• Axborot xavfsizligiga tahdid deganda
  • Axborotni himoyalashning maqsadlari quyidagilardan iborat




    Download 455,49 Kb.
    bet4/6
    Sana23.11.2023
    Hajmi455,49 Kb.
    #104169
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    Muzaffar AX xavflarni boshqarish
    Rahmonov H. O.T. 1-topshiriq, Elektron-tijorat Tulqunov Fazliddin, Global tarmoqlar (wan) va ularning qurilish usullari. Wan tarmog, 1-ma\'ruza (2-semestr) 2021-22, Reja Sinflashtirsh tushunchasi, sement sanoati, 5- Бетон учун майда ва йирик тулдиргичлвр, Muzaffar kbs 2, o-zbekiston-respublikasida-ayollar-mehnat-faoliyatini-muhofaza-qilishning-ahamiyati-va-ularga-yaratilayotgan-shart-sharoitlar, Saidov Rahmon Xolmurodovich, 627-19 ТЛ Ibrokhim Zayniddinov, 1-Mavzu Davlat byudjetining mohiyati va ahamiyati, Uzumbank, 2 5343653736789064719
    Axborotni himoyalashning maqsadlari quyidagilardan iborat:

    • axborotning kelishuvsiz chikib ketishi, ugirlanishi, yo’qotilishi, o’zgartirilishi, soxtalashtirilishlarning oldini olish;

    • shaxs, jamiyat, davlat xavfsizliligiga bulgan xavf – xatarning oldini olish;

    • axborotni yo’q qilish, o’zgartirish, soxtalashtirish, nusxa kuchirish, tusiklash buyicha ruxsat etilmagan xarakatlarning oldini olish;

    • xujjatlashtirilgan axborotning mikdori sifatida xukukiy tartibini ta’minlovchi, axborot zaxirasi va axborot tizimiga xar kanday nokonuniy aralashuvlarning kurinishlarining oldini olish;

    • axborot tizimida mavjud bulgan shaxsiy ma’lumotlarning shaxsiy maxfiyligini va konfidentsialligini saklovchi fukarolarning konstitutsion xukuklarini himoyalash;

    • davlat sirini, konunchilikka mos xujjatlashtirilgan axborotning konfidentsialligini saklash;

    • axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni ta’minlovchi vositalarni yaratish, ishlab chikish va qo’llashda sub’ektlarning xuquqlarini ta’minlash.

    Himoyalanishni taxlillash vositalari zaifliklarni to’ib va o’z vaqtida yo’q qilib xujumni amalga oshirish imkoniyatini bartaraf qiladi. Natijada, himoyalash vositalarini ishlatilishiga bo’ladigan barcha sarf-harajatlar kamayadi.
    Axborot xavfsizligiga tahdid deganda “axborotning buzilishi yoki yo’qotilishi xavfiga olib keluvchi himoyalanuvchi obyektga qarshi qilingan harakatlar tushuniladi” . Zamonaviy korporativ tarmoqlar va tizimlar duchor bo’ladigan keng tarqalgan tahdidlarni tahlillaymiz. Hisobga olish lozimki, xavfsizlikka tahdid manbalari korporativ axborot tizimining ichida (ichki manba) va uning tashqarisida (tashqi manba) bo’lishi mumkin. Bunday ajratish to’g’ri, chunki bitta tahdid uchun (masalan, o’g’irlash) tashqi va ichki manbalarga qarshi harakat usullari turlicha bo’ladi. Bo’lishi mumkin bo’lgan tahdidlarni hamda korporativ axborot tizimining zaif joylarini bilish xavfsizlikni ta’minlovchi eng samarali vositalarni tanlash uchun zarur hisoblanadi. “Umumjahon axborot globallashuvi jarayonlari axborotkommunikatsiya texnologiyalarini nafaqat mamlakatlar iqtisodiyoti va boshqa sohalariga joriy etish, balki axborot tizimlari xavfsizligini ta’minlashni ham taqozo etayapti” .“O‘zbekiston axborot va kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi xalqaro xavfsizlik tizimiga Markaziy Osiyoda birinchilardan bo‘lib qo‘shildi” . Bugungi kunda axborot xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi tomonidan quyidagi choratadbirlar amalga oshiriladi:

    • Ma’lumotlar uzatish, telekommunikatsiya tarmoqlari, teleradioefir hamda axborot tizimlarida axborot xavfsizligini ta’minlashni takomillashtirish va rivojlantirish bo‘yicha davlat siyosatini yuritish;

    • Axborot xavfsizligiga oid qonunchilik va me’yoriy-huquqiy hujjatlarining yaratilishini tashkil qilish va bunda ishtirok etish;

    • Axborot tizimlari komplekslari, resurslari va ma’lumotlar bazalarining axborot xavfsizligini ta’minlash;

    • davlat organlarining axborot tizimlari va resurslari axborot xavfsizligi siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirishga ko‘maklashish;

    • davlat axborot tizimlari va resurslarining axborot xavfsizligini ta’minlash yuzasidan monitoring natijalari to‘g‘risidagi statistik ma’lumotlarni O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasiga belgilangan tartibda taqdim etish;

    • telekommunikatsiyalar tarmoqlarining operatorlari va provayderlari bilan hamkorlik qilish, davlat organlarining kompyuter va axborot texnologiyalaridan foydalanish sohasidagi qonun buzilishlarining oldini olish masalalari bo‘yicha birgalikdagi ishlarini tashkil etish va ularning faoliyatini muvofiqlashtirish;

    • Internetning milliy foydalanuvchilarini Internet tarmog‘i milliy segmentida axborot xavfsizligiga paydo bo‘layotgan tahdidlar to‘g‘risida o‘z vaqtida xabardor qilish, shuningdek axborotlarni muhofaza qilish bo‘yicha konsultatsiya xizmatlari ko‘rsatish;

    • qonun buzuvchilarni tahlil qilish, identifikatsiyalashda, axborotlar makonidagi ruxsatsiz yoxud buzuvchi harakatlarni amalga oshirishda foydalaniladigan metodlar va vositalarni tahlil qilishda huquqni muhofaza qilish organlari bilan hamkorlik qilish;

    • Internet tarmog‘i milliy segmentida axborot xavfsizligi hodisalarining oldini olish bo‘yicha o‘zaro amaliy ishlarni tashkil etish maqsadida axborot xavfsizligi sohasidagi xalqaro hamkorlikni rivojlantirish.

    Mamlakatimizda axborot sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi normalarning asosiy manbayi bu O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyasi hisoblanadi. Davlat va jamiyat hayotining eng muhim va istiqbolga mo’ljallangan reja va oliy maqsadlari ham aynan asosiy qonunda belgilab qo’yiladi. Jumladan, axborot va u bilan bog’liq munosabatlar ham asosiy qonunimizning “Shaxsiy huquq va erkinliklar” bobida belgilab qo’yilgan. Qolgan barcha axborot sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi qonun va qonunosti hujjatlari asosiy qonunimiz bo’lmish Konstitutsiyamiz asosida va unda belgilab qo’yilgan normalarni mustaxkamlash uchun qabul qilingan. Davlat va jamiyatning eng muhim jabhalarini dastlabki tarzda tartibga soluvchi me’yoriy huquqiy hujjat hisoblanmish konstitutsiyamizning ko‘plab normalarida ham aynan axborot havfsizligining huquqiy jihatdan daslabki tarzda tartibga solinganligini ko‘rishimiz mumkin. Jumladan, konstitutsiyamizning , 9, moddalaridagi normalar mamlakatimizdagi axborot sohasiga oid munosabatlarni tartibga soluvchi dastlabki bosh huquqiy manba, asos hisoblanadi. Axborot xavfsizligini ta’minlashning huquqiy asoslari sifatida O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyasining - moddasini, ya’ni “Ommaviy axborot vositalari erkindir va qonunga muvofiq ishlaydi. Ular axborotning to‘g‘riligi uchun belgilangan tartibda javobgardirlar. Senzuraga yo‘l qo‘yilmaydi” deb mustaxkamlangan normada ham axborot sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi normani ko‘rishimiz mumkin. Ushbu norma orqali mamlakatimizda axborot bilan uzviy ravishda faoliyat olib boruvchi soha vakillarining va sektorlarning o‘zlari yig‘ayotgan, tarqatayotgan axborotlarining ishonchliligi va asoslanganligi, axborot va unga qo‘yilgan talab va me’yorlarga rioya qilinganligi uchun bevosita ma’suldirlar. Ya’ni uzatilayotgan axborot haqiqatga to‘g‘ri kelishligi va chinligi uchun ommaviy axborot vositalari bevosita javobgardirlar. Bundan tashqari konstitutsiyamizning va 9- moddalaridagi quyidagi normalar ham axborot xavfsizligini bevosita ta’minlashga xizmat qiluvchi asosiy huquqiy norma hisoblanadi: “Xech kim qonun nazarda tutgan hollardan va tartibidan tashqari birovning turar joyiga kirishi, tintuv o‘tkazishi yoki uni ko‘zdan kechirishi, yozishmalar va telefonda so‘zlashuvlar sirini oshkor qilishi mumkin emas”, bu konstitutsiyaviy normada ham axborotning xavfsizligini ta’minlash va fuqarolarning axborot sohasidagi xavfsizligini ximoya qiluvchi norma mustaxkamlangan. Yuqoridagi normalarning buzilishi oqibatlari esa belgilangan tartibda javobgarlik keltirib chiqaradi. Konstitutsiyamizdagi 9-moddada ham aynan shu munosabatlarning huquqiy tartibga solinganligini ko‘rishimiz mumkin. “Har kim fikrlash, so‘z va e’tiqod erkinligi huquqiga ega. Xar kim o‘zi istagan axborotni izlash, olish va uni tarqatish huquqiga ega, amaldagi konstitutsiyaviy tuzumga qarshi qaratilgan ahborot va qonun bilan belgilangan boshqa cheklovlar bundan mustasnodir. Fikr yuritish va uni ifodalash erkinligi faqat davlat siri va boshqa sirlarga taaluqli bo‘lgan taqdirdagina qonun bilan cheklanishi mumkin” .



    Download 455,49 Kb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 455,49 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Axborotni himoyalashning maqsadlari quyidagilardan iborat

    Download 455,49 Kb.