14
Moylarni ekstraksiyalash bo‘limi. Pressdan chiqgan kunjara tarkibida agar forpresslash
usuli bilan ishlanilsa 12-14 %, agar to‘liq presslash usuli bilan ishlansa 7-8% moy qoladi.
Kunjara tarkibidagi bu qoldiq moy kunjaraning moyliligi deyiladi.
Ma’lumki, o‘simlik moylari organik moddalardan tashkil topgan bo‘lib, ko‘pchilik
organik erituvchilarda yaxshi eriydi. Kunjaradan moyni organik erituvchilar yordamida eritib
olish iqtisodiy jixatdan zarur xisoblanadi, chunki presslash yo‘li bilan olinayotgan o‘simlik
moylari miqdori xalq iste’moli talablariga etarliycha emas. Albatta ekstraksiya bilan olingan
o‘simlik moyining sifati presslash usuli bilan olinganga nisbatan pastroqdir, chunki ekstraksion
moy tarkibiga lipidlardan tashqari organizm uchun foydasiz bo‘lgan turli organik moddalar erib
o‘tgan bo‘ladi. Imkoniyat boricha ekstraksiya usuli bilan olingan o‘simlik moylari texnikada
ishlatilishi lozim.
Kunjaradan moyni ekstraksiyalash uchun sovutilgan kunjara maydalanib, aniq bir
o‘lchamga ega bo‘lgan holatda ekstraksiyaga beriladi. Erituvchida-benzinda erigan xolatdagi
ajralib chiqqan moy missella deyiladi. Ekstraksiya xomashyosi ichki strukturasining qanchalik
o‘zgarganligi yoki bo‘zilganligi olinayotgan moyning miqdoriga va jarayonning to‘liqligiga katta
ta’sir etadi. To‘liq moysizlantirilgan kunjara qoldig‘i shrot deb ataladi.
Ekstraksiya vaqtida ekstraktordan chiqayotgan missella tarkibida 0,4-2 % atrofida
shrotning qoldiq quyqalari bo‘ladi. Shuning uchun ekstraktordan olingan missella avval turli
usullar bilan quyqadan tozalanadi. Missella o‘z tarkibida konsentratsiyasiga qarab bir muncha
miqdor moy va qolgan qismi benzindan iboratdir. Missella tarkibidan benzinni uchirib yuborib
benzinsiz moy olish jarayoni distillyasiya deb ataladi. Misselladan benzin to‘liq haydalishi lozim
va jarayon imkon boricha qisqa muddatda olib borilishi maqsadga muvofiq. Distillyasiya
jarayoni ochiq va yopiq bug‘ bilan qizdirish va vakuum sharoitida benzin bug‘larini uchirish
yo‘li bilan olib boriladi.
Ekstraktordan chiqayotgan shrot tarkibida 25-40% gacha erituvchi bo‘ladi. 1-vazifa shuki
shrot tarkibidan erituvchini xaydash. Shu jarayonni olib borish sharoitlari shrot oziqa sifatini
belgilaydi. Tostrda juda unumli, eng ko‘p miqdorda erituvchini xaydash mumkin. Shrot tarkibida
qoladigan erituvchi miqdori 0,05% gacha bo‘ladi. SHrot sifati oshadi.
Takrorlash uchun savollar
1.Yog‘-moy korxonasining umumiy sxemasi
2.Chigit xo‘jaligi.
3.Chigitni qayta ishlashga tayyorlov bo‘limi.
4.Moylarni presslab olish.
5.Moylarni ekstraksiyalash