o’tkaziladigan bo’lsa, o’qituvchi talabalarga bu mashg’ulotning tartibini batafsil
gapirib beradi, kattaliklar qanday tartibda o’lchanishini,
ularning qanday yozib
borilishini tushuntirdi, ishni bajarish usullarini namoyish qiladi. Kirish
yo’riqnomasi vaqtida ham, ishning borishi davomida ham o’qituvchi talabalar
e’tiborini olinanigan natijalarni bir-biriga solishtirib ko’rish zarurligiga, ular
orasidagi bog’lanishlarni
aniqlashga, xulosalarni asoslashga jalb etadi. Bu vaqtda
ta’lim oluvchilarga sekin-asta asosiy xulosaga olib keladigan savollar berish
foydali. Masalan, “Sharbat tayyorlash” mavzusidan tajriba-amaliy ish o’tkazishda
o’qituvchi talabalar e’tiborini uzum mevasida ozuqa moddalarni saqlab qolish
quritish vaqti va haroratiga bog’liqligini aniqlash zarurligiga qaratadi.
Kirish
yo’riqnomasi
o’tkazish
metodikasiga
tajriba-amaliy
mashg’ulotlarning tashkiliy shakllari katta ta’sir etadi. Tajriba-amaliy mashg’ulot
frontal shaklda olib borilganda o’qituvchi butun guruhga, asosan, og’zaki tarzda
batafsil yo’riqnoma beradi. Og’zaki yo’riqnomaning
asosini tajriba-amaliy
mashg’ulotni bajarish usullarini tushuntirish va ko’rsatishning qo’shib olib
borilishi tashkil etadi. Gap shundaki, talabalar uchun harakatni to’g’ri bajarishning
yo’nalish asosi bo’lib bu harakatning konkret namunasi hisoblanadi. Talabalar
ishni bajarish davomida ana shu namunaga taqlid qiladilar va o’z harakatlarini
unga solishtirib ko’radilar. Talabalarda faoliyatning bunday yo’nalish tomonini
o’qituvchi usullarni ko’rsatib hosil qiladi.
Joriy yo’riqnoma. Tajriba-amaliy mashg’ulotining bajarilishiga rahbarlikni
o’qituvchi ish o’rinlarini aylanib chiqish davomida
joriy yo’riqnoma berish yo’li
bilan amalga oshiradi.
Ba’zan o’qituvchining o’zi savollar berib, talabalarning ishni
qanchalik ongli
ravishda bajarayotganliklarini tekshirib ko’radi. O’qituvchi talabalarning ishi
Joriy yo’riqnomаni o’tkаzidаn mаqsаd o’qituvchi ishning borishini nаzorаt
qilаdi, ishni bаjаrishdа pаydo bo’lgаn tushunmovchilik vа qiyinchiliklаrni
engishdа tаlаbаlаrgа yordаm berаdi, ishni to’g’ri bаjаrish bo’yichа
tаlаbаlаrning sаvollаrigа jаvob berаdi.
ochiq-oydin noto’g’ri yo’ldan ketayotganligini yoki talabalar xavfizlik texnikasi
qoidalarini buzayotganligini ko’rgan taqdirdagina ularning ishiga aralashadi.
Joriy yo’riqnoma jarayonida o’qituvchi bir zveno
yoki bir talabaga yordam
ko’rsatar ekan, zinhor boshqa zveno yoki talabalarni nazardan chetda qoldirmasligi
kerak. Talabalarga beriladigan yordam aytib berishdan yoki boshqasiga
almashtirishdan iborat bo’lmasligi lozim. O’qituvchi talabalarning ishini kuzatar
ekan, ularning mustaqil ishlashiga yo’l qo’yib berishi, arzimagan xatolar uchun
ularni koyiyvermasligi zarur. Agar talaba qiynalib qolsa, qo’shimcha savollar
berish yo’li bilan uni shunday yo’lga
solib yuborish kerakki, oqibatda talabaning
o’zi nuqsonlarning sababini tushunadigan va ularni tuzatish yo’llarini aniqlaydigan
bo’lsin. Agar talaba asboblardan to’g’ri foydalanishga qiynalsa, unga tegishli
usullarni qaytarib ko’rsatish va ularni takrorlashni taklif etish lozim. Murakkab
tajriba-amaliy ishlarni bajarishning ma’lum bosqichida ishniig talabalar bajargan
qismini nazorat qilish foydalidir. Masalan, elektrotexnikadan tajriba-amaliy
mashg’ulotlar o’tkazishda o’qituvchi bunday nazoratni topshiriqqa tegishli elektr
sxemalar yig’ilgandan keyin, ish o’rinlariga tok berishdan oldin o’tkazadi. Agar
tajriba-amaliy mashg’ulot zvenolarga bo’linib bajariladigan bo’lsa, ishda butun
zveno a’zolari ishtirok etishiga erishmoq kerak. Zvenoda ish shunday taqsim
qilinishi kerakki, har bir talaba ma’lum vazifani bajaradigan bo’lsin. Talabaning
yoki zvenoning ishi topshiriqni tahlil qilishdan va uni bajarish tartibini
o’rganishdan boshlanadi. So’ngra talabalar barcha zarur narsalarni taxt qilib va ish
o’rnini
puxta tayyorlab, topshiriqning ayrim bosqichlarini bajarishga kirishadilar,
zarur hisoblashlarni, yozuvlarni bajaradilar, xulosalarni ta’riflaydilar.
Tajriba-amaliy mashg’ulotlar bajarilgandan keyin barchf talabalar bilan birga