O’zbekiston respublikasi va o’rta maxsus ta’lim vazirligi giliston davlat universiteti




Download 5,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/123
Sana12.12.2023
Hajmi5,15 Mb.
#116621
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   123
Bog'liq
portal.guldu.uz-O`quv uslubiy majmua

Vitamin «V1» (tiamin) - suvda eruvchan. Insonning bu vitaminga bo’lgan bir kunlik 
extieji 2-3 mg ni tashkil etadi. Bu vitaminning etishmasligi asab sistemasi faoliyatining 
buzilishiga, akliy charchash xolatining kutarilishiga va asab kasalligining paydo bo’lishiga olib 
keladi. Bundan tashqari yurakning bir me’yorda ishlashi buziladi.
«V1» vitaminining etishmasligi radikulitning boshlanishi va paydo bulishining 
sabablaridan biridir. 1 kg sut tarkibida 0,3-0,5 mg vitamin «V1» buladi. Sutga issiklik ishlov 
berish vaqtida bu vitamin to’laligicha saqlanadi.
Vitamin «V2» (riboflavin) - suvda eruvchan. Insonning bu vitaminga bo’lgan bir kunlik 
extiyoji 2-3 mg ni tashkil etadi. Vitamin «V2» ning etishmasligi yog’lar almashinuvi va oqsil 
xosil bo’lishining buzilishiga olib keladi. Bundan tashkari, kuz ogrishi, vaznning kamayishi, tez 
charchash xolatining boshlanishi, kamqonlik va jaroxatning sekin tuzalishiga sabab buladi. 
Bolalarda «V2» vitamini etishmasa usishi to’xtaydi. 1 kg sut tarkibida «V2» vitamini 0,8-1,8 mg 
miqdorda buladi. Issiqlik ta’sir etganda bu vitamin o’zgarmay saqlanadi.
Vitamin «V3» (pantoten kislotasi). Vitamin «V3» suvda eruvchan vitaminlar guruxiga 
kiradi. Insonning bu vitaminga bo’lgan bir kunlik extiyoji 5-10 mg ni tashkil etadi. Vitamin 
«V3» mikroorganizmlar yordamida kisman sintezlanadi. Bu vitaminning etishmasligi ovqatdagi 
oksillar, uglevodlar va yog’lardan foydalanish kobiliyatini pasaytiradi. Yurak kasalligiga olib 
keladi. Oshqozonda og’rik boshlanib, oshqozon va ichak faoliyati buziladi. 1 kg sut 1,8-4,4 mg 
«V3» vitaminini saklaydi.
«V9» vitamini (folievaya kislotasi). Suvda eruvchan. Insonning «V9» vitaminiga bo’lgan 
bir kunlik extiyoji 0,5-1 mg. 1 kg sut tarkibida 0,4-0,7 mg gacha «V9» vitamini buladi.
Vitamin «V12» (kobalamin). Suvda eruvchan. 1 kg sut tarkibida 0,3-0,7 mg kobolamin 
bulib, insonning bu vitaminga bo’lgan kunlik extiyoji 0,025-0,005 ml. Vitamin «V12» ning 
etishmasligi asab sistemasining buzilishiga, jigar va oshkozon osti bezining kasallanishiga, 
kamkonlikka olib keladi.
Vitamin «S» (askorbin kislota). Suvda eruvchan. Bir kunlik extiyoj 50-75 mg ni tashkil 
etadi. 1 kg sut tarkibida 10-15 mg «S» vitamini mavjud. Sutga issiqlik ishlov berilganda «S» 
vitamini buziladi.
«D» vitamini (kal’tsiferol). Bu vitamin yogda eruvchan vitaminlar guruxiga kirib, unga 
bulgan bir kunlik extiyoj 0,025 mgni tashkil etadi. Bu vitaminning etishmasligi kal’tsiyli va 
fosfarli almashinuvning buzilishiga, raxit kasalligining paydo bo’lishiga, suyaklarning murt 
bulishiga olib keladi. 1 kg sut tarkibida 0,10-0,15 mg «D» vitamini uchraydi.
«E» vitamini - bir-biriga o’xshash bulgan tokoferol deb ataladigan bir nechta 
moddalardan iborat. Vitamin «E» ishtirokida oksil, uglevod va yog’lar almashinuvi boradi. 
Bunday vitamin etishmasa muskul to’qimasida distrofik o’zgarishlar boradi. «E» vitamini tashki 
muxit ta’siriga chidamli bulib, barcha sut maxsulotlari tarkibida uchrayli. 1 kg sutda 0,2-2,0 mg 
«E» vitamini mavjud.
Vitamin «N» (biotin). Suvda eruvchan vitamin bo’lib, unga bulgan bir kunlik extiyoj 0,3-
0,5 mg ni tashkil etadi. Bu vitaminning etishmasligi teri kasalligining paydo bo’lishiga, yog’ 
mikdorining pasayishiga (oriklash) olib keladi. 1 kg sut tarkibida 0,2-0,5 mg biotin bor.
Vitamin «RR» (nikotin kislotasi). Suvda eruvchan. Bir kunlik extiyoj 15-25 mgni tashkil 
etadi. RR vitaminining etishmasligi uykusizlik, asab sistemasining buzilishi, umumiy 
xolsizlanishga olib keladi. 1 kg sut 1,2-1,8 mg vitamin «RR» saklaydi.


65 
Sut ishlab chikarish texnologiyasi 
Sut keng assortimentda ishlab chikariladi. Ular bir-biridan kimyoviy tarkibi va issiqlik 
ishlov berilishi bilan farqlanadi. Ular quyidagilar:
1. Pasterlangan sut 
2. Sterillangan sut 
3. Qaynatib pishirilgan sut. Tarkibidagi yog’ miqdori 4,5-6 % tashkil qilgan tabiiy sut
4. Me’yorlashtirilgan sut, ya’ni tarkibidagi yog mikdori sutni yogsizlantirish yoki 
qaymoq qushish yo’li bilan 3,2 % yetkazilgan sut 
5. Qayta tiklangan sut. Bu sut kuruk sutdan tayyorlanadi. Kuruk sut suvda eritiladi va 
oksillar bukishi uchun ma’lum muddat saklanadi. Sungra dagal fil’trlab olinadi.
6. Yog’li sut – tarkibidagi yog mikdorini kaymok kushish yuli bilan 6 % ga etkazib 
tayyorlanadi. 
7. Yog’sizlantirilgan sut kaymogi olinmagan tabiiy sutni separatordan o’tkazib yogi 
tula olingan sut. 
8. Oksilli sut. Kaymogi olinmagan sutga kuruk yoki kuyultirilgan sut kushib 
tayyorlanadi. Uning tarkibida oqsil oddiy tabiiy sutga nisbatan sezilarli darajada 
buladi.
9. Vitaminlashtirilgan sut. Qaymogi olinmagan sutga vitaminlar kushib tayyorlanadi.
10. Kakao yoki kofeli sut. Tarkibiga 2,5 % kakao yoki 2 % kofe kushib tayyorlangan sut. 
Sut ishlab chikarish uchun kuyidagi texnologik jarayonlar olib boriladi: sutni kabul kilish, uni 
tozalash, sovutish, me’yorlashtirish, gomogenizatsiyalash, pasterlash va kadoklash.
Pasterlangan sut ishlab chikarish texnologiyasi
Pasterlangan sutning kuyidagi turlari ishlab chikariladi: 
1) Sof me’yorlashtirilgan (tarkibida yog mikdori 2,5-3,2 %) sut. 
2) Vitaminlashtirilgan (tarkibida yog mikdori 2,5-3,2 % va askorbin kislotasi bor) sut. 
3) Yog’li (tarkibida yog mikdori 6 %) sut. 
Pasterlangan sut ishlab chikarish uchun kabul kilingan sut mexanik chikindilardan 
tozalanadi. Sungra sut 40-45
0
C xaroratgacha dastlabki isitiladi. 40-450S xaroratgacha isitilgan 
sutga yogsizlantirilgan sut yoki kaymok kushib tarkibidagi yog mikdori me’yorlashtiriladi. 
Tarkibidagi yogi ajralib kolmasligi va bir jinsli maxsulot xosil kilish uchun sut 
gomogenizatsiyaga uchraydi. Gomogenizatsiya 62-63
0
C xaroratda va 12,5-15 MPa bosimda olib 
boriladi. Gomogenizatsiyalangan sut 76-78
0
C xaroratda 15-20 sekund pasterlanadi. Sungra 4-
60S xaroratgacha sovutiladi. Pasterlangan va sovutilgan sut shisha idishlarga yoki polietilen 
xaltachalarga, bidonlarga kuyib kadoklanadi, tamgalanadi va junatiladi.
Pasterlangan sut ishlab chikarish texnologik sxemasi kuyidagi 1-rasmda keltirilgan. 


66 
Rasm 1. Pasterlangan sut ishlab chikarish texnologik sxemasi 
1-fil’tr,2,7,9 va11-nasoslar, 3-xavoni ajratuvchi, 4 -schetchik, 5-plastinkali sovutgich, 6,8 va 16-
idish, 10-bak, 12-plastinkali issiklik almashinuvchi, 14-boshkarish pul’ti, 14-separator-sut 
tozalagich, 15-gomogenizator. 
Qaynatilgan (tomlennoe) sut ishlab chikarish texnologiyasi 
Qaynatilgan sut ishlab chiqarishda maxsulotga aniq bir ta’m va xid berish maksadida 
yukori xaroratli issiklik ishlov beriladi. Bunda oqsilli laktozalarning aminokarbonilli birikmalari 
va ba’zi bir erkin aminokislotalar xosil bo’ladi. Bu reaktsiya natijasida olingan melanoidinlar sut 
rangi va ta’mini uzgartiradi. Qaynatilgan sutning uziga xos ta’mga ega bo’lishi jarayonida oqsili 
bo’lmagan azotli moddalar (aminokislotalar, ammiak va boshkalar) katnashadi.
Kaynatilgan sut ishlab chikarishning texnologik sxemasi kuyida keltirilgan.
Bunday sut sof pasterlangan sutdan o’tkir pasterlangan ta’m va xidga ega bo’lishi; yuqori 
xaroratda ishlov berilgani uchun sal sargishrok rangga ega bulishi bilan fark kiladi. Qaynatilgan 


67 
sutga yangi kaymok kushish yo’li bilan tarkibidagi yog’ mikdori 3,9 va 5,8 % bo’lguncha 
me’yorlashtiriladi. Tarkibida yog mikdori 1 % bulgan qaynatilgan sut xam ishlab chiqariladi. 
Me’yorlashtirilgan sut gomogenizatsiyalanadi. So’ngra 95-99
0
C pasterlanadi va shu xaroratda 3-
4 soat saklash bilan qaynatiladi. Yuqori xaroratda uzoq muddat saqlash jarayonida sut yuzasida 
yogli katlam xosil bo’lmasligi uchun aralashtirib turiladi.
Yuqori xarorat ta’sirida sut komponentlari birmuncha uzgaradi. Sut kandi bilan oksil 
aminokislotalari o’zaro ta’sir kiladi. Natijada melanoidinlar xosil buladi. Paydo bulgan 
melanoidinlar sutga sargishrok rang beradi.
Sutni qaynatishda namlik ma’lum miqdorda kamayadi va sutdagi yog mikdori oshadi. 
Sutni yukori xaroratda saklash muddati tugagach, u 80S xaroratgacha sovutiladi. Sungra 
kadoklanadi.
Sifatiga kura, kaynatilgan sutning tashki kurinishi va konsistentsiyasi bir jinsli, kaymogi 
ajralib chikmagan va chukmasiz. Ta’m va xidi toza, begona ta’m va xidsiz, pasterlanganga xos. 
Rangi sal sargishrok. Tarkibidagi yog mikdori 4-6 % gacha; kislotaliligi 210T ga teng.
  Sterillangan sut ishlab chikarish texnologiyasi 
Xozirgi paytda sterillangan sutga bulgan talab oshib bormokda. Chet ellarda ichiladigan 
sutning 40 % sterillagan xolda iste’mol kilinadi. Pasterlangan sutga nisbatan uning saqlash 
muddati yukori va sovutmagan xolda tashish mumkin. SHuning uchun sterillangan sut ishlab 
chikarish kulay.
Sterillangan sut ishlab chiqarishda bir va ikki bosqichli sterillash usullari qo’llaniladi. 
Sutga bir boskichli ishlov berish xaltachada qadoqlangan sterillangan sut ishlab chiqarishda, ikki 
bosqichli ishlov berish shisha idishga kadoklab sterillangan sut ishlab chiqarishda kullaniladi.
Bir bosqichli sxema bo’yicha sut bir marta (qadoqlashdan oldin yoki keyin) sterillanadi. 
Ikki boskichli sxemada esa sut ikki marta (avval potokda, so’ngra shisha idishda) sterillanadi. 
Ikki bosqichli sterillash usuli maxsulotning sterillanganligiga yukori darajada kafolat beradi. 
Lekin bunday usulni olib borish natijasida sutning xolati uzgaradi.
Kog’oz xaltachada kadoklangan sterillangan sut ishlab chikarishning texnologik sxemasi 
kuyida keltirilgan.
Sterillash uchun kabul kilingan sut tarkibida yog mikdori 3,55 % bulguncha 
me’yorlashtiriladi va plastinkali issiklik almashuv jixozida 75-80
0
C xaroratda birlamchi isitiladi.
Sterillash uchun kabul kilingan sut tarkibida yog mikdori 3,55 % bulguncha 
me’yorlashtiriladi va plastinkali issiklik almashuv jixozida 75-80
0
C xaroratda birlamchi isitiladi.
Sutni sterillash VTIS ustanovkasida yukori bosimli bug yuborish orkali amalga oshiriladi. 
Bunda me’yorlashtirilgan sut 140
0
C xaroratda tezda kaynatiladi va shu xaroratda 4 sekund 
saklanadi. Sterillashdan sung sut vakuum-kamerada 76-77
0
C xaroratgacha sovutiladi va shu 
xaroratda 20-25 MPa bosimda sut gomogenizatsiyalanadi.
Gomogenizatsiyalangan sut 20
0
C xaroratgacha sovutiladi, sigimi 0,25 va 0,5 l bulgan 
kogoz xaltachalarga kuyib kadoklanadi. Sterillangan sut 200S xaroratda saklanadi.


68 
Shisha idishda quyib kadoklangan sterillangan sut ishlab chiqarishning texnologik 
sxemasi quyida keltirilgan.
Bunda sterillash uchun tanlab olingan sut 65-70
0
C xaroratgacha dastlab kizdiriladi, 20-25 
MPa bosimda gomogenizatsiyalanadi, 145-140
0
C xaroratda 20 sekund sterillanadi. Sungra 
sterillangan sut 35-400S xaroratgacha sovutiladi va ma’lum muddatda saqlash uchun idishlarga 


69 
kuyiladi. Shisha idishga quyishdan oldin sut trubali isitgichda 70-75
0
C xaroratgacha qizdiriladi. 
Shu xaroratda sut shisha idishlarga quyiladi va qadoqlanadi. Qadoqlangan sut 120
0
C xaroratda 
sterillanadi va 50-55
0
C xaroratgacha sovutiladi.
Sifatiga ko’ra sterillangan sutning tashqi ko’rinishi va konsistentsiyasi suyuq, bir jinsli, 
cho’kmasiz. Ta’m va xidi toza, begona ta’m va xidsiz, pasterlanganga xos. Rangi oq, sargishrok. 
Tarkibidagi yog’ miqdori 3,2-3,5 %, kislotaliligi 200T ga teng. 
Ionitli sut ishlab chikarish texnologiyasi 
Xozirgi paytda ionitli sut, ionitli vitamin ko’shilgan sut, ionitli shirin sut, ionitli shirin 
vitamin kushilgan sut ishlab chikarilmokda. Bunday sut kislotaliligi 180T dan oshmagan, 
tarkibida yog’ miqdori 3,5-3,7 % va «V1», «S» vitamini bo’lgan yangi sog’ilgan sigir sutidan 
tayyorlanadi.
Ionitli sut ishlab chikarish uchun keltirilgan sut me’yorlashtirilmaydi. Sa ionitlarining K 
va Na ionlariga tula almashinishi sutga ishlov berishdan oldin u kationitli kolonkada xlorid 
kislotasi (kimyoviy toza) ning 0,25 normal eritmasi bilan kislotaliligi 210T bo’lguncha 
nordonlashtiriladi.
Nordonlashtirilgan sut kationit kolonkadan utkaziladi. kationitdan utishda Sa ning K va 
Na ga kationli almashinuvi boradi. So’ngra sut gomogenizatsiyalanadi va sovutiladi.
Ionitli sutning sifat kursatkichlari quyidagi jadvalda keltirilgan.
Jadval -5 
№ 
Ko’rsatkichlar 
Tavsifi 
1.
Konsistentsiyasi 
Me’yorli, cho’kmasiz 
2.
Ta’m va xidi 
Toza, yangi, sal shirinrok 
3.
Rangi
Oq, sal sarg’ishroq 
4.
Tarkibidagi yog’ miqdori, % 
3,3-3,4 
5.
Kislotaliligi, 0T 
18 
6.
Quruq moddalar miqdori, % 

Oqsilli sut ishlab chikarish texnologiyasi 
Oqsilli sut tarkibidagi yog’ va quruq moddalar miqdori me’yorida bo’lgan pasterlangan 
sutdan tayyorlanadi. 
Oqsilli sut ishlab chiqarish uchun kuyidagi xom-ashyolar kullaniladi: 
- Kislotaligi 19°T bo’lgan II-navdan past bo’lmagan sigir suti. 
- Kislotaligi 19°T dan yuqori bulmagan yog’sizlantirilgan sut. 
- Oliy navli kuritilgan 60° T dan oshmagan oliy navli pasterlangan quyultirilgan sut. 
- Kislotaligi 60°T dan oshmagan oliy navli pasterlangan quyultirilgan 
yog’sizlantirilgan sut. 
Oqsilli sut tayyorlash texnologik jarayoni pasterlangan sut ishlab chiqarish 
texnologiyasiga uxshash. 
Oqsilli sut ishlab chiqarishda yog’ miqdori 2,55 va 1,05 % gacha me’yorlantirilgan 
sutning tarkibidagi kuruk moddalar miqdori me’yorlashtiriladi. Bunda quruq sut yoki quruq 
qaymoq ma’lum miqdordagi sutda 38-40°S xaroratda eritiladi, filtrlanadi va me’yorlashtirilgan 
sutga pasterlashdan oldin qo’shiladi. Yog’sizlatirilgan sutdan tayyorlangan quyultirilgan sut 
me’yorlashtirilgan sutga pasterlashdan oldin kushiladi. 
Qayta tiklangan sut ishlab chiqarish texnologiyasi 
Yog’liligi 3,2 % bo’lgan qayta tiklangan sut quruq sof sut yoki yogsizlantirilgan sutni 
suvda kisman yoki tula eritish orkali ishlab chikariladi. Qayta tiklangan sut tayyorlashda 
quyidagi xom ashyo qo’llaniladi: 


70 
- oliy navli quritilgan sof sut 
- quritilgan yog’sizlantirilgan sut 
- oliy navli quritilgan qandsiz qaymoq 
- yog’liligi 30% dan yuqori bulmagan qaymoq 
- oliy navli tuzsiz sariyog’ 
Quritilgan sut xarorati 38-40°С bo’lgan suvda eritiladi. Qayta tiklangan sut tarkibida 
erimay qolgan quritilgan sutdan tozalash maqsadida fil’trdan o’tkaziladi. Filtrlangan sut issiklik 
almashuvchi jixozida 6-8°S xaroratgacha sovutiladi. Sut sovutilgach tarkibidagi oksil 
moddalarning to’la bukishi uchun 6-8°S xaroratda 3-4 soat saklanadi. So’ngra sut 45-50°С 
xaroratda filtrlanadi va gomogenizatsiyalanadi. 
Qayta tiklangan sut ishlab chiqarishda texnologik parametrlar kuyidagi jadvalda 
keltirilgan.
Jadval 
Qayta tiklangan sut 
ishlab chiqarish 
texnologik jarayonlari 
Ishlov berish rejimlari 
Izoh 
Xarorat, 
°S 
Saklash 
muddati, 
sek 
Bosim, 
MPa 
Xom ashyoni qabul 
qilish va navga ajratish 



Xom ashyo o’lchash usuli 
bilan kabul kilinadi 
Xom ashyoni tayyorlash 



Sariyog’ 63-65°C gacha 
eritiladi, yog’sizlantirilgan sut 
bilan qo’shiladi, 9,8MPa 
bosimda 
gomogenizatsiyalanadi 
Quritilgan sutni eritish 
38-45 


Suvda eritiladi. 
Sutni yirik erimagan 
moddalardan tozalash 
38-45 



Sovutish va saqlash 
6-8 


3-4 soat davomida 
Isitish
40-45 



Tozalash
40-45 



Pasterlash 
74-76 
15-20 

Jixozga va pasterlash 
effektiga karab rejim kabul 
kilib olinadi. 
Gomogenizatsiyalash 
45-65 
74-76 
85-87 

15-20 

10-15 
10-15 
10-15 



Sovutish
4-6 



Kuyish 
4-6 



Saklash 
4-8 


Saklash muddati tayyor-
langandan sung 20 soat 
Vitaminlashtirilgan sut ishlab chiqarish texnologiyasi 
Insonning ovkatlanish ratsionida «C» vitamini noyob xisoblanadi. Yil davomida iyul, 
avgust, sentyabr oylaridan tashqari ozik-ovqat maxsulotlarida «C» vitamini oz miqdorda 
uchraydi. Baxorga kelib bu vitaminning noyobligi 50 % ni tashkil etadi. 
«C» vitamini sut tarkibida unchalik ko’p bo’lmaydi. Sutni tashish unga issiqlik ishlov 
berishda engil oksidlanish jarayoni boradi va bu vitaminning ko’pgina kismi yo’qoladi. Shu 
faktorlarni xisobga olgan xolda «C» vitamin bilan boyitilgan pasterlangan sut ishlab chiqariladi. 
Vitaminlashtirilgan sut xam pasterlangan sof sut kabi tarkibga, organoleptik va fizik-
kimyoviy ko’rsatkichlarga ega buladi. 100 ml sut tarkibida 10 mg. «C» vitamini bulishi kerak. 
Yo’qolishini xisobga olgan xolda bir tonna sutga 110 gramm askorbin kislotasi kushiladi. Bunda 
vitaminlashtirish uchun olinadigan sutning kislotaliligi 18 T dan oshmasligi kerak, chunki unga 


71 
kushiladigan askorbin kislota kislotalilikni oshiradi. 
Vitaminlashtirilgan sut ishlab chiqarish txnologiyasi pasterlangan sut ishlab chikarish 
texnologiyasiga uxshash. «S» vitaminining yo’qolishini kamaytirish maksadida uni 
pasterlashdan sung sutga kushadilar. Buning uchun kukun kurinishdagi preparat (1000 litr sutga 
110 gramm xisobida) idishga asta-sekin sepiladi va 15-20 minut aralashtiriladi. Aralashma 30-40 
minut saqlanadi. So’ngra vitaminlashtirilgan tayyor maxsulot idishlarga qo’yib qadoqlanadi va 
8°C xaroratda saqlanadi.

Download 5,15 Mb.
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   123




Download 5,15 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’zbekiston respublikasi va o’rta maxsus ta’lim vazirligi giliston davlat universiteti

Download 5,15 Mb.
Pdf ko'rish