64
Sut kandi suvda yaxshi eriydi. Xarorat kutarilishi bilan uning erish xossasi ortadi. Sut kandi
mikroorganizmlar bilan birga sutning va sut maxsulotlarining achishiga sharoit yaratadi, natijada
sut kislotasi xosil buladi.
Vitaminlar. Yangi sogilgan sut tarkibida tula qimmatli vitaminlarning barchasi mavjud.
Sutda 30 ga yakin vitamin bor. Aynan shu sut maxsulotlar inson organizmini
vitaminlar bilan
ta’minlab turadi. Agar organizmda vitaminlar etishmasa, moddalar almashinuv jarayoni buziladi
va organizm kasallanadi.
Vitamin «A» (retinol) kurish kuvvati, organizmning usishi, teri ustining me’yorda
saqlanishi uchun zarur xisoblanadi. 1 kg sut tarkibida 0,2 dan 10 mggacha «A»
vitamini bulib,
sutni 850S xaroratgacha qizdirilganda uning miqdori 25% ga kamayadi.