• Tayanch so‘z va iboralar
  • O’zbekiston respublikasi va o’rta maxsus ta’lim vazirligi giliston davlat universiteti




    Download 5,15 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet4/123
    Sana12.12.2023
    Hajmi5,15 Mb.
    #116621
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   123
    Bog'liq
    portal.guldu.uz-O`quv uslubiy majmua
    4mGxPdsr4ORQDcwLvFAxBQ28r1HAPaHj1bsBRt4Z
     
     
    2-MA’RUZA.O`SIMLIK MOYLARI ISHLAB CHIQARISH 
    TEXNOLOGIYASI.O`SIMLIK MOYLARINI QAYTA ISHLASH XOM ASHYOLARI 
    VA TEXNOLIGIYASI 
    Reja: 1.Moyli urug‘larni qayta ishlash korxonasining umumiy sxemasi. 
    2.O‘simlik moylari ishlab chiqarish.
    3.Moyli urug‘larni sinflanishi.
    4.Moyli urug‘larni tozalash. 
    5.Forpress usulida qora moy olish.
    6.Ekstraksiya usulida moy olish. 
    Tayanch so‘z va iboralar: Texnologik jarayon, moyli xomashyo, iflos aralashmalar, 
    transport vositalari, sheluxa, chaqilma, yanchilma, presslash, kunjara, press moyi, missella, 
    erituvchi, ekstraksiya moyi.
    Yog‘-moy sanoati respublika oziq-ovqat sanoatining etakchi tarmoq-laridan biridir. 
    O‘zbekistonda qadimdan o‘simlik moyi kunjut, zig‘ir, indov, maxsar urug‘i, paxta chigiti, poliz 
    ekinlari urug‘laridan juvozlarda olingan. Respublikada yillik kuvvati 3,5 mln. tonna moyli 
    o‘simlik urug‘larini qayta ishlaydigan korxonalar ishlab turibdi. Sanoatning bu tarmog‘ida paxta, 
    soya, raps moylari, meva danaklari hamda sabzavot urug‘laridan moy olinib, oziq-ovqat, atir-upa 
    va farmatsevtika sanoatlari tarmoklarida ishlatiladi. Yog‘ moy sanoatida bu moylardan margarin 
    mahsulotlari, mayonez, kir sovun, atir sovun, texnika maksadlari uchun boshqa turli mahsulotlar 
    ishlab chikariladi. O‘simlik moyi ishlab chikarishda yiliga o‘rtacha 2,1 mln. tonnadan ko‘prok 
    paxta chigiti ishlatiladi. Yog‘-sanoati korxonalari YoMK (yog‘-moy kombinati), MEZ (moy 
    ekstraksiya zavodi) va turli xususiy kichik korxonalar ko‘rinishidagi ayrim sexlar ko‘rinishida 
    ishlamoqdalar. Barcha ishlab chiqarish va qayta ishlash sexlaridan tashkil topgan yog‘-moy 
    kombinatining umumiy sxemasi quyidagi sxemada keltirilgan bo‘lib, unda xomashyo va material 
    xarakati bo‘yicha ishlab chiqarish bo‘limlarining ketma-ketligi va bog‘liqligi keltirilgan. 
    1
    3
    4
    5
    7
    8
    6
    9
    10
    11
    12
    Gudron
    Salomas
    Margarin
    Sovun
    Mayonez
    Sheluxa
    Shrot
    Salat moyi
    SPS
    DYOK
    2
    Yog‘-moy kombinati bo‘limlari umumiy sxemasi. 



    1- 
    Chigit xo‘jaligi
    2- 
    Tozalash bo‘limi 
    3- 
    Chaqish-ajratish bo‘limi 
    4- 
    Forpress sexi 
    5- 
    Rafinatsiya sexi 
    6- 
    Ekstraksiya sexi 
    7- 
    Kristallizatsiya sexi 
    8- 
    Mayonez sexi 
    9- 
    Gidrogenizatsiya sexi 
    10- 
    Margarin sexi 
    11- 
    Yog‘ kislotalarini distillyasiyalash sexi 
    12- 
    Sovun sexi 
    Bunday korxonada 1,2,3 va 4 raqam bilan belgilangan belgilangan bo‘limlar o‘simlik 
    moylari ishlab chiqarish korxonasini tashkil etsa, 5, 6, 7, 8, 9, 10, 11- bo‘limlar moylarni qayta 
    ishlash korxonalari hisoblanadi.
    Sxemadan ko‘rinishicha yog‘-moy korxonasidan, rafinatsiyalangan moy, salat moyi, 
    mayonez, margarin, sovun kabi tayyor maxsulotlar va sheluxa, gudron kabi chiqitlar sotuvga 
    chiqariladi.
    Zamonaviy texnologiya asosida o‘simlik moylari olishning asosan ikkita usuli bor: 1. 
    Urug‘ mag‘zidan moyni presslab olish. 2. Kunjaradan qoldiq moyni erituvchi yordamida to‘liq 
    ekstraksiyalab olish. 
    Kaysi bir usul ishlatilishidan kat’iy nazar xar bir usul aniq texnologik sxema buyicha 
    olib boriladi. Texnologik sxema deb, bir-biri bilan mantikiy jixatdan o‘zviy boglangan 
    texnologik jarayonlarning yigindisiga aytiladi. Texnologik jarayon deb, aloxida omillar ta’siri 
    ostida (bosim, temperatura, vakuum, namlik x.k.) olib boriladigan jarayonlar tushiniladi. 
    Texnologik jarayon o‘zgarishiga ba’zi bir mexaniq, issiqlik, namlik va kimyoviy 
    reaktivlar ta’sir etadi va jarayon o‘z yunalishini o‘zgartiradi. Texnologik jarayonlar asosiy, 
    tayyorlov, yordamchi va kushimcha operatsiyalardan tashkil topadi. 
    Quyida o‘simlik moylari ishlab chiqarish korxonasini tashkil qiluvchi ishlab chiqarish 
    bo‘limlaridagi texnologik jarayonlar bilan tanishib chiqamiz. 
    CHigit xo‘jaligi . moyli urug‘larni qabul qiladi. Yog-moy sanoatida qayta ishlanayotgan 
    barcha moyli urug‘lar zavodlarga tug‘ridan-tug‘ri shirkat va jamoa xo‘jaliklaridan olib kelinadi. 
    Faqatgina paxta chigiti bundan mustasnodir. Chigit yog‘ zavodlariga paxta tozalash 
    zavodlaridan etkazib beriladi. Moyli urug‘lar avtomabil va temiryul transporti yordamida 
    tashiladi. Keltirilgan xar bir aloxida miqdor urug‘lar o‘zining mahsus sifat belgilariga ega. Bular: 
    namlik, ifloslik, moyliligi, hamda paxta chigiti uchun esa, qobiq ustidagi qalta momig‘i bilan 
    belgilanadi (pux). 
    Moyli xom ashyolarni sanoatda qo‘llanilish darajasiga ko‘ra asosiy uch guruxga bo‘lish 
    mumkin: sanoat ahamiyatiga ega bo‘lgan moyli urug‘lar (chigit), qo‘shimcha moyli xom 
    ashyolar (soya, maxsar, kungaboqar) va noa’anaviy moyli urug‘lar (meva danaklari va sabzavot 
    urug‘lari). 
    Zavodga etib kelgan xomashyo mahsus torozilar (avtomobil, temiryul torozilari) 
    yordamida tortiladi so‘ngra, xomashyo mexanizatsiyalashtirilgan moslamalar yordamida zavod 
    omborlariga joylashtiriladi. Chigit xo‘jaligidagi omborlarda saqlash davrida namlik, issiqlik, 
    mikroorganizmlar va ba’zi bir kemiruvchi janvorlar ta’siridan saqlash talab qilinadi. Aks holda 
    xomashyodan olingan moy sifat jixatidan past (rangi yukori, kislota soni yuqori, oksidlangan 


    10 
    moddalar miqdorining ko‘p) bo‘ladi. SHuning uchun keltirilgan xomashyoning turiga va sifatiga 
    qarab, uni saqlash sharoitlari belgilanishi, omborxonaning esa texnik jixozlari bu sharoitni to‘liq 
    ta’minlashi kerak. Barcha turdagi moyli urug‘lar uchun ishlatilayotgan omborxonalar quruq, pol 
    er osti suvlaridan izolyasiyalangan, devorlar oqlangan yoki kraskalangan bo‘lishi lozim. Tom 
    yomg‘ir va qor suvlarini o‘tkazmasligi, eshiklar zich yopilishi kerak. Omborxona urug‘ 
    tashlanishidan oldin barcha chiqindilardan, xar xil kemiruvchilardan tozalanishi va mumkin 
    bo‘lgan pereparatlar bilan dizenfeksiya qilinishi lozim. Asosiy talab shundan iboratki, 
    omborxona toza, quruq va yaxshi ventillyasiyalanadigan bo‘lishi lozim. 
    Xomashyoni omborxonadan ishlab chiqarishning kerakli qismiga yo‘naltirish uchun 
    zavodda ishlatiladigan o‘zatuvchi transport vositalardan foydalaniladi. Bularga shneklar, 
    redlerlar, tarnsportli lentalar, o‘zi yurar moslamalar, noriyalar, pnevmotransport va boshqalar 
    kiradi. 
    1. 
    Tayyorlov bo‘limi va forpress sexida (2, 3, 4) moyli xomashyolarga quyidagi 
    bosqichlarda ishlov beriladi: Texnologik jarayon chigitni tozalashdan boshlanadi; 
    2. 
    Tozalangan chigit namligi bo‘yicha kondinsiyalanadi. 
    3. 
    Namligi bo‘yicha kondinsiyalangan paxta chigiti linterlash mashinalarida ustidagi 
    momiqdan ajratiladi. 
    4. 
    Tozalangan chigitni chaqiladi. Chaqish jarayoni diskli chaqish mashinasida 
    amalga oshiriladi; 
    5. 
    Chaqilgan mahsulot – chaqilma mag‘izni qobiqdan ajratish uchun qo‘shromli 
    tebratgich elakga tushadi va chaqilgan mag‘iz ajratiladi. Chaqilmay va ajralmay qolgan chigit 
    ikkinchi bosqich tozalashga uzatiladi; 
    a. 
    6 Chaqilmani tugal tozalash uchun barabanli biter-separator ishlatiladi. Biter 
    separatorda ajratilgan birinchi bosqich chaqilmani ikkinchi bosqich chaqishga qaytariladi. 
    Ikkinchi bosqich chaqishdan keyin sheluxa tarkibida 0,8% gacha chaqilmay qolgan chigit 
    bo‘lishiga ruxsat etiladi; 
    6. 
    Ajratilgan sheluxa omborga jo‘natiladi; 
    7. 
    Ajratilgan mag‘iz yanchishga beriladi. Yanchish jarayoni 5 valli VS-5 
    stanoklarida amalga oshiriladi. VS-5 dan chiqqan yanchilmaning maydalanish darajasi 1 mm 
    elakdan o‘tish darajasi 60-65% dan kam bo‘lmasligi kerak; 
    8. 
    Maydalangan mag‘izni sheluxaliligi 15-17% gacha etkazilib, namlovchi 
    bug‘lovchi shneklarda namligi navlarga qarab 11,5-17,0% gacha, harorati 65-70% ga etguncha 
    namlov ishlovi beriladi; 
    9. 
    Namlangan va harorati 65-70ºC gacha etkazilgan yanchilmani 6 chanli qovurish 
    qozonalrida 50-60 min davomida mezganing harorati 105ºC ga etguncha namligi 6-7% 
    qolguncha qovuriladi; 
    10. 
    Mezgani fopressda siqish yo‘li bilan chigit massasiga nisbatan 13-14% miqdorida 
    moy ajratib olinadi. Qolgan kunjara ekstraksiyaga jo‘natiladi; 
    11. 
    Olingan forpress qora moyi sovutilib, fuzalovushkada keyin esa filtr pressda 
    birlamchi tozalashdan o‘tib rafinatsiya sexiga uzatiladi.
    Qolgan fuza esa jarayonga qaytariladi.Paxta chigitidan og‘ir aralashmalarni, engil organik 
    va mineral iflos aralashmalarni tozalashda USM urug‘ tozalash qurilmasidan foydalaniladi. USM 
    qurilmasi asosiy uch qismdan iborat. 1-ta’minlagich, 4-cho‘ktirish kamerasi va 6-inersion 
    separator. Qurilma quyidagicha ishlaydi. Chigit 1-ta’minlagichga beriladi, bu erda mayda 
    mineral aralashmalardan tozalanib, chigit bir xil kenglik va qalinlikda aspiratsiya kanaliga 
    uzatiladi. Urug‘lar va engil aralashmalar 5-ventilyator yordamida hosil qilinayotgan havo oqimi 
    bilan aspiratsiya kanali bo‘ylab yuqoriga ko‘tariladi, og‘ir aralashmalar esa aspiratsiya 
    kamerasining og‘zidan pastga qulab tushadi. 
    Urug‘lar va engil aralashmalar 2-kanaldan 3-cho‘ktirish kamerasiga tushadi, bu erdan 
    engil aralashmalar (tolalar, organik iflosliklar, puch chigitlar) havo oqimida uchishni davom 
    ettirib, havo yo‘naltirgich tomonga so‘riladi. Kamerada havo oqimining tezligi chigitning kritik 
    tezligidan kichik bo‘lib qolganligi uchun engil aralashmalardan tozalangan urug‘lar pastga qulab 
    tushib, vakuum klapan orqali kameradan chiqadi va ishlab chiqarishga beriladi. Engil 


    11 
    aralashmalar havo yo‘naltirgich orqali 4-inersion separatorga o‘tib tutiladi. Havo oqimi esa 5-
    ventilyator tomonga havo yo‘naltirgich orqali so‘rilib, bu chang havo o‘zi bilan chigitning kalta 
    momiq tuklarini, engil organik aralashmalar, mineral changlarni 6-havo sikloniga haydaydi. Bu 
    erda iflos changli aralashmalar cho‘ktiriladi va tozalangan havo atmosferaga chiqarib 
    yuboriladi. 
    Paxta chigitidan forpress qora moyi olishning prinsipial texnologik sxemasi 
    Chigitni chaqish 
    Chaqilmaning mag’zini sheluxadan ajratish
    Chaqilmani
    Sheluxa 
    Mag’izni yanchish 
    Yanchilmani namlash
    Yanchimani qovurish 
    Mezgani presslash 
    Forpress moyi 
    kunjara 
    Forpress moyini birlamchi tozalash 
    birlamchi tozalangan qora 
    moy 
    Fuza 
    Paxta chigiti 
    Chigitni tozalash 
    Chigitni namlash 
    Chigitni linterlash 


    12 
    Paxta chigitini tozalash, chaqish-ajratish texnologik sxemasi 


    13 

    Download 5,15 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   123




    Download 5,15 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’zbekiston respublikasi va o’rta maxsus ta’lim vazirligi giliston davlat universiteti

    Download 5,15 Mb.
    Pdf ko'rish