partiyasi muayyan maqsadda foydalanish uchun tavsiya qilinadi.
Nazorat savollari:
1. Don to`plamidagi aralashmalar nimalardan iborat?
2. Qanday begona o`t urug`lari donga aralashib ketadi?
3.Donlarni har xil aralashmalardan tozlashda qanday asbob-uskunalardan
foydalaniladi?
9-ISH. YORMABOP DONLARNING SIFAT KO`RSATKICHLARINI
ANIQLASH
__________________________________________________________
Asosiy tushuncha: Yorma - inson uchun eng muhim oziq mahsulotidir. U
ovqatlanish ratsionida mustahkam o`rin tutadi va ko`p davlatlar aholisining 70%
dan ortiqrog`ini asosiy oziq kaloriyasi bilan ta`minlaydi.
O`zbekiston Respublikasi don mustaqilligiga erishgandan so`ng, respublika
viloyatlarida yetishtirilayotgan g`alla donlari, jumladan, makkajo`xori, sholi, arpa,
suli, sorgo va boshqa yormabop donlardan yorma mahsulotlari ishlab chiqarish
yo`lga qo`yildi.
Yorma tayyorlash texnologiyasining umumiy tavsifi.
Yorma - bu donning gul, meva va urug` qobiqlari hamda murtagini ajratib
olgandan keyin qolgan butun mag`zi yoki uning katta bo`lakchalaridir.
Yorma grechixa, sholi, tariq, suli, arpa, makkajo`xori, bug`doy, no`xat va
jo`xori donlaridan ishlab chiqariladi.
Yorma zavodlarida:
1. Donni tozalab, yuzasiga ishlov berish;
2. Donni qobiqlarini ajratish;
172
3. Yormalarni qoplash va qadoqlash.
Birinchi (tayyorlov) bo`limida don massasi begona aralashmalardan
tozalanadi. Donning yuzasiga suv bilan ishlov beriladi.
Ikkinchi (qobiq ajratish) bo`limida don massasi yirikligi bo`yicha
fraksiyalarga ajratiladi, donning qobiqlari ajratiladi va saralanadi, maydalanadi,
qayroqlanadi va silliqlanadi, yorma va hosil bo`lgan chiqindilar nazorat qilinadi.
Uchinchi (qoplash) bo`limida tayyor mahsulot yormalar navi va nomeri
bo`yicha alohida qoplanadi.
Yorma zavodlarida qayta ishlanadigan ekin doni turiga, o`rnatilgan sifat
ko`rsatkichlari va chiqish normasiga bog`liq holda 20dan ortiq turdagi yormalar
ishlab chiqariladi.
Yorma zavodlarida grechixa, tariq, sholi, suli, arpa, bug`doy, no`xat,
makkajo`xori va oq jo`xori donlaridan yormalar ishlab chiqariladi .
Yorma ekinlari donlaridan ishlab chiqariladigan yorma mahsulotlarini 5
guruhga bo`lish mumkin:
1-guruh - maydalanmagan butun yormalar;
2-guruh - maydalangan silliqlangan yormalar;
3-guruh - maydalangan silliqlanmagan yormalar;
4-guruh - yormalarni qayta ishlab olingan mahsulotlar (tayyor nonushtalar);
5-guruh - yuqori to`yimlikga ega bo`lgan yormalar.
Tarkibida bor bo`lgan yaxshi sifatli mag`zi, singan yorma miqdori, qobig`i
olinmagan doni va boshqa ko`rsatkichlarining miqdoriga qarab yormalar navlarga
ajratiladi. Yormalarni nomerlanishi ularni yirikligi bo`yicha g`alvirlarda saralash
yo`li bilan aniqlanadi.
Yorma zavodlarida jarayonlarni tashkil qilish va boshqarish har bir don uchun
keskin farq qiladi va bu ekinlardan va qayta ishlanadigan yorma turiga bog`liq: bu
har xil ekin donalarining anatomik tuzilish xususiyatlari va uning strukturali –
mexanik hamda fizik–kimyoviy xossalari bilan asoslanadi.
Tayyorlov bo`limida hamma ekin donalari uchun don massasidan begona
aralashmalarni ajratish ko`zda tutiladi. Gidrotermik ishlov berish muhim
ahamiyatga ega bo`lib, hamma donlar uchun qo`llanilmaydi. Grechixa, suli, arpa,
no`xat, bug`doydan tashqari barcha donlar uchun qo`llaniladi. Sholi zavodlarida
mo`rt sholi mag`zini (yadro) mustahkamligni oshirish uchun gidrotermik ishlov
berish juda afzaldir, bunda yorma sariq va hatto jigarrangga ega bo`ladi, shuni
hisobga olgan holda aholi uchun bunday yorma birlamchi hisoblangan, Markaziy
Osiyo va uzoq Sharqning ayrim mamlakatlarida qo`llaniladi. Grechixa zavodlarida
va ayrim sholi zavodlarining tayyorlov bo`limida don turkumlari 2–3 va undan
ko`p fraksiyalarida saralanadi, bu esa qayta ishlash samaradorligini oshiradi:
shuningdek, suli zavodlarida ham donni fraksiyalariga ajratish samaralidir. Arpa
zavodlarining tayyorlov bo`limida donni dastlabki qobiq ajratish amalga oshiriladi.
Yorma zavodlarning qobiq ajratish bo`limida bor qobiqli ekinlar uchun donli
qobiq ajratish va ularni alohida: butun mag`iz, singan mag`iz, oziqa uni, qipiq
mahsulotlar ajratish uchun keyingi saralash. Mag`iz (yadro) keyin meva va urug`
qobig`ini aleyron qatlamini olib tashlash uchun qayroqlanadi; sholi yormasi uning
tovar ko`rinishini yaxlitlash uchun qo`shimcha silliqlanadi.
Grechixani qayta ishlashda don turkumlari 5–6 fraksiyaga yirikligi bo`yicha
173
saralanadi va ajratib qobiq ajratilgandan keyin butun yormacha – mag`izga
(yadritsa) va maydalangan mag`iz – (prodel)ga ajratiladi, yormalar qayroqlashni
talab qilmaydi.
Maydalangan, dursimon, makkajo`xori va bug`doy yormalari ishlab
chiqarishda don yirik qismlarga maydalanadi va o`lchami bo`yicha saralanadi.
Yorma mahsulotlarni ishlab chiqarishda yormabob donlardan asosiy
texnologik jarayonlar yordamida turli chiqindilardan tozalash va uning gul
qobig`ini ajratish amalga oshiriladi. Bu jarayonlarni yuqori unumdorlik va
samaradorlik bilan olib borish yuqori sifatli yormalar olishda muhim ahamiyatga
ega.
|