Paxta moyini davriy usulda rafinatsiyalash, oqlash va yuvish quritish texnologik sxemasi




Download 5,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/123
Sana12.12.2023
Hajmi5,15 Mb.
#116621
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   123
Bog'liq
portal.guldu.uz-O`quv uslubiy majmua
4mGxPdsr4ORQDcwLvFAxBQ28r1HAPaHj1bsBRt4Z
Paxta moyini davriy usulda rafinatsiyalash, oqlash va yuvish quritish texnologik sxemasi 


20 
Davriy usulning kamchiligi, tindirishning uzoqligi, soapstokda neytral yog‘ miqdorining 
ko‘pligi va bu jarayon uzoq bo‘lgani uchun neytral yog‘ni sovunlaydi. Soapstok yog‘ligini 30-50 
% bo‘ladi. 
Uzluksiz rafinatsiya usulida neytralizatsiya aralashtirgichlarda, fazalarga ajratish esa 
ajratgichlarda amalga olshiriladi. Uzluksiz usul bilan ishlovchi A1-JRN (quvvati 80-120t/s), 
“Alfa-Laval” firmasi (quvvati 80-180 t/s), “Vestfal” (quvvati 300t/s) texnologik liniyalari
mavjud.
Paxta moyini uzluksiz usulda rafinatsiyalash jarayoni quyidagi texnologik sxemada 
keltirilgan.
Rafinatsiya qilinmagan paxta moyi avtomat tarozi (1) orqali baklarga (2) kelib tushadi. U 
erda nasos (3) bilan ikkita trubkali issiqlik almashinish apparatiga (4,5) yuboriladi: Birinchi 
issiqlik almashinish apparatida (4) suv bilan sovutilsa, ikkinchisida esa (5) 25-30
0
C gacha 
namokob bilan sovutiladi. Sovutilgan yog‘ reaktor-turbulizatorga (6) keladi. Konsentrlangan 
ishqor eritmasi (34) bakdan (33) nasos bilan (32) filtr orqali (31) bakga yuboriladi, bu bakga 
tuzsiz suv ham yuboriladi. Nasos-dozator (30) bilan namokobli (29) sovitgich orqali ishqor 
eritmasi, (6) reaktor-turbulizatorga yuboriladi. Hosil bo‘lgan aralashma (7) nasos bilan (8) 
isitgich (u erda 65-70
0
S gacha soapstokning qovushqoqligini kamaytirish uchun qizdiriladi) 
orqali fazalarga ajratish uchun (28) tindirgich-ajratgich apparatiga keladi. Yog‘ uzluksiz ravishda 
(27) bakga quyilib turadi, u erda qo‘shimcha tindiriladi (27). Bakda ajralgan soapstok, asosiy 
ajralgan soapstok bilan birga qayta ishlash uchun yuboriladi. Agar kerak bo‘lsa, tindirgich-
ajratgich apparatiga tushishdan oldin, aralashma suv bilan (9) aralashtirgichda aralashtiriladi. 
YOg‘ (27) bakdan (26) nasos bilan uzluksiz ravishda yuvish uchun, (25) isitkich orqali (85-90
0

gacha qizdiriladi) pichoqli aralashtirgichga (10) yuboriladi va bir vaqtning o‘zida suv ham 
beriladi. Aralashma (11) ajratgichda ajratiladi. YOg‘ (12) isitgich orqali (13) nasos bilan ikkinchi 
marta yuvish uchun pichoqli aralashtirgichga yuborilib, (15) ajratgichda ajratiladi. 
Ajratgichlardan chiqqan yuvilgan suv (23) yog‘-tutgichga keladi. Bu erda ajralgan yog‘ (24) 
nasos bilan (2) bakga yuboriladi, suv esa (22) nasos bilan tozalash sistemasiga beriladi.Yog‘ (16) 
isitgichga kelib, keyin vakuum-quritish (19) apparatiga keladi. Quritishdan oldin yog‘ limon 
kislotasi eritmasi bilan aralashtiriladi, u (17) bakda tayyorlanadi. Yog‘ vakuum-qurituvchi (19) 
apparatdan (20) nasos bilan rafinatsiyalangan yog‘ uchun (21) bakga yuboriladi. 
Rafinatsiyalangan yog‘ quyidagi ko‘rsatkichlarga ega bo‘lishi kerak: 
Rangi, qizil birlikda. 

10 
Kislota soni, mg KOH 
0.2 
0.3 
Namlik va uchuvchi moddalar, % 
0.1 
0.2 
Chaqnash xarorati, 
0
C. 
232 
232 


21 

Download 5,15 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   123




Download 5,15 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Paxta moyini davriy usulda rafinatsiyalash, oqlash va yuvish quritish texnologik sxemasi

Download 5,15 Mb.
Pdf ko'rish