• Donli aralashmaga kiritilmagan madaniy o`simliklar urug`lari.
  • Sifati buzilgan asosiy don.
  • Yoyilgan don
  • O’zbekiston respublikasi va o’rta maxsus ta’lim vazirligi giliston davlat universiteti




    Download 5,15 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet96/123
    Sana12.12.2023
    Hajmi5,15 Mb.
    #116621
    1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   123
    Bog'liq
    portal.guldu.uz-O`quv uslubiy majmua

    Organik aralashma. Bu guruhga quyidagi aralashmalar kiradi: o`simlik 
    ildizi poyasi, boshoq gul qobig`i va qiltiqli bo`laklari. Bu aralashmada chang va 
    mikroorganizmlar ko`plab to`planadi.
    Mayda teshikli elakdan o`tgan qoldiq (bug`oy va javdar uchun dimametr 1 
    mm). Mineral va organik aralashmalarning mayda qisimlaridan, mayda yovvoyi 
    o`simlik urug`lari va donning mayda bo`laklaridan iborat. Bu aralashma don 
    xashoratlari rivojlanishi uchun qulay muxitdir. Mineral aralashmaning mayda 


    168 
    bo`laklari esa ishlab chiqarilgan mahsulotlarni iste`mol qilganda g`irchilashni 
    keltirab chiqaradi. Bu aralashma donning qanday maqsadda ishlatilishiga qarab, 
    butunlay ajratib olinishi kerak.
    Donli aralashmaga kiritilmagan madaniy o`simliklar urug`lari. Bular 
    asosiy dondan morfologik alomatlari va kimyoviy tarkibi bo`yicha farqlanadi. Bu 
    aralashma don qayta ishlaganda, mahsulot sifatni pasaytirishi mumkin.
    Yovvoyi o`simliklar urug`lari. Bular don ekinlari ichida o`sib, hosilni 
    kamaytiradi, don massasini ifloslantiradi, saqlash davomida donni qizishiga sabab 
    bo`ladi. Ayrim begona ekinlar urug`larining o`lchamlari donlar o`lchamlariga 
    yaqin bo`lishi sababli, tozalash vaqtida ham don bilan birga qoladi. Bunday uruglar 
    qiyin ajraladigan‖ deb yuritiladi.
    Masalan; ovsyug, kukol (randak) g`alla ekinlari ichida o`sadi.
    Sifati buzilgan asosiy don. Don endospermi chirigan, mog`orlagan, kuygan. 
    Bunday donlar endospermi qimmatsiz bo`ladi, noxush ta`mi va hidga ega bo`ladi. 
    Don qobig`i o`zgargan, endosperm rangi qoraygan bo`ladi. Bu aralashma dondan 
    olinadigan mahsulot sifatini keskin pasaytiradi.
    Yoyilgan don - hashoratlar yegan, faqat qobig`i qolgan. Bunday don hech 
    qanday oziqaviy qimmatga ega emas.
    Zaharli aralashma - qora kuya (sporo`nya, golovnya) ugritsa, vyazel 
    raznotsvetnoy, gorchak rozoviy, gorchak-soforu, mo`shatnik (afsonik), plevel 
    opyanyayuhiy (mastak), geliotrop opushennoplodno`y (tuyaqorin, xazarang), 
    trixodesma inkanum (kampirchopon).
    Yuqorida nomlari qayd etilgan arashmalar tarkibida zaharli moddalarning 
    bo`lishi hayvon va inson organizmi uchun xavf tug`diradi. Bu aralashmalarning 
    unda oz miqdorda bo`lishi, unga taxirlik beradi. Bunday undan tayyorlangan nonda 
    ham taxir ta`m qoladi.
    Keraksiz aralashmalarning umumiy miqdori hamda zaharli aralashma
    mineral aralashmalar miqdorining me`yori don uchun standartlarda keltirilgan.

    Download 5,15 Mb.
    1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   123




    Download 5,15 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’zbekiston respublikasi va o’rta maxsus ta’lim vazirligi giliston davlat universiteti

    Download 5,15 Mb.
    Pdf ko'rish