TNB-2 qurilmasida sovun asosini ishlab chiqarish texnologik sxemasi




Download 5,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/123
Sana12.12.2023
Hajmi5,15 Mb.
#116621
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   123
Bog'liq
portal.guldu.uz-O`quv uslubiy majmua

TNB-2 qurilmasida sovun asosini ishlab chiqarish texnologik sxemasi 


45 
Sovun asosiga ishlov berishning texnologik sxemasi 
Davriy (bevosita yoki bilvosita) yoki uzluksiz usul bilan tayyorlangan xo‘jalik sovuni 
asosi nasos (19) dan, qo‘shimcha ta’minlovchi bak (20) ga beriladi, u erdan (21) filtr orqali va 
0,3MPa bosim ostida (22) me’yorlovchi nasos yordamida issiqlik almashuv (23) kolonkasiga 
uzatiladi. Bu erda 80-90ºS dan 120-140ºS gacha isitiladi. So‘ngra issiq sovun vakuum-quritish 
(24) kamerasiga beriladi. Bu erda sovun vakuum-quritish kamerasini valiga mahkamlangan 
ikkita purkagich orqali sochiladi. Bunda sovun tezlik bilan biroz namligini yo‘qotib soviydi va 
qisman quriydi. Kamerani devorlariga yupqa qatlam bo‘lib yopishib qolgan sovun valga 
o‘rnatilgan pichoqlar yordamida qirib olinadi. Qirindi holidagi sovun (25) ikki engli bunkerda 
ikki vakuum (26) shnek-press orasida taqsimlanadi. SHnek-pressda sovun plastifikatsiyalanadi
zich massa hosil qilib presslanadi va mashinadan sovun to‘rt qirrali brus shaklida (27) belgilash-
kesish avtomatdan o‘tadi. U erda sovun yuzasiga aylanuvchi valiklar yordamida zarur belgi-
shtamp qo‘yiladi. So‘ngra bo‘laklarga kesiladi. Tayyor sovun (28) avtomat taxlagichga borib 
tushadi, yog‘och yashiklarga taxlanadi va (29) transporter yordamida omborga yuboriladi. 
Vakuum-kameradan chiqayotgan suv bug‘i (31) siklon-separatorda sovunli changning asosiy 
qismidan ajratiladi. U erdan (30) shnek-press yordamida chiqarilib yuboriladi. So‘ngra suv bug‘i 
(32) ikkinchi siklonda sovunli changning qoldiqlaridan tozalanib, (33) bug‘ ejektor orqali (34) 
barometrik kondensatorga yuboradi. U erga suv (35) sig‘im bakdan beriladi. Barometrik (34) 
kondensatordan chiqayotgan suv quvur orqali barometrik quduqqa tushadi, u erdan tozalash 
sistemasiga yuboriladi. Kondensatsiyalanmagan bug‘ va gazlar (36) tomchi-ajratgich va (37) 
tutgich orqali (38) vakuum-nasos bilan so‘rib olinadi. Vakuum-nasos sovituvchi suvining 
harorati 20ºS gacha bo‘lganda, qurilmada 2-4 kPa (15-20mm sim.ust.) qoldiq bosimni 
ta’minlaydi. Bu tarkibida 7-8% gacha yog‘ kislotasi bo‘lgan sovun ishlab chiqarishga etarli 
bo‘ladi. Vakuum quritish kamerasini unumdorligi xo‘jalik sovuni uchun soatiga 2t ga teng. 
Takrorlash uchun savollar. 
1. 
Sovun o‘zi nima? Sovun ishlab chiqarishni ahamiyati 
2. 
Sovunlarning fizik-kimyoviy xususiyatlari. 


46 
3. 
Sovunni yuvish qobiliyati. 
4. 
Sovun ishlab chiqarish uchun xomashyolar. 
5. 
Qo‘shimcha materiallar. 
6. 
Sovun retsepturasini tuzish. 
7. 
Xo‘jalik sovun retsepturasi 
8. 
Atir sovuni retsepturasi. 
9. 
Kir sovunga ishlatiladigan asosiy xomashyolar 
10. 
Atir sovunga ishlatiladigan asosiy xomashyolar 
11. 
Sovunni sovitish va quritish jarayoni. 
12. 
Xo‘jalik sovuniga ishlov berish. 

Download 5,15 Mb.
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   123




Download 5,15 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



TNB-2 qurilmasida sovun asosini ishlab chiqarish texnologik sxemasi

Download 5,15 Mb.
Pdf ko'rish