To’rtinchi shart-dastlabki amaliy harakatlar va jarayonlarga puxta
tayyorlanish. Ular ongli ravishda reja asosida bajarilsa, ko’nikma tezroq,
muvaffaqiyatliroq shakllanadi. Buning uchun talabalar
nazariy bilimlarni yaxshi
egallashlari kerak.
Beshinchi shart-mashqlarni mustaqil bajarish va o’zini o’zi nazorat qilish.
Talaba ko’nikmani mustaqil bajara boshlaganida u o’z harakatlarini nazorat qiladi.
O’qituvchi talabaga o’z-o’zini nazorat qilish usullarini o’rgatishi zarur. Masalan,
talaba kiyimni bironta detaliga bezak berish jarayonini amaliy o’rgangandan keyin,
uyda o’zi mustaqil ravishda bajarishga va baho berishga o’rganadi.
Oltinchi shart-bajarilgan mashqlar, amaliy ishlar tahlili va ularni baholash.
O’quv ko’nikmalari va malakalarida ijobiy va salbiy jihatlar bo’ladi. Talabalar yo’l
qo’yadigan tipik xatolar namoyon bo’ladi. Lekin o’quv xonasida yaxshi ishlarni
namoyish qilish, rag’batlantirish kerak. Ijobiy namuna asosida o’qitish afzalroqdir.
Agar ko’nikmani shakllantirish shartlariga rioya qilinsa, o’qitishning amaliy
metodlari o’quv materialining muvaffaqiyatli egallanishiga olib keladi.
Amaliy
metodlarga mashqlar, instruktaj (yo’llanma)lar, o’quv qo’llanmalar
bilan ishlash, laboratoriya tajribalari, kasbiy ko’nikma va malakalarni
shakllantirish kiradi.
Mashqlar – ta`lim jarayonini tadqiq qilish har bir
yangi operatsiyani qisqa
muddatli (5-15 minut) mashqlardan boshlash maqsadga muvofiqdir. Bu mashqlarni
shartli ravishda ta`limiy mashqlar deyiladi. Amaliy ishlarni bajarish jarayonida
talabalar har xil buyumlar tayyorlar ekan, mehnat usullari va harakatlarini bajarish
bo’yicha mashq qilishni davom ettiradilar. Bunday mashqlarni tayyorgarlik
mashqlari deyiladi.
Amaliy metod hisoblangan mashq
talabalarning ko’nikma va malakalar hosil
qilish maqsadida muayyan amallarni ko’p marta va ma’lum maqsadni ko’zlab
bajarilishini ko’zda tutadi. Umumkasbiy va maxsus fanlarni o’rganishga tadbiqan
olganda, mashqlardan ko’zlangan asosiy maqsad
talabalarning bilimlarini
mustahkamlash hamda takomillashtirish, ularda olingan bilimlarni har xil ishlab
chiqarish masalalarini echishga tatbiq etish ko’nikmalari hosil qilishdan iborat.
Mashqlar odatda, dars davomida o’tkaziladi, ular o’quv
faoliyatining barcha
bosqichlari uchun xos bo’lib, o’quv jarayonidagi o’rniga qarab har xil didaktik
vazifalarga ega bo’ladi va muayyan pedagogik talablarga javob berishi kerak.
Mashqlarga nisbatan qo’yiladigan zarur talablardan biri ularning
ma’lum