• Tayanch so‘z va iboralar
  •  – MA’RUZA. QATTIQ O‘SIMLIK MOYLARI ISHLAB CHIQARISH




    Download 5,15 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet9/123
    Sana12.12.2023
    Hajmi5,15 Mb.
    #116621
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   123
    Bog'liq
    portal.guldu.uz-O`quv uslubiy majmua
    4mGxPdsr4ORQDcwLvFAxBQ28r1HAPaHj1bsBRt4Z
    4 – MA’RUZA. QATTIQ O‘SIMLIK MOYLARI ISHLAB CHIQARISH. 
    REJA: 
    1.Salomaslarning turlari va sifat ko‘rsatkichlari.
    2.Gidrogenlashda ishlatiladigan moylar, katalizatorlar va vodorod.
    3.Moylarni gidrogenizatsiyalashning prinsipial sxemasi.
    Tayanch so‘z va iboralar: Gidrogenlash, avtoklav, gidrogenlash rejimi, ozuqa salomas, 
    texnik salomas, davriy usul, uzluksiz usul, regeneratsiya, yog‘sizlantirish, qaynatish, tozalash, 
    cho‘ktirish 
    Qattiq yog‘lar sanoatda katta ahamiyatga ega, ular margarin, xo‘jalik va atir sovunlar, 
    stearin ishlab chiqarishda asosiy xomashyo xisoblanadi. Biroq tabiiy qattiq yog‘lar miqdori 
    chegaralangan, suyuq o‘simlik yog‘lari esa ko‘p miqdorda ishlab chiqariladi. SHuning uchun 
    suyuq yog‘lar gidrogenlanib qattiq xolga keltiriladi. Gidrogenizatsiya mahsuloti salomas 
    deyiladi. Xozirgi vaqtda Uzbekistonda 2 ta gidrozavod ishlaydi.
    O‘simlik yog‘larining kimyoviy va fizik xususiyati ularning yog‘ kislota tarkibiga 
    bog‘liq. O‘simlik yog‘larida ko‘p miqdorda to‘yinmagan yog‘ kislotalar bor (olein, linol va x.k.). 
    Ular bitta yoki bir nechta qo‘shbog‘ga ega. Gidrogenizatsiya jarayonida to‘yinmagan kislotalarni 
    to‘yinishi bilan birga qo‘shbog‘larni migratsiyasi va transizomerizatsiya sodir bo‘ladi, bu esa 
    erish temperaturasi va yog‘ qattiqligigi oshiradi. 
    Gidrogenizatsiyada kungaboqar, paxta loviya, raps yog‘lari va soapstokdan ajratib 
    olingan yog‘ kislotalari ishlatiladi. 
    Gidrogenizatsiya vaqti xomashyoning kimyoviy tarkibiga va salomasning ishlab 
    chiqarish maqsadiga bog‘liq. Ishlab chiqariladigan salomaslarning bir necha xil turi bor. 
    O‘simlik yog‘larini qisman gidrogenizatsiya qilish yo‘li bilan, erish temperautrasi T-31-34
    0
    C, 
    qattiqligi 160-320 g/sm, yod soni 62-82ga teng bo‘lgan salomas olinadi, bu salomaslar margarin, 
    kulinar yog‘lar ishlab chiqarishda ishlatiladi. Bundan tashqari erish temperaturasi Tpl=35-37
    0

    qattiqligi 550-750 g/sm bo‘lgan salomaslar olinib, ular konditer mahsulotlarini ishlab chiqarishda 
    ishlatiladi. 
    1-gidrozavod 1909 yilda Nijniy-Novgorodda ishga tushirilgan. 1911 yilda Peterburgda, 
    1917 yilda Ekaterinburgda (Krasnodar) gidrozavodlar qurildi. Vodorodning gidrogenizatsiya 
    jarayonida birikishini shartli ravishda quyidagicha ko‘rsatish mumkin. 
    СН
    3
    (СН
    2
    )

    СН=СНСН
    2
    СН=СН(СН
    2
    )
    7
    СООН + Н
    2
     
    Linol kislota 
     СН
    3
    (СН
    2
    )
    7
    СН=СН(СН
    2
    )
    7
    СООН + Н
    2
     СН
    3
    (СН
    2
    )
    7
    СН-СН
    2
    (СН
    2
    )
    7
    СООН 
    Olein kislota Stearin kislota 


    24 
    Oddiy sharoitda vodorod to‘yinmagan yog‘ kislotalarga va birikmaydi. Vodorod yog‘ 
    kislotalarga faqatgina katalizator ishtiroqida birikadi. 
    Gidrogenlash jarayonining tezligi: glitseridlarni gidrogenlash tezligi ulardagi yog‘ 
    kislotalari tarkibiga katalizator aktivligi va miqdoriga, sistemadan vodorod o‘tkazishning 
    intensivligi va uni yog‘da bir tekis tarkalishiga, yog‘ni qizdirish temperaturasiga bog‘liq. 
    Katalizator qancha aktiv bo‘lsa, gidrogenlash shunchalik tez kechadi. Katalizator 
    miqdorini ko‘payishi, reaksiyani tezlashtiradi. Lekin katali-zator yog‘ massasidan 0,3-0,4% dan 
    ko‘proq olinsa, reaksiya tezligi sezilarli darajada ortmaydi. Temperatura oshishi bilan 
    gidrogenlash tezligi ham oshadi. Sanoatda gidrogenlash 180-220
    0
    C temperaturada olib boriladi. 
    Gidrogenlash temperaturasi katalizator aktivligiga va yog‘ tabiatiga bog‘liq. Jarayonning 
    borishi va salomas sifati katalizator tabiatiga bog‘liq. Cu-Ni katalizator Ni katalizatoriga 
    qaraganda selektivroqdir ya’ni ozuqa salomasi ishlab chiqarish imkoniyatini beradi. Ishlatilgan 
    kattalizator yangi katalizatorga qaraganda selektivliroqdir. 
    Izokislotalarning hosil bo‘lishi yarim gidrogenlanish mahsulotlarini hosil bo‘lishi bilan 
    izohlanadi. Izokislotalar xosil bo‘lishi salomasning qattiqligini oshiradi. Masalan, sis-olein 
    kislotaning 16
    0
    C bo‘lsa, trans-olein kislotaning (elaidin kislota) erish xarorati 44
    0
    C. 
    Izomerizatsiya tezligi ham katalizator tabiatiga, temperatura va N
    2
    bosimga bog‘liq. 
    Aktiv katalizatorda gidrogenlash tezligi izomerlanish tezligiga qaraganda yuqori. Shuning uchun 
    aktiv katalizatorlarda yumshoq konsistensiyali salomaslar olinadi.
    Yog‘larni gidrogenizatsiyalash jarayonida katalizatorlar. Yog‘larni gidrogeni-zatsiya 
    qilish sanoat katalizatorlari quyidagi talablarga javob berishi kerak: 
    1) faqatgina gidrogenizatsiya jarayonini tezlatish qobiliyatiga ega bo‘lishi kerak va 
    noxush reaksiyalar yuz berishi kerak emas. 
    2) yuqori aktivlik ishlab chiqarish quvvati va selektivlikga ega bo‘lishi kerak. 
    3) katalizator salomasdagi oson ajralishi kerak. 
    4) katalizator bahosini arzonligi, xomashyo va materiallarni serobligi. 
    Yog‘larni gidrogenizatsiyasida nikel asosidagi katalizatorlar ishlatiladi, shuningdek nikel 
    va mis katalizatorlari ham ishlatiladi. Katalizatorlar strukturasiga ko‘ra ko‘kunsimon va 
    granullangan, qotishma holida bo‘ladi. Ko‘kunsimon katalizatorlar suspenziya (yog‘da) 
    ko‘rinishida ishlatiladi, ularni dispersli yoki suspenziyalangan deyiladi, zarrachalar kattaligi 15 
    mkm. Katalizatorlarni yuzasini ko‘paytirish uchun metallarni yuzasi g‘ovakli bo‘lgan materialga 
    cho‘ktiriladi. Bu usul bilan olingan katalizatorlar tashuvchili katalizatorlar deyiladi. 
    Katalizatorlarni olinish usuliga qarab 2ga bo‘linadi. 
    1)cho‘ktirilgan 
    2)qotishmali 
    Katalizator harakatining mohiyati. Kimyoviy reaksiya amalga oshishi uchun 
    molekulalar to‘qnashishi kerak, lekin to‘qnashishlarning juda kam qismi molekulalarning 
    birikishiga olib keladi. Bu shu bilan izohlanadiki, juda kam qism molekulalarning energiyasi 
    bog‘larni uzib, yangi bog‘lar hosil qilish qobiliyatiga ega. Molekulaning bu minimal energiyasi, 
    reaksiyaning energiya aktivligi deyiladi.
    Katalizator reaksiyaga kirishuvchi moddalar bilan birikib, yuqori reaksiya qobiliyatli 
    yuzani hosil qiladi. Katalizatorlar reaksiya tezligini 10
    6
    - 10
    16
    marta tezlashtiradi. 
    Gidrogenizatsiya quyidagi bosqichlardan iborat: 
    1)reaksiyaga kirishuvchi moddalarni katalizator yuzasiga keltirish
    2)bu molekulalarni katalizator yuzasida adsorbsiyasi 
    3)sorbsiyalangan molekulalarning kimyoviy almashinish va mahsulot hosil bo‘lishi. 
    4)mahsulot molekulalari bog‘larining katalizator yuzasidagi sarfi 
    5)katalizator yuzasidan ularni ajratish 
    Katalizator yuzasida turli aktivlikka ega bo‘lgan adsorbsiya markazlari bor. Bunday 
    adsorbsion markazlar katalizatorning aktiv markazlari deyiladi.


    25 
    Sanoatda katalizatorni olish uchun konsentratsiyasi 35 g/l bo‘lgan Ni : Cu = 3:1 yoki 
    1:1 nisbatda bo‘lgan Ni va Cu sulfat eritmasi tayyorlanadi. Eritmaga 40-45
    0
    S xaroratda 20-30 % 
    ortiqcha miqdorda sodaning 10 % li eritmasi qo‘shiladi. 
    NiSO
    4
    + Na
    2
    CO
    3
    NiCO
    3
    + Na
    2
    SO
    4
    CuSO
    4
    + Na
    2
    CO
    3
    CuCO
    3
    + Na
    2
    SO
    4
    Cho‘kmani filtrlab, filtrda soda va sulfatlardan yuviladi. Keyin cho‘kmani 120
    0

    temperaturada quritiladi va maydalanadi. Ni – Cu katalizator oson qaytariladi (200-220
    0
    C). 
    Ishqor bilan ishlangandan so‘ng, A1ni erishi natijasida, qotishma yuzasi aktiv bo‘lib, 
    qoladi. Ishqor bilan yuvilgan qotishma kondensat bilan neytral reaksiyagacha keyin quritiladi, 
    temperatura 160
    0
    C gacha ko‘tarilib turiladi. 
    Vodorod ishlab chiqarish. Vodorod ishlab chiqarishni bir qancha usullari ma’lum. 
    Shulardan gidrolizlarda quyidagilar ishlatiladi. 
    1.temir-bug‘ usuli (kontaktli) 
    2.tabiiy gaz konversiyalash usuli 
    3.elektrolitik usul. 
    Keng qo‘llanayotgan bu elektroliz usulida vodorod ishlab chiqarish : suv eritmani 
    elektrolitga tushirilgan 2 ta elektrod (katod, anod) elektrolitik yacheykani vujudga keltiradi. 
    Bunda elektrodlarda elektroqimyoviy reaksiya yuz beradi. Elektroliz vaqtida quyidagi 
    reaksiya yuz beradi: 
    2H
    2
    O = 2H
    2
    + O
    2
    Natijada vodorodning bir xajmiga ko‘shimcha mahsulot sifatida ½ xajmda O
    2
    hosil 
    bo‘ladi. Suv elektrolizi elektrolizerlarda olib boriladi. 
    U elektrolit uchun vanna va unga tushirilgan elektrodlardan iborat. 
    Gidrozavodlarda FV-250 va FV–500 tipdagi elektrolizerlar ishlatiladi. Ularning N
    2
    ishlab 
    chiqarish quvvati soatiga 250-500 m
    3

    Usul yutug‘i: elektrolizerlarning yuqori ishga mustahkamligi, N
    2
    ning yuqori tozaligi 
    (99.8%), xomashyo (suv)ning qiymati pastligi, suv va yordamchi materiallarning minimal sarfi, 
    jarayonining yuqori avtomatlashishi. 
    Kamchiligi: elektrenergiyaning ko‘p miqdordagi sarfi.
    Vodorod 2,7-3,6 KPa bosim ostida xajmi 3000m
    3
    bo‘lgan xo‘l gazgolderlarda saqlanadi.
    Gidrogenlash usullari. Yog‘larni gidrogenlash – suyuq fazali geterogen katalitik 
    jarayondir. N
    2
    va qattiq – suspenziyali yoki turg‘un katalizatorlar ishlatiladi. Gidrogenlash davriy 
    va uzluksiz usullar bilan olib boriladi.
    Uzluksiz usul bilan gidrogenlash batareyalarda amalga oshiriladi. U 3ta avtoklavdan 
    iborat bo‘lib, ular gazlift yoki quyuvchi truba orqali birlashtirilgan. Bu usul bayoni quyidagicha: 
    Rafinatsiyalangan va oqlangan yog‘ yig‘uvchi bakdan nasos dozator bilan uzluksiz 
    ravishda issiqlik almashgich orqali u erda tayyor salomasning issiqligi hisobiga isitiladi) 
    avtoklavga keladi. Bu avtoklavda yog‘ yuqori bosimli bug‘ bilan 190-200
    0
    S gacha isitiladi. 
    Avtoklavga yig‘uvchi baklardan nasos dozator yordamida uzluksiz ravishda katalizator 
    suspenziyasi berib turiladi. Katalizator, aralashtirgichdagi yangi katalizator va ishlangan 
    katalizatorni aralashtirib 1:4 yoki 1:5 nisbatlar tayyorlanadi. Katalizator avtoklavga 
    konsentratsiyasi 5% bo‘lgan yog‘li suspenziya shaklida yuboriladi. Yog‘ 2–avtoklavga 200-
    210
    0
    C temperatura, 3-avtoklavga 210-220
    0
    C temperatura bilan o‘tib boradi. 
    Avtoklavlarda gidrogenlash davriy yoki uzluksiz usulda olib boriladi. Davriy jarayon tor 
    diapazondagi kimyoviy–texnologik ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgan gidrogenlangan yog‘lar 
    (qandolatchilik yog‘lari uchun salomas, stearin va hokazo) ishlab chiqarish uchun qo‘llanadi. 
    Uzluksiz gidrogenlash jarayoni sanoatimizda bir xil turdagi xom ashyolarni qayta ishlash 
    va kichik assortimentdagi salomaslarni ishlab chiqarish muhim hisoblanadi. Yog‘larni 
    reaktorlarda (avtoklavlarda) gidrogenlashning tipik texnologik sxemasi quyidagicha. Sxemadagi 
    uchta avtoklavda sharoiti va talabiga qarab jarayon uzluksiz yoki davriy usulda olib borilishi 
    mumkin. Rafinatsiyalangan moy yoki yog‘ xisoblagich (3) orqali sex rezervuari(1)ga kelib 


    26 
    tushadi, u erdan moy nasos (7) yordamida avtoklavlar(7)dan biriga uzatiladi (jarayon uzluksiz 
    bo‘lganda sxemadagi avtoklavlardan chapdagi birinchisiga) avtoklavga tushishdan oldin, moy 
    regenerativ issiqlik almashgich(19)da tayyor salomas issiqligidan foydalanib isitiladi. Bu erga 
    issiq salomas yig‘gich(21)dan nasos (20) yordamida uzatib beriladi. Gidrogenlash jarayoni 
    boshlangach, yog‘ birinchi avtoklav(7)dan asta sekin va uzluksiz ravishda ikkinchi va keyin 
    uchinchi (7) avtoklavlarga o‘tib boradi. Jarayon tugagach oxirgi avtoklavdan tayyor salomas 
    salomasyig‘gich(21)ga oqim tushadi. Gidrogenlash davriy olib borilganda esa har bir avtoklavda 
    jarayon to salomas tayyor bo‘lgunicha davom etadi va salomaslar pastki bo‘shatish patrubkasi 
    orqali salomasyig‘gich(21)ga tushiriladi.
    Gidrogenlanadigan yog‘ zmeeviklar orqali bosimi 3 MPa dan kam bo‘lmagan to‘yingan 
    bug‘ yordamida 180-200
    0
    C gacha qizdiriladi. Avtoklavlardagi jarayon harorati avtomatik 
    boshqariladi. Avtoklavdagi ortiqcha reaksiya issiqligini chiqarib olish uchun alohida kontur 
    orqali nasos (2) yordamida avtoklavning sovituvchi zmeeviklariga gidrogenlanadigan yog‘ 
    beriladi. 
    Kerak bo‘lganda, moy issiqlik almashgich(4)da suv bilan qo‘shimcha sovitiladi. Odatda 
    zmeeviklarda isigan rezervuar(1)ga qaytariladi. Birinchi avtoklavda yoki istalgan avtoklavlardan 
    birida jarayonni olib borish uchun dozalovchi nasos (15) yordamida sig‘imlar(16)dan 
    ishlatiladigan–pasportli katalizator deb ataluvchi, yangi va ko‘p marta ishlatilgan katalizator 
    aralashmasining 3-5% li suspenziyasi beriladi.
    Vodorod, avtoklavlarga kompressor yordamida isitkich (8) orqali yuboriladi. 
    Avtoklavlardagi ortiqcha vodorod esa sirkulyasion vodorod tozalash sistemasiga kelib tushadi. 
    Uzluksiz sxema bo‘yicha ishlaganda salomas oxirgi avtoklavdan, davriyda esa-xar bir 
    avtoklavdan salomasyig‘gich(21)ga tushadi. Bu erda salomasdan ortiqcha vodorod ajraladi, 
    so‘ng salomas nasos (20) yordamida issiqliq almashgich (19) orqali sovutgich(9)ga uzatiladi. 
    100-150
    0
    Sgacha sovutilgan salomas filtrlar(10)da filtrlanadi, salomasning dastlabki xira 
    porsiyasi sig‘im(17)ga yig‘iladi. U erdan nasos (18) orqali filtrlashga qaytariladi. Tiniq salomas 
    sig‘im(11)ga to‘planadi, u erdan nasos (12) yordamida omborga jo‘natiladi. Filtrlar(10)da ajratib 
    olingan katalizator aralashtirgichlar(14)da yig‘iladi. Bu erda moy bilan aralashtirilib nasos (13) 
    yordamida pasportli katalizator sig‘imi(16)ga uzatiladi va yangi katalizator bilan aralashtiriladi. 
    Agar salomas yig‘gichlarda katalizator cho‘ksa, uni shesternali nasos (22) yordamida 
    ishlatiladigan katalizator sig‘imi(16)ga uzatiladi. Sistemani atmoferaga produvka qilish mahsus 
    gidrozatvor orqali amalga oshiriladi. Avtoklav (7) va salomasyig‘gichlar himoya klapanlar (6) 
    bilan jihozlangan, avtoklavlardan salomas namunasini olish uchun namuna olgich(5)dan 
    foydalaniladi. 


    27 
    Avtoklavlardan chiqayotgan ishlatilgan vodorod tarkibidagi sezilarli miqdorda 
    aralashmalar bo‘ladi. Ular sirkulyasion vodorodga o‘tkir hid beradi. Yog‘larni gidrogenlash 
    V
    A
    K
    UU
    M
    SI
    ST
    EMA
    SI
    G
    A
    A
    YL
    A
    N
    MA
    V
    O
    D
    O
    R
    O
    D
    (
    Н
    2

    TO
    ZA
    LA
    SH
    G
    A
    SO
    VU

    SU
    V
    Н
    2
    K
    O
    M
    P
    R
    ES

    С
    О
    Р
    Д
    А
    Н
    YA
    N
    G
    I
    K
    A
    TA
    LI
    ZA
    TO
    R

    Download 5,15 Mb.
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   123




    Download 5,15 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



     – MA’RUZA. QATTIQ O‘SIMLIK MOYLARI ISHLAB CHIQARISH

    Download 5,15 Mb.
    Pdf ko'rish