• Zaharli aralashmalar tavsifi
  • Ishning maqsadi
  • Asbob va uskunalar
  • Ishni bajarish tartibi
  • O’zbekiston respublikasi va o’rta maxsus ta’lim vazirligi giliston davlat universiteti




    Download 5,15 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet98/123
    Sana12.12.2023
    Hajmi5,15 Mb.
    #116621
    1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   123
    Bog'liq
    portal.guldu.uz-O`quv uslubiy majmua

    Qobiqsiz donlar - bu fraksiya faqat qobiqdor donlar sifati aniqlanayotganda 
    e`tiborga olinadi. Masalan: sholi, suli, grechixa va boshqalar.
    Donli aralashma, donning texnologik xossalariga salbiy ta`sir etishi va 
    saqlashga chidamsizligini e`tiborga olingan holda, uning miqdori davlatga 
    sotishda, qayta ishlash korxanalariga jo`natishda me`yorlangan.
    Zaharli aralashmalar tavsifi - kelib chiqishiga ko`ra, don massasidagi 
    zaharli aralashmalar quyidagi guruhga kiritilgan:
    1. Zamburug`-parazitlar (mikozalar), (tekinxo`r zamburug`lar) -golovnya va 
    sporinya yoki qora kuya deb ataladi.
    2. Hayvonlar paraziti - nemotodlar.
    3. Begona o`simliklar mastak (plevel opyanyayuhiy), kakra (gorchak 
    polzuchiy), sofora lisoxvostnaya, afsonak (termopsis lantsentno`y), vezel 
    raznotsvetno`y, tuyaqorin, xazarang (geliotrop opuhennoplodno`y), kampirchopon 
    (trixoesma sedaya).
    Ishning maqsadi: talabalarga don to`plamida begona va asosiy donga 
    mansub bo`lmagan boshqa don aralashmasi miqdorini aniqlash usullarini o`rgatish. 
    Aralashma ko`rsatkichiga ko`ra donni ozuqa, yem yoki texnik maqsadlarga tavsiya 
    qilish bilan tanishish. 
    Asbob va uskunalar: ajratadigan taxtachalar, shpatellar, g`alvir, bo`lgich 
    apparati, texnik va analitik tarozilar, magnit, lupa, karton, don namunalari (har 
    biridan 5 kg), qorakuya bilan ifloslangan bug`doy doni (qopchalarda), qorakosov 


    170 
    shoxchalari bilan ifloslangan javdar doni namunasi, aralashmalar kolleksiyasi 
    (begona don va zararli), temir zarrachalari bor (har qanday) don namunalari. 
    Ishni bajarish tartibi: bug`doy, javdar, arpa, suli va sholini ifloslanishini 
    aniqlashda 50 g namuna tortib olinib, 6 mm li g`alvirda tozalanadi. Shundan so`ng 
    g`alvir to`plamini ustiga qo`yiladi va ifloslikni aniqlashga tushiladi. 
    1-vazifa. Buning uchun bir qator kattalikdagi g`alvirlardan foydalaniladi. Bu 
    quyidagicha amalga oshiriladi. 1 mm g`alvir va uni ostidan mayda donlarga 
    mo`ljallangan (bug`doy uchun 1,7x20, javdar uchun 1,4x20, arpa uchun 2,2x20 
    mm) g`alvirlar to`plami ustidan qopqoq bilan yopiladi. G`alvirlarni ustma-ust 
    o`rnatishda cho`zinchoq teshiklari bir-biriga to`g`ri kelishi kerak. Elash qo`lda 
    yoki mexanik usulda amalga oshiriladi. 
    Qo`lda bir tekis elash tavsiya qilinadi. Elash kengligi 10 sm dan oshmasligi 
    kerak. Elash vaqti har soniyada 2 marta elash tavsiya qilinadi. Har bir elakni aniqlash 
    taxtasiga olinib qo`lda ajratiladi. Begona va donli aralashmaga ajratiladi. Ajratilgan 
    fraksiyalar tortilib, ularning miqdori quyidagi formulada aniqlanadi.
    Т
    Т
    Х
    %
    100
    1


    bu yerda: 
    Т
    1
    – aralashma fraktsiyasi, 
    Т – don og`irligining o`rtacha ko`rsatkichi 
    Donda metall aralashmalarni aniqlash uchun 1 kg donni tekis joyga to`kiladi 
    (qalinligi 0,5 sm bo`lishi kerak). Metall aralashmalarni magnit yordamida 3 marta 
    ko`ndalangiga yurgizib tozalanadi. Har yurgizilganda magnit temirdan tozalanadi. 
    Magnitni har tomonlama bug`doy sochmasining ichida yurgizish kerak. Shundan 
    so`ng metallar 0,001 g aniqlikda tortilib, uning og`irligi mg bilan 1 kg donga 
    taqsimlanadi. 
    7.1-jadval 

    Download 5,15 Mb.
    1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   123




    Download 5,15 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’zbekiston respublikasi va o’rta maxsus ta’lim vazirligi giliston davlat universiteti

    Download 5,15 Mb.
    Pdf ko'rish