Kamchiligi
ta’lim oluvchi ragbatlantiriladi;
ta’lim oluvchining faoliyatini tezkor
nazorat qilish imkoniytini beradi;
ta’lim beruvchining vaqti tejaladi;
ta’lim oluvchining yakuniy bilimi
baholarining soniga qarab emas,
sifatiga qarab baholanadi;
baholash qulay boladi;
rasmiylashtirish
xujjatlari
kam
bo’ladi.
baholash nisbiyligi;
yozma nutqda xatolarni to’g’irlash
imkoniyatining kamayishi;
baholashning sub’ektivligi.
Baholashning reyting tizimi
Afzalligi
Kamchiligi
xaqqoniy baholanishi;
yozma nutqning o’sishi;
yozma nutqda xato va kamchiliklarni
aniqlash
imkoniyatlarining
mavjudligi;
ta’lim oluvchining bilimga bo’lgan
ishtiyoqining
sezilarli
darajaa
oshishi.
ta’lim beruvchi ta’lim oluvchi bilan
ishlanganda ko’p vaqt sarv qiladi;
ballarni hisoblash ko’p vaqtni talab
qiluvchi murakkab jarayonligi;
baholash usullariga qarab ta’lim
oluvchi og’zaki nutqning pasayishi;
ajratilgan vaqtning yetarli emasligi;
ta’lim oluvchi baholash nazoratining
murakkabligi va noqulayligi.
9.4. Oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va
baholashning reyting tizimi.
Oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini baholash O‘zbekiston Respublikasi
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2009 yil 11 iyundagi 204-son buyrug‘i bilan
tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va
baholashning reyting tizimi to‘g‘risida”gi Nizom asosida amalga oshiriladi.
Talabalar bilimini nazorat qilish va reyting tizimi orqali baholashdan maqsad
ta’lim sifatini boshqarish orqali raqobatbardosh kadrlar tayyorlashga erishish,
talabalarning fanlarni o‘zlashtirishida bo‘shliqlar hosil bo‘lishini oldini olish, ularni
aniqlash va bartaraf etishdan iborat.
Reyting tizimining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
a) talabalarda Davlat ta’lim standartlariga muvofiq tegishli bilim, ko‘nikma va
malakalar shakllanganligi darajasini nazorat qilish va tahlil qilib borish;
b) talabalar bilimi, ko‘nikma va malakalarini baholashning asosiy tamoyillari:
Davlat ta’lim standartlariga asoslanganlik, aniqlik, haqqoniylik, ishonchlilik va qulay
shaklda baholashni ta’minlash;
v) fanlarning talabalar tomonidan tizimli tarzda va belgilangan muddatlarda
o‘zlashtirilishini tashkil etish va tahlil qilish;
g) talabalarda mustaqil ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish, axborot resurslari
manbalaridan samarali foydalanishni tashkil etish;
d) talabalar bilimini xolis va adolatli baholash hamda uning natijalarini vaqtida
ma’lum qilish;
e) talabalarning fanlar bo‘yicha kompleks hamda uzluksiz tayyorgarligini
ta’minlash;
j) o‘quv jarayonining tashkiliy ishlarini kompyuterlashtirishga sharoit yaratish.
Fanlar bo‘yicha talabalar bilimini semestrda baholab borish reyting nazorati
jadvallari va baholash mezonlari asosida amalga oshiriladi.
Nazorat turlari, uni o‘tkazish tartibi va mezonlari kafedra mudiri tavsiyasi bilan
oliy ta’lim muassasasining (fakultet) o‘quv-uslubiy kengashida muhokama qilinadi va
tasdiqlanadi hamda har bir fanning ishchi o‘quv dasturida mashg‘ulot turlari bilan
birgalikda ko‘rsatiladi.
Reyting nazorati jadvallari, nazorat turi, shakli, soni hamda har bir nazoratga
ajratilgan maksimal ball, shuningdek, joriy va oraliq nazoratlarning saralash ballari
haqidagi ma’lumotlar fan bo‘yicha birinchi mashg‘ulotda talabalarga e’lon qilinadi.
Talabalarning bilim saviyasi va o‘zlashtirish darajasining Davlat ta’lim
standartlariga muvofiqligini ta’minlash uchun quyidagi nazorat turlarini o‘tkazish
nazarda tutiladi:
joriy nazorat (JN) — talabaning fan mavzulari bo‘yicha bilim va amaliy
ko‘nikma darajasini aniqlash va baholash usuli. Joriy nazorat fanning xususiyatidan
kelib chiqqan holda, seminar, laboratoriya va amaliy mashg‘ulotlarida og‘zaki so‘rov,
test o‘tkazish, suhbat, nazorat ishi, kollokvium, uy vazifalarini tekshirish va shu kabi
boshqa shakllarda o‘tkazilishi mumkin;
oraliq nazorat (ON) — semestr davomida o‘quv dasturining tegishli (fanning
bir necha mavzularini o‘z ichiga olgan) bo‘limi tugallangandan keyin talabaning bilim
va amaliy ko‘nikma darajasini aniqlash va baholash usuli. Oraliq nazoratining soni (bir
semestrda ikki martadan ko‘p o‘tkazilmasligi lozim) va shakli (yozma, og‘zaki, test va
hokazo) o‘quv faniga ajratilgan umumiy soatlar hajmidan kelib chiqqan holda
belgilanadi;
yakuniy nazorat (YAN) — semestr yakunida muayyan fan bo‘yicha nazariy
bilim va amaliy ko‘nikmalarni talabalar tomonidan o‘zlashtirish darajasini baholash
usuli. YAkuniy nazorat asosan tayanch tushuncha va iboralarga asoslangan «YOzma
ish» shaklida o‘tkaziladi.
Oraliq nazoratni o‘tkazish jarayoni kafedra mudiri tomonidan tuzilgan
komissiya ishtirokida davriy ravishda o‘rganib boriladi va uni o‘tkazish tartiblari
buzilgan hollarda, oraliq nazorat natijalari bekor qilinadi hamda oraliq nazorat
qayta o‘tkaziladi.
Oliy ta’lim muassasasi rahbarining buyrug‘i bilan ichki nazorat va
monitoring bo‘limi yoki o‘quv-uslubiy boshqarma rahbarligida tuzilgan komissiya
ishtirokida yakuniy nazoratni o‘tkazish jarayoni davriy ravishda o‘rganib boriladi
va uni o‘tkazish tartiblari buzilgan hollarda, yakuniy nazorat natijalari bekor
qilinadi hamda yakuniy nazorat qayta o‘tkaziladi.
Talabalarning bilim saviyasi, ko‘nikma va malakalarini nazorat qilishning
reyting tizimi asosida talabaning har bir fan bo‘yicha o‘zlashtirish darajasi ballar
orqali ifodalanadi.
Har bir fan bo‘yicha talabaning semestr davomidagi o‘zlashtirish ko‘rsatkichi
100 ballik tizimda butun sonlar bilan baholanadi.
Ushbu 100 ball nazorat turlari bo‘yicha quyidagicha taqsimlanadi:
yakuniy nazoratga — 30 ball;
joriy va oraliq nazoratlarga — 70 ball (fanning xususiyatidan kelib
chiqqan holda 70 ball kafedra tomonidan joriy va oraliq nazoratlarga taqsimlanadi).
Talabaning reyting daftarchasi yoki talabalar reytingini hisobga olish
elektron tizimiga alohida qayd qilinadigan kurs ishi (loyihasi, hisob-grafik ishlari),
malakaviy amaliyot, fan (fanlararo) bo‘yicha yakuniy davlat attestatsiyasi, bitiruv
malakaviy ishi va magistratura talabalarining ilmiy-tadqiqot va ilmiy-pedagogik
ishlari, magistrlik dissertatsiyasi bo‘yicha o‘zlashtirish darajasi — 100 ballik
tizimda baholanadi.
Talabaning fan bo‘yicha o‘zlashtirish ko‘rsatkichini nazorat qilishda
quyidagi namunaviy mezonlar (keyingi o‘rinlarda namunaviy mezonlar deb
yuritiladi) tavsiya etiladi:
Ball
Talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi
lozim
86-100
xulosa va qaror qabul qilish;
ijodiy fikrlay olish;
mustaqil mushohada yurita olish;
olgan bilimlarini amalda qo’llay olish;
mohiyatini tushunish;
bilish, aytib berish;
tasavvurga ega bo’lish.
71-85
mustaqil mushohada yurita olish;
olgan bilimlarini amalda qo’llay olish;
mohiyatini tushunish;
bilish, aytib berish;
tasavvurga ega bo’lish.
55-70
mohiyatini tushunish;
bilish, aytib berish;
tasavvurga ega bo’lish.
0-54
aniq tasavvurga ega bo’lmaslik;
bilmaslik.
Namunaviy mezonlar asosida muayyan fandan joriy va oraliq nazoratlar
bo‘yicha aniq mezonlar ishlab chiqilib, kafedra mudiri tomonidan tasdiqlanadi va
talabalarga e’lon qilinadi.
Talabalarning o‘quv fani bo‘yicha mustaqil ishi joriy, oraliq va yakuniy
nazoratlar jarayonida tegishli topshiriqlarni bajarishi va unga ajratilgan ballardan
kelib chiqqan holda baholanadi.
Talabaning fan bo‘yicha bir semestrdagi reytingi quyidagicha aniqlanadi:
, bu erda:
V — semestrda fanga ajratilgan umumiy o‘quv yuklamasi (soatlarda);
— fan bo‘yicha o‘zlashtirish darajasi (ballarda).
Fan bo‘yicha joriy va oraliq nazoratlarga ajratilgan umumiy ballning 55 foizi
saralash ball hisoblanib, ushbu foizdan kam ball to‘plagan talabalar yakuniy
nazoratga kiritilmaydi.
Joriy va oraliq nazorat turlari bo‘yicha 55 va undan yuqori ballni to‘plagan
talaba fanni o‘zlashtirgan deb hisoblanadi va ushbu fan bo‘yicha yakuniy nazoratga
kirmasligiga yo‘l qo‘yiladi.
Oraliq va yakuniy nazorat turlari kalendar tematik rejaga muvofiq dekanat
yoki fakultet tuzilmasi bo‘lmagan oliy ta’lim muassasalarida o‘quv bo‘limi (o‘quv-
uslubiy boshqarma) tomonidan tuzilgan reyting nazorat jadvallari asosida
o‘tkaziladi. YAkuniy nazorat semestrning oxirgi 2 haftasi mobaynida o‘tkaziladi.
Talaba fan bo‘yicha kurs loyihasi (ishi)ni ushbu fan bo‘yicha to‘plagan
ballari umumlashtirilishiga qadar topshirishi shart.
Joriy va oraliq nazoratlarda saralash balidan kam ball to‘plagan va uzrli
sabablarga ko‘ra nazoratlarda qatnasha olmagan talabaga qayta topshirish uchun,
navbatdagi shu nazorat turigacha, so‘nggi joriy va oraliq nazoratlar uchun yakuniy
nazoratgacha bo‘lgan muddat beriladi.
Kasalligi sababli darslarga qatnashmagan hamda belgilangan muddatlarda
joriy, oraliq va yakuniy nazoratlarni topshira olmagan talabalarga fakultet dekani
farmoyishi yoki fakultet tuzilmasi bo‘lmagan oliy ta’lim muassasalarida o‘quv
bo‘limi (o‘quv-uslubiy boshqarma) yoki o‘quv ishlari bo‘yicha prorektorning
ruxsatnomasi asosida, o‘qishni boshlaganidan so‘ng ikki hafta muddatda qayta
topshirishga ruxsat beriladi.
Talabaning semestrda joriy va oraliq nazorat turlari bo‘yicha to‘plangan
ballari ushbu nazorat turlari umumiy ballining 55 foizidan kam bo‘lsa yoki semestr
yakunida joriy, oraliq va yakuniy nazorat turlari bo‘yicha to‘plangan ballari
yig‘indisi 55 balldan kam bo‘lsa, u akademik qarzdor deb hisoblanadi.
Akademik qarzdor talabalarga semestr tugaganidan keyin (bahorgi semestr
natijalari bo‘yicha esa, talabalarning yozgi ta’tili hamda professor-o‘qituvchilarning
mehnat ta’tilidan so‘ng) qayta o‘zlashtirish uchun bir oy muddat beriladi. SHu
muddat davomida fanni o‘zlashtira olmagan talaba fakultet dekani yoki fakultet
tuzilmasi bo‘lmagan oliy ta’lim muassasalarida o‘quv bo‘limi (o‘quv-uslubiy
boshqarma) boshlig‘ining tavsiyasiga ko‘ra belgilangan tartibda rektorning
buyrug‘i bilan kursdan qoldiriladi.
Talaba nazorat natijalaridan norozi bo‘lsa, fan bo‘yicha nazorat turi natijalari
e’lon qilingan vaqtdan boshlab bir kun mobaynida fakultet dekani yoki fakultet
tuzilmasi bo‘lmagan oliy ta’lim muassasalarida o‘quv bo‘limi (o‘quv-uslubiy
boshqarma) boshlig‘iga ariza bilan murojaat etishi mumkin. Bunday holda fakultet
dekani yoki fakultet tuzilmasi bo‘lmagan oliy ta’lim muassasalarida o‘quv bo‘limi
(o‘quv-uslubiy boshqarma) boshlig‘ining taqdimnomasiga ko‘ra rektor buyrug‘i
bilan 3 (uch) a’zodan kam bo‘lmagan tarkibda apellyasiya komissiyasi tashkil
etiladi.
Apellyasiya komissiyasi talabalarning arizalarini ko‘rib chiqib, shu kunning
o‘zida xulosasini bildiradi.
Baholashning o‘rnatilgan talablar asosida belgilangan muddatlarda
o‘tkazilishi hamda rasmiylashtirilishi fakultet dekani, kafedra mudiri, o‘quv bo‘limi
hamda ichki nazorat va monitoring bo‘limi tomonidan nazorat qilinadi.
Talabaning fan bo‘yicha nazorat turlarida to‘plagan ballari semestr yakunida
reyting qaydnomasiga butun sonlar bilan qayd qilinadi. Reyting daftarchasi yoki
talabalar reytingini hisobga olish elektron tizimining «O‘quv rejasida ajratilgan
soat» ustuniga semestr uchun fanga ajratilgan umumiy o‘quv yuklama soatlari,
«Fandan olingan baho» ustuniga esa 100 ballik tizimdagi o‘zlashtirishi qo‘yiladi.
Talabaning saralash balidan past bo‘lgan o‘zlashtirishi reyting daftarchasiga
qayd etilmaydi.
Har bir fan bo‘yicha o‘tkaziladigan nazorat turlarining natijalari guruh jurnali
hamda qaydnomada qayd etiladi va shu kunning o‘zida (nazorat turi yozma ish
shaklida o‘tkazilgan bo‘lsa, 2 (ikki) kun muddat ichida) talabalar e’tiboriga
etkaziladi.
YAkuniy nazorat natijalariga ko‘ra fan o‘qituvchisi talabalarning fan
bo‘yicha reytingini aniqlaydi hamda reyting daftarcha va qaydnomaning tegishli
qismini to‘ldiradi.
Talabalar reytingini hisobga olish elektron tizimi joriy etilgan oliy ta’lim
muassasalarida talabalarning fan bo‘yicha reytingi reyting qaydnomasi va ushbu
tizimga qayd etiladi.
Talabaning reytingi uning bilimi, ko‘nikmasi va malakalari darajasini
belgilaydi. Talabaning semestr (kurs) bo‘yicha umumiy reytingi barcha fanlardan
to‘plangan reyting ballari yig‘indisi orqali aniqlanadi.
Talabalar umumiy reytingi har bir semestr va o‘quv yili yakunlangandan
so‘ng e’lon qilinadi.
Diplom ilovasi yoki akademik ma’lumotnomani dekanat yoki fakultet
tuzilmasi bo‘lmagan oliy ta’lim muassasalarida o‘quv bo‘limi (o‘quv-uslubiy
boshqarma) tomonidan rasmiylashtirishda fan bir necha semestr davom etgan
bo‘lsa, reytinglar yig‘indisi olinadi.
Talabaga imtiyozli diplom belgilashda uning har bir semestr yakunidagi
fanlar bo‘yicha o‘zlashtirish ko‘rsatkichi hisobga olinadi.
Joriy, oraliq va yakuniy nazorat natijalari kafedra yig‘ilishlari, fakultet va
oliy ta’lim muassasasi Ilmiy kengashlarida muntazam ravishda muhokama etib
boriladi va tegishli qarorlar qabul qilinadi.
Mutaxassislarning fikricha bugungi kunda talabalar bilimini nazorat qilish
va baholashning reyting tizimi sohasidagi muammolar quyidagilardan iborat:
semestr davomida o‘qitilayotgan fanlarni talaba tizimli tarzda va
belgilangan muddatlarda o‘zlashtirishi ko‘zda tutilgan bo‘lsa-da, lekin
aksariyat holatlarda ayrim talabalar JN va ON nazorat turlarini o‘z vaqtida
topshirmaydilar;
ta’lim
yo‘nalishlari
va
mutaxassisliklari
bo‘yicha
semestrdagi
fanlardan yakuniy nazoratlarni o‘tkazish shakli (yozma yoki og‘zaki) fakultet
Kengashi tomonidan fan xususiyatlaridan kelib chiqib belgilanadi. YAN
o‘tkazilgach, yozma ishlarni baholash uchun 2 kun, og‘zaki baholashga 1 kun
muddat berilishi ma’lum muammolarning kelib chiqishiga sabab bo‘ladi.
Jumladan, katta potoklarda dars o‘tgan professor-o‘qituvchilar bu muddatda
talabalar o‘zlashtirishini haqqoniy baholab, natijalarini ularga ma’lum qilishga va
qaydnomalarni rasmiylashtirishga ulgurmaydi;
o‘qitilayotgan fanlarning xususiyatlaridan kelib chiqib, yakuniy
nazoratlarni o‘tkazish bo‘yicha talablarni professor-o‘qituvchilar tomonidan ishlab
chiqilishi
hamda
tegishli
kengashlarda
muhokama
qilinishi
maqsadga
muvofiq bo‘lar edi;
amaliyotda professor-o‘qituvchilar tomonidan reyting qaydnomalarini
rasmiylashtirishda qaydnomalardagi ballarning ustidan bo‘yab yozish, reyting
ballarini noto‘g‘ri hisoblab chiqarish, ballarni butun sonlar bilan qayd qilmaslik va
hokazolar kabi ko‘plab xatoliklarga yo‘l qo‘yilmoqda;
talabalarning
nazorat
turlari
bo‘yicha
erishgan
natijalari
kafedralar, dekanatlar va o‘quv-uslubiy boshqarmasida kompyuter xotirasiga
kiritilsa-da, ammo muntazam ravishda mutasaddi xodimlar va kafedralar
tomonidan tahlil qilib borish imkoniyatlari cheklangan. Bu muammo talabalar va
fanlar sonining ko‘pligidan kelib chiqmoqda;
ayrim dekanatlar va kafedralarda talabalar bilimini fanlar bo‘yicha reyting
nazorati rejasi, fanlardan joriy, oraliq va yakuniy nazoratlar bo‘yicha fakultet
kengashi tomonidan tasdiqlangan savollar ro‘yxati, joriy va oraliq nazorat
natijalari Reyting oynasida muntazam ravishda yoritib borilmayapti.
Mavzuni mustahkamlash uchun nazorat savollari:
1.
Ta’lim jarayonida baholashning ahamiyati nima?
2.
Baholashni qanday shakllari va turlari mavjud?
3.
Baholashga qanday mezonlar qo’yiladi?
4.
Baholashning “5” ballik tizimi qanday afzallik va kamchiliklarga ega?
5.
Baholashda ta’lim beruvchining shaxsiy qarashlari bilan bog’liq qanday
xatolar uchraydi?
6.
Baholashni reyting tizimi mohiyatini tushuntiring?
7.
Reyting tizimi bo’yicha joriy va oraliq nazoratlarga necha ball ajratiladi?
10. DARS TAHLILI VA UNI O’TKAZISH METODIKASI
Tayanch so’z va iboralar: Dars tahlili maqsadi, tarkibiy qismlari, tashkiliy
|