Ish o‘rnining etarli yoritilmaganligining sababi yorug‘lik
manbaiga
mas’uliyatsiz qarash, lampaning iflos bo‘lishi, abajur yoki reflektorning yo‘qligi
yorug‘likni 30 foiz yoki undan ko‘proq kamaytirish mumkin.
O‘tkazilgan ilmiy tadqiqotlar, ish o‘rning to‘g‘ri yoritilishi ta’lim
oluvchilarning ish unumdorligini 10-30 foiz, yorug‘lik manbalarining toza
saqlanishi esa 5-15 foizga oshirishi mumkinligidan dalolat beradi. Tadqiqotlar
natijasida 30 lk yoritilganlik ko‘proq charchashga, 800-1000 lk yoritganlik kamroq
charchashga sabab bo‘lishi aniqlangan. YOritganlik 1000 lk bo‘lganda
xatolarga
kamroq yo‘l qo‘yiladi. Metallga ishlov berish ustaxonasida sun’iy yoritilganlik
darajasi lyuminessent lampa – 300 lk, cho‘g‘lanma lampa – 200 lk, tikuvchilik
ustaxonasida lyuminessent lampa – 400 lk, cho‘g‘lanma lampa – 300 lk bo‘lishi
lozim.
O‘quv laboratoriya xonalari binosining qanday rangda bo‘lishi (bo‘yalishi)
estetik intererni yaratishda muhim element hisoblanadi. Biroq bo‘yash vaqtida
bo‘yoqning rangiga bino va jihozlarni bezash nuqtai nazardan qarab bo‘lmaydi,
chunki rang odamga va umuman butun mehnat jarayoniga turlicha ta’sir qiladi.
Masalan, oq rang 75 foiz, och kulrang 55 foiz, sarg‘ish rang 70 foiz, och sariqrang
45 foiz, kulrang 35 foiz, to‘q jigarrang esa faqatgina 15 foiz nurni qaytaradi. O‘quv
ustaxonalarni bo‘yashda ana shularni hisobga olish kerak.
Odamning ko‘rish organlari va asab tizimiga qizil, to‘q sariq, binafsha, to‘q
qizil rang salbiy ta’sir etishi tadqiqotlar natijasida aniqlangan.
Ana shunday
ranglarga bo‘yalgan binolarda ishlovchilarning ko‘rish organlari tez charchaydi,
mehnat unumdorligi pasayadi, ziyraklik va ish sifati yomonlashadi. YAshil,
ko‘kimtir, yashil va sariq ranglar odamning ko‘rish organi va psixofiziologik
funksiyalariga yaxshi ta’sir etadi,
mehnat unumdorlini oshiradi, charchashni
kamaytiradi. Turli ranglarni inson kayfiyatiga quyidagicha ta’sir etishi aniqlangan:
qizil rang asab tizimini qo‘zg‘atadi; yashil rang tinchlantiradi; binafsha rang kishi
ruhini tushursa; sariq rang ruhni tetiklashtiradi.
Ustaxonalarda havoning holati, ya’ni havoning tozaligi, harorati va namligi
mehnatning sog‘lom sharoitlarini yaratishda juda muhim ahamiyatga egadir.
Havoning changligi, gazlashganligi, ortiqcha namlik yoki quruq haroratning baland
yoki past bo‘lishi ta’lim oluvchilar organizmiga salbiy ta’sir etadi. Kuzatishlar
gigienik talablarga javob beruvchi havoda ishlash mehnat unumdorligini 10
foizgacha oshirishini ko‘rsatdi. Bunga yaxshi ishlaydigan oquvchi-so‘ruvchi
ventilatsiyani o‘rnatish orqali erishiladi. Keyingi vaqtlarda havoni konditsionirlash
qo‘llanilmoqda (havoga ishlov berib, doimiy meteorologik
sharoitni-haroratni,
tozalik va namlikni saqlash).
Ish o‘rnidagi mehnatni ilmiy asosda tashkil etish o‘quv ustaxonalaridagi
shovqin va tebranishni kamaytirish, ishlash uchun osoyishta sharoit yaratish
masalasini o‘z ichiga oladi. Mehnat gigienasi va kasb kasalliklari bo‘yicha
o‘tkazilgan tadqiqotlar ishlab chiqarishdagi shovqin odamning eshitish organlariga
ta’sir
etishini, garanglikka olib kelishini shuningdek, asab tizimiga salbiy ta’sir
etib, boshqa organlarning me’yorda ishlashining buzilishiga sabab bo‘lishini
ko‘satadi. SHovqin va tebranish gipertoniya, yara-chaqa,
oshqozon sekretsiya
bezining buzilishi va boshqa kasaliklarga olib kelishi mumkin.
Shovqinga qarshi kurashdagi asosiy yo‘nalishlar-tovush izolyasiyasi,
tovushni yutish va tebranishni izolyasiya qilishdir. SHovqinni yo‘qotishning iloji
bo‘lmagan ba’zi mashinalarni shovqin yutuvchi to‘siqlar bilan ajratib qo‘yiladi.
4.5. Ishlab chiqarish korxonalariga amaliy darslarni tashkil etish
Ishlab
chiqarish
korxonalarida
ta’lim
oluvchilarni
o‘qitishning
samaradorligini oshirish masalalari ta’limni samarali tashkil etishdagi muhim
vazifalardan biri bo‘lgan va shunday bo‘lib qolmoqda.
Korxonalarda o‘qitish vaqtida ta’lim oluvchilarda ishga bo‘lgan
talablarni
to‘g‘ri tushunish, uning xususiyatlari va bajarilish shartlarini hisobga olish, o‘z
mehnatini tashkil qilish va rajalashtira bilish,
kamchiliklarning oldini olish,
texnologik jarayonlarni hamda mehnat unumdorligini oshirish uchun o‘z
bilimlaridan to‘la foydalana bilishda o‘z aksini topuvchi kasbga oid mustaqillik
to‘liq tarkib topadi. Kasbga oid mustaqillik yosh mutaxassislarda tinimsiz
tarbiyalanishi kerak bo‘lgan mehnat natijalariga yuksak ma’naviy javobgarlikni his
qilish, kasb sharafini his etish bilan birikib ketadi.
Ta’lim oluvchilar yuqori malakali mutaxassislar va ishlab chiqarish
ilg‘orlari bilan muomalada bo‘lar ekanlar, ularning tajribalarini o‘zlashtiradilar,
korxonalarining ijtimoiy va ishlab chiqarish
hayoti bilan tanishadilar, ishlab
chiqarish jamoasining ishlab chiqarish rejasi va korxonaning iqtisodiy
ko‘rsatkichlarini bajarish va oshirib bajarishdagi kurashda faol ishtirok etadilar.
Har bir ixtisoslik yoki mutaxassislik bo‘yicha bevosita korxonada o‘qitish
hajmi, mazmuni va muddatlari tegishli o‘quv rejalari va o‘quv dasturlariga
muvofiq belgilanadi.
Mavzuni mustahkamlash uchun nazorat savollari:
1.
Maxsus fanlarni o’qitishning qanday shakllari mavjud?
2.
Darsga qanday maqsadlar qo’yiladi?
3.
O’qitishning sinf-dars shakli qanday afzallik va kamchiliklarga ega?
4.
Didaktik maqsadlar bo’yicha darsning qanday turlari mavjud?
5.
Korxonalarda o’qitish qanday tashkil etiladi?
6.
O’quv ustaxonalarida qanday mashg’ulotlar tashkil etiladi?
7.
Ishlab chiqarish korxonalariga amaliy darslar qanday tashkil etiladi?
5. MAXSUS FANLARNI O’QITISHNI METODLARI