Talabalarga o’quv materialini bildirishning asosiy metodlaridan biri so’zlab
berish, tushuntirish, ma’ruzani o’z ichiga oladigan og’zaki bayon etishdir.
Bularning hammasida ta’lim berishning faqat bir vositasidan - o’qituvchi so’zidan
foydalaniladi.
So’zlab berish o’quv materialini hikoya tarzida bayon etishni ko’zda tutadi.
Bu metod o’quv materiali, asosan, tavsifiy xarakterda bo’lib,
mantiqiy izchilligi
bilan farq qiladigan hollarda qo’llaniladi. So’zlab berish yordamida, odatda, kirish
mavzulari, mashina va mexanizmlarning umumiy tuzilishi, materiallarning
xossalari va ishlatilishi, ishlab chiqarishning umumiy texnologiyasi masalalari va
shu kabilar bayon etiladi.
Tushuntirish o’quv materialini og’zaki bayon etishni ko’zda tutadi.
Tushuntirish jarayonida o’qituvchi solishtirish, taqqoslash, deduktsiya, induktsiya,
asoslash, qonuniyatlar chiqarish, masalalar echish va shu kabilardan foydalanadi.
Tushuntirish, asosan, xususiy va konkret ma’lumotlarni bildirishda qo’llaniladi.
O’qituvchilarning ish tajribasidan so’zlab berish va tushuntirish sof holda kamdan-
kam
uchraydi, ular ko’pincha so’zlab berish-tushuntirishdan iborat bo’lgan
kompleks metod tarzida qo’llaniladi.
Ma’ruza, so’zlab berish va tushuntirishdan farqli o’laroq, ancha aniq
tuzilgan bo’ladi. Ma’ruzalar, odatda, o’quv dasturining yirik, muhim masalalari
yuzasidan o’qiladi. Ma’ruzada o’quv materiali yaxlit va izchillik bilan bayon
etiladi, o’zaro bog’langan tushunchalar, qonuniyatlar
tizimi ochib beriladi,
kursning turli mavzulari orasida ichki bog’lanishlar o’rnatiladi. Kirish ma’ruzalari,
sharh ma’ruzalar, rukn ma’ruzalar va xotima ma’ruzalar bo’ladi.
Ma’ruza so’zlab berishga qaraganda uzoq davom etadi (u, odatda, butun
darsga mo’ljallanadi) va talabalarning yozib borishini (konspekt tuzishini) ko’zda
tutadi. Ma’ruzani eshitish so’zlab berishni eshitishga qaraganda qiyinroq, chunki
ko’proq
diqqat-e’tiborni
talab
etadi.
Ma’ruzalar,
odatda,
oliy
ta’lim
muassasalaridagi ta’lim jarayonida qo’llaniladi.
Og’zaki metodlarni qo’llash jarayonida ko’rgazmali qurollardan ham
foydalanish mumkin. Ammo ular yordamchi rol o’ynaydilar.
Og’zaki metodlardan foydalanishning muvaffaqiyat ko’rsatkichlari -
talabalarning yangi bilimlarni eslab qolishlari va takror aytib bera olishlaridir.
Og’zaki metodlarda talabalar o’qituvchi mulohazalari jarayonini takrorlaydilar,
unga taqlid qiladilar.
Talaba o’qituvchining tushuntira olish mantiqiga
qanchalik yaqinlashsa,
materialni shunchalik muvaffaqiyatliroq o’zlashtiradi.
Og’zaki metodlardan yangi materialni o’rganish paytida foydalaniladi va bu
o’rganish fanlarni egallashning boshqa usullari bilan qo’shib olib borilsagina ular
ta’limda yaxshi samara beradi.
5.3. Ko’rgazmali metodlar
Ko’rgazmali metodlar deganda ta’lim jarayonida qo’llaniladigan
ko’rgazmali qurollar va texnika vositalariga ko’p darajada bog’liq bo’lgan o’quv
materialini o’zlashtirish shakllari tushuniladi.
Ta’limning ko’rgazmali vositalari bilimlarni o’rganish va o’zlashtirish
xarakterini belgilaydi. Masalan, tikuv mashinasi detallarining namunalari
ko’rsatilganda, mexanizmlarning ishlashini virtual model orqali yoki tikuv
mashinasida bajariladigan texnologik jarayonnming videotasviri namoyish qilinishi
orqali tushuntirish mumkin,
Ta’limning bunday usullaridan foydalanilganda talabalarning bilish faoliyati
ko’rgazmali vositalar yordamida shakllanadigan yoki esga tushiradigan hissiy
obrazlarga, tasavvurlarga bog’liq bo’ladi. Ko’rgazmali qurollar bilimlarni bir
tizimga
solish va boyitishda, shuningdek, talabalarning fikr yuritish faoliyatini
faollashtirishda yordam beradi.
Ta’limning ko’rgazmali usullari talabalarning bilish faoliyatida obrazli va
mantiqiy, konkret va abstrakt, hissiy va aqliy jihatlarning nisbatini chuqur
tushunishni talab etadi.
Ko’rgazmali vositalarni namoyish qilish (ko’rsatish)
yordamida talabalarda
mashina va mexanizmlar tuzilishini, texnologik jarayonlarni, mehnat harakatlarini
muayyan va aniq obrazi shakllanadi. Ular unga taqlid qiladilar va o’z harakatlarini
qiyoslaydilar. Mazkur metodning qo’llanilishi maxsus fanlarni o’qitishda
ko’rgazmalik tamoyilining yaqqol namunasi bo’lib hisoblanadi. Maxsus fanlar
darslarida ko’rsatmali qurollarning turli xil va shakllaridan foydalanish
o’qituvchining tushuntirishlarini yaxshi idrok qilish hamda o’zlashtirishlarga,
malakalarning mustahkam shakllanishiga yordam beradi. Slaydlar, rlakatlar,
sxemalar, modellar, maketlarni namoyish qilish bilan
bir qatorda harakatdagi ish
quroli, asboblar, moslamalar xom-ashyolar, buyumlarning haqiqiy namunalari va
hokazolarni ko’rsatish ham katta ahamiyatga ega.
5.4. Amaliy metodlar
Mashqlar, mustaqil topshiriqlar, amaliy va tajriba-sinov ishlari asosida o’quv
materialini egallash shakllari ta’limning amaliy metodlari jumlasiga kiradi. Ana
shu metodlar yordamida amaliy ko’nikma va malakalar shakllantiriladi.
Bunday
ko’nikmani shakllantirish jarayoni o’quv faoliyatida hal qiluvchi rol o’ynaydi.
Ko’nikmalarni egallashning muvaffaqiyati uni shakllantirish sharoitiga bog’liq.