O‘zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o‘rtа mаxsus tа’lim vаzirligi




Download 1,42 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/34
Sana27.05.2024
Hajmi1,42 Mb.
#254733
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   34
Bog'liq
GF4nZhkCOAqWyKdoTbQ1Jk6hOl9PY18iIKcSATyj

Ijobiy tomonlari 
Salbiy tomonlari 

qat’iy tashkiliy tizilmaga ega ekanligi; 

bir o’qituvchi bir vaqtni o’zida ko’p 
sonli ta’lim oluvchilar bilan faoliyat olib 
borganligi 
sababli 
iqtisodiy 
ko’rsatkichlarning nisbatan yuqoriligi; 

o’qituvchi va ta’lim oluvchini o’zaro 
hamkorlik faoliyatini amalga oshirishga 
qulay sharoit yaratilganligi.

darsni sinfdagi o’rtacha 
ta’lim oluvchilarga mo’ljal-
langanligi; 

har bir ta’lim oluvchi bilan 
individual 
shug’ullanish 
imkoniyatining yo’qligi. 
Har bir dars o’quv jarayonining bir qismi hamda bilim, ko’nikma va 
malakalarni egallashning bir butun mantiqiy yakunlangan bosqichi hisoblanadi. 
Dars muvaffaqiyatli o’tishi uchun uni tashkil etish bo’yicha o’qituvchi 
faoliyatining maqsadini aniqlash lozim. 
Har qanday darsning uchta maqsadlari mavjud ( 4.2 - rasm). 
4.2-rasm. Darsning maqsadlari. 
Darsning ta’limiy maqsadlariga quyidagilar kiradi: 

yangi tushunchalarni shakllantirish; 



yangi qonun, qonuniyat, xususiyat va belgilarni uzlashtirishni ta’minlash; 

yangi harakat usullarini o’rgatish; 

bilimlardagi etishmovchiliklarni bartaraf etish; 

bilimlarni umumlashtirish va tizimga solish; 

malakalarni shakllantirish; 

ma’lum harakat usullarini mustahkamlash; 

tushunchalar orasidagi bog’lanishlarni aniqlash bo’yicha talabalarda biror 
narsa to’g’risida tushunchalarni shakllantirish; 

dunyoqarash g’oyalari va muammolarini aniqlash; 

talabalarda u yoki bu harakatni, voqealarni baholash bo’yicha bilimlarni 
shakllantirish; 

xulosa chiqarishga tayyorlash, o’zlashtirishga erishish. 
Darsning tarbiyaviy maqsadlari talabalarda quyidagi muayyan shaxs 
sifatlari va xarakterini tarkib toptirishdan iborat: 

dunyoqarashni va kasbga qiziqishni; 

o’z-o’zini tekshirish va o’zaro yordamni; 

voqeliklar 
orasidagi 
bog’lanishlarni 
aniqlash 
va
tahlil 
qilish 
ko’nikmalarini; 

bir sohadan ikkinchi sohaga bilimlarni ko’chirish ko’nikmalarini; 

fanlararo bog’lanishlarni amalga oshirish ko’nikmalarini; 

nutq madaniyatini; 

vatanparvarlikni; 

mehnatga ongli munosabatni; 

ongli intizom va yaxshi xulqni; 

ta’lim olishga ijobiy munosabatni; 

estetik qarashlarni; 

ish o’rnini tashkil etish va o’z faoliyatini tekshirishni; 

e’tiqodni. 
Rivojlantirish maqsadi — dars jarayonida talabalarning psixologik 
sifatlarini diqqat, xotira, texnik 
taf
fakkur va bilish qobiliyatlarini shakllantirishdir. 


Psixologik adabiyotlarni tahlil qilish talaba
larda 
tafakkurni, politexnik, 
mehnat, bilish (anglash) va aqliy ko’nikmalarni, iroda va mustaqillikni 
rivojlantirish, ularni kelgusi darslarga tayyorlash 
za
rurligini ko’rsatadi. 
Agar bilimlarni shakllantirish va maqsadli tarbiyalash talabalarning bilish 
qobiliyatini takomillashtirsa, buni rivojlantiruvchi ta’lim deb tan 
olinadi.
Didaktik maqsadlar bo’yicha darsning quyidagi turlari mavjud: 
Yangi materialni bayon etish darsi. Yangi materialni bayon etish darslari 
suhbat o‘tkazish, hikoya qilish, tushuntirish, turli ko‘rgazmali vositalardan 
foydalangan holda muammoli vaziyatlar yuzaga keltirish usullari bilan o‘tkaziladi. 
Bunday darsning asosiy maqsadi dastur materialini tushunarli ravishda bayon 
qilishdir. O‘qituvchi darsning ayrim mavzularini tushuntirish jarayonida ta’lim 
oluvchilar yangi materialni qanday qabul qilayotganini tekshirib (ta’lim 
oluvchilarga birma-bir qisqa savol berish yo‘li bilan), ta’lim oluvchilarni darsda 
faol ishtirok etishga jalb qiladi. Bu darslar, odatda, mavzuni bayon etish va darsdan 
ko‘zlangan maqsadni ochib berishni, yangi materialni navbati bilan bayon etish 
yoki ta’lim oluvchilarning o‘quv adabiyoti, texnika adabiyoti (jurnallar, 
byulletenlar, albomlar, chizmalar, sxemalar, texnologik jarayon kartalari va shu 
kabilar) yoki ma’lumotnoma adabiyot bilan mustaqil ishlashini tashkil etishni, 
ta’lim oluvchilarning savollariga javob qaytarishni, ta’lim oluvchilarning yangi 
materialni o‘zlashtirish sifatini tekshirishni, qo‘shimcha tushuntirishlarni, uyga 
vazifalar berishni o‘z ichiga oladi. Bunday darslar, odatda, o‘rganiladigan material 
tavsifiy xarakterda va o‘zlashtirish uchun engil bo‘lgan hollarda o‘tkaziladi. 

Download 1,42 Mb.
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   34




Download 1,42 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o‘rtа mаxsus tа’lim vаzirligi

Download 1,42 Mb.
Pdf ko'rish