O‘zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o‘rtа mаxsus tа’lim vаzirligi




Download 1,42 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/34
Sana27.05.2024
Hajmi1,42 Mb.
#254733
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34
Bog'liq
GF4nZhkCOAqWyKdoTbQ1Jk6hOl9PY18iIKcSATyj

- mutaxassislik kodi;
 
- yo‘nalish kodi;
 
 
- ta’lim sohasi kodi;
 
 
- bilim sohasi kodi;
 
 
-ta’lim dasturlari bosqichi
kodi;
 
Ta’limning xalqaro standart klassifikatsiyasiga binoan ta’lim bosqichlari 
bakalavriat yo‘nalishlarida 5 raqami, magistratura mutaxassisliklarida — 5A 
(raqam va harf) bilan belgilangan. Masalan: bakalavrlar kodi 5140100, 5211300, 
5520400 va hakozo; magistrlar 5A140101, 5A211301, 5A520403 va hakozo. 
Yo‘nalishlar va mutaxassisliklar klassifikatoriga o‘zgartirish va 
qo‘shimchalar kiritish tartibi. Yo‘nalishlar va mutaxassisliklar klassifikatoriga 
o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha takliflar kadrlar iste’molchilari 
tashabbusi bilan oliy ta’lim muassasalari tomonidan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim 
vazirligiga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda 
tegishli qaror qabul qilish uchun kiritiladi. 
Yo‘nalish va mutaxassisliklar klassifikatorini o‘zgartirish va qo‘shimchalar 
kiritish bo‘yicha takliflarga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi: 

yo‘nalish yoki mutaxassislikning ilmiy va amaliy ahamiyatini hamda 
mehnat bozorida mutaxassislarga bo‘lgan istiqbol ehtiyojini asoslash; 

bakalavriat yo‘nalishi yoki magistratura mutaxassisligining malaka 
talablari, o‘quv rejasi loyihalari va boshqa o‘ziga xos belgilari; 

yangi yo‘nalish yoki mutaxassislikning ilmiy-pedagogik va moddiy-
texnik ta’minoti mavjudligini asoslash. 
Oliy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari klassifikatorining etalonini 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi olib boradi. 


Mazkur klassifikator tayyorlov yo’nalashlarining nomlari va kodlari, oliy 
ta’lim muassasalarida kasblar va ixtisosliklar bo’yicha kadrlar tayyorlashni 
belgilaydi. 
Amaldagi Oliy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari klassifikatorida 182 
ta ta’lim yo‘nalishlari va 434 ta mutaxassisliklar mavjud bo‘lib, ular bilim sohalari 
bo‘yicha quyidagicha taqsimlangan (2.1-jadval). 
2.1-jadval 
Oliy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarini
bilim sohalari bo‘yicha taqsimlanishi 
Bilim sohalari nomi 
Bilimlar sohasi bo‘yicha ta’lim 
yo‘nalishlari va mutaxassisliklari 
Bakalavriat ta’lim 
yo‘nalishlari soni 
Magistratura 
mutaxassisliklari soni 
5-bosqich 
5A-bosqich 
Gumanitar soha 
59 
113 
Ijtimoiy soha, iqtisod va huquq 
25 
60 
Ishlab chiqarish-texnik soha 
59 
154 
Qishloq va suv xo‘jaligi 
19 
47 
Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy ta’minot 

43 
Xizmatlar sohasi 
11 
17 
Jami 
182 
434 
Oliy ta’limning tayyorlov yo’nalishlari, kasblar va ixtisosliklar umumdavlat 
klassifikatori respublikaning ijtimoiy – iqtisodiy rivojlanish istiqbollari mutaxasis 
tayyorlashda iqtisodiyot tarmoqlarining talab va extiyojlarini xisobga olgan xolda 
qayta ko’rib chiqildi va takomillashtirildi. 
Oliy ta’limning bakalavriat ta’lim yo‘nalishining malaka talablari - ta’lim 
yo‘nalishi bo‘yicha oliy ma’lumotli bakalavrlar tayyorlash, o‘quv reja va fan 
dasturlarining o‘zlashtirilishini amalga oshirishda O‘zbekiston Respublikasi 
hududidagi barcha oliy ta’lim muassasalari uchun talablar majmuini ifodalaydi. 
Oliy ta’lim muassasasi muayyan bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha 
kadrlar tayyorlash vakolatiga ega bo‘lganda malaka talab asosida o‘quv reja va fan 
dasturlarini amalga oshirish huquqiga ega deb hisoblanadi. 
Malaka talabining asosiy foydalanuvchilari: 

mazkur ta’lim yo‘nalish bo‘yicha fan, texnika va ijtimoiy soha 
yutuqlarini hisobga olgan holda o‘quv reja va fan dasturlarini sifatli ishlab chiqish, 


samarali amalga oshirish va yangilash uchun mas’ul oliy ta’lim muassasalarining 
professor - o‘qituvchilari; 

ta’lim yo‘nalishining o‘quv reja va fan dasturlarini o‘zlashtirish bo‘yicha 
o‘quv-tarbiya faoliyatini samarali amalga oshiruvchi barcha xodimlari va 
talabalari; 

o‘z vakolat doirasida bitiruvchilarning tayyorgarlik darajasiga javob 
beradigan oliy ta’lim muassasalarining boshqaruv xodimlari (rektor, prorektorlar, 
o‘quv bo‘limi boshlig‘i, dekanlar va kafedra mudirlari); 

bitiruvchilarning tayyorgarlik darajasini baholashni amalga oshiruvchi 
Davlat attestatsiya komissiyalari; 

oliy ta’lim muassasasini moliyalashtirishni ta’minlovchi organlar; 

oliy ta’lim tizimini akkreditatsiya va sifatini nazorat qiluvchi vakolatli 
Davlat organlari; 

ta’lim yo‘nalishini ixtiyoriy tanlash huquqiga ega bo‘lgan abiturientlar 
va boshqa manfaatdorlar. 
Muayyan ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar kasbiy faoliyatlarining 
turlari: 

ilmiy-tadqiqot; 

tashkiliy-boshqaruv; 

loyiha – izlanish; 

ishlab chiqarish, texnologik; 

umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalarida 
pedagogik faoliyat; 

turli xizmatlar ko‘rsatish kabilarni o‘z ichiga oladi. 
Yo‘nalish bo‘yicha fan, texnika va texnologiyalarning zamonaviy yutuqlari, 
kadrlar buyurtmachilari talablaridan kelib chiqqan holda bakalavrlarning kasbiy 
faoliyat turlarida qo‘shimcha va o‘zgarishlar bo‘lishi mumkin. 
Ta’lim yo‘nalishi uchun malaka talablarida quyidagilar o‘z aksini 
topgan: 

bakalavriat ta’lim yo‘nalishining umumiy tasnifi; 



qo‘llanish sohasi; 

ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar kasbiy faoliyatlarining tasnifi; 

ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlarning tayyorgarlik darajasiga 
qo‘yiladigan umumiy talablar; 

bakalavrlarning tayyorgarlik darajasiga qo‘yiladigan umumiy talablar; 

ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlarning kasbiy faoliyatlariga 
qo‘yiladigan malaka talablari; 

ta’lim yo‘nalishi o‘quv rejasi va fan dasturlari mazmuniga qo‘yiladigan 
umumiy talablar; 

ta’lim yo‘nalishi o‘quv reja fanlari bloklari mazmuniga qo‘yiladigan 
umumiy talablar; 

malakaviy amaliyotga qo‘yiladigan talablar; 

ta’lim yo‘nalishi o‘quv rejasidagi yuklama hajmi; 

malaka talablarining amal qilish muddati. 
Magistratura mutaxassisligining malaka talablari. Oliy ta’limning 
malaka talablari magistratura mutaxassisligi bo‘yicha magistrlar tayyorlash, o‘quv 
reja va fan dasturlarining o‘zlashtirilishini amalga oshirishda O‘zbekiston 
Respublikasi hududidagi barcha oliy ta’lim muassasalari uchun talablar majmuini 
ifodalaydi. Oliy ta’lim muassasasi magistratura mutaxassisligi bo‘yicha magistrlar 
tayyorlash vakolatiga ega bo‘lganda ushbu malaka talablari asosida tayyorlangan 
o‘quv reja va fan dasturlarini amalga oshirish huquqiga ega deb hisoblanadi. 
Malaka talabining asosiy foydalanuvchilari: 

mazkur ta’lim sohasining magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha fan, 
texnika va ijtimoiy soha yutuqlarini hisobga olgan holda o‘quv reja va fan 
dasturlarini sifatli ishlab chiqish, samarali amalga oshirish va yangilash uchun 
mas’ul oliy ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilari; 

ta’lim sohasi magistratura mutaxassisliklarning o‘quv reja va fan 
dasturlarini o‘zlashtirish bo‘yicha o‘quv-tarbiya faoliyatini samarali amalga 
oshiruvchi barcha xodimlari va talabalari; 



o‘z vakolat doirasida bitiruvchilarning tayyorgarlik darajasiga javob 
beradigan oliy ta’lim muassasalarining boshqaruv xodimlari (rektor, prorektorlar, 
o‘quv bo‘limi boshlig‘i, dekanlar va kafedra mudirlari); 

bitiruvchilarning tayyorgarlik darajasini baholashni amalga oshiruvchi 
Davlat attestatsiya komissiyalari; 

oliy ta’lim muassasasini moliyalashtirishni ta’minlovchi organlar; 

oliy ta’lim tizimini akkreditatsiya va sifatini nazorat qiluvchi vakolatli 
Davlat organlari; 

ta’lim sohasining magistratura mutaxassisliklardan birini ixtiyoriy 
tanlash huquqiga ega bo‘lgan bakalavrlar, ota-onalar va boshqa manfaatdorlar. 
Mutaxassislik bo‘yicha magistrlar kasbiy faoliyatlarining turlari: 

ilmiy-tadqiqot faoliyati; 

ishlab chiqarish faoliyati; 

tashkiliy-boshqaruv faoliyati; 

oliy, malaka oshirish va qayta tayyorlash ta’lim muassasalarida ilmiy-
pedagogik hamda o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalarida pedagogik 
faoliyat; 

konsalting xizmati faoliyati va shu kabilarni o‘z ichiga oladi. 
Mutaxassislik bo‘yicha tayyorlangan magistrlar kasbiy faoliyatlarining 
muayyan turlari ta’lim jarayonining manfaatdor ishtirokchilari bilan hamkorlikda 
oliy ta’lim muassasasi tomonidan aniqlanadi.
2.3. O’quv reja va ishchi o’quv reja. 
Ta’lim 
muassasalarida 
ta’lim-tarbiya 
jarayonini 
tashkil 
etishni 
rejalashtiruvchi, asosiy xujjat - o’quv rejalari hisoblanadi.
O‘quv rejasi - ta’lim muassasalarida o‘qitiladigan fan, ularning bo‘limlari, 
o‘qitilish tartibi hamda har bir fanning yil davomida o‘qitilishi, ularning o‘quv yili 
va haftasida qancha miqdorda o‘tilishi kerakligini belgilab beradigan rasmiy 
pedagogik hujjat. O‘zbekistonda o‘quv rejasi tegishli vazirlik tomonidan 


tasdiqlanadi. Bir tipdagi ta’lim muassasalari uchun o‘quv rejasi yagona va 
majburiydir. SHu bilan birga, har bir ta’lim muassasasi o‘quv rejasini belgilangan 
miqdorda o‘zgartirishi mumkin. o‘quv rejasi O‘quv rejasining umumiy va 
majburiyligi ta’lim tizimi bosqichlarining uzluksizligini, jamiyatning barcha 
a’zolariga ilm olishning bir xil imkoniyatlarini ta’minlaydi. 
O‘zbekiston Respublikasida ta’lim tizimi barkamol shaxsni shakllantirishga 
qaratilganligi uchun ham o‘quv rejasida ta’limning insonparvarlashuviga alohida 
e’tibor berilgan. O‘quv rejasi muayyan qismlardan iborat bo‘lib, ularda ta’lim 
muassasasi talabasi, talabasi yoki tinglovchisida shakllantirilishi lozim bo‘lgan 
ilmiy, ma’naviy, kasbiy sifatlar hamda amaliy ko‘nikma va malakalar hisobga 
olingan.
O’quv rejalari ikki turga bo’linadi: namunaviy va ishchi o’quv rejalar. 
Namunaviy o’quv reja – oliy ta’lim muassasalarining aniq bir ta’lim 
yo’nalishi yoki magistratura mutaxassisligi uchun o’rnatilgan tartibda Davlat 
ta’lim standartlariga asosan tayanch oliy ta’lim muassasalarining tegishli 
kafedrasining yetakchi professor-o’qituvchilari tomonidan turdosh oliy ta’lim 
muassasalarining shu soha bo’yicha yuqori malakali mutaxassislarini hamda 
kadrlarni buyurtmachilarini jalb etgan holda ishlab chiqiladigan me’yoriy huquqiy 
xujjatdir. 
Ishchi o’quv reja - oliy ta’lim muassasasining aniq bir ta’lim yo’nalishi 
yoki magistratura mutaxassisligi uchun namunaviy o’quv reja asosida har o’quv 
yili uchun ishlab chiqiladigan va o’rnatilgan tartibda OTMning rektori tomonidan 
tasdiqlanadigan o’quv jarayonining asosiy me’yoriy hujjatidir. 
O’quv rejada quyidagilar o’z ifodasini topadi: 
1.
Tayyorlov yo’nalshi (ixtisoslik) 5 kodi va uning nomlanishi, o’qish muddati, 
o’qishni tugatgandan so’ng olinadigan akademik darajasi. 
O’quv reja - oliy ta’limning muayyan yo’nalishi yoki mutaxassisligi bo’yicha 
o’quv faoliyati turlari, o’quv fanlari, kurslarining tarkibi, ularni o’rganishning 
izchilligi va soatlardagi hajmini belgilaydigan me’yoriy xujjatdir. 


2.
Ta’lim shakli. 
3.
O’quv davrining taqsimoti (jadvali). 
4.
O’quv jarayonining rejasi.
6.1.O’rganiladigan o’quv predmetlari.
6.2. Har bir o’quv predmetini o’rganish uchun ajratilgan umumiy vaqt miqdori.
6.3. O’rganish uchun ajratilgan vaqtni – nazariy, amaliy va tajriba 
mashg’ulotlari, seminarlar, kurs ishlari va mustaqil ta’limga qanday miqdorda 
taqsimlanganligi. 
6.4. O’quv predmetini qaysi kurs, semestrlarda, haftasiga qancha soatdan 
o’rganish tartibi. 
7. Davlat Attestatsiyasi. 
8. Tanlov fanlarinig ro’yxati 
9. Izohlar 
O’quv 
rejalarini 
ishlab 
chiqishda 
bo’lg’usi 
mutaxassislarda 
shakllantirilayotgan malaka mahoratlari darajasining o’rganilayotgan o’quv fanlari 
miqdoriga va o’rganish davriga aniq mos tushishini e’tiborda tutmoq lozim. 
Bo’lg’usi mutaxasislarning bilim va ko’nikmalarining shakllanishini, har bir fanni 
bosqichma – bosqich chuqur o’rganishlari, qulay va muhimligini ham nazarda 
tutishi kerak bo’ladi. 
O’quv rejasini ishlab chiqishdagi eng muhim masalalardan biri o’rganilishi 
lozim bo’lgan fanlarni aniqlashdan iborat. Oliy ta’lim muassasalarida o’qitish 
mazmunini aniqlash, odatda, amaliy tajribalar asosida hal qilinadi. 
O’qitish mazmunini aniqlashda, asosan, oliy ta’lim tizimi oldida turgan 
asosiy vazifaga - doimo o’sib borayotgan ishlab chiqarish sharoitida faoliyat olib 
borishga qobil malakali raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlash vazifasiga 
asoslaniladi. 
Oliy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari o‘quv rejalariga 
qo‘yiladigan umumiy talablar:
Bakalavriatda o‘quv rejalari va fanlar dasturlari umumiy o‘rta va o‘rta 
maxsus, kasb-hunar ta’limi bilan uzluksizlik va uzviylik ta’minlanishini inobatga 


olgan holda ishlab chiqilishi va talabaning quyidagi majburiy fanlar bloklarini 
o‘zlashtirishini nazarda tutishi zarur: 

gumanitar, ijtimoiy-iqtisodiy va matematik hamda tabiiy-ilmiy; 

umumkasbiy fanlar; 

ixtisoslik fanlari; 

qo‘shimcha fanlar. 
O‘zbekiston Respublikasi Hukumati qarorlariga muvofiq ayrim oliy ta’lim 
muassasalari yoki ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari bo‘yicha boshqa fanlar 
bloklari belgilanishi mumkin. 
Kasb faoliyati ko‘nikmalarini egallash uchun malaka amaliyotlari o‘tilishi 
nazarda tutilishi shart. 
O‘quv rejalar majburiy o‘quv fanlari bilan bir qatorda talabalar tanlagan 
fanlarni ham o‘z ichiga olishi shart.
Bakalavriat ta’lim yo‘nalishi o‘quv rejalarini o‘zlashtirishda talabalarning 
o‘quv fanlariga oid bir qancha masalalar va muammolar bo‘yicha mustaqil bilim 
olishi nazarda tutilishi lozim.
Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari uning o‘quv rejalariga muvofiq ravishda 
yakuniy davlat attestatsiyasi bilan tugallanishi shart. 
Bakalavriat o‘quv fanlari bloklari mazmuniga qo‘yiladigan umumiy 
talablar.

Download 1,42 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34




Download 1,42 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o‘rtа mаxsus tа’lim vаzirligi

Download 1,42 Mb.
Pdf ko'rish