni ta’lim oluvchilar xotirasida uzoqroq saqlash 
yuzasidan aniq metodik usullar ham tavsiya etgan. O‘zbek milliy didaktikasining 
shakllanishida jadidchilik harakati, xususan, Munavvarqori Abdurashidxonov, 
Abduqodir SHukuriy, A.Ibodiev, M.Behbudiy, A.Avloniy, S.Saidazizov, R. 
YUsufbekov kabi ma’rifatparvar pedagoglarning faoliyati alohida muhim bosqich 
bo‘ldi. 20-asr boshlarida vujudga kelgan jadidchilik turkiy xalqlarning qadimiy 
shonu shuhratini tiklash uchun uni ma’rifatli qilishdan o‘zga yo‘l yo‘qligini to‘g‘ri 
belgiladi. Jahon pedagogikasining eng so‘nggi yutuqlaridan xabardor bo‘lgan, ayni 


vaqtda ta’limni tashkil etishda ko‘p asrlik milliy tajribalarni hisobga olgan, 
didaktikaning metodologik asosi sifatida islomiy e’tiqodni belgilagan jadidlar 
o‘qitish borasida yuksak natijalarga erishdilar. Jadid mutafakkirlar ta’limni 
uyushtirishning amaliy jihatlari bilangina shug‘ullanib qolmay, uning nazariy 
masalalarini ham tadqiq etganliklari diqqatga sazovordir. Jadidlarning didaktik 
qarashlari ularning ko‘plab pedagogik asarlari, darslik va qo‘llanmalarida aks 
etgan. 
O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan so‘ng o‘zbek pedagogika fani va 
amaliyoti milliy asoslarga tayangan holda didaktikaning tamomila yangicha 
yo‘nalishda taraqqiy etishiga zamin hozirladi. Ijtimoiy ongning o‘zgarishi 
pedagogik tafakkurning sog‘lomlashuviga, u esa, o‘z navbatida, didaktikaning 
milliy asoslarda rivojlana boshlashiga olib keldi. Bunda milliy didaktikaning 
asosiy tamoyillarini to‘g‘ri belgilash hal qiluvchi ahamiyatga ega. Milliy 
didaktikaning asosiy tamoyillaridan biri ta’limning insoniylashuvidir. Mazkur 
tamoyil ta’lim jarayoni uchun bilim emas, balki ta’lim oluvchi shaxsi asosiy 
qadriyat ekanligini anglatadi. Bunda ta’lim oluvchi shaxsini shakllantirishga 
ustuvor o‘rin beriladi. 
Ta’limning 
insonparvarlashuvi 
tamoyili 
o‘zbek 
didaktikasining asosiy talablaridan bo‘lib, ta’lim mazmunini belgilash va 
pedagogik amaliyotni tashkil etishda shaxs ma’naviyatini shakllantirishga 
yo‘naltirilgan o‘quv fanlariga ustuvor ahamiyat berilishini kuzda tutadi. Estetik, 
badiiy turkumdagi predmetlarni o‘qitishga alohida e’tibor qaratish yo‘li bilan 
bolalarning hissiyotini shakllantirishga erishish, ularda iroda xususiyatlarini tarkib 
toptirish muhimdir. Ta’lim oluvchi ma’naviyati bilan uning o‘zlashtirishi o‘rtasida 
uzviy aloqa borligi zamonaviy psixologiya fani tomonidan asoslab berilgan. Bu 
holatni hisobga olmay ish ko‘rgan pedagog muvaffaqiyatsizlikka mahkumdir. 
Milliy didaktika taraqqiyotini ta’minlaydigan tamoyillardan yana biri ta’limning 
yaxlitligidir. Dunyodagi narsa-hodisalar yaxlit va bir-biridan ajralmagan holda 
mavjud ekan, uni o‘rganish ham imkon qadar yaxlit tarzda amalga oshirilishi 
kerak. Ta’lim jarayonida o‘quv predmetlari miqdorini ko‘paytirish emas, balki 
olamni bilish vositasi bo‘lmish o‘quv fanlarini imkon qadar umumlashtirish 


yo‘lidan borish lozim. Shuning uchun ham mustaqil O‘zbekistonning yangilangan 
o‘quv rejalarida ta’limning asosiy etti tarmog‘i belgilangan bo‘lib, o‘quv fanlari 
mikdorini zaruratga qarab o‘zgarib turishi ko‘zda tutilgan. Ta’lim jarayonida ta’lim 
oluvchilarning alohida jihatlarini hisobga olish ham didaktikaning asosiy 
tamoyillaridan sanaladi. U o‘qitish jarayonini har bir ta’lim oluvchiga xos 
xususiyatlarni ko‘zda tutgan holda tashkil qilishni taqozo etadi. Ma’lumki, har 
qanday shaxs muayyan geografik muhitda shakllanadi. Uning tabiatida o‘sha 
muhitga xos jihatlar muhrlangan bo‘ladi. SHuning uchun ham o‘qitish jarayonida 
mintaqaviy xususiyatlarni hisobga olish tamoyili ham didaktikaning zarur 
talablaridan biridir. O‘zbekiston Respublikasining “Kadrlar tayyorlash milliy 
dasturi”da mazkur tamoyilga alohida e’tibor qaratilgan. Tarbiyaning ustuvorligi 
ham bugungi o‘zbek didaktikasining asosiy tamoyillaridan sanaladi. Komil shaxsni 
tarbiyalash har qanday ta’lim muassasasining asosiy vazifasiga aylandi. 
Ma’naviyatni shakllantirish maqsad darajasiga ko‘tarilgan sharoitda tarbiyaga 
ustuvor maqom berilishi tabiiydir. Milliy didaktika ta’lim oluvchilarni ta’lim 
jarayonining ishtirokchilarigina emas, balki ijrochilari deb qarashni ham ko‘zda 
tutadi. Ta’lim ta’lim oluvchilarning ichki ehtiyojiga aylanmasa, ular bu jarayonda 
faol ishtirok etmasalar, hech qanday ijobiy samaraga erishib bo‘lmaydi. 
Didaktika ta’lim usullari muammosini ham qamrab oladi. Ta’lim beruvchi 
biror predmet bo‘yicha ta’lim oluvchilarning tizimli bilim olishini ta’minlash 
maqsadi sari intilar ekan, ma’lum ishlarning bajarilish namunasini ko‘rsatadi. Ayni 
vaqtda, u ta’limning barcha bosqichlarida ta’lim oluvchining faolligi va 
mustaqilligini ta’minlaydi. Ta’lim oluvchilar ta’lim beruvchi rahbarligida tajriba va 
kuzatuvlari asosida yangi bilimlarni o‘zlashtiradi. Ularga chuqur va mustaqil 
o‘zlashtirishlari, o‘rgangan bilimlarini amaliyotda ijodiy qo‘llashlari uchun maxsus 
topshiriqlar beriladi. 
Didaktika o’qitish jarayonining shakllari, metodlari, tamoyillari, mazmuni, 
vazifasi va maqsadlarini ishlab chiqadi. Pedagogik nazariyaning ta`limotiga ko’ra 
didaktika va metodika bir-biri bilan uzviy bog’liq. Metodika ilmiy usullar haqidagi 
fandir. Bunda didaktika “nima o’qitish” va “nima uchun o’qitish” kerak degan 


savollar bilan shug’ullansa, metodika esa u bilan uzviy bog’liq holda “qay tarzda” 
va “nimalar yordamida” o’qitish masalalari bilan shug’ullanadi. Bunda amaliy 
usullar tizimi maxsus sohaning mazmuniga bog’liqligini hisobga olish zarur. 
O’qitish metodikasi –turli yo’llar va metodlar tizimi bo’lib, o’quv didaktik 
materiallardan foydalangan holda belgilangan maqsadlarga erishish uchun nazariy 
dars jarayonida qo’llaniladigan usullar yig’indisini anglatadi.  
Didaktika xususiy metodikalar bilan bog’langan holda barcha o’quv fanlari 
uchun umumiy qonun va qoidalarni belgilab beradi, ya`ni tarbiya bilan 
chambarchas bog’liq ta`lim jarayonini tashkil etishga asos bo’ladigan etakchi 
qoidalar didaktik qoidalar deyiladi. Bu o’qituvchilarning faoliyatini, ta’lim 
oluvchilarni bilim faoliyatini, xususiyatini belgilaydigan asosiy qoidalar 
hisoblanadi.
Didaktika pedagogikaning ta`lim va o’qitish nazariyasi bayon etiladigan 
muhim qismidir. Unda ta`limning ilmiy asoslangan mazmuni o’qitishning 
metodlari va tashkiliy shakllari (qanday o’rgatish) beriladi. 
3.2. Ta’lim tamoyillari. 
O’qituvchi faqat o’qitishning qonuniyatlarini bilishgina emas, balki ularni 
amalga oshirish uchun qulay sharoitlarni yaratib bera olishi ham muhim. Bunga 
ayrim etakchi boshlang’ich qonuniyatlarni chuqur tushunish va ularni o’quv 
jarayonida qo’llash orqali erishiladi. Bunday qonuniyatlar didaktikada ta`lim 
tamoyillari yoki didaktik tamoyillar deb nom olgan. 
Ta’lim tamoyillarining majmuasi mavjud bo'lib, ularga quyidagilar kiradi (3.1 
-rasm): 
Ta’limda onglilik va faollik tamoyili - talaba o'zi harakat qilgan paytda 
yaxshi o'rganadi va o'zlashtiradi. Shuning uchun o'quv jarayoni shunday tashkil 
qilinishi kerakki, talaba ilm olishga ongli munosabatda bo'lsin. 
Talabalar har bir darsga faol qatnashishi kerak. Chunki talaba qandaydir ish 
bajarishda u ishni ongli ravishda o'zlashtiradi va bu bilim xotirasida chuqurroq 
o'rnashib qoladi. Natijada talabalar darslarni yaxshiroq va chuqurroq o'zlashtirgani 


uchun mukammal bilimga ega bo'lish bilan birga, ularning bu sohada qiziqishi 
ortadi. Mustaqillik va individual ravishda o'rganish kabilarga faqat shu tarzda 
erishish mumkin. Buning uchun, o'qituvchi juda yaxshi uslubiy qobiliyatlarga va 
ko'nikmalarga ega bo'lishi kerak. 
Ta’limni ongli o‘zlashtirish tamoyili, bir tomondan ta’lim oluvchilarning 
mustaqil, faol fikr yuritishlarini nazarda tutsa, ikkinchi tomondan, aynan shu 
jarayon davomida ta’lim oluvchilarning mustaqillik va faolliklarining hamda, 
mantiqiy, erkin fikrlash faoliyatlarini tarbiyalab, takomillashtirib borishni o‘z 
ichiga oladi. O‘qitishda onglilik va faollik dastavval, aqliy fikrlash faoliyatidagi 
aniqlikka bog‘liqdir. Tafakkur qilishdagi faollik esa, bayon qilingan o‘quv 
materiallari yoki tevarak – atrofni o‘rab olgan ob’ektiv borliqdagi narsa va 
hodisalar, voqealar ustida fikr yuritishdir. Faol fikrlash operatsiyalarida, ya’ni 
taqqoslash, solishtirish, tahlil – sintez qilish, abstraksiya va umumlashtirishda 
namoyon bo‘ladi. SHunga ko‘ra, ongli va faol o‘zlashtirishga erishish uchun ta’lim 
jarayoni (har bir dars) ta’lim oluvchilarning fikrlash faoliyatini faollashtirishga 
qaratilgan bo‘lishi lozim. 
3.1-rasm. Ta’lim tamoyillari. 
Таълимда 
онглилик ва 
фаоллик 
Talabalarning 
individual imkoniyatlarini 
hisobga olish 
Билимларни
пухта ва мустаҳкам 
ўзлаштириш 
O`qitishda 
nazariya bilan 
amaliyotning 
bog`liqligi 
Ko`rgazmalilik 
Ilmiylik 
Тарбия билан 
таълимнинг 
бирлиги 
O`qitishning 
tushunarli 
bo`lishi 
Namunalardan 
foydalanish 
O'qitishda tizimlilik 
va izchillik 
Didaktik
rеduksiya 
Тa’lim
tamoyillari 


O'qitishda onglilik va faollik tamoyili - o'qitishni shunday tashkil etishni 
nazarda tutadiki, bunda talabalar ilmiy bilimlarni hamda ularni amalda qo'llash 
metodlarini ongli va faol egallab oladigan, ularda ijodiy tashabbuskorlik va o'quv 
faoliyatida mustaqillik, tafakkur, nutq rivojlanadigan bo'lsin. 
O'qitishdagi onglilik tamoyili talabalardagi ta'lim jarayonining aniq 
maqsadlarini tushunish, o'rganilayotgan dalil, hodisa, jarayonlar va ular o'rtasidagi 
bog'lanishni tushungan holda o'zlashtirib olish, o'zlashtirilgan bilimlarni amaliy 
faoliyatda qo'llay bilish kabi me'yorlarni anglatad.i 
Talabalarning faolligi ularning nazariy materialni egallab olishida va sinfda, 
laboratoriyada, ustaxona hamda ishlab chiqarish sharoitlarida o'quv-mehnat 
topshiriqlarini bajarishida namoyon bo'ladi. Faollik talabalarning o'quv va mehnat 
faoliyatidagi mustaqilligini rivojlantirish bilan mustahkam bog'liq. 
O'qitishda nazariya bilan amaliyotining bog'liqlik tamoyili - dars 
jarayonida ta’lim oluvchilarning bilim, malaka va ko‘nikmalarini shakllantirishda 
nazariya bilan amaliyotni birgalikda qo‘shib olib borishni taqozo etadi. 
Kadrlar tayyorlash milliy dasturida ishlab chiqarishning kadrlar tayyorlash 
tizimidagi mavqeini kuchaytirish quyidagi yo‘llar bilan ta’minlanishi belgilab 
qo‘yilgan: 

ta’limni karxonadagi unumli mehnat bilan, shu jumladan ishlab chiqarish 
amaliyoti jarayonidagi mehnat bilan qo‘shib olib borish asosida yuqori malakali 
kadrlar tayyorlash

kadrlar tayyorlash hamda birgalikda ilmiy-texnologiya ishlanmalarini 
olib borishda korxonalarning ishlab chiqarish salohiyatidan foydalanish; 

ta’lim oluvchilarni mehnat jamoalarida tarbiyalash (mehnat, ma’naviy va 
jismoniy tarbiyalash); 

ishlab chiqarishning talab-ehtiyojlarini inobatga olib, texnika va 
texnologiyalarni rivojlantirishning yangi yo‘nalishlari bo‘yicha kadrlarni 
tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish; 

pedagog kadrlarning ilg‘or texnologiyalar sohasidagi malakasini 
bevosita ishlab chiqarishda muntazam oshirib borish; 



ishlab chiqarishning yuqori malakali kadrlarini ta’lim jarayoniga va 
pedagogik faoliyatga jalb etish; 

ishlab chiqarish amaliyotini o‘tish uchun ta’lim oluvchilarni ish joylari 
bilan ta’minlash; 

o‘zaro integratsiyalangan ta’lim muassasalarini zamonaviy uskunalar, 
apparatlar va asboblar bilan jihozlash. 
Ilmiy bilimlar kishilarning ishlab chiqarish faoliyati ehtiyojlari asosida 
paydo bo'lib, ana shu faoliyatga xizmat qilganligi va hayot bilan bog'langanligi 
sababli, bu bilimlarni egallash uchun ularni mazmunan o'zlashtirish va amalda 
qo'llay bilish ham kerak. 
Talabalarni amaliy faoliyatga tayyorlash nazariy bilimlarni egallash 
jarayonidan boshlanadi. Keyinchalik u tajriba va amaliy mashg'ulotlarda davom 
ettiriladi. Bu mashg'ulotlarda talabalar o'qituvchi rahbarligida tajriba sharoitida 
olingan bilimlarini tekshiradilar, mustahkamlaydilar va chuqurlashtiradilar. Ularni 
amalda qo'llanish ko'nikmalari va malakalarini hosil qiladilar. 
Ishlab chiqarish ta'limi talabalar amaliy faoliyatining muhim bosqichidir. 
Ular egallagan nazariy bilimlari asosida tanlagan kasblariga doir mehnat 
ko'nikmalari va malakalarini hosil qiladilar. Shu bilan birga, nazariy bilim ham 
to'ldirilib, aniqlashtirilib boriladi. 
Bu tamoyil ta’lim beruvchi o‘quv materialini bayon qilishda fanning birorta 
qoidasi va qonunini tushuntirilayotganda, shu qonun – qoidalardan amaliyotda 
qanday va qaysi holatlarda foydalanilishi ham ko‘rsatib berishni talab etadi. Ta’lim 
beruvchi nazariyani – amaliyot bilan bog‘lashda ta’lim oluvchilarning nazariy 
bilimlarini misollar echishda, masalalar hal qilishda, o‘quv laboratoriyasi, o‘quv 
ustaxonalari va har xil fan to‘garaklarida amalda qo‘llashga o‘rgatishni unutmasligi 
kerak. Chunki amaliyot – bilishning mezoni, etalonidir. 
Ta’limda ko'rgazmalilik tamoyili. Ta’limning ko‘rsatmalilik tamoyili 
o‘quv materiallarini konkret obrazlar orqali bevosita ta’lim oluvchilarning idrok 
qilishlarini ta’minlashga qaratilganligi bilan alohida ahamiyat kasb etadi. Zotan 
ko‘rsatib, anglatib, tahlil va sintez qilib, amaliy sur’atda ishlatib berilgan bilim, 


malaka va ko‘nikmalar ta’lim oluvchilar ongiga tezroq singadi, xotirasida uzoq 
saqlanadi.
O'qitishning 
ko'rsatmaliligi 
shuni 
tasdiqlaydiki, 
agar 
talabalarda 
o'rganilayotgan jarayonlarni narsa va hodisalarni bevosita idrok qilish bilan bog'liq 
muayyan hissiy - amaliy tajriba bo'lgan taqdirdagina ular bilimlarni ongli ravishda 
o'zlashtiradilar hamda ularda ilmiy tasavvur va tushunchalar hosil qilish mumkin. 
Bu tamoyil o'qitish jarayonida turli sezgilardan: ko'rish, eshitish, badan bilan sezish 
va boshqalardan foydalanishni talab etadi. Buyum qanchalik har tomonlama idrok 
qilinsa, talabalarning shu buyum haqidagi bilimi ham shunchalik to'la va chuqur 
bo'ladi. 
Ko'rsatmalilik tamoyili o'qitish maqsadlariga mos bo'lib, materialning 
mazmuni bilan belgilanadi. Bu materialni o'rganish esa talabalarni chinakam ilmiy 
va hayotiy bilimlar bilan qurollantirishi kerak. Ko'rsatmalilik bu bilimlarni 
yaxshiroq o'zlashtirib olishga hamda uiarning hayot bilan, mehnat amaliyoti bilan 
bog'lanishiga yordam beradi. Mashg'ulotlarda turli xil ko'rsatmali qurollarni 
qo'llash talabalarning fikrlash faoliyatini faollashtiradi, ularning diqqatini aynan 
o'tilayotgan mavzuga jalb etadi. Shuning uchun ko'rsatmalilik vositalari 
o'qitishning hamma bosqichlarida talabalarning yangi mavzuni tushunishlarida, 
bilimlarini mustahkamlashda, tekshirish hamda amaliy faoliyatida va ishda 
qo'llashlarida, mehnat ko'nikmalari va malakalarini hosil qilishda tatbiq etiladi. 
Bilimlarni iloji boricha ko'rgazmali va real hayotga yaqin qilib tatbiq etish bir 
tornondan tilning tushunarligini va o'qitish jarayonida audio-vizual vositalardan 
foydalanishni talab qilsa, ikkinchidan, u bevosita ish jarayonida va real holatda 
o'qitishni talab etadi. 
Ko‘rgazmali qurollar darsning maqsadi, mavzuning xarakteri va mazmunini 
hamda ta’lim oluvchilarning yosh xususiyatlarini hisobga olib qo‘llaniladi. 
O'qitishning tushunarli bo'lishlilik tamoyili o'rganilayotgan material 
maznuini, hajmi va o'qitish usullariga ko'ra talabalarning yoshiga, tayyorgarlik 
darajasiga, jismoniy kuchi va bilish imkoniyatlariga mos bo'lishini talab etadi. 


O'qitishning tushunarli bo'lishi deganda uni oson o'zlashtiriladigan bo'lishi 
tushunilmaydi. Haddan tashqan oson materialni talabalar ortiqcha kuch-g'ayrat 
sarflamay o'zlashtirib oladilar. Bunday o'qitish talabalarning aqliy bilish 
imkoniyatlarini rivojlantirishga yordam bermaydi. O'qitishni tushunarliligi talaba 
imkoniyatlarining eng yuqori chegarasi va uni asta-sekin oshirib borish bilan 
belgilanadi. Ta'lim jarayonining borishida talabalar oldiga qo'yiladigan o'quv va 
mehnat topshiriqlarini izchillik bilan murakkablashtirib borish ularning aqliy 
imkoniyatlari va jismoniy kuchlarini rivojlantiradi. O'quv materialining mazmuni 
shunday tanlangan va tuzilgan bo'lishi kerakki, talabalar uni o'zlarining avval olgan 
bilimlari bilan bog'lay olishlari va uni tushunishda qiynalmasligi lozim. 
Namunalardan foydalanish tamoyiliga ko'ra o'qituvchi o'quv materialining 
mazmunini tushuntinsh uchun har doim yaxshi namunalar tanlashga harakat qilishi 
kerak. Yaxshi model, amaliyotdan tipik misollar, yaxshi yoki yomon mahsulotlar 
ham kutilgan darajadagi natijaning sifati qanday bo'lishi yoki bo'lmasligini aniq 
ko'rsatadi. 
Didaktik reduksiya tamoyilida talabaning bilimlarni yuqori darajada 
o'zlashtirishi uchun bu o'quv materiali kerakli miqdorgacha qisqartirilishi lozim. 
Agar o'quv materialining hajmi juda katta bo'lsa, undan kerakli qismlar tanlab 
olinishi kerak. Majmuaviy va murakkab topshiriqlar osonlashtirilishi lozim, lekin 
ma'nosi o'zgarmasligi shart. Shuning uchun, agar faqat boshlang'ich bilimlar berish 
kerak bo'lsa. o'quv materialini iloji boricha oddiyroq tushuntirishga va nihoyatda 
ko'p va keng o'quv materiali bilan talabani qiynamaslikka harakat qilish kerak. 
Tajribali o'qituvchi murakkab jarayonlarni oson so'zlar bilan tushuntira oladi. 
Ilmiylik tamoyili talabalarga o'rgatish uchun ilmiy jihatdan asoslangan, 
amalda sinab ko'rilgan ma'lumotlar berilishini talab etadi. Ularni tanlab olishda fan 
va texnikaning eng so'nggi yutuqlari va kashfiyotlaridan foydalanish kerak. 
Ilmiy bilimlarni egallash jarayonida talabalarda ilmiy dunyoqarash, tafakkur 
rivojlanadi. Har bir darsda o'qitiladigan o'quv materialining ilmiy mazmuni keng 
va chuqur bo'lishi va talabada nafaqat bilim, balki tafakkur hosil qilishi hamda 
uning ijodiy qobiliyatini shakllantirishi kerak. Buning uchun esa o'qituvchi o'z 


ilmiy saviyasini izchil ravishda oshirib bonshi, zamonaviy pedagogik 
texnologiyalar, kashfiyotlar va ilmiy yangiliklardan xabardor bo'lishi lozim. Talaba 
o'rganayotgan bilimlar, albatta, nazariy tasdiqlangan va amalda sinalgan bo'lishi 
kerak. 
Tarbiya 
bilan 
ta’limning 
birligi 
tamoyili. 
Mustaqillik 
tufayli 
O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurishni amalga oshirilmoqda. Bunda ta’lim-
tarbiya tizimi ham tubdan isloh etilmoqda.
A.Avloniy ta’lim bilan tarbiyani uzviy ravishda olib qaraydi va dars ila 
tarbiya orasida bir oz farq bo‘lsa ham, ikkisi bir-biridan ayrilmaydurg‘on, 
birining vujudi biriga boylangan jon ila tan kabidur - deb ta’kidlaydi. 
I.Kariimovnnng “YUksak ma’naviyat – engilmas kuch asarida” ta’limni 
tarbiyadan, tarbiyani esa ta’limdan ajratib bo‘lmaydi – bu sharqona qarash, 
sharqona hayot falsafasi – deb ta’kidalanadi. 
O'qitish va tarbiyalash jarayonlari bir-biriga uzviy bog'liq bo'ladi. O'qitish 
bilim berish vazifalarini hal qilish bilan birga talabalarga juda katta tarbiyaviy ta'sir 
ham ko'rsatadi. U talabalarning bilish imkoniyatlarini va ijodiy qobiliyatlarini 
rivojlantirishga, ularning o'quv va mehnat faoliyatidagi faolligi va mustaqilligini, 
bilimga qiziqishini oshirishga yordam beradi. 
Biroq o'qitish jarayonidagi tarbiyaning maqsadi, mazmuni, g'oyaviy 
yo'nalishi va talabalarga ta'sir etish samaradorligi bir qator shartlarga bog'liq bo'lib, 
ulardan asosiylari: o'rganilayotgan fanning mazmuni, o'quv mashg'ulotlarining 
tashkil etilishi va metodikasi hamda bu mashg'ulotlarni o'tkazayotgan pedagogning 
shaxsiy fazilatidir. 
O'quv mashg'ulotlarining to'g'ri tashkil etilishi va ularni o’tkazish metodikasi 
talabalarga juda qattiq tarbiyaviy ta'sir ko'rsatadi. Mashg'ulotlarda talabalarning 
bilim, ko'rtikma va malakalarni egallashga doir individual ishlari ham, bu 
ishlarning guruhli ko'rinishlari ham qo'llaniladi. 
Ta'lim-tarbiya jarayonining samaradorligini oshirish maqsadida tarbiyaviy 
yo'nalishning ustuvorligini ta'minlash asosiy mezon hisoblanadi. 


Tarbiya orqaligina inson o'z shaxsini anglaydi. O'z-o'zini anglagan kishigina 
o'z qobiliyatlari va imkoniyatini bilgan holda ehtiyojini shakllantirish zaruratini 
vujudga keltiradi. 
Ta’lim jarayonida o‘tilayotgan mavzuning mazmunidan kelib chiqqan holda 
tarbiyaviy tomonlarini to‘g‘ri belgilash ham uni ta’lim bilan birga bir butunlikda 
amalga oshirishni ta’minlash juda muhimdir. Ta’lim va tarbiyaning birligi: 

o‘zlashtirilayotgan ilmiy bilimlar orqali ta’lim oluvchilarda ilmiy 
dunyoqarashni tarkib toptirish; 

shu jarayonda ta’lim oluvchilarga muayyan ma’naviy sifatlar, ahloq 
normalarini singdirish; 

ta’lim oluvchilarning aqliy kamoloti, qobiliyatlarini yanada rivojlantirib 
borish va hokazo. 
O'qitishda tizimlilik va izchillik tamoyili- tizimlilik va izchillik tamoyili 
o'qitishni shunday tashkil etishni talab etadiki, bunda o'quv fanlarini o'qitish qat'iy 
mantiqiy tartibda olib boriladi. Talabalar bilim, ko'nikma hamda malakalarni 
izchillik bilan egallab boradilar va ayni zamonda amaliy vazifalarni hal qilish 
uchun ulardan foydalanishni o'rganadilar. Tizimlilik va izchillik tamoyili 
pedagogik jarayonning hamma bo'g'mlarida amalga oshiriladi. Uning talablari 
darsliklar va dasturlarni tuzishda o'z aksini topadi. Ulardagi material bir qator 
didaktik talablar bo'yicha joylashtiriladi. O'quv dasturida nazariy va amaliy 
mashg'ulotlar bir-biriga uzviy bog'lanishi saqlanishi kerak. Har bir darsda o'quv 
maqsadini aniq belgilash va belgilangan maqsadga muvofiq keluvchi mazmunm 
tarkib toptirish kerak. Har bir kasbiy fan uchun o'quv dasturi talabiga mos holda 
dastavval tayanch tushunchalarni aniq belgilab olib, ularning darajasi va me'yorini 
aniqlash kerak. Maxsus fanlarni o'qitishda qo'llaniladigan usullarni aniq belgilab
yuqori samara beruvchi usullardan foydalanish, mashg'ulotlar davomida 
berilayotgan bilim va ko'nikmalarning talabalar tomonidan o'zlashtirish darajasini 
belgilovchi nazorat va tekshirishning turli usullari hamda testlardan foydalanish 
muhim ahamiyat kasb etadi. Talabalarning ma'lumot darajasi oshib borishiga va 
rivojlanishiga qarab predmetni bayon qilishning didaktik tizimi fan tizimiga tobora 


yaqinlashib boradi. Mashg'ulotlarni o'tkazishda dasturga aniq rioya qilish va 
talabalarning darslik bilan ishlashi ularning bilimlarni muayyan tizimda o'zlashtirib 
olishga yordam beradi. 
Ta’lim jarayonida tizimlilik va izchillik tamoyilini amalga oshirishda ta’lim 
beruvchi o‘quv materiallarini oldingisini keyingisi uchun asos bo‘lishi, keyingisi 
esa, oldingisining davomi va oldingisi bilan mustahkam bog‘liq bo‘lishini 
ta’minlashi lozim.
Darsning tizimli va izchil bo‘lishida quyidagilarga e’tibor berish, ya’ni 
ma’lumdan – noma’lumga, osondan – qiyinga, oddiydan – murakkabga, yaqindan 
– uzoqqa, yakkadan – umumiyga, umumiydan – juz’iyga, konkretdan – abstraktga, 
misollardan – qoidalarga o‘tish tavsiya etiladi. Amaldagi qo‘llanib kelayotgan DTS 
talablari asosidagi o‘quv rejalari va dasturlari ham ta’limning tizimli va izchil 
bo‘lishiga amal qilingan holda tuzilmoqda. Xullas, ta’limning ilmiy, tizimli va 
izchil bo‘lishi tamoyili ta’lim jarayonida bir – biriga mustahkam bog‘langan holda 
umumiy birlikni tashkil etadi. 
O’qitishda talabalarning yoshi va individual imkoniyatlarini hisobga 
olish tamoyili. Har bir talaba o'zining individual (jismoniy, psixik va b.) 
xususiyatlariga egaki, bu uning o'quv faoliyatiga katta ta'sir etadi. Pedagogning bu 
xususiyatlarni o'rganishi va hisobga olishi ta'lim-tarbiya sifatini oshirish va har bir 
talabaning ijobiy qobiliyatlarmi rivojlantirish uchun sharoit yaratadi. 
Talabaning bunday xususiyatlarini o'rganish uzoq vaqt mobaynida olib 
boriladi. Pedagog talabalarning mashg'ulotlardagi va ishlab chiqarish ta'limi 
vaqtida ustaxonalardagi ishini, uy vazifalarini bajarishini kuzatadi, ularning bilimi, 
yozma ishlari va tayyorlagan buyumlarini tekshiradi, darsdan tashqari vaqtlarda 
ular bilan suhbatlashadi. Talabaning kuchli va ojiz tomonini bilib olishga, uning 
qiziqishlari, tafakkuri, nutqi, xotirasi, diqqati, xayoliga xos bo'lgan xususiyatlarni 
o'rganishga, uning xarakteri va iroda sifatlarini yaxshi bilib olishga harakat qiladi, 
hayotiy va mehnat tajribalarini, ularning o'qishga kelishdan oldingi faoliyati 
xususiyatlarini o'rganadi. 


Ta’limda ta’lim oluvchilarning yosh va individual xususiyatlarini hisobga 
olish – jonli va samarali dars o‘tish garovlaridan biridir. Ta’lim beruvchi o‘quv 
materialini ta’lim oluvchilar uchun tushunarli qilib o‘tishi uchun, ularning yoshi va 
individual xususiyatlarini diqqat markazida saqlashi shart. O‘quv materiallari 
ta’lim oluvchilarning yoshi va ma’lumotiga qanchalik loyiq, mos bo‘lsa, bu o‘quv 
materiali ta’lim oluvchiga yaxshi tushunarli bo‘ladi va uzoq vaqt xotirasida 
saqlanadi. O‘quv materialini ta’lim oluvchining yoshiga va individual xususiyatiga 
mos holda o‘tish uchun ta’lim beruvchi quyidagi shartlarga amal qilishi lozim: 

ta’lim beruvchi ta’lim oluvchilarining anatomik, fiziologik va psixologik 
xususiyatlarini yaxshi bilishi; 

ta’lim beruvchining o‘quv rejasi, o‘quv dasturi, darsliklar, o‘quv 
qo‘llanmalari va zarur qo‘shimcha adabiyotlarni qunt bilan o‘rganib chiqishi; 

guruhdagi ta’lim oluvchilar tarkibi, fan va mavzuning maqsadi hamda 
xarakteriga, darsning maqsadiga qarab o‘qitishning yangi – yangi usullarini 
qo‘llashi; 

dars jarayonida o‘z nutqini izchil, tizimli va emotsional, ta’sirli 
bo‘lishiga erishish; 

dars jarayonida ta’lim oluvchilar diqqatini markazlashtira olishi va 
hokazo. 
Bilimlarni puxta va mustahkam o‘zlashtirish tamoyili. Nazariy va amaliy 
ta'lim jarayonida talabalar o'zlarining bo'lajak kasbiy faoliyatlari uchun kerak 
bo'ladigan bilim, ko'nikma va malakalarni egallab boradilar. Bundan tashqari, 
avvalgi mashg'ulotlarda hosil qilingan bilim, ko'nikma va malakalar ancha 
murakkabroq materialni o'zlashtirib olish uchun asos bo'lib xizmat qiladi. Ilmiy 
bilimlarni egallash talabalarning xotirasi, mantiqiy tafakkuri, xilma-xil faoliyat 
turlaridagi ijodiy faolligi va mustaqilligini rivojlantirishga yordam beradi. Lekin 
hosil qilingan bilim, ko'nikma va malakalarning kelgusida ilmiy bilimlar tizimini 
o'zlashtirishda asos bo'lishi uchun ular puxta o'zlashtirilgan bo'lishi va 
talabalarning xotirasida saqlanishi kerak. Mustahkamlik tamoyilining talablari 


shulardan iborat bo'lib, bularga rioya qilmaslik talabalarning sust o'zlashtirishiga, 
o'qishda ulgurmasligiga sabab bo'Iadi. 
Ta’lim oluvchilarga har bir fandan beriladigan bilim, malaka va 
ko‘nikmalar, ular tomonidan ongli, puxta va mustahkam o‘zlashtirilgan bo‘lishi 
shartdir. Buning uchun esa har bir fan ta’lim beruvchisi o‘zi beradigan o‘quv 
materialini o‘quv rejasi, o‘quv dasturi va ta’lim oluvchilarning individual yosh 
xususiyatlariga mos qilib tushuntirish, ta’lim oluvchilarning sezgi a’zolarini 
ko‘proq ishtirok etishiga erishish, ko‘rgazmali qurollardan, texnika vositalardan 
samarali foydalanish, darsda ta’lim oluvchilarni amaliy faoliyatini tashkil etish, 
ularni mustaqil ishlashga, mustaqil tafakkur qilishga, mantiqiy xulosalar 
chiqarishga erishishi katta ahamiyatga ega. Darsni ta’lim oluvchilarning yoshlariga 
mos qilib o‘tish, dars davomida turli xil usullardan, vositalardan mohirona 
foydalanish, dars jarayonida hamma ta’lim oluvchilarni ongli – faol ishtirok 
etishini ta’minlash, o‘quv materialini ilmiy, izimli, izchil, jonli va obrazli bayon 
qilish, konkret dalillarni ko‘rsatish orqali yaxshi natijalarga erishish mumkin.
Mavzuni mustahkamlash uchun nazorat savollari: 
1.
Ta’limda qanday tamoyillar mavjud? 
2.
Didaktaka tushunchasini izohlang? 

Download 1,42 Mb.
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   34




Download 1,42 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o‘rtа mаxsus tа’lim vаzirligi

Download 1,42 Mb.
Pdf ko'rish