O’zbekiston respublikasi va o’rta maxsus ta’lim vazirligi giliston davlat universiteti




Download 5,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/123
Sana12.12.2023
Hajmi5,15 Mb.
#116621
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   123
Bog'liq
portal.guldu.uz-O`quv uslubiy majmua

Me’yorlashning ikki usuli ma’lum: og‘irligi va xajmi buyicha. Og‘irligi buyicha 
me’yorlash komponentlarni aniq miqdorda olishni ta’minlaydi. 
Aralashtirish. Komponentlarni aralashtirish jarayonida aralashtirish bilan birga 
aralashmaning xarorati 38-40
0
C da ushlab turuvchi aralashtirgichlar qo‘llaniladi. Aralashtirish 
davomida dag‘al emulsiya, ya’ni dastlabki emulsiyalash jarayoni bajariladi. Aralashtirgichning 
aylanish tezligi 60 ayl/min. 
Emulsiyalash. Dag‘al emulsiyadan mayda zarrachali emulsiya hosil qilish uchun 
gomogenizatorlardan foydalaniladi. Ular gorizontal uch plunjerli yuqori bosimda ishlaydigan 
nasoslardir. Ularning asosiy elementi gomogenizatsiyalovchi kamera qismi xisoblanadi. 
Emulsiya kameraga tushgach, tirkish va klapan orqali siqib chiqariladi. Shu vaqtda yuqori 
dispers emulsiya xosil bo‘ladi. Nasos hosil qilgan yuqori bosim emulsiyaning o‘ta sovitgichdan 
kadoqlash avtomatigacha bo‘lgan trubalardagi karshilikni bartaraf qilishi uchun sarf bo‘ladi. 
Nasosning bosimi 18-22 atm.


33 
O‘ta sovitish. Margarin emulsiyasi sovitilganda, kristallanish jarayoni sodir bo‘ladi. 
Strukturalarning shakllanishi sovitish tezligiga, aralashtirish tezligiga, to‘yingan va to‘yinmagan 
glitseridlarning miqdoriga bog‘liq. Sekin sovitilganda katta kristallar xosil bo‘ladi. Ular 
margaringa dagallik, murtlik va maydalanuvchanlik xossalarini beradi. 
Zamonaviy margarin ishlab chiqarish korxonalarida o‘ta sovitish aralashtirish bilan 
birgalikda olib boriladi. Natijada tez suyuqlanuvchan, egiluvchan va yaxshi konsistensiyali 
margarinlar xosil bo‘ladi. 
Kerak bo‘lgan kristall strukturasi, bir xil va muloyim konsistensiyali maxsulot olish 
uchun kadoqlashdan oldin kristallizatorlar o‘rnatiladi. 
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda margarin ishlab chiqarish quyidagi texnologik 
sxema ketma –ketligida olib boriladi. 
1. Margarin retsepturasiga kirgan yog‘li aralashmalarni eritish; 
2. Tuz-suvli eritma tayyorlash va emulgatorni aralashtirish; 
3. Komponentlarni bir jinsga kelguncha aralashtirish va ularni emulsiyalash; 
4. Tayyor bo‘lgan emulsiyani zaxiraga olish; 
4. Tayyor bo‘lgan emulsiyani yuqori xaroratda pasterizatsiyalash (sutli komponentli 
margarin ishlab chiqarishda) 
5. Tayyor emulsiyadan o‘ta sovutish usuli orqali margarin tayyorlash
6. Tayyor bo‘lgan mahsulotni quyish orqali qutilarga qadoqlash yoki avtomatik tizimda 
qadoqlash uchun yuborish. 
Margarin retsepturasiga ko‘ra qo‘shiladigan moy bak (14) kelib tushadi, so‘ngra 
markazdan qochma nasos (2) yordamida tarozi (13) o‘rnatilgan o‘lchagich (3) uzatiladi va 
margarin retsepturasi bo‘yicha qo‘shiladigan qattiq yog‘lar qizdirgichli (1)da eritilib nasos (2) 
yordamida o‘lchagich (3) ga kelib tushadi. Bu erga ikkinchi tarafdan bak (10) da tayyorlangan 
tuzli suv nasos (2) yordamida va bak (11) da eritib tayyorlangan emulgatorlar nasos (2) orqali 
beriladi. Hosil bo‘lgan moy-tuzli suv aralashmasi dag‘al emulsiya hosil qiluvchi bak (4) ga nasos 
(2) yordamida uzatiladi, so‘ngra dag‘al emulsiya nasos (2) orqali dispergator (5) da bir jinsli 
emulsiya hosil qilish uchun uzatiladi. Xosil bo‘lgan bir jinsli emulsiya bak (6) ga uzatiladi va 
plunjerli nasos (7) orqali, tarkibidagi mikroorganizmalar va fermentlardan tozalash uchun yuqori 
haroratli pasterizator (8) da pasterizatsiyalanadi. Pasterizatsiyalangan yarim tayyor maxsulot
o‘ta sovutgich (vatator) (9) da sovutiladi. Tayyor bo‘lgan mahsulot statik saqlagich (12) ga briket 
holidagi margarin quyish uchun qadoqlash sexiga yuboriladi, yoki tayyor bo‘lgan mahsulot 
to‘g‘ridan-to‘g‘ri qutilarga qadoqlashga yuboriladi.
Agar tayyorlangan mahsulot talabga javob bermasa qayta ishlash uchun tayyor emulsiya 
uchun mo‘ljallangan bak (6) ga qaytarib beriladi.
Margarinni monolitda ishlab chiqarishda dekristallizatordan o‘tkazilib, qutilarga 
to‘ldiriladi. Uzluksiz ishlaydigan avtomatlashtirilgan liniyalarning ko‘pchiligining unumdorligi 
soatiga 2,5t ga teng.
Quyma margarinlar tarkibida ko‘p miqdorda suyuq o‘simlik moyi bor. Quyma 
margarinlar tarkibida 82% va 60% yog‘ bilan ishlab chiqariladi. Bu margarinlar kasallikni oldini 
olish va davolash uchun mo‘ljallangan. Ular polimer idishda (stakan va bankalarda) ishlab 
chiqariladi. 


34 

Download 5,15 Mb.
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   123




Download 5,15 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’zbekiston respublikasi va o’rta maxsus ta’lim vazirligi giliston davlat universiteti

Download 5,15 Mb.
Pdf ko'rish