O’zbekiston respublikasi va o’rta maxsus ta’lim vazirligi giliston davlat universiteti




Download 5,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/123
Sana12.12.2023
Hajmi5,15 Mb.
#116621
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   123
Bog'liq
portal.guldu.uz-O`quv uslubiy majmua
4mGxPdsr4ORQDcwLvFAxBQ28r1HAPaHj1bsBRt4Z
Xomashyoni saqlash har qanday texnologik jarayonning tashkiliy qismi bo‘lib, uning 
vazifasi xomashyoni yo‘qotishsiz yoki minimal chiqitli saqlash va xomashyo sifatini saqlab 
qolish yoki oshirishdir. Xomashyoni saqlash masalasini xal qilish uchun amalda qo‘llaniladigan 
usullar turlari quyidagilardir:
1. Xomashyoni saqlashga tayyorlash (qo‘shimchalardan tozalash, gavlarga ajratish, 
taralash yoki omborlash va hokazo). 
2. Xomashyoni quritish (donlar va moyli urug‘larni) yoki konservalash (meva va 
sabzavotlarni). 
3. Atrof muhitda optimal sharoitlarni xosil qilish va avtomatik boshqarish (tarkibi, nisbiy 
namligi, xarorati). 
4. Zaxiralarga turli zararkunanda va xashorotlarni kirishini oldini olish (xashoratlar, 
kemiruvchilar, qushlar). 
5. Xomashyoni ishlab chiqarishga tayyorlash. 
Bu saqlash tadbirlarini amalga oshirish, xomashyoni nafaqat miqdoran saqlab qolish, 
balki uning texnologik sifatini saqlab qolib, sifatli ozoq-ovqat maxsulotlari ishlab chiqarishga 
asos soladi.
Xomashyoni qayta ishlash davrigacha saqlashda yo‘qotishlar bo‘ladi. Bu yo‘qotishlar 
ikki xil - massa bo‘yicha yo‘qotish (og‘irligi kamayadi) va sifat bo‘yicha (kerakli moddasi 



kamayadi) yo‘qotishdir. Bu yo‘qotishlar o‘zaro bog‘liq bo‘lsa ham, massa yo‘qotish har doim 
ham sifatga ta’sir qilmaydi (to‘kilib kamayish). Xomashlarni saqlash yo‘qotishlarini besh 
guruxga bo‘lish mumkin: mexanik, fizik-kimyoviy, biologik, biokimyoviy va kimyoviy 
yo‘qotishlar. Mexanik yo‘qotishlar asosan xomashyo fizik xususiyatlariga ko‘ra to‘kilish, 
sochilish, yuvilish hisobiga bo‘ladi.
O‘simliklar o‘sish davrida ularning yaprog‘ida, poyasida, urug‘ida va mevasida asosan 
foydali moddalarning sintez jarayonlari borsa, qishloq xo‘jalik maxsulotlarini saqlashda asosan 
gidroletik – parchalanish jarayonlari boradi. Biroq, yig‘im terimdan keyin dastlab xomashyoda 
terimdan keyingi pishish bosqichi jarayonlari bo‘ladi, unda o‘sish davridagi sintez jarayonlari 
oxiriga etadi. Undan keyingi saqlash davrida xomashyo terimdan keyingi pishish bosqichidan 
asta sekin tinch holat bosqichi jarayonlarini kechiradi. Bunday tabiiy tinch holatda fiziologik 
jarayonlar minimal bo‘lib, unib chiqish kuzatilmaydi. Biroq nafas olish jarayonida fermentlar 
ishtirokida oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari borib, xomashyo issiqlik va karbonat angidrid 
ajratadi, toksinlar parchalanib, xomashyoning immuniteti oshadi. Bu xolatda xomashyo asosiy 
zaxira moddasining sarfi nihoyatda kam bo‘ladi. Bu xolatni saqlab qolishda eng asosiy omil bu 
past temperaturadir. Tinch xolatini yo‘qotgan xomashyo sifatining buzilishi tezlashadi. Bu 
xomashyolar turiga ko‘ra o‘z-o‘zidan qizish, fiziologik aynish va oxirgi bosqichda unib chiqish 
biokimyoviy va kimyoviy jarayonlarini kechirib, mutlaqo yaroqsiz xolga keladi. 
Xomashyoni saqlash rejimlari - temperatura, nisbiy namlik va muhitning gaz tarkibidir. 
Masalan don massasini saqlashning uchta rejimi mavjud: quruq xolatda (kritik namlikgacha 
bo‘lgan); sovutilgan xolatda; kislorodsiz sharoitda. Bunday rejimlarda korxonalarda 3-4 oy, silos 
elevatorlarda 2-3 yil, maxsus skladzarda 4-5 yillab donni saqlash imkoniyatini beradi.
Meva va sabzavotlarni saqlash sovutilgan xolatda ikki xil: sovutilgan va muzlatilgan 
usulda amalga oshiriladi. Xar bir meva va sabzavotni yaxshi saqlashning asosiy sharti bu optimal 
tanlangan sovutish xarorati va nisbiy namlikdir. Masalan, olmalar -0,5 dan +0,5
0
C; danaklilar 
0
0
C ; mandarin 0,3 dan 2
0
C gacha bo‘lgan xaroratlarda va xavoning nisbiy namligi danaklilar 
uchun 80-85% ; olma, uzum, nok uchun 85-90% ; sitruslar uchun 78-83% optimal sharoit 
hisoblanadi. Kartoshka 0
0
C gacha va undan past xaroratlargacha sovutilmasligi kerak. Meva va 
sabzavotlarni saqlashning universal sharoitlari mavjud emas. Har qanday meva sabzavotning, 
optimal sharoitda ham, saqlanish muddati davomiyligi uning individual xususiyati bo‘lib, 
ma’lum chegaraga ega. Olma, uzum, karam, ayrim piyoz navlari kabi meva va sabzavotlar 6-7 
oygacha saqlansa, pomidor, bodring, yashil sabzavotlar, danakli va yumshoq mevalar bir necha 
xafta yoki uzog‘i 2-3 oy saqlanishi mumkin.
Xomashyolarni qayta ishlashga tayyorlash usullari turli xil bo‘lib, qaysi usulni qo‘llash 
xomashyoning turiga, fizik xolatiga va keyingi qayta ishlanish uslubiyatiga bog‘liq. Bunda turli 
quruq-sochiluvchan xomashyolarni qayta ishlashga tayyorlash usullari o‘xshash bo‘lsa, turli 
suvli xomashyolarni qayta ishlashga tayyorlash usullari ham o‘xshash bo‘ladi.
Takrorlash uchun savollar 
1.Oziq-ovqat sanoat korxonalarining xom ashyolari turlari bo‘yicha sinflanishi. 
2.O‘simlik xomashyosini birlamchi va ikkilamchi qayta ishlash korxonalarining turlari. 
3.Xomashyoni saqlash usullarining turlari. 
4.Xomashyoni saqlash davridagi yo‘qotishlarning turlari va ularning mohiyati. 
5.Xomashyoni saqlash usulini tanlash prinsipi 




Download 5,15 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   123




Download 5,15 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’zbekiston respublikasi va o’rta maxsus ta’lim vazirligi giliston davlat universiteti

Download 5,15 Mb.
Pdf ko'rish