• Mavzuni o’zlashtirish uchun qo’shimcha materiallar ...........
  • O’zbekiston respublikasi va o’rta maxsus ta’lim vazirligi giliston davlat universiteti




    Download 5,15 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet2/123
    Sana12.12.2023
    Hajmi5,15 Mb.
    #116621
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   123
    Bog'liq
    portal.guldu.uz-O`quv uslubiy majmua
    4mGxPdsr4ORQDcwLvFAxBQ28r1HAPaHj1bsBRt4Z
     
     
    Testlar ......................................................................................
     
     
    Ishchi fan dasturiga muvofiq baholash mezonlarini 
    qo’llash bo’yicha uslubiy ko’rsatmalar ...................................
     
     
    Mavzuni o’zlashtirish uchun qo’shimcha materiallar ...........
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     



     
    1- MA’RUZA. OZIQ-OVQAT MAXSULOTLARINI ISHLAB CHIQARISHNING 
    ASOSLARI VA XOM ASHYOLARI.OZIQ-OVQAT MAHSULOTLARI 
    TEXNOLOGIYALARINING ILMIY ASOSLARI 
    Reja. 
    1. Oziq-ovqat maxsulotlarini ishlab chiqarishning asoslari 
    2. Oziq-ovqat sanoatining halq xo‘jaligi kompleksdagi o‘rni va roli. 
    3. O‘simlik va xayvonot xomashyosi.
    4. Xom-ashyoni birlamchi va ikkilamchi qayta ishlash korxonalari..
    5. Xomashyolarni saqlash va qayta ishlashga tayyorlash.
    6.Saqlash jarayonida xomashyolardagi boradigan jarayonlar.
     
    Tayanch» so‘z va iboralar : O‘simlik xom ashyolari, xayvon xom ashyolari, korxanalar 
    turlari, fizik-kimyoviy yo‘qotishlar, biologik yo‘kotishlar, kimyoviy yo‘qotishlar, biologik 
    yo‘kotishlar, kimyoviy yo‘qotishlar, saqlash vazifalari, saqlash prinsiplari, terimdan keyingi 
    pishish, tinch holat. 
    Respublika hukumatining eng muhm vazifalaridan biri aholining iste’mol tovarlariga 
    ya’ni oziq-ovqat masulotlariga nisbatan o‘sib borayotgan talabini qondirishdir. Chunonchi, aholi 
    oziq-ovqat hamda nooziq-ovqat mahsulotlari bilan to‘liq ta’minlanishi natijasida ularning 
    farovon hayot kechirishlari uchun asos yaratiladi. Bu talabni qondirish oziq-ovqat korxonlari 
    sonini ko‘paytirish va oziq-ovqat xom ashyo bazasini kengaytirish, hamda ulardan ratsional 
    foydalanish, tarmoq korxonlariga yangi innovatsion texnologiyalarni joriy etish, orqali hal etadi.
    Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash korxonalarining barcha tarmoqlarini 
    o‘zaro uyg‘unlashishi (integratsiyalashuvi) hamda ixtisoslashishi natijasida aholining ikki xil 
    ehtiyojini qondiradigan mahsulotlar ishlab chiqarilib, iste’molchilarga etkazib berilishi zarur. 
    Ulardan birinchisi oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish. U oziq-ovqat mahsulotlari 
    majmuasiini tashkil etadi. Unga non va non mahsulotlari, qandolat, shakar, go‘sht va go‘sht 
    mahsulotlari, choy, uzum vinosi, kon’yak, aroq, turli xildagi konservalar va boshqa mahsulotlar 
    kiradi. Bu oziq-ovqat mahsulotlari inson organizmi uchun zarur moddalarni berib, uning sog‘lom 
    o‘sishini ta’minlaydi. Shu bilan birga agrosanoat majmuasi aholi uchun hayot kechirish 
    jarayonida foydalaniladigan tovarlar ishlab chiqaradi. U xalq iste’moli mollari majmuasini 
    tashkil etadi. Unda oyoq kiyimi, kiyim-bosh, gazlamalar, sanoat spirti, texnika yog‘lari va 
    boshqa mahsulotlar ishlab chiqariladi. Shu majmua rivojlanishi bilan aholining yashash sharoiti 
    o‘zgaradi. Bu erda aholining zarur bo‘lgan boshqa buyumlar, vositalar, shuningdek, uy-joy bilan 
    ta’minlanishi, unga turli xildagi xizmatlar ko‘rsatilishi va boshqalar ham e’tiborga olinishi kerak. 
    Aholining oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlanishi davlatning oziq-ovqat xavfsizligiga 
    ham bog‘liq. Chunki mamlakat miqyosida oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi unga 
    bo‘lgan mamlakat ehtiyojini tashqi omillarga (chet el davlatlariga) bog‘lanmagan holda 
    ta’minlashi lozim. SHuning natijasida mamlakat miqyosida siyosiy-iqtisodiy hamda ijtimoiy 
    barqarorlik ta’minlanadi. O‘zbekiston Respublikasi sobiq ittifoq tarkibida bo‘lgan davrda uning 
    un va un mahsulotlariga bo‘lgan talabi asosan respublikaga chetdan keltiriladigan mahsulotlar 
    evaziga qondirilardi. 
    Bu holatni respublika mustaqilligi davrida saqlab qolish mutlaqo maqsadga muvofiq 
    emas edi. Shuning uchun ham respublika hukumati o‘tish davrining birinchi yillaridan boshlab 
    g‘alla mustaqilligi siyosatini izchillik bilan amalga oshirildi. Bunga erishish uchun samarali 
    hisoblangan paxta xomashyosi ishlab chiqarish hajmini kamaytirishga harakat qilindi. Natijada 
    «ikkinchi non» hisoblangan kartoshka etishtirish ham rivojlantirildi. Hozirgi davrda 
    mahsulotning bu turi chet eldan sotib olinayotgani yo‘q, chunonchi, bu borada ham davlat 
    xavfsizigiga erishilmoqda, lekin hozirgi davrda respublika aholisining go‘sht va go‘sht 
    mahsulotlari, sut va sut mahsulotlari, yog‘ mahsulotlari bilan ta’minlanish darajasi tibbiyot 



    normativiga nisbatan ancha past. Bu masalani hal etish maqsadida agrosanoat majmuasi 
    markaziy bo‘g‘ini hisoblangan qishloq xo‘jaligining barcha tarmoqlarini intensiv rivojlantirishga 
    alohida e’tibor berilmoqda. Bunda chorvachilik tarmoqlarini ustuvor sur’atlarda rivojlantirishga 
    harakat qilinmoqda. Jumladan, parrandachilikni sanoat negizida rivojlantirishga alohida 
    ahamiyat berilmoqda. Qoramolchilik, qo‘ychilik bilan shug‘ullanadigan nodavlat korxonalari 
    uchun har tomonlama iqtisodiy imkoniyatlar yaratilmoqda. Ularni moliyaviy mablag‘lar bilan 
    barqaror ravishda ta’minlash maqsadida imtiyozli kreditlar berish yo‘lga qo‘yilmoqda, soliq 
    imtiyozlari berilmoqda, ularning ishlab chiqarishlari uchun zarur bo‘lgan, chet ellardan 
    keltirilayotgan vositalar bojxona to‘lovlaridan ozod etilmoqda. Bularning hammasi xalq 
    iste’moli mollari miqdorini ko‘paytirishga yo‘naltirilgan tadbirlar hisoblanadi. 
    Mutaxassislarning ta’kidlashicha, inson salomatligi va umrining uzoqligi 70% uning 
    ovqatlanish va hayot tarziga, 20% tibbiy xizmat holatiga va 10% uning hayotiy tug‘ma 
    ko‘rsatkichlariga bog‘liq. Keltirilgan ma’lumotlar inson salomatligining holati va umrini 
    uzaytirishda oziq – ovqat va uni ishlab chiqaruvchi sanoatning ahamiyati haqida aniq tasavvur 
    beradi.
    Oziq – ovqat mahsulotlarini aholining faol va sog‘lom turmush ehtiyoji uchun zarur 
    miqdorda sotib olish kafolatlangan jismoniy va iqtisodiy imkoniyati – uning yashashi, 
    jamiyatning sotsial barqarorligi va mamlakatda pozitiv demografik holatning asosiy shartidir. 
    Hozirgi davrda oziq – ovqat mahsulotlarini o‘rtacha sutkalik iste’mol qilish Evropa 
    Ittifoqi mamlakatlarida 3390 kkal, AQSHda – 3650, Lotin Amerikasida – 2790, rivojlanayotgan 
    Osiyoda – 2650 kkalni tashkil etadi. Sutkalik ovqatlanish ratsioni O‘zbekistonda o‘rtacha 2700 – 
    2800 kkal. 
    Sutkalik ovqatlanish kaloriyaliligi darajasini oshirish birinchi navbatda mamlakat 
    iqtisodiyotini rivojlantirish va xalq farovonligini yuksaltirish bilan bog‘liq. 
    Oziq-ovqat sanoati uchun usimlikshunoslikdan olinadigan don, shakar, lavlagi, choy, 
    kofe, xar xil usimlik ildizlari, kungabokar, tamaki, kartoshka, paxta, sabzavot meva va boshkalar 
    asosiy xom ashe bulib xizmat kiladi. 
    Chorvachilikdan olinadigan xom ashega sut, gusht, tuxum va boshka chorvachilik
    maxsulotlari kiradi. 
    Erdamchi materiallar - mexnat buyumlari bulib, ishlab chikarish jaraenlarini amalga 
    oshirishga erdam beradi, lekin bevosita tayer maxsulot tarkibiga kirmaydi. Ular ikki guruxga 
    bulinadilar: 
    a)tayer maxsulotni olishda ishlatiladigan erdamchi materiallar; 
    b)mexnat vositalari iste’mol kiladigan erdamchi materiallar. 
    Yarimfabrikat - xom ashega dastlabki ishlov berilib, sung yana ishlov berishga muxtoj 
    bulgan buyumlardir. 
    Misol uchun uzum (natural xolda) vino, kon’yak, spirt ishlab chikarish uchun 
    yarimfabrikatdir. Masalan, shakar - shakar zavodlari uchun tayer maxsulot xisoblansa, rafinad 
    zavodlari uchun yarimfabrikat va konditer fabrikalar uchun xom ashe bulib xisoblanadi. 
    Oziq-ovqat sanoatida ishlab chikariladigan barcha xom ashelar ximiyaviy xossalari va 
    xususiyatlariga karab uch gurux soxalarga bulinadilar: 
    1. Qishloq xujalik boshlangich xom ashesini kaytadan ishlab beruvchi soxalar (kand 
    lavlagi, moy ishlab chikaruvchi, uzumchilik, kraxmal-patoka va spirt ishlab chikaruvchi 
    zavodlar). 
    2. Xom ashesi boshlangich ishlovdan utgan va takroriy ishlab chikarish bilan mashgul 
    bulgan (non zavodlari, konditer, makaron, rafinad, pivo pishirish) kishlok xujalik xom ashesidan 
    foydalanadigan soxalar. 
    3. Osh tuzini kovlab oladigan va tayerlaydigan, xamda mineral suvlar ishlab chikaruvchi 
    soxalar. 
    Oziq-ovqat mahsulotlari tarkibi turlicha bo‘ladi. Bunday turli tumanlik mahsulot 
    tarkibidagi moddalarning miqdori bilan belgilanadi. Oziq-ovqat xom ashyolari tarkibida 
    uglevodlar, yog‘lar, suv, qandlar kabi moddalar bo‘ladi. 
    Uglevodlar. Meva va sabzavot quruq moddasining ko‘p qismini (90%) uglevodlar tashkil 



    etadi. Yoshi o‘tgan odamning sutkadagi o‘rtacha ratsioni hazm etish bo‘yicha 500 g uglevoddan 
    tashkil topishi kerak.
    Meva va sabzavot uglevodlariga qandlar, kraxmal, sellyuloza, gemitsellyulozalar, pektin 
    moddalar kiradi.
    Qandlar. Meva va sabzavotda asosan monosaxaridlar (geksozalar), glyukoza, 
    fruktoza va disaxaridlardan saxaroza mavjud. Ozroq miqdorda arabinoza, ksiloza, mannoza, 
    galaktoza, riboza, ramnoza, sorboza kabi monosaxaridlar va maltoza, gensiobioza kabi 
    disaxaridlar hamda o‘z tuzilishi bo‘yicha qandlarga yaqin bo‘lgan olti atomli spirtlar (mannit, 
    sorbit) mavjud.
    Inson organizmida glyukoza va fruktoza bevosita qonga so‘riladi. SHuning uchun ular 
    tez va yaxshi hazm bo‘ladi. Saxaroza esa organizmda mavjud bo‘lgan invertaza fermenti 
    yordamida gidrolizlanadi, natijada glyukoza va fruktoza hosil bo‘ladi.
    Qandlar shirin ta’mi bilan ajralib turadi. SHirinlik chegarasi (shirin ta’m sezilarli bo‘lgan 
    minimal konsentratsiya) fruktoza uchun 0,25%, glyukoza uchun 0,55% saxaroza uchun esa 
    0,38% ni tashkil etadi.
    Ta’m ko‘rsatkichlari meva va sabzavot tarkibidagi nafaqat qand miqdoriga, balki kislota, 
    oshlovchi moddalar, efir moylari va boshqa birikmalarga ham bog‘liq. Meva va 
    sabzavotlarning ta’m ko‘rsatkichlarini baholash uchun ularning qand-kislota ko‘rsatkichlari 
    topiladi. Qand-kislota ko‘rsatkichi deganda, qandning foizdagi miqdorining kislotaning foizdagi 
    miqdoriga nisbati tushuniladi.
    Mevalardagi qand miqdori o‘rtacha 8 – 14% ni tashkil etadi, uzumda u ancha ko‘p (18 – 
    22, ba’zan 26% gacha). Urug‘li mahsulotlarda qandlardan fruktozaning miqdori ko‘proq, 
    glyukoza va saxarozaning miqdori kam. Gilos, olcha va olxo‘ri (vengerka), uzum va boshqa 
    rezavor mevalarning tarkibida glyukoza boy, saxaroza esa deyarli yo‘q. O‘rik va shaftolida 
    saxaroza ko‘p, monosaxaridlar esa ancha kam.
    Sabzavotda o‘rtacha 4% qandlar mavjud. Ildizmevalar (lavlagi, sabzi), ayniqsa, poliz 
    ekinlari (tarvuz, qovun)da qand miqdori ancha ko‘p. Tomatlar, baqlajon, qalampir, rangli karam, 
    sabzida glyukoza va fruktoza, yashil no‘xatda esa saxaroza ko‘proq.
    Qayta ishlash jarayonida qandlarning xossalari va ularning o‘zgarishi texnologik rejimni 
    tanlashga va tayyor mahsulot sifatiga katta ta’sir ko‘rsatadi. 
    Qandlar suvda, ayniqsa, issiq suvda yaxshi eriydi. Qandlar meva va sabzavot 
    yuvilganda, agar ularning qobig‘i zararlangan bo‘lsa yo‘qolishi mumkin. Meva va sabzavot 
    blanshirlanganda qandlar tarkibi o‘zgaradi.
    Qandlar gigroskopik xossalarga ega. Bu asosan fruktozaga tegishli. SHuni hisobga olib 
    nogermetik taraga solingan konserva mahsulotlari (djem, povidlo, quritilgan meva)larni namligi 
    baland bo‘lgan omborlarda saqlash tavsiya etilmaydi.
    Muhitning namligi etarli bo‘lgan sharoitda qandlar mikroorga-nizmlar ta’siriga uchraydi. 
    Asosan drojjalar va mog‘or zamburug‘lari ta’sir ko‘rsatadi. Ular uy temperaturasida keskin 
    rivojlanadi. SHuning uchun meva, sabzavot va ulardan ishlab chiqarilgan mahsulotlar 
    mikroorganizmlar ta’siridan himoya etilgan bo‘lishi kerak. SHuningdek, qandlarning bijg‘ishi 
    o‘simlik xom ashyosini qayta ishlashdagi ayrim texnologik jarayonlar asosini tashkil etadi 
    (tuzlamalar tayyorlashda).
    Kraxmal. Kraxmal inson organizmida tezda fermentativ yo‘l bilan parchalanadi: 
    avvalo, u amilaza ta’siri ostida gidrolizlanadi, dekstringacha parchalanadi, so‘ngra maltoza hosil 
    bo‘ladi, u esa, o‘z navbatida maltaza fermenti ta’siri ostida glyukozagacha parchalanadi.
    Kraxmal asosan tugunakmeva va donlarda yig‘iladi. Kartoshkada (12 – 25%), ko‘k 
    no‘xat, shirin jo‘xorida ko‘p miqdorda kraxmal bo‘ladi. Ko‘plab meva va sabzavotda kraxmal 
    miqdori kam (1% atrofida).
    Oziq-ovqat sanoati korxonalari qayta ishlanadigan maxsulot turiga ko‘ra ikki katta 
    guruxga bo‘linadi:
    1.O‘simlik xomashyolarini qayta ishlovchi korxonalar.
    2.Xayvonot xomashyolarini qayta ishlovchi korxonalar.



    O‘simlik xomashyolarini qayta ishlovchi korxonalarining o‘zi xomashyoni birlamchi 
    qayta ishlovchi va xomashyoni ikkilamchi qayta ishlovchi soxalar korxonalariga ajratiladi. 
    Xomashyoni birlamchi qayta ishlovchi korxonalarga un-yorma, sochma shakar, konserva, 
    birlamchi vinochilik, spirt, tamaki va choy yaprog‘ini birlamchi tayyorlash, o‘simlik moyi ishlab 
    chiqarish korxonalarini kiritish mumkin. Ularning xomashyosi don, meva va poliz ekinlari xosili, 
    moyli urug‘lar va hokazo. Xomashyoni ikkilamchi qayta ishlovchi soxalar korxonalariga non, 
    makaron, konditer, oq qand, ikkilamchi vinochilik, choy tortish va sigareta tayyorlash, yog‘ni 
    qayta ishlash korxonalari (margarin, mayonez, sovun) kiradi. Bu korxonalar xomashyosi esa 
    birlamchi qayta ishlash korxonalarining maxsulotlari: un, sochma shakar, o‘simlik moyi, 
    vinomateriallar va hokazo.
    Oziq-ovqat sanoati maxsulotlarining turi qanchalik ko‘p bo‘lsa, xomashyolar xam turli-
    tumandir. Shuning uchun ularni xam asosiy xususiyatlariga yoki kimyoviy tarkibiga ko‘ra ayrim 
    guruxlarga bo‘lish mumkin. Masalan, quruq o‘simlik xomashyolari va xo‘l o‘simlik 
    xomashyolari guruxlariga yoki uglevodli xomashyolar, moyli xomashyolar, oqsilli xomashyolar 
    va efir-moyli xomashyolar guruxlariga bo‘lish mumkin.
    Har qanday xomashyo biomaterial bo‘lib, uning o‘ziga xos xususiyatlari kimyoviy 
    tarkibi, xujayra va to‘qima strukturasi elementlari kabi ko‘rsatkichlari bilan belgilanadi. Bu 
    xomashyolar kimyoviy tarkibiga oqsillar, uglevodlar, lipidlar, vitaminlar, fermentlar va 
    mikroelementlar kiradi. 
    Har bir guruxga mansub xomashyolar sifati o‘ziga xos kattaliklar bilan o‘lchanadi va 
    aniqlanadi. Bu kattaliklar xomashyoning fizik, ximyoviy, texnologik, organoleptik va boshqa 
    xususiyatlarini ko‘rsatuvchi kattaliklar guruxlariga bo‘linadi. Xususan, donning sifat 
    ko‘rsatkichlari besh guruxga bo‘linadi: botanik-fiziologik ko‘rsatkichlar – o‘simlik turi, navi, 
    unib chiqish davri va miqdori, unish energiyasi; organoleptik ko‘rsatkichlar – rangi, mazasi, hidi; 
    fizik ko‘rsatkichlar – shakli va o‘lchamlari, absolyut va natural og‘irligi va boshqalar; mexanik 
    ko‘rsatkichlar – taranglik moduli, sochiluvchanligi, qovushqoqligi va boshqalar; kimyoviy 
    ko‘rsatkichlar – namligi, kul miqdori, kleykovina miqdori, kislotaliligi va boshqalar; texnologik 
    ko‘rsatkichlar – donning un ishlab chiqarish, non ishlab chiqarish yoki makaron ishlab chiqarish 
    uchun yaroqli ekanligini ko‘rsatuvchi maxsus kattaliklar.
    Meva xomashyolari tuzilishi va o‘simlik poyasida xosil bo‘lishiga ko‘ra 4 guruxga 
    bo‘linadi: urug‘lilar (olma, nok, sitruslilar), danaklilar (olcha, gilos, olxo‘ri, o‘rik), yumshoq 
    mevalar (uzum, smorodina, malina) va yong‘oq mevalar (bodom, yong‘oq, xandon pista).
    Poliz xomashyolari 2 guruxga: vegetativ – yaproq, ildiz-poyalari ishlatiladigan (kapusta, 
    salat, turp, piyoz, sabzi, katoshka, lavlagi va xokazo) va mevalilarga (qovoq, bodrin, tomat, 
    no‘xot va xokazo) bo‘linadi.

    Download 5,15 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   123




    Download 5,15 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’zbekiston respublikasi va o’rta maxsus ta’lim vazirligi giliston davlat universiteti

    Download 5,15 Mb.
    Pdf ko'rish