171
ifloslanmaganligini aniqlash uning sifatiga ma`lum darajada ta`sir ko`rsatadi.
Shuning uchun ifloslanishning tarkibini bilish
va turkumlashni quyidagicha
tartibga solish, muhim ahamiyatga ega.
Yovvoyi o`tli va boshqa aralashmalar:
1. mineral aralashma (tuproq-qum);
2. organik aralashma (o`simlik qismi);
3. maxsus hisobga olinadigan aralashmalar (temir va tosh);
4. yovvoyi o`tlarning urug`i;
5. buzilgan navlar (chirigan, po`kak), bosilgan, ko`mirlangan, mita tushgan va
boshqalar;
6. zararli aralashmalar, kasallik va zararkunandalar.
Asosiy don navlari:
a) don shaklining o`zgarishi (ko`kargan don, qurg`oqchilik
tufayli yaxshi
yetilmagan don);
b) to`liq yetilmagan don (dumbul yoki etilmasdan sovuq urgan don);
v) quritishda yoki saqlashda o`z-o`zidan qizib ketgan donlar;
g) bo`lingan donlar (yarmiga yaqin);
d) boshqa madaniy o`simliklarning donlari. Bular
sifati jihatidan madaniy
navga yaqin bo`lib, ulardan ma`lum darajada foydalanish mumkin.
Yuqoridagi punktlar bo`yicha aralashmalar
turi va miqdori aniqlangach, don