O’zbekiston respublikasi va o’rta maxsus ta’lim vazirligi giliston davlat universiteti




Download 5,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/123
Sana12.12.2023
Hajmi5,15 Mb.
#116621
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   123
Bog'liq
portal.guldu.uz-O`quv uslubiy majmua
4mGxPdsr4ORQDcwLvFAxBQ28r1HAPaHj1bsBRt4Z
 
 
 
 
 
 
 
 
 


15 
3- MA’RUZA. O‘SIMLIK MOYLARINI QAYTA ISHLASH. 
REJA: 
1.Xom moylarning xamrox moddalari.
2.Yog‘ va moylarni rafinatsiyalash kimyoviy, adsorbsion va termik usullarining mohiyati. 
Moylarni gidratlab tozalash.
3.Ishqoriy rafinatsiyalash, yuvish va quritish texnologiyalarining prinsipial sxemalari. 
Moylarni noxush ta’m va xid beruvchi moddalardan tozalash texnologiyalarining prinsipial 
sxemasi.
4.Rafinatsiyalangan moylarning sifat ko‘rsatkichlari.  
 
Tayanch so‘z va iboralar:
Yog‘ – moy sanoati, yog‘larni qayta ishlash, o‘simlik moyi, 
xom moy, fosfatid, erkin yog‘ kislotalari, hamrox moddalar, gidratlash, fosfatid konsentrati, 
ishqoriy rafinatsiya, tozalanmagan forpress moyi, cho‘ktirish, tindirish, sentrifugalash, filtrlash, 
adsorbent, moyning rangi, pigmentlar, gossipol, aktivlangan tuproq, moy sig‘imi, adsorbent 
miqdori, dezodoratsiya, uchuvchan moddalar, aromatik moddalar, vakuum, bug‘ bosimi, 
deaeratsiya, bug‘ejektor 
Sanoat usulida olingan o‘simlik moylari uchgletsiridlar aralashmasi hamda yog‘simon 
moddalardan tashkil topgan. Yog‘simon moddalar o‘simlikning yog‘li to‘qimalarida yig‘ilib 
boradi va yog‘ birga ajratib olinadi va ular hamrox moddalar deyiladi.
Bu moddalar yog‘ va moylar tarkibida oz miqdorda bo‘lsa xam uning xususiyatlariga 
sezlarli ta’sir ko‘rsatadi. Bularga tarkibida fosfor bo‘lgan moddalar (fosfolipidlar), pigmentlar 
(karotin, ksantofill, gossipol, xlorfill), mumlar (mumsimon moddalar), tokoferollar va yog‘da 
eruvchi vitaminlar,sterollar (steridlar), erkin yog‘ kislotalar, ta’m va xid beruvchi boshqa organik 
moddalar, sulfolipidlar, glikolipidlar, glikoproteidlar, fosfoproteid birikmalar. Hamrox 
moddalarning ayrimlari yog‘ning rangi, xidi va ta’mini buzib, uning ozuqaviy va tovar sifatiga 
salbiy ta’sir qilsa, ayrimlari keyingi qayta ishlash jarayonlarini qiyinlashtiradi. 
Rafinatsiya deb yog‘larni hamrox moddalardan tozalash jarayoniga aytiladi. 
Rafinatsiya turli fizik va kimyoviy jarayonlarning murakkab kompleksi bo‘lib, ularni 
qo‘llash yog‘dan hamroh moddalarni ajratib olishga imkon beradi. Bu jarayonlarning xarakteri, 
yog‘ning tabiati va tozalangan yog‘ning qo‘llanish maqsadi bilan aniqlanadi. Yog‘-moy 
sanoatida moylarni rafinatsiyalash jarayonlarini quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi: 
gidratatsiya – ishqoriy rafinatsiya – oqlash – dezodoratsiya.
Rafinatsiya usulini shunday tanlash kerakki, bunda yog‘ning triglitserid qismi 
o‘zgarishsiz qolsin, yog‘dan maksimal miqdorda qimmatli hamrox moddalar (fosfatidlar) ajralib 
olinib, zaharli moddalarning to‘liq yo‘qotilishi ta’minlansin. Rafinatsiyalanadigan moylarga, 
ularning qaysi maqsadda qo‘llanilishiga qarab bir nechta talablar quyiladi. Oziq-ovqat uchun 
ishlatiladigan yog‘lar to‘liq sikl bilan rafinatsiyalanishi kerak: fosfatidlar va mumsimon 
moddalarni ajratish, erkin yog‘ kislotalarini, pigment moddalarni yo‘qotish kerak. Texnik 
maqsadlar uchun ishlatiladigan yog‘lar qisqa sikl bilan rafinatsiya qilinadi. Masalan, 
gidrogenizatsiyaga beriladigan moy dezodoratsiya qilinmaydi. 
Hamma hamrox moddalarni bitta usul yordamida yo‘qotish mumkin emas. Shuning 
uchun amalda bitta texnologik sxemaga birlashuvchi bir nechta usullar qo‘llaniladi.
Moylarni gidratatsiyalash. Gidratatsiyalash fosfatidlarni ajratib olish maqsadida amalga 
oshiriladi. Fosfatidlar miqdori moyning turi va uni olish usuliga bog‘liq. Masalan forpress soya 
moyida 1,0-1,5% bo‘lsa, ekstraksiya soya moyida 1,5-3,0%; forpress kungaboqar moyida 0,3-
0,7%, ekstraksiya moyida 0,9-1,2%;
Fosfatidlar molekulasi difil xarakterga ega: gidrofob qismi - yog‘ kislotalarining radikali; 
gidrofil qismi - aktiv gruppa (efir, azotli asos, gidroqsil va x.k.) 
Moylarda fosfatidlar miqdori kam va o‘zi zaxarsiz bo‘lishiga qaramay, aktivligi 
hisobiga yog‘ning sifatiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Saqlash vaqtida cho‘kma hosil qilib, moyni 


16 
xirralashtiradi. Ular emulsiyani barkarorlashtiradi va natijada fazalar ajralish kiyinlashadi, oqlash 
vaqtida fosfatidlar sorbent yuzasida adsorbsiyalanadi, bu esa uning sarfini ko‘paytiradi. 
Gidrogenizatsiya jarayonida fosfatidlar katalizator aktivligini passaytiradi. Bu esa fosfatidlarni 
rafinatsiya qilinmagan yog‘dan ajratib olishi zarurligini ko‘rsatadi. Gidratatsiya jarayonining 
asosi shuki, fosfatidlar suv bilan ta’sir qilib, koagulyasiyalanadi va cho‘kmaga tushadi. 
Fosfatidlar qandolatchilik korxonalarida ishlatiladi.
Gidratatsiyalovchi suv miqdori, fosfatidning miqdori, uning tarkibi, strukturasiga 
bog‘liq va u 0,5 % dan 6 % gacha o‘zgaradi. Suvning kamligi tugallanmagan gidrotatsiyaga olib 
kelsa, suvning ko‘pligi esa emulsiya hosil qiladi. 
Gidratatsiya jarayonida yog‘ning kislota soni 0.4-0.5 mg KOH (nordon fosfatidlarning 
ajralish xisobiga) kamayadi, fosfatidlar bilan bir katorda oksillar va shilimshik moddalar ham 
ajraladi. 
Gidratatsiya 
jarayonidan 
so‘ng 
yog‘da 
0.1-0.2 

fosfatidlar 
qoladi. 
Gidratatsiyalanmagan fosfatidlarni yo‘qotish uchun gidratatsiyalangan yog‘ni konsentrlangan 
fosfor kislotasi bilan ishlanadi. 
Gidratatsiya usuli: turli sxemalarda suv va yog‘ni aralashtirish uchun reaktor - 
turbo‘lizator ishlatiladi, yog‘-fosfatid emulsiyalarni fazalarga ajratish uchun esa ajratgichlar yoki 
tarelkali cho‘ktirgichlar qo‘llaniladi. 
Gidratatsiya jarayonining prinsipial sxemasi. 
Gidratatsiya texnologiyasi quyidagi operatsiyalardan iborat:
1.yog‘ning gidratatsiyalovchi agent bilan aralashuvi; 
2.fosfatidlarning koagulyasiya jarayonini hosil qilish uchun yog‘-suv aralashmasini 
tindirish;
3.moy va fosfatid emulsiya fazalarini ajratish;
4.moyni quritish;
5.fosfatid emulsiyasini quritish va fosfatid konsentratini olish. 
Moylarni ishqorli rafinatsiyalash. O‘simlik yog‘larda ma’lum miqdorda erkin yog‘ 
kislotalari bo‘ladi, bo‘lar yog‘ning sifatiga bog‘liq. Erkin yog‘ kislota-larining bo‘lishi yog‘ 
sifatini yomonlashtiradi ozuqaviy qimmatini kamaytiradi. Oziq-ovqat uchun ishlatiladigan 
yog‘ning kislota soni 0,2-0,3 mg KON dan oshmasligi kerak.
Sanoatda asosan erkin yog‘ kislotalarini ishqor bilan neytrallash usuli ishlatiladi. Ishqorli 
rafinatsiya keng tarkalgandir. Bu usulda yog‘ kislotalarini yog‘da erimaydigan tuzi ya’ni sovun 
hosil bo‘ladi. Uning suvli eritmasi katta zichlik xisobiga yog‘dan cho‘kmaga tushib ajraladi. 
Ajralgan sovunli massa soapstok deyiladi. 
Sovun, uzining yuqori adsorbsion xususiyatiga ko‘ra yog‘dan quyidagi aralashmalarni 
ajratib oladi: fosfatidlar, oksillar, shilimshik moddalar, bo‘yovchi moddalar va buni hisobiga 
rafinaqiyalanayotgan moy qisman oqaradi ham. Yog‘ning qisman oqarishi ishqorning ayrim rang 
beruvchi yo‘ldosh moddalar (gossipol) bilan reaksiyaga kirishishi hisobiga ham bo‘ladi. Shuning 
uchun ham ishqor ortiqcha miqdorda olinadi. Ishqorning ortiqcha miqdori rafinatsiyalanadigan 
yog‘ning tabiati va sifatiga bog‘liq. Och rangli yog‘lar uchun ishqorning ortiqcha miqdori 5-50 


17 
% bo‘lsa, to‘k rangli va qiyin rafinatsiyalanadigan yog‘lar uchun esa 200-300 % ni tashqil qiladi. 
Ishqor konsentratsiyasi esa yog‘ning turi va sifatiga bog‘liq xolda 10 dan 300 g/l gacha olinadi. 
Kerakli konsentratsiyadagi ishchi eritmani tayyorlash uchun konsentrlangan ishqor eritmasiga 
suv qo‘shiladi. 
Shunday qilib, rafinatsiya jarayonining chiqindisi bo‘lgan soapstok tarkibida: sovun, 
neytral yog‘, aralashmalar, ma’lum miqdorda ishqor, suv, xamrox moddalar bor. Soapstok 
tarkibida yog‘li moddalar bo‘lgani uchun, undan yog‘ kislotalar ishlab chiqarishda xomashyo 
sifatida foydalaniladi. 
Rafinatsiya jarayonining borishi va soapstok strukturasining tuzulishi yog‘ning 
temperaturasiga, ishqor eritmasi, konsentratsiyasiga va jarayon sharoitiga bog‘liq. Jarayonning 
xarorati ishqor eritmasi konsentratsiyasiga bog‘liq. Ishqor konsentratsiyasi qancha yuqori bo‘lsa, 
jarayon xarorati shuncha past bo‘lishi kerak. Odatda xarorat 20-25
0
C (paxta yog‘i uchun) va 80-
85
0
C (kungaboqar yog‘i uchun) oralig‘ida bo‘ladi. 
Moylarni rafinatsiyalashning texnologik usuli asosan moyning rangiga qarab tanlanadi. 
To‘q rangli (paxta, zig‘ir) xom moylar asosan davriy usulda rafinatsiyalansa, och rangli ( soya, 
kungaboqar) xom moylar uzluksiz usulda rafinatsiyalanadi. Davriy usul rafinatsiyalash xajmi 5, 
10 va 20t bo‘lgan neytralizatorlarda bajariladi.
Moylarni oqlash. Yo‘ldosh moddalardan katarinoidlar ishqorga chidamli bo‘ladi, shuning 
uchun ular ishqorli rafinatsiyada ajrab chiqmaydi. Ishqor eritmasini konsentratsiyasi yuqori 
bo‘lsa neytralizatsiya vaqtida karotinoidlar soapstokga sorbsiyalanadi va moy qisman oqlanadi 
(tiniqlashadi). Karotinoidlar qattiq sorbent yuzasida aktiv sorbsiyalanadi. 
Xlorofillar karotinoidlardan farq qilib ishqor bilan reaksiyaga kirishib, birikma hosil 
qiladi. Biroq ishqorli rafinatsiyada to‘liq ajrab chiqmaydi. 
Kungaboqar moyida karotinoid va xlorofillar bo‘lsa, paxta moyida ular bilan bir 
katorda gossipol ham mavjud. Moydan bo‘yovchi moddalarni yukotish uchun adsorbsiyali 
tozalash usuli - oqlash qo‘llaniladi. 
Adsorbsiyani yaxshi borishi adsorbsiyalanadigan moddalarni tabiati va tuzilishiga 
bog‘liq bo‘ladi. Masalan: qutblanmagan (kam qutblangan) birikmalar qutblanmagan 
adsorbentlarda yaxshi sorsiyalanadi (ko‘mirda) va polyarlangan birikmalar qutblangan 
sorbentlarda yaxshi sorsiyalanadi. 
Yog‘ va moylardagi hamma bo‘yovchi moddalarni tabiati va strukturasi (tuzilishi) har 
xil. Lekin ular har biri o‘ziga xos qutblilikka ega. Shuning uchun ham moylarni adsorbsiyali 
rafinatsiyalashda tanlash qobiliyati va aktivlikka ega bo‘lgan qutbli adsorbentlar: tabiiy bentonit 
tuproqlar – alyumosilikatlardan olinadi. Ko‘proq aktivlangan, moy sig‘imi – 75 % bo‘lgan, 
tuproq-askanit ishlatilmoqda. Adsorbentlar yuqori adsorbsion aktiv, dispers, moy sig‘imi katta 
bo‘lmagan va yog‘ bilan ximiyaviy reaksiyaga kirishmaydigan va moydanoson ajralishi kerak. 
Oqlash jarayonining samaradorligi oklangan yog‘ni rangi, ishlatilgan sorbent miqdori, 
yukotish va chiqindilar me’yoriga va oklangan yog‘ni chiqkan miqdoriga qarab aniqlanadi. 
Oqlash jarayonida aktivlangan tuproq ishlatilganda bir oz izomerizatsiya va bir muncha 
glitseridlar hosil bo‘lishi kuzatiladi. Bu esa oklangan yog‘ va moylarni saqlashda ularni sifati va 
saqlanish muddatini pasayishiga olib keladi. Oqlash vaqti 20-30 minutni tashqil qiladi. 
Adsorbent bilan moyni uzoq muddat ushlab turish, uning oksidlanishiga olib keladi va moy er 
ta’mini oladi. Shuning uchun oqlash uchun ishlatiladi aktivlangan tuproq miqdorini va moy bilan 
tuproq kontakti vaqtini imkoni boricha kamaytirish talab qilinadi. 
Oqlash uchun gidratatsiya qilingan, neytralizatsiya qilingan, yuvilgan va quritilgan 
yog‘lar tavsiya etilib, oqlash davrida oksidlanishni kamaytirish maqsadida jarayon vakuum 
ostida olib boriladi. 
Oxirgi yillarda dunyoda har xil konstruksiyaga ega bo‘lgan cho‘kmani mexanik usulda 
tushiradigan germetik filtrlar o‘rnatilgan, uzluksiz oqlash usullari yo‘lga quyilgan. Hamma 
usullar uchun oqlash jarayoni quyidagicha prinsipda amalga oshiriladi: 
1. adsorbentning yog‘li suspenziyasini tayyorlash; 
2. deaeratsiya, oqlash jarayoni; Oqlash jarayoni 75-80
0
C harorat va qoldiq bosim 4 kPa 
(40 mm. sim. ust. atirofida) sharoitida 20-30 minut davomida olib boriladi. 


18 
3. adsorbenti filtr yordamida ajratib olish. Filtratsiyadagi bosim 2,5-3 atmosfera, 
temperatura esa 85-90
0
C dan oshmasligi kerak. 
Paxta moyini rafinatsiyalash, oqlash va yuvish-quritish jarayonlari quyidagicha olib 
boriladi:
Sexga kelayotgan rafinatsiyalanmagan forpress paxta moyi 1-tarozli bak orqali 2- nasos 
yordamida 3-neytralizatorlarga beriladi. Neytralizatorga ikkinchi tarafdan ya’ni, 5- sig‘imdan 
kerakli konsentratsiyadagi ishchi ishqor eritmasi asta sekinlik bilan purkab beriladi, so‘ngra 30-
45 minut davomida aralashtiriladi. Moy tarkibidagi hosil bo‘lgan soapstok zarrachalarini 
yiriklashtirish maqsadida, moy massasiga nisbatan 1-3% miqdorda 4-sig‘im orqali suv yoki tuzli 
suv beriladi va 15-20 minut aralashtiriladi. Shuningdek, ushbu sig‘imda suv o‘rniga osh tuzi 
eritmasini ham hosil qilish mumkin. Odatda osh tuzi soapstok qiyin ajralgan paytlarda yaxshi 
yordam beradi.Soapstokni to‘liq ajralishi uchun 8 soat davomida moy neytralizatorda tindirish 
uchun qoldiriladi. Bu vaqtda soapstok zarrachalari neytralizatorning konussimon qismiga 
cho‘kib to‘planadi. Ajralgan soaptok o‘z oqimi bilan 9- soapstok uchun mo‘ljallangan sig‘imga 
ajratib olinadi, u erdan soaptok 10-nasos yordamida qayta ishlashga uzatiladi. Neytrallash 
jarayoni 20-25ºC haroratda boshlanadi va 50-55ºC haroratda jarayon to‘xtatiladi. 
Neytralizatorlarda neytrallash jarayoni aralashtirgichning aylanish soni 50-60 ayl/min holatida 
30 min dan 60 min gacha davom etishi mumkin. 
Neytrallangan moy tarkibidagi ortiqcha ishqor va sovun qoldiqlaridan tozalash uchun 
nasos yordamida 8-vakuum yuvish quritish uskunasiga uzatiladi. Bu erga 6-sig‘imdan moy 
massasiga nisbatan 8-10% miqdorda ikki marta suv beriladi va moy ikki yoki uch marta yuviladi. 
Yuvish sovunga sifat tahlili salbiy natija bergandagina to‘xtatiladi. Yuvish tugagandan keyin 
moyni tindirib suvni cho‘ktiriladi so‘ngra moy 90-95˚S haroratda 40-50 mm simob ustuni qoldiq 
bosim ostida quritiladi. Quritilgan moy tarkibida 0,1% gacha namlik qolishiga ruxsat beriladi. 
Hosil bo‘lgan yuvindi suv 11-moy tutqichga uzatiladi, u erda moy tutib qolinadi va ajralgan 
texnik moy 12-nasos yordamida jarayonga qaytarib beriladi, suv esa tozalash tizimiga uzatiladi.
Yuvilgan moy tarkibidagi sovun qoldiqlari va ortiqcha ishqor miqdori buyicha 
nazoratdan o‘tkazilgandan so‘ng, nasos yordamida 21-oqlash apparatiga uzatiladi. Oqlash 
apparatiga moy massasiga nisbatan 1-3% miqdorda, ba’zi hollarda 5% miqdorda oqlovchi tuproq 
bilan ishlov beriladi. Oqlash apparatiga oqlovchi tuproq uskunada hosil qilingan vakuum 
yordamida 7-sig‘imdan so‘rib olinadi. Oqlash apparatida vakuum 40-60 mm simob ustuni qoldiq 
bosimida quritiladi. Oqlash harorat 90-95˚C gacha etkazilib, 30 min atrofida aylantirib turgan 
holda amalga oshiriladi. Oqlash va yuvish quritish jarayonlari uchun vakuum 13-tomchi 
yig‘gich, 14-kondensator, 15-kondensat yig‘gich va 16-vakuum nasoslar yordamida hosil 
qilinadi. Moy tarkibidagi rang beruvchi moddalarni o‘ziga adsorbsiyalagan oqlovchi tuproq 12- 
sig‘imga ajratib olinadi, u erdan tarkibidagi moydan ajratish maqsadida moyizlantirishga 
yuboriladi. Moy va oqlovchi tuproqli aralashma 17- nasos yordamida 18-vertikal plastinkali 
filtrga beriladi. Filtrlangan moy standart talablariga javob bermasa jarayonga qaytariladi. 
Vertikal filtrdan ajralgan oqlovchi tuproq 23-sig‘im orqali moysizlantirilib so‘ngra qayta 
ishlashga beriladi. Moy 19-polirovkali filtrlarda ikkinchi marta filtrlanib 20-sig‘imga beriladi va 
u erdan davriy dezodaratorga xidsizlantirish maqsadadida uzatiladi. Dezodoratsiyaga 
berilayotgan moy nasos 24 va sig‘im 25 orqali amalga oshiriladi. 


19 

Download 5,15 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   123




Download 5,15 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’zbekiston respublikasi va o’rta maxsus ta’lim vazirligi giliston davlat universiteti

Download 5,15 Mb.
Pdf ko'rish