O’zbekiston respublikasi va o’rta maxsus ta’lim vazirligi giliston davlat universiteti




Download 5,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/123
Sana12.12.2023
Hajmi5,15 Mb.
#116621
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   123
Bog'liq
portal.guldu.uz-O`quv uslubiy majmua

Sovunlash natriy karbonat (kalsiyli soda) yordamida olib boril-ganligi uchun sanoatda 
karbonatli sovunlash deb yuritiladi. Karbonatli sovunlashda qozonga 28-30%-li natiriy karbonat 
eritmasi hisoblangan miqdori beriladi, o‘tkir bug‘ bilan qaynashgacha qizdirilib, retseptura 
bo‘yicha issiq yog‘ kislotalar kiritiladi (avval yog‘ kislotalar keyin sintetik yog‘ kislotalar). Agar 
avval yog‘ kislotalar keyin soda berilsa, nordon sovun hosil bo‘lib qolishi mumkin. Sovun 
massasida Na
2
CO
3
miqdori 0,5% dan ko‘p bo‘lmasa, karbonatli sovunlash tugagan deb 
hisoblanadi. 
 To‘liq sovunlash 40-42% li NaOH (kaustik soda) eritmasi bilan davom ettiriladi. NaOH 
ishqori qozonga qaynash va aralashtirishda porsiyalab beriladi. Ishqorning ortiqcha miqdori 
sovun massasini pishirishning oxirida 0,1-0,2% bo‘lishi lozim. Kaustik soda yordamida to‘liq 
sovunlash 30minut davomida qaynatilgandan so‘ng, ishqor miqdori o‘zgarmas bo‘lganda oxiriga 
etgan deb hisoblanadi. 
Tuzlashda sovunli elimga o‘tkir bug‘ bilan qaynatib va aralashtirib turib 20% li NaS1 
eritmasi qo‘shiladi. Tuzlash tugagach, massa bir tekis qaynaydi. Pulat andavachadan elim yupka 
qatlam bo‘lib oqib tushadi.
Tindirish tuzlashdan keyingi jarayon bo‘lib, sovunli massa bir necha soat davomida 
tindiriladi: asosiy qism (sovun yadrosi) + sovunosti elimi hosil bo‘ladi. Asosiy qism 60-63% 
yog‘ kislotalardan iborat. Tindirish davomiyligi qozon sig‘imiga bog‘liq. Masalan, qozon sigimi 
50m
3
bo‘lsa, tindirish 20-30 soat davom ettiriladi. Tindirish natijasida sovun yadrosi va sovun 
osti ishqori ajraladi. Sovun osti ishqori ajratilib, sovun yadrosi quritishga uzatiladi. 
Silliklash asosan atir sovunlar ishlab chiqarishda qo‘llaniladi. Bu jarayon issiq suv bilan 
yoki qaynatib aloxida porsiyalar bilan qo‘shiladigan NaOH va NaS1 eritmalari bilan bajariladi.
Ishqor miqdori 0,5-0,8% , NaCI 0,7–1,0% miqdorda ushlab turiladi. Silliqlash suvning oxirgi 
porsiyasi qo‘shilgandan so‘ng bir soat intensiv qaynatilgandan keyin tugatiladi. Tayyor atir 
sovun asosi tarkibi quyidagicha bo‘ladi: yog‘ kislotalari 61,5% dan ortiq, NaOH 0,06-0,12%, 
sovunlanmagan yog‘ 0,2% dan ko‘p emas, NaCI miqdori 0,4% dan ko‘p bo‘lmasligi kerak. 
Sovun asosini qayta ishlash va uni tovar xolatga keltirish xo‘jalik sovuni sovutiladi, 
quritiladi, mexaniq ishlov beriladi, formovka qilinadi, bo‘laklarga bo‘linadi, muxrlanadi va 
tayyor sovun bo‘laklari yaщiklarga joylanadi. 
Atir sovuni esa sovutilgandan, quritgandan va mexanik ishlov berilgandan so‘ng, 
xushbo‘y moddalar, bo‘yoqlar, oksidlanishga qarshi va boshqa qo‘shimchalar qo‘shilib, 
qo‘shimcha mexanik ishlov berilib, formovka qilinadi, kesiladi, tayyor bo‘lgan bo‘lakchalar 
quritib, muxrlanadi va o‘ralib qutilarga joylanadi. 


42 
Zamonaviy uskunalarda sovutish va quritish birlashtirilgan. Usulning mazmuni shundaki 
qizdirilgan (120-140
0
C) sovun asosi vakuum kameraga sepilib, 15-40mm.sm.ust. qoldiq bosimda 
quritiladi va sovutiladi. Kameradan chiqqan sovun qirindisiga shnek-pressda mexanik ishlov 
berilib, brusok holida chiqariladi. So‘ngra bo‘lakchalarga kesilib shtamplanadi. Tayyor tovar 
sovun qutilarga taxlanadi. 
Xo‘jalik sovuni asosini uzluksiz usul bilan tayyorlash . Xo‘jalik sovuni asosini uzluksiz 
usul bilan tayyorlash pishirish jarayoni davomiyligini 10 martagacha, bug‘ sarfini, ishlab 
chiqarish maydonini qisqartiradi. TNB-2 apparatida sovun asosini tayyorlash quyidagicha 
amalga oshiriladi.

Download 5,15 Mb.
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   123




Download 5,15 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’zbekiston respublikasi va o’rta maxsus ta’lim vazirligi giliston davlat universiteti

Download 5,15 Mb.
Pdf ko'rish